TV va Audio – Samsung Newsroom O'zbekiston

O‘zingizga Mos Televizorni Qanday Tanlash Mumkin: Samsung Televizorlari Bo‘yicha Qo‘llanma
Televizor tanlash — uzoq muddatga mo‘ljallangan qaror bo‘lib, bunda ekran o‘lchami, tasvir sifati, yorqinlik, xonadagi yoritish sharoiti va tomosha qilinadigan kontent kabi bir qator omillarni hisobga olish muhim.

Televizor texnologiyalarining rivojlanishi tufayli bugungi kunda xaridorlar OLED, QLED va Neo QLED’dan tortib eng yangi Micro RGB texnologiyasigacha bo‘lgan keng tanlov imkoniyatiga ega. AI imkoniyatlari esa endilikda nafaqat tasvir va ovozni optimallashtirish, balki kontent izlash, qurilmalarni o‘zaro ulash hamda tomosha qilish jarayonini foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirishga ham xizmat qilmoqda. Shu sababli xaridorlar endi shunchaki «Qaysi televizor eng yaxshi?» degan savol bilan cheklanmay, ekran o‘lchami, AI funksiyalari va o‘z ehtiyojlariga mos imkoniyatlar haqida aniqroq savollar bermoqda.

Samsung Newsroom televizor tanlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan asosiy mezonlarni ko‘rib chiqadi va xaridorlarni qiziqtiradigan keng tarqalgan savollarga javob beradi.

Televizor ekranining mos o‘lchamini qanday tanlash mumkin?

Televizor o‘lchamini tanlashda ekran bilan tomoshabin o‘rtasidagi masofa va xonadagi mavjud joy muhim ahamiyatga ega. Qulay va tomoshabinni voqealar ichiga olib kiradigan tomosha tajribasi uchun tavsiya etiladigan masofa ekran diagonali santimetrda o‘lchangan qiymatining taxminan 1,2 baravariga teng. Bu tavsiya 40 darajali ko‘rish burchagiga asoslangan.1

▲ Televizor ekranining o‘lchamiga qarab tavsiya etiladigan tomosha masofasi

Odatdagi yashash xonalarida televizor o‘lchamini quyidagi masofalarga qarab tanlash mumkin:

1,5–2,0 metr: 43–55 dyuymli televizorlar

2,0–2,5 metr: 55–65 dyuymli televizorlar

2,3–3,0 metr: 65–75 dyuymli televizorlar

3,0 metr va undan uzoq: 85 dyuymli yoki undan katta televizorlar

Bular umumiy tavsiyalar bo‘lib, qulay tomosha masofasi foydalanuvchining odatlariga, masalan, subtitrli kontent ko‘rishi yoki televizorni oila davrasida tomosha qilishiga qarab farqlanishi mumkin.

Katta ekranlar tomosha jarayoniga chuqurroq sho‘ng‘ish imkonini beradi. Biroq ekran xona uchun haddan tashqari katta bo‘lsa, ko‘zning charchashiga sabab bo‘lishi mumkin. Samsung turli xonalar va foydalanuvchi ehtiyojlariga mos keladigan 32 dyuymdan 114 dyuymgacha bo‘lgan televizorlarni taklif etadi.

Xonadagi yorug’lik televizor tanloviga qanday ta’sir qiladi?

Har bir xonadonda televizor tomosha qilinadigan vaqt va yoritish sharoiti turlicha bo‘ladi. Shu bois televizor tanlashda xonaning yorug‘lik darajasini ham hisobga olish zarur. Yorug‘ xonalarda ekran yorqinligi va aks etishlarni kamaytirish imkoniyatlari muhim bo‘lsa, qorong‘iroq muhitda kontrast darajasi katta ahamiyat kasb etadi.

▲ Samsung Neo QLED 4K yaxshi yoritilgan xonalarda yorqin va jonli tasvirni ta’minlaydi. Samsung OLED esa qorong‘i muhitda chuqur qora ranglar va yuqori kontrastni namoyon etadi.

Quyosh nuri tushadigan yashash xonalari uchun Neo QLED televizorlari yuqori yorqinligi tufayli tasvirni aniq ko‘rish imkonini beradi. OLED televizorlari esa yuqori kontrast xususiyati bilan ajralib turadi va qorong‘iroq xonalarda tomosha qilish uchun ayniqsa mos keladi.

Shu bilan birga, displey texnologiyalarining rivojlanishi yoritish sharoitining ta’sirini kamaytirmoqda. Glare Free texnologiyasiga ega OLED televizorlari ekrandagi aks etishlarni minimallashtirib, hatto yorug‘ xonalarda ham tasvirning aniqligini saqlashga yordam beradi.2

AI Gamma texnologiyasi esa sahna yorqinligini real vaqt rejimida tahlil qilib, atrof-muhit yoritilishiga qarab gamma darajasini avtomatik ravishda moslashtiradi. Yorug‘ xonalarda qorong‘i sahnalarni yorqinlashtirib, mayda detallarni saqlab qolishga yordam beradi. Qorong‘iroq muhitda esa ko‘zni qamashtirishni kamaytirib, kontrastni yaxshilaydi. Bunday moslashuvlar tasvir aniqligini saqlagan holda ko‘zning charchashini kamaytirishga yordam beradi.

Samsung televizorlarining displey texnologiyalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

▲ Har bir displey texnologiyasi o‘ziga xos tasvir sifati va tomosha tajribasini taqdim etadi va texnologiyasi yorqinlik, kontrast hamda ranglarni aks ettirish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Displey texnologiyalari yorug‘lik va ranglarni turlicha hosil qiladi. Ularning har biri tomosha sharoiti va foydalanish maqsadiga qarab o‘z afzalliklariga ega:

OLED: Orqa yoritish tizimidan foydalanmaydigan, mustaqil yorug‘lik chiqaruvchi piksellar hisobiga deyarli mukammal qora ranglar va yuqori javob tezligini ta’minlaydi.

Mini LED: An’anaviy orqa yoritish tizimlariga qaraganda kichikroq LED elementlaridan foydalanadi. Bu, ayniqsa, HDR kontentni tomosha qilishda yuqori kontrastga erishish imkonini beradi.

Neo QLED: Quantum Mini LED orqa yoritishini aniq boshqaruvchi Quantum Matrix Technology va 2 140 ta Pantone rangini hamda 110 ta teri rang tusini aniq aks ettiruvchi Quantum Dot texnologiyalarini birlashtiradi.

Micro RGB: Alohida boshqariladigan mikroskopik qizil, yashil va ko‘k (RGB) orqa yoritish elementlari yordamida keng rang qamrovi va ranglarning yuqori aniqlikda aks ettirilishini ta’minlaydi.

OLED televizorlari chuqur qora ranglarni aks ettirishda ustunlikka ega bo‘lib, qorong‘i xonalarda film va seriallarni tomosha qilish uchun ayniqsa mos keladi. Yorug‘ xonalarda esa orqa yoritishni ilg‘or boshqarish imkoniyatiga ega televizorlar afzalliklarga ega. Mini LED televizorlari nisbatan hamyonbop narxda yuqori kontrastni taqdim etsa, premium Neo QLED modellari Samsung’ning o‘ziga xos kvant nuqtali plyonkasi yordamida boy ranglarni va kuchli AI upscaling imkoniyatlarini birlashtiradi. Micro RGB televizorlari esa yorqin, aniq va tabiiy ranglarni aks ettirish orqali tasvirning asl kontentga imkon qadar mos bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan yana bir yechimdir.

Kontent turi televizor tanloviga qanday ta’sir qiladi?

▲ Samsung televizorlari turli xil kontent, jumladan, filmlar, sport va o‘yinlar uchun optimallashtirilgan tomosha taassurotini taqdim etadi.

Turli kontent turlari turli TV funksiyalarini talab qiladi:

Filmlar: High Dynamic Range (HDR) texnologiyasi yorug‘ va qorong‘i sahnalardagi nozik detallar hamda ranglarni aniqroq aks ettirib, tasvirga chuqurlik va tabiiylik bag‘ishlaydi.

Jonli sport translyatsiyalari: Sun’iy intellektga asoslangan funksiyalar tasvir va ovozni real vaqt rejimida moslashtirib, tomosha tajribasini yaxshilaydi. AI Soccer Mode Pro, AI Motion Enhancer va AI Sound Controller Pro texnologiyalari birgalikda maydondagi harakatlarni yanada aniqroq ko‘rsatish va stadion muhitiga xos ovoz effektlarini yetkazishga yordam beradi.

Videoo‘yinlar: Ekranning yuqori yangilanish chastotasi harakatlarning ravon aks etishini ta’minlaydi, past kirish kechikishi (input lag) esa o‘yinchining buyruqlariga tezroq javob qaytarish imkonini beradi. AI Gaming Optimizer funksiyasi o‘yin janrini avtomatik aniqlab, tasvir va ovoz sozlamalarini unga moslashtiradi.

San’at asarlari: Samsung’ning The Frame va The Frame Pro modellarini o‘z ichiga olgan Art TV televizorlari foydalanilmayotgan vaqtda mashhur san’at asarlarini ekranda namoyish etib, yashash xonasini san’at galereyasiga aylantirish imkonini beradi. Almashtiriladigan ramkalar, One Connect Box va Wireless One Connect yechimlari televizorga haqiqiy surat ramkasiga o‘xshash ko‘rinish beradi. Samsung Art Store xizmati esa obuna orqali 5 000 dan ortiq san’at asarlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Sun’iy intellekt televizorlarni qanday qilib yanada aqlli qilmoqda?

▲ Samsung AI televizorlari dialoglar va fon tovushlarini foydalanuvchi istagiga ko‘ra sozlash imkonini beradi.

An’anaviy televizorlardan farqli ravishda, Samsung AI televizorlari tasvir va ovozni avtomatik optimallashtirish bilan birga, kontent izlash va kerakli ma’lumotlarni topish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

AI Upscaling Pro: Eski yoki past aniqlikdagi kontent sifatini yaxshilab, yuqori aniqlikdagi ekranlarda tasvirni yanada tiniq ko‘rsatishga va ovoz orqali tomosha jarayoniga chuqurroq sho‘ng‘ishga yordam beradi.

AI Soccer Mode Pro: Futbol uchrashuvlariga xos stadion muhitini yaratish uchun tasvir va ovozni moslashtiradi.

AI Gaming Optimizer: O‘yin janrini aniqlab, tasvir va ovoz sozlamalarini avtomatik ravishda unga moslashtiradi.

Vision AI Companion: Sun’iy intellekt xizmatlari bilan integratsiya orqali foydalanuvchilarga ma’lumot izlash va ekranning o‘zida tegishli kontentni topishda yordam beradi.

Televizor tanlashda foydalanuvchilar o‘zlarining tomosha qilish odatlariga mos AI imkoniyatlariga e’tibor qaratishlari lozim. Bular sport, film va o‘yinlar uchun tasvir hamda ovozni avtomatik sozlashdan tortib, televizor ekranida ma’lumot izlashgacha bo‘lgan funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

Televizor tanlash bo‘yicha savol-javoblar

Savol: Yashash xonasi uchun qanday o‘lchamdagi televizor mos keladi?

Javob: Televizor bilan tomoshabin o‘rtasidagi masofa 2,3 metr yoki undan ko‘p bo‘lsa, 75 dyuymli yoki undan kattaroq televizor tavsiya etiladi.

Bugungi kunda 4K aniqlik keng tarqalgani sababli katta ekranlarda ham nisbatan yaqin masofadan tasvirning tiniqligini saqlash mumkin. Biroq televizorni joylashtirish uchun yetarli joy va qulay tomosha masofasini hisobga olish muhim.

Savol: Yotoqxona uchun qanday o‘lchamdagi televizor tanlash kerak?

Javob: Yotoqxonalarda odatda tomosha masofasi qisqaroq va bo‘sh joy cheklangan bo‘ladi. Shu sababli 42–50 dyuymli televizorlar ko‘pincha mos keladi.

Eng maqbul o‘lcham karavotdan ekrangacha bo‘lgan masofa, shuningdek, televizorning taglik va ramka bilan birga umumiy o‘lchamlariga bog‘liq.

Savol: 65 dyuymli yoki 75 dyuymli televizordan qaysi birini tanlagan ma’qul?

Javob: 65 dyuymli televizor uchun tavsiya etiladigan tomosha masofasi taxminan 2 metrni, 75 dyuymli model uchun esa 2,3 metrni tashkil etadi.

Imkon bo‘lsa, xarid qilishdan oldin ikkala o‘lchamni ham televizordan rejalashtirilgan masofada turib solishtirib ko‘rish tavsiya etiladi.

Savol: Past aniqlikdagi kontent ham 4K televizorda tiniq ko‘rinadimi?

Javob: Ha. AI Upscaling texnologiyasi past aniqlikdagi kontentni 4K displeyga moslashtirib, tasvirning tiniqligini yaxshilaydi.

Natijalar televizor modeli va asl kontent sifatiga qarab farqlanishi mumkin.

Savol: OLED televizorlari ekrandagi aks etishlarni kamaytiradimi?

Javob: OLED televizorlari yuqori kontrast bilan birga Glare Free texnologiyasi yordamida aks etishlarni minimallashtiradi.

Masalan, 2025-yilgi Samsung S95F OLED televizorida tashqi yorug‘likni tarqatib yuboradigan, shu bilan birga kontrast va ranglarni saqlab qoladigan maxsus qoplama qo‘llanilgan. Bu hatto yorug‘ xonalarda ham qulay tomosha qilish imkonini beradi.

Savol: QLED yoki Neo QLED televizorlaridan qaysi biri yaxshiroq?

Javob: Neo QLED televizorlari yuqori yorqinlik va kontrastni aniq boshqarish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. QLED televizorlari esa nisbatan hamyonbop narxda yorqin va boy ranglarni taqdim etadi.Har ikkala texnologiya Quantum Dot’dan foydalanadi. Biroq Neo QLED televizorlarida orqa yoritishni yanada aniq boshqarish uchun kichikroq Mini LED elementlari qo‘llaniladi.

Savol: HDR va HDR bo‘lmagan televizorlar o‘rtasidagi farq nimada?

Javob: HDR televizorlari kengroq yorqinlik diapazonini aks ettiradi hamda tasvirning eng yorug‘ va eng qorong‘i qismlaridagi detallarni saqlab qoladi.

Natijada tasvir yanada chuqur va tabiiy ko‘rinadi.

Savol: Samsung Smart TV’dan obunasiz foydalanish mumkinmi?

Javob: Ha. Samsung Smart TV televizorlari pullik obunasiz ham turli funksiyalar va bepul kontentlardan foydalanish imkonini beradi.

Samsung TV Plus xizmatini qo‘llab-quvvatlaydigan modellarda yangiliklar, ko‘ngilochar dasturlar, seriallar va filmlarni namoyish etuvchi bepul kanallar mavjud.3

Samsung Art Store foydalanuvchilarga ayrim san’at asarlarini va har oy yangilanadigan Art Store Streams to‘plamini bepul tomosha qilish imkonini beradi. Pullik obuna esa 5 000 dan ortiq san’at asarlaridan iborat to‘liq kolleksiyadan foydalanish imkoniyatini ochadi.4

Savol: O‘yinlar uchun OLED yoki Neo QLED televizori yaxshiroqmi?

Javob: OLED televizorlari yuqori javob tezligi va deyarli mukammal qora ranglarni taqdim etadi. Neo QLED televizorlari esa yuqori yorqinlik va kuchli HDR imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Har ikki turdagi televizor yuqori yangilanish chastotasi, past kirish kechikishi va o‘yin rejimlariga ega. Shu bois tanlovda xonaning yoritilishi va foydalanuvchining sevimli o‘yin janrlari muhim ahamiyatga ega.

Savol: Samsung televizorida kinoteatrdagidek ovozga qanday erishish mumkin?

Javob: Q-Symphony texnologiyasi mos keluvchi Samsung televizorlari va audio qurilmalariga ovozni birgalikda uzatish imkonini beradi. Natijada xona tuzilishi va qurilmalarning joylashuviga qarab optimallashtirilgan hajmli ovoz hosil qilinadi.

1. Tavsiya etiladigan tomosha masofasi foydalanuvchining ko‘rish qobiliyati, shaxsiy afzalliklari va televizorni o‘rnatish sharoitlariga qarab farqlanishi mumkin.

2. UL Solutions kompaniyasi Samsung’ning «OLED Glare Free» texnologiyasiga oid da’vosini Xalqaro yoritish komissiyasi (CIE) tomonidan belgilangan Unified Glare Rating (UGR) standarti hamda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan sinov standartlari asosida tasdiqlagan.

3. Kanallar va kontentning mavjudligi mamlakat, hudud va televizor modeliga qarab farqlanishi hamda oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgarishi mumkin.

4. San’at asarlarining to‘liq kolleksiyasidan foydalanish uchun Samsung Art Store xizmatiga alohida obuna talab etiladi. Internetga ulanish va Samsung Account hisob qaydnomasi zarur.

Samsung texnologiyalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozitsiyasini yanada boyitdi
O‘zbekiston Mustaqillik kuni arafasida Toshkentdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining uchta ko‘rgazma zali yangilandi. Zallarni jihozlash uchun Samsung professional displeylari yetkazib berildi va ular muzey ekspozitsiyasining bir qismiga aylandi.

Ekspozitsiyada Samsung Smart Signage yechimlari, jumladan, tasvirga hajm effektini beruvchi 85 dyuymli Spatial Signage displeyi, QMC seriyasiga mansub 65 dyuymli displeylar hamda QBC seriyasidagi displeylar qo‘llanildi. Ushbu yechimlar ma’lumotlarni raqamli formatda taqdim etish va an’anaviy muzey ekspozitsiyasini zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish imkonini beradi.

Ushbu loyihani hayotga tadbiq etishda Samsung korxonasining rasmiy distribyutori “ABRIS DISTRIBUTION” MCHJ  va ASPELL tizim integratori ishtirokida amalga oshirildi.

Muzey siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va mamlakatning tarixiy merosini asrab-avaylashga bag‘ishlangan. Uning ekspozitsiyasi tashrif buyuruvchilarni O‘zbekiston tarixining muhim sahifalari, arxiv materiallari hamda qatag‘on yillarida jabr ko‘rgan yurtdoshlarimiz taqdiri bilan tanishtiradi.

Raqamli displeylar ma’lumotlarni yanada ko‘rgazmali tarzda taqdim etishga yordam beradi va muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, asosiy e’tibor tarixning o‘ziga — voqealar, hujjatlar va insonlar taqdiriga qaratiladi. Muzey ana shu xotirani kelajak avlodlar uchun asrab kelmoqda.

Samsung ta’lim muassasalaridan tortib jamoat va madaniyat obyektlarigacha bo‘lgan turli makonlarda qo‘llaniladigan professional displey yechimlarini rivojlantirib kelmoqda. Ushbu loyiha zamonaviy texnologiyalar tarixiy merosni namoyish etishning an’anaviy usullarini qanday boyitishi hamda o‘tmish va kelajak avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni saqlashga qanday hissa qo‘shishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Samsung O‘zbekistonda Micro RGB texnologiyasi bilan premium televizorlar imkoniyatlarini kengaytirmoqda
Deraza ortidagi manzaraga qaraganingizda, yorug‘likning tabiiy jilosi va ranglarning teranligini his qilasiz. Texnologiyalar o‘nlab yillar davomida aynan shu hisni – jonli borliq va televizor ekrani o‘rtasidagi tafovutni yo‘q qilishga intilib keldi. Samsung Micro RGB texnologiyasi bu borada navbatdagi muhim qadam bo‘lib, u kadrni yoritishning an’anaviy qoidalarini butunlay o‘zgartiradi. Bu innovatsiya tasvirni qanday qilib reallikka aylantiradi va nima uchun u displeylar sanoatida yangi bosqich hisoblanadi? Quyida shu haqda batafsil to‘xtalamiz.

Micro RGB texnologiyasi: U an’anaviy LED panellardan nima bilan farq qiladi?

Samsung Micro RGB – bu yoritish tizimini biroz yangilash emas, balki tasvirni hosil qilishga bo‘lgan tamomila yangicha yondashuvdir. Odatdagi televizorlar tasvirni ko‘rsatish uchun butun panel bo‘ylab yorug‘lik tarqatuvchi orqa fon lampalaridan yoki lyuminoforli ko‘k diodlardan foydalanadi. Micro RGB texnologiyasida esa tasvirni bevosita mikroskopik RGB yorug‘lik diodlarining o‘zi hosil qiladi. Bu amalda qanday natija beradi?

Mustaqil yorug‘lik manbalari – o‘lchami 100 mikrometrdan ham kichik bo‘lgan har bir qizil, yashil va ko‘k diod mustaqil ishlaydi va tasvirning faqat o‘ziga tegishli qismini yoritadi yoki o‘chiradi.

Mutlaq qora rang – ekranda tungi osmon kabi qorong‘i sahna chiqqanda, o‘sha hududdagi piksellar to‘liq o‘chadi. Yorug‘lik atrofiga tarqalib ketmaydi va qora rang o‘zining haqiqiy, chuqur holatini saqlab qoladi.

Tiniq va sof ranglar – yorug‘lik aynan kerakli nuqtaga yo‘naltirilgani sababli, ekrandagi har bir rang o‘zaro aralashib ketmasdan, g‘oyat toza va tabiiy holatida uzatiladi.

Micro RGB intellektual funksiyalari tasvirni qanday boyitadi?

Micro RGB AI Engine – bu butun tizimning intellektual yuragi bo‘lib, ekrandagi har bir kadrni real vaqt rejimida tahlil qiladi va uni ko‘zimizga mos holatda optimallashtiradi.

4K AI Upscaling – neyron tarmoqlar yordamida past sifatli videolarni o‘qiydi va yetishmayotgan piksellarni hisoblab chiqadi. Internet tezligi pasayganda yoki eski formatdagi videolarni ko‘rganda ham, tasvir chiziqlari 4K darajasigacha masshtablanib, yirik ekranda ravshan ko‘rinadi.

Micro RGB HDR+ – o‘ta yorug‘ va chuqur qorong‘i sahnalar o‘rtasidagi yorug‘lik muvozanatini saqlaydi. Quyoshli kadrda nur ko‘zni qamashtirmaydi, qorong‘i sahnalarda esa soyadagi detallar ham aniq ko‘rinib turadi.

Bu texnologiya turli xil kontent uchun qanday afzallik beradi?

Kino ixlosmandlari va estetikani qadrlovchilar uchun: Micro RGB Precision Color 100

100% BT.2020 qamrovi – tizim UHD teleuzatish xalqaro standartini to‘liq ta’minlaydi. Buning natijasida milliy matolarimizdagi atlas va adrasning boy rang-barangligi yoki tabiatdagi minglab nozik rang o‘tishlari ekranda aslidagidek aks etadi.

Kino realligi – rejissyor kamerasi qanday tabiiy rangni yozib olgan bo‘lsa, uydagi ekranda ham kadr xuddi shu gradatsiyada, hech qanday xiralashuvlarsiz qayta tiklanadi.

Sport muxlislari va geymerlar uchun: Motion Xcelerator (144 Hz)

144 Hz-gacha kadrlar yangilanishi – harakatga boy kadrlar sekundiga 144 martagacha yangilanadi.

Silliq dinamika – shiddatli boks janglari yoki muhim futbol uchrashuvlarini kuzatayotganda, tezkor harakatlar va keskin burilishlar uzilishlarsiz, o‘ta ravon aks etadi. Harakatlanuvchi obyektlar ortida ko‘zni charchatuvchi xira izlar qolmaydi.

O‘yinlardagi ustunlik – boshqaruv pultidan berilgan buyruqlar ekranda oniy tezlikda bajariladi, bu esa videoo‘yinlarda jarayonning qotib qolishi kabi noqulayliklarni butunlay bartaraf etadi.

Texnologiya va dizaynni qadrlovchilar uchun: Samsung Micro RGB 85” R85H

85 dyuymli yirik ekran – barcha innovatsion muhandislik yechimlarini o‘zida jamlagan ulkan displey mehmonxonaning chinakam vizual markaziga aylanadi.

Ingichka dizayn – televizorning o‘ta ingichka shakli xona interyeriga ortiqcha joy egallamasdan, tabiiy va organik tarzda moslashadi.

To‘g‘ri tanlangan ushbu texnologik yechim yillar davomida xonadoningizda ranglar o‘z jilosini yo‘qotmasligini va har bir tomosha lahzasi xuddi reallikdek qabul qilinishini ta’minlaydi.

Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.

SmartThings: kundalik ritmingizga moslashadigan uy
Ish kunidan so‘ng uyga qaytib, shunchaki dam olishni xohlaysiz — pultlar va turli ilovalar orasida almashib yurishni emas. Konditsionerni yoqish, uy tozalashni boshlash, kir yuvish jarayonini yo’lga qo’yish yoki fon rejimida televizorda sevimli tomoshangizni yoqib qo’yish – shu kabi kundalik vazifalarning ko‘pini yagona ekotizim – SmartThings ilovasida birlashtirish mumkin.

SmartThings nima?

SmartThings – Samsung kompaniyasining aqlli uy uchun mos qurilmalarni boshqarishga mo‘ljallangan platformasi. SmartThings ilovasi orqali televizorlar, maishiy texnika, konditsionerlar, robot-changyutgichlar, yoritish moslamalari, datchiklar va boshqa mos qurilmalarni, jumladan boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini ham ulash va boshqarish mumkin.

Ilova nafaqat texnikani smartfon orqali boshqarish, balki qurilmalarni ssenariylar va avtomatlashtirishlarga birlashtirish imkonini ham beradi. Masalan, uyga qaytishdan oldin konditsionerni yoqishni, tozalashni jadval bo‘yicha boshlashni yoki film tomosha qilish uchun bir nechta qurilma sozlamalarini bir vaqtning o‘zida o‘zgartirishni sozlash mumkin.

Qurilmalarni bitta ilovadan boshqarish

Odatda har bir qurilmaning o‘z boshqaruv usuli bo‘ladi: televizor uchun pult kerak, konditsionerning alohida sozlamalari bor, robot-changyutgich uchun esa boshqa ilova talab qilinishi mumkin. SmartThings mos qurilmalarni yagona interfeysda birlashtirib, ularni bir joydan qulay boshqarish imkonini beradi.

Ulangan qurilmalarni xonalar bo‘yicha – masalan, mehmonxona, oshxona yoki yotoqxonaga ajratish mumkin. Ilovada mos Samsung televizorlari uchun «Tezkor pult» ham mavjud, Smart View yordamida esa smartfondagi suratlar va boshqa qo‘llab-quvvatlanadigan kontentni televizor ekraniga chiqarish mumkin.

Asosiy boshqaruv uchun smartfonning o‘zi yetarli. Ayrim Samsung televizorlarida SmartThings Hub o‘rnatilgan bo‘ladi, shu sababli ayrim mos qurilmalar uchun alohida xab kerak bo‘lmasligi mumkin.

Bir necha qadamda ulash

SmartThings’ga mos Samsung televizorlari, muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari, konditsionerlar, robot-changyutgichlar va duxovka shkaflarini, shuningdek boshqa ishlab chiqaruvchilarning qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalarini – masalan, aqlli lampalar, rozetkalar, o‘chirgichlar, datchiklar, qulflar va eshik qo‘ng‘iroqlarini ulash mumkin.

Qurilma qo‘shish uchun SmartThings ilovasini oching va «+» tugmasini bosing. Qurilmaga qarab, uni avtomatik tarzda topish, ro‘yxatdan tanlash yoki QR-kod orqali ulash mumkin. Shundan so‘ng xonani ko‘rsatish kifoya – qurilma ilovada qolgan texnika bilan birga paydo bo‘ladi.

Kundalik vazifalar uchun ssenariylar va avtomatlashtirish

SmartThings imkoniyatlari bir nechta qurilma yagona tizim sifatida ishlay boshlaganda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Alohida-alohida amallar o‘rniga bir vaqtning o‘zida bir nechta buyruqni ishga tushiradigan ssenariy yaratish mumkin.

Masalan, film tomosha qilish ssenariysi televizorni yoqishi, yoritishni o‘zgartirishi va mos konditsionerni sokinroq rejimga o‘tkazishi mumkin. Avtomatlashtirish yordamida esa ayrim harakatlar foydalanuvchining qo‘shimcha buyrug‘isiz – jadval bo‘yicha yoki belgilangan shartlar bajarilganda amalga oshirilishi mumkin.

Masalan, robot-changyutgichni ish kunlarida muntazam tozalashga sozlash, mos qurilmalarni esa kundalik tartibingizga qarab ish rejimini o‘zgartirishga moslashtirish mumkin. Mehmonlar bir soatdan keyin kelishi kerak-u, siz hali yo‘lda bo‘lsangiz, tozalashni ilova orqali masofadan turib ishga tushirishingiz mumkin.

Uy sizni voqealardan xabardor qiladi

SmartThings ulangan qurilmalar holatini kuzatishda ham yordam beradi. Ilova kir yuvish sikli tugagani haqida xabar berishi, mos muzlatkich eshigi ochiq qolgan bo‘lsa ogohlantirishi, SmartThings Energy esa qo‘llab-quvvatlanadigan texnikaning elektr energiyasi sarfini kuzatishga yordam berishi mumkin.

Boshlash uchun bitta qurilma va bir nechta asosiy ssenariyning o‘zi kifoya. Keyinchalik yangi qurilmalarni bosqichma-bosqich qo‘shib borish mumkin. SmartThings ekotizimi kengaygani sari odatiy uy yumushlari yanada sodda va o‘zaro bog‘langan tajribaga aylanadi – texnikani boshqarishga kamroq vaqt sarflab, muhimroq ishlarga ko‘proq vaqt ajratish uchun.

*SmartThings, SmartThings Hub, Smart View, SmartThings Energy, ssenariylar va avtomatlashtirishlarning ayrim funksiyalari mavjudligi qurilma modeli, hudud, dasturiy ta’minot versiyasi va mosligiga bog‘liq. Ayrim funksiyalar uchun internetga ulanish va Samsung Account talab qilinishi mumkin.

Samsung‘ning 2026-yilgi TV va Audio lineykasi tasvir, ovoz va o‘yinlar uchun maqtovga sazovor bo‘ldi
Samsung Electronics kompaniyasining so‘nggi televizor va audio liniyasi jahonning yetakchi texnologik va uy-ko‘ngilochar nashrlari e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Mikro RGB televizorlaridan tortib Neo QLED 4K va OLED televizorlari, Q-seriyali saundbarlar va Music Studio Wi-Fi karnaylarigacha, sharhlovchilar tomosha qilish, o‘yin o‘ynash va tinglash tajribasini oshiradigan innovatsiyalarni yuqori baholadilar.

Kuchli qabul qilish Samsungning uy ko‘ngilochar xizmatlari sohasidagi yetakchiligini, jumladan, ketma-ket 20 yil davomida global televizor bozori yetakchisi1 va ketma-ket 12 yil davomida saundbar brendi bo‘yicha global yetakchi sifatida mustahkamlaydi.2

Quyida sharhlovchilarning fikrlari keltirilgan.

Tavsiya etilgan sharhlar (alifbo tartibida berilgan):

Micro RGB TV: Expert Reviews, Sound Advice, Techaeris

Neo QLED 4K TV: Techaeris

OLED TV: AVForums (S95H), Expert Reviews (S95H), Sound Advice (S95H), T3 (S90H), T3 (S95H), Techaeris (S90H), Techaeris (S95H)

Q-Series soundbar: AVS Forum (HW-QS90H), Sound Advice (HW-Q990H), Techaeris (HW-Q990H), Techaeris (HW-QS90H)

Music Studio 7: AVS Forum, Techaeris

Mikro RGB: Tasvir sifatining yangi standarti

Samsung‘ning Micro RGB TV (R95H) yorqin ranglarni qayta ishlab chiqarish, katta ekranda immersiv ko‘rish va ajoyib tasvir sifati bilan sharhlovchilarni hayratda qoldirdi. Techaeris televizorni “2026-yilgi Muharrir Tanlovi” deb atadi, uning aniq RGB yorug‘likni boshqarish texnologiyasini maqtadi va “BT.2020 rang gammasining ulkan 100% ga erishishini, bu hatto eng yaxshi OLEDlar ham teginishga qiynaladigan yorqinlik va aniqlik darajasini” ta’kidladi.

Ekspert sharhlari Micro RGB televizorini Eng Yaxshi Xarid sifatida tan oldi, uni “asosiy Micro RGB televizorlari uchun g‘alaba debyuti” deb atadi va uning kengaytirilgan rang hajmi, aniq mahalliy xiralashtirish texnologiyasi va o‘yin xususiyatlarini ta’kidladi. Sound Advice, shuningdek, televizorni “2026-yil Tavsiyasi” deb topilgan mahsulot sifatida tanladi va uni yilning eng yaxshi LCD displeylaridan biri deb ta’rifladi.

Neo QLED 4K: Premium kundalik tomosha

Samsung‘ning 2026-yilgi Neo QLED 4K liniyasi, jumladan QN80H va QN70H, filmlar, sport va o‘yinlarda yorqin, muvozanatli tasvir sifatini ta’minlash uchun Quantum Mini LED va kvant nuqta texnologiyasini birlashtiradi.

Techaeris QN80H ni 2026-yilning “Eng Yaxshi Tanlovi” deb atadi va uni “aksariyat foydalanuvchilar uchun eng yaxshi ko‘p qirrali” deb atadi. NQ4 AI Gen2 protsessori bilan ishlaydigan televizor pastroq aniqlikdagi kontentni yaxshilash uchun AI Upscaling funksiyasidan foydalanadi. Motion Xcelerator 144 Gs gacha yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi, to‘rtta HDMI 2.1 porti esa mos konsollar va kompyuterlar bilan uzluksiz, moslashuvchan o‘yin jarayonini ta’minlaydi.

OLED: Sinematik tasvir, ajoyib o‘yin

Samsung‘ning 2026-yilgi OLED liniyasi, jumladan S95H3 va S90H, kinematografik tasvir sifati va silliq harakatni ta’minlaydi. Flagman S95H yorqinlik va tafsilotlarni yaxshilash uchun OLED HDR Pro bilan jihozlangan, ikkala model ham turli xil ko‘rish muhitlarida bir xil ishlashni ta’minlash uchun Glare Free texnologiyasini o‘z ichiga oladi.

Taqrizchilar S95H ni ham yorug‘, ham qorong‘u sahnalarda tafsilotlarni saqlab qolgani uchun maqtashdi. AVForums ushbu modelni “Yuqori darajadagi tavsiya” mukofoti bilan taqdirladi, Sound Advice esa uni 2026-yilgi “Noyob Mahsulot” deb e’tirof etdi.

Techaeris S95H ni ixcham dizayni, yorqinligi va rang unumdorligini oshirgani uchun “2026-yil Muharrir Tanlovi” deb atadi. Nashr, shuningdek, S90H ni “2026-yil Eng Yaxshi Tanlovi” sifatida tanladi va uni “o‘yinlar va uy kinoteatri uchun ajoyib OLED televizor” deb ta’rifladi.

T3 S90H ni Platinum mukofoti bilan taqdirladi va S95H ni T3 Awards 2026 da “Eng Yaxshi O‘yin Televizori” sifatida tanladi. Nashrning ta’kidlashicha, “o‘yin natijasi men shu kungacha har qanday televizorda ko‘rgan eng yaxshisi bo‘lishi mumkin.”

Ikkala modelda ham 165 Gs gacha yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydigan Motion Xcelerator, NVIDIA G-SYNC bilan mos keladigan va duduqlanish va ekran yirtilishini kamaytirishga yordam beradigan AMD FreeSync Premium Pro kabi Ultimate Gaming paketi mavjud. Ekspert sharhlari, shuningdek, S95Hni “Eng Yaxshi Xarid” sifatida tan oldi va uni “ajoyib o‘yin displeyi” deb atadi.

Q-seriyali Saundbarlar: Uy uchun immersiv audio

Samsung‘ning 2026-yilgi Q-seriyali saundbarlari aniq dialog, boy fon musiqasi va filmlar, teleko‘rsatuvlar va o‘yinlarda ta’sirchan tovush effektlari bilan yanada qiziqarli uy ko‘ngilochar taassurotini taqdim etadi.

Flagman HW-Q990H keng qamrovli Dolby Atmos ovoz sahnasiga ega, uning ixcham qo‘sh faol subvuferi esa jangovar sahnalar va musiqa uchun chuqurroq basslarni qo‘shadi. Techaeris saundbarni “2026-yilgi Muharrir tanlovi” deb atadi, Sound Advice esa uni “2026-yilgi Noyob mahsulot” sifatida tanladi va “karnay tizimi paketga kiritilgan to‘rtta komponentning barchasida hech qanday qiyinchiliksiz ishga tushira oladigan fenomenal quvvatni” maqtadi.

HW-QS90H — barchasi birida 7.1.2 kanalli saundbar — alohida subvufersiz immersiv, ko‘p o‘lchamli audioni ta’minlaydi. To‘rtta o‘rnatilgan vurufer bitta blokdan boy ovoz chiqaradi, o‘rnatilgan girodatchik esa saundbarning joylashuviga qarab ovozni avtomatik ravishda optimallashtiradi. Techaeris uni “2026-yil Eng Yaxshi Tanlovi” deb atadi, AVS Forum esa uni “2026-yil Eng Yaxshi Tanlovi” sifatida tanlab, uni “bitta panel hamma narsani qiladi” deb ta’rifladi.

Music Studio 7: Kuchli ovoz, zamonaviy dizayn

Samsung‘ning Music Studio 7 Wi-Fi karnayi o‘zining 3.1.1-kanalli audio tizimi orqali xonani to‘ldiradigan Dolby Atmos tovushini yetkazib beradi. Techaeris uni o‘zining samaradorligi va ko‘p qirraliligi uchun “2026-yilgi Muharrir Tanlovi” deb e’tirof etib, uni “musiqa va filmlar uchun mutlaqo ajoyib va ta’sirli ma’ruzachi” deb atadi.

AVS Forum, shuningdek, Music Studio 7’ni o‘zining muvozanatli ovozi, kuchli bass ijrosi va zamonaviy yashash joylariga tabiiy ravishda mos keladigan minimalist dizayni bilan “2026-yil Eng Yaxshi Tanlovi” sifatida taqdirladi.

Keng ko‘lamli mahsulot toifalari bo‘yicha yetakchi nashrlarning e’tirofi bilan Samsung‘ning 2026-yilgi televizor va audio liniyasi yangi avlod uy-ko‘ngilochar vositalari uchun yangi standartlarni o‘rnatishda davom etmoqda.

* Mahsulotlarning mavjudligi va ularning xususiyatlari mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida mavjud mahsulotlar haqida dolzarb ma’lumot olish uchun Samsung O’zbekiston rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring.

1 Omdia, 2026-yil fevral. Natijalar Samsung tavsiyasi emas.

2 Futuresource, 2026-yil fevral. Natijalar Samsung tavsiyasi emas.

Mini LED: global texnologiya – mahalliy nigoh
Murakkab texnologiya haqida gap ketganda, eng oson yo‘l — uning texnik xususiyatlarini sanab o‘tish. Biroq texnologiyani auditoriyaga tanish va yaqin tilda yetkazish uchun ba’zan boshqacha yondashuv talab etiladi.

Samsung O‘zbekistonda Mini LED texnologiyasini targ‘ib qilish doirasida influencer marketingga murojaat qilib, ikki xil storytelling yondashuvini tanladi. Ikki kontent yaratuvchisi bir xil texnologiyani o‘ziga xos uslubda talqin qildi: biri uni mahalliy madaniyat va sun’iy intellekt bilan bog‘ladi, ikkinchisi esa sayohatlar, yorqin taassurotlar va shaxsiy xotiralar orqali ochib berdi.

Texnologiya tanish madaniy kod orqali

Kampaniyaning birinchi qismi mamlakatdagi taniqli texnoblogerlardan biri Texnoplov bilan hamkorlikda yaratildi.

View this post on Instagram

A post shared by Saadulla Abdullaev (@texnoplov)

Texnologik mahsulot haqida gap ketganda, odatda klassik sharhni kutish mumkin: qadoqni ochish, texnik xususiyatlarni ko‘rib chiqish, funksiyalarni namoyish etish. Ammo bu safar Mini LED’ni boshqacha rakursdan ko‘rsatish tanlandi.

Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda Mini LED texnologiyasining ishlash tamoyili o‘zbek mahallasi obrazi orqali tasvirlandi. Mahalladagi uylar, ko‘chalar va yorug‘lik o‘yini texnologiyaning asosiy xususiyatlarini tomoshabinga tanish bo‘lgan vizual kontekstda ochib berdi.

Bunday yondashuv texnik tushunchalarni oddiygina ta’riflash o‘rniga, ularni ko‘z bilan ko‘rish va his qilish imkonini beradi. Ranglarning keng diapazoni yoki yorqinlikni aniq boshqarish kabi xususiyatlar texnik terminlardan ko‘ra, tanish manzara va yorug‘lik orqali osonroq anglashiladi.

Shu bilan birga, kontent Texnoplov auditoriyasi uchun tabiiy ko‘rinishini saqlab qoldi. Texnologiya markazda bo‘lsa-da, u odatiy mahsulot sharhi emas, balki blogerning o‘ziga xos vizual tili orqali hikoya qilindi.

Natijada ushbu Reels 313 mingdan ortiq tomosha to‘pladi.

Yorqinlik — shaxsiy xotira sifatida

Kampaniyaning ikkinchi qismida Samsung Mini LED texnologiyasini shaxsiy xotiralar bilan bog‘lashga e’tibor qaratdi.

View this post on Instagram

A post shared by Jamshidxon Ziyoxonov (@ziyokhonov)

Ziyokhonov bilan yaratilgan Reels sayohatlar, vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan xotiralar va ularni saqlab qolish istagi atrofida qurildi.

Hikoya sayohatga oid oddiy, ammo chuqur fikrdan boshlanadi: vaqt o‘tishi bilan inson xotirasidagi tafsilotlar asta-sekin xiralashadi. Kamera esa ko‘rilgan manzaralar, uchrashuvlar va unutilmas lahzalarni saqlab qoladi. Shu sababli sayohatlardan olingan videolar kontentdan ko‘ra ko‘proq — insonning shaxsiy xotiralari sifatida namoyon bo‘ladi.

Rolikda Braziliya, Shveytsariya, Yakutiya va Afrikadagi sayohatlardan olingan lavhalar Samsung M80H ekranida namoyish etiladi. Shu orqali televizor oddiy tomosha vositasidan ko‘ra, vaqt o‘tgan sayin qadrliroq bo‘lib boradigan xotiralarni qayta ko‘rish imkonini beruvchi vosita sifatida ko‘rsatiladi.

Bu hikoyada Mini LED texnologiyasi ham tabiiy ravishda o‘z o‘rnini topadi. Samsung M80H’dagi minglab mikroskopik LED’lar ekranning yorqinligi, kontrasti va tafsilotlarini aniqroq namoyish etishga yordam beradi. Natijada sayohatlarda ko‘rilgan manzaralar ekranda imkon qadar real va jonli ko‘rinishda qayta namoyon bo‘ladi.

Rolikning asosiy g‘oyasi esa texnik xususiyatlardan tashqariga chiqadi: sifatli tasvir — bu shunchaki chiroyli ko‘rinish emas, balki inson uchun qadrli bo‘lgan lahzalarni qayta his qilish imkoniyatidir.

Ziyokhonov bilan yaratilgan Reels 2 milliondan ortiq tomosha to‘pladi.

Bitta texnologiya, ikki xil hikoya

Texnoplov va Ziyokhonov bilan yaratilgan ikki Reels Mini LED’ni ikki xil nuqtai nazardan ochib berdi.

Birinchi hikoya AI, mahalliy madaniyat va texnologiya kesishmasida qurilgan bo‘lsa, ikkinchisi sayohatlar, xotiralar va shaxsiy taassurotlar orqali tasvirning yorqinligi va sifatini his qilishga undadi.

Ikki xil ijodiy yondashuv bir maqsadga xizmat qildi — global texnologiyani mahalliy auditoriyaga tanish bo‘lgan vizual va hissiy kontekst orqali yetkazish.

Kampaniya doirasidagi ikki Reels jami 2,3 milliondan ortiq tomosha to‘pladi.

Kampaniya global texnologik yechimlar mahalliy auditoriya bilan uning madaniyati, tajribasi va hikoyalari orqali o‘ziga xos tarzda muloqot qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Mini LED texnologiyali televizorlar haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Samsung.com sahifamizga, eng so‘nggi yangiliklar va texnologiyalar haqida ko‘proq bilish uchun Samsung O’zbekistonning ijtimoiy tarmoqlar – Instagram va Telegramda kuzatib boring.

Samsung va Prime Video HDR10+ ADVANCED bilan tasvir sifatining yangi bosqichini taqdim etmoqda
Prime Video 2026-yil avgust oyidan boshlab butun dunyo bo‘ylab ayrim kontentlar uchun HDR10+ ADVANCED1 standartini qo‘llaydigan birinchi striming xizmati bo‘lishini e’lon qildi. Ushbu imkoniyat birinchi bo‘lib Samsung’ning 2026-yilgi televizorlarida taqdim etiladi. Film va seriallarni yanada yorqin, aniq va tabiiy ko‘rsatishga yordam beradigan yangi avlod HDR standarti foydalanuvchilarga ilk bor Enhanced Overall Brightness va Intelligent Motion Smoothing imkoniyatlarini taqdim etadi.

“Uyda kontent tomosha qilish imkoniyatlari tobora kengayib borayotgan bir paytda, foydalanuvchilar yanada yuqori tasvir sifati va chuqurroq taassurot beruvchi tomosha tajribasini kutmoqda”, – dedi Samsung Electronics Visual Display (VD) biznes bo‘limi ijrochi vitse-prezidenti Taeyong Son. “Prime Video bilan hamkorlik orqali biz HDR10+ ADVANCED standartini ilk bor uy ko‘ngilochar tizimlariga olib kiryapmiz va butun dunyo foydalanuvchilari uchun tomosha tajribasini yangi bosqichga ko‘tarmoqdamiz”.

HDR10+ ADVANCED – bu HDR10+ standartining yanada rivojlangan versiyasi bo‘lib, zamonaviy televizorlarning yuqori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun yaratilgan. U katta ekranlar, yuqori yorqinlik, keng rang diapazoni va kuchli tasvirni qayta ishlash imkoniyatlariga ega yangi avlod televizorlari uchun moslashtirilgan.

Yangi standart mos keluvchi televizorlarda kontent yaratuvchilarning asl tasavvurini saqlab qoladi va film hamda seriallarni yanada tabiiy, yorqin va jonli ko‘rsatishga yordam beradi.

Ikki yangi imkoniyat bilan yanada sifatli tasvir

HDR10+ ADVANCED foydalanuvchilarga ikkita yangi imkoniyatni taqdim etadi. Enhanced Overall Brightness televizorning yorqinlik imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishga yordam beradi. Natijada tasvirning barcha qismlarida, yorug‘ va qorong‘i sahnalarda, yanada aniq va yorqin HDR sifati ta’minlanadi.

Bundan tashqari, AI asosidagi tasvir sozlash texnologiyasi qorong‘i sahnalardagi mayda detallarni saqlab qoladi va sport hamda tez harakatlanuvchi sahnalarda kerakli yorqinlikni taqdim etadi.

Intelligent Motion Smoothing esa har bir sahnaga mos ravishda harakatlarni qayta ishlaydi. Bu filmlarda kinematografik ko‘rinishni saqlagan holda, sport, jangovar sahnalar va boshqa tezkor kontentlarda yanada silliq va tabiiy harakatlarni namoyish etadi.

“Prime Video’da foydalanuvchilarimizga eng yaxshi tomosha tajribasini taqdim etishga intilamiz va HDR10+ ADVANCED bu yo‘ldagi muhim qadamdir”, – dedi Prime Video texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti BA Winston. “Enhanced Overall Brightness va Intelligent Motion Smoothing yordamida tasvir sifati har bir sahnaning muhim detallarini ochib beradi. Biz Prime Video foydalanuvchilari yaxshi ko‘radigan kontentlarda yanada boy va dinamik tasvir tajribasini taqdim etishdan mamnunmiz”.

Prime Video bilan hamkorlikning keyingi bosqichi

Ushbu hamkorlik Prime Video’da HDR10+ standarti 2017-yil dekabr oyida ishga tushirilganidan keyingi navbatdagi bosqich hisoblanadi. O‘sha paytda Prime Video HDR10+ formatini foydalanuvchilarga taqdim etgan birinchi striming xizmati bo‘lgan edi. Ushbu loyiha natijasida Samsung’ning 2017-yilgi UHD televizorlarida Prime Video’ning HDR kontentlari HDR10+ formatida taqdim etilgan. Shundan buyon HDR10+ standarti rivojlanib, bugungi kunda displeylar, kontent, striming xizmatlari va yarimo‘tkazgich sohalarida faoliyat yurituvchi 183 ta hamkor kompaniya hamda 22 000 dan ortiq sertifikatlangan mahsulotni o‘z ichiga olgan keng ekotizimga aylandi.

HDR10+ ekotizimi rivojlanishda davom etmoqda

HDR10+ ADVANCED Samsung’ning 2026-yilgi televizorlaridan boshlab mahsulotlar qatoriga kiritiladi. HDR10+ ekotizimi rivojlanishda davom etar ekan, kelajakdagi mahsulotlarda ham ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Bu Samsung’ning global televizor bozoridagi 20 yillik yetakchiligini davom ettiradi va kompaniyaning tasvir texnologiyalarini rivojlantirish hamda butun dunyo foydalanuvchilariga yuqori sifatli tomosha tajribasini taqdim etishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.2

Samsung televizorlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun www.samsung.com saytiga, HDR10+ ADVANCED haqida batafsil ma’lumot olish uchun esa hdr10plus.org/advanced saytiga o‘ting.

HDR10+ Technologies, LLC haqida

HDR10+ Technologies, LLC HDR10+ standartlari oilasini, jumladan HDR10+, HDR10+ ADVANCED, HDR10+ GAMING va HDR10+ ADAPTIVE standartlarini boshqaradi. Samsung Electronics va Panasonic tomonidan yaratilgan HDR10+ – ochiq va litsenziya to‘lovlarini talab qilmaydigan dinamik HDR standarti bo‘lib, displey, kontent, striming xizmatlari va yarimo‘tkazgich sohalaridagi 183 ta kompaniyani birlashtiradi. HDR10+ ADVANCED kontenti va mos keluvchi displeylar uchun litsenziya to‘lovlari talab etilmaydi. Batafsil ma’lumot hdr10plus.org saytida.

1. HDR10+ ADVANCED kontenti va mos keluvchi displeylar uchun litsenziya to‘lovlari talab etilmaydi.

2. Batafsil ma’lumot hdr10plus.org saytida.

Futbol, kino va o‘yinlar — Samsung Mini LED televizorlari bilan mutlaqo yangi darajadagi tomosha tajribasi
Toshkent, 2026-yil iyun. Samsung Electronics O‘zbekistonda Mini LED texnologiyasiga ega yangi M70 va M80 televizorlari savdosi boshlanganini e’lon qiladi.

Avval Mini LED texnologiyasi asosan Samsung kompaniyasining premium toifasidagi NeoQLED televizorlarida taqdim etilgan edi. Endilikda kompaniya ushbu texnologiyani yanada kengroq foydalanuvchilar uchun taqdim etib, uning afzalliklaridan ko‘proq insonlar bahramand bo‘lishi imkonini yaratmoqda.

Mini LED: tasvirni idrok etishni o‘zgartiradigan texnologiya

Mini LED — bu ekranni yoritish texnologiyasi bo‘lib, unda o‘lchami 1 mm dan kichik bo‘lgan minglab yorug‘lik diodlari qo‘llaniladi. Oddiy LED televizorlarda odatda 100–500 ta LED ishlatilsa, Mini LED televizorlarida ularning soni 25 mingtagacha yetadi. Shu tufayli orqa yoritish ko‘plab lokal xiralashtirish zonalariga bo‘linadi va har bir hudud yorqinligi alohida boshqariladi. Natijada televizor kontrastni yanada aniqroq uzatadi: qorong‘i sahnalarda mayda detallar yo‘qolmaydi, yorug‘ joylar esa ortiqcha yorishmasdan tabiiy va boy ko‘rinadi.

Foydalanuvchi uchun bu mutlaqo yangi tomosha tajribasini anglatadi — tasvir yanada chuqur, jonli va realistik bo‘ladi, “tekis tasvir” hissi esa yo‘qoladi.

Yangi M70 va M80 televizorlari tasvir sifatidagi ustunliklarni har kuni his qilish imkonini beradi:

Yorug‘ xonada ham qulay tomosha. 500–1000 nit yorqinlik darajasi tufayli televizorni katta derazali mehmonxonada yoki yorqin kunduzgi yorug‘likda ham qulay tomosha qilish mumkin.

Murakkab sahnalarda yuqori aniqlik. Lokal xiralashtirish zonalari qorong‘i sahnalarda teksturalarni, yorqin osmonli manzaralarda esa ranglarning nozik o‘tishlarini saqlab qoladi.

O‘yinlar va sport translatsiyalarida ravon tasvir. Motion Xcelerator 144 Hz va DLG 240 Hz texnologiyalari tezkor harakatlarni silliq aks ettirib, geyming va sport muxlislari uchun yanada qulay tajriba yaratadi.

Kontentga mos aqlli optimallashtirish. NQ4 AI Gen2 protsessori tasvir va ovozni real vaqt rejimida tahlil qilib, avtomatik ravishda optimallashtiradi. Masalan, AI Soccer Mode futbol uchrashuvlarini tomosha qilishda stadion muhitini yanada tabiiy his etishga yordam beradi va yozgi futbol turnirlarini tomosha qilish uchun ayni muddao hisoblanadi.

Boshqa yechimlardan nimasi bilan farq qiladi?

An’anaviy LED televizorlar bilan taqqoslaganda, M70 va M80 modellari sezilarli darajada yuqori yorqinlik, yaxshilangan kontrast hamda orqa yoritishni aniqroq boshqarishni taklif etadi. Shu bilan birga, ular energiya samaradorligi bilan ham ajralib turadi — o‘xshash o‘lchamdagi oddiy LED televizorlarga nisbatan elektr energiyasini 20 foizgacha kam sarflaydi. Bu esa Samsung kompaniyasining o‘z mahsulotlarida izchil amalga oshirib kelayotgan barqaror rivojlanish tamoyillariga ham mos keladi.

NeoQLED modellari bilan solishtirilganda esa Mini LED televizorlari o‘rta segmentdagi optimal yechim hisoblanadi. Ular premium darajadagi ko‘plab afzalliklarni — yuqori detalizatsiya, chuqur qora rang va kontrastni aniq boshqarishni — yanada kengroq foydalanuvchilar uchun taqdim etadi.

NeoQLED esa maksimal imkoniyatlarni izlaydigan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2000 nitgacha yorqinlik va orqa yoritishni boshqarishning eng ilg‘or tizimini taklif etadi. Mini LED esa narx va imkoniyatlar o‘rtasidagi eng maqbul muvozanatni ta’minlaydi.

To‘liq taassurot uchun qo‘shimcha texnologiyalar

M70 va M80 televizorlari tomosha taassurotlarini yanada boyituvchi zamonaviy funksiyalar bilan jihozlangan:

Pure Spectrum Color va Color Booster Pro texnologiyalari ranglarni tabiiy va yanada boy ko‘rsatadi, sun’iy intellekt asosidagi algoritmlar esa har bir sahnaga mos ravishda rang tuslarini avtomatik optimallashtiradi.

Mini LED HDR eng yuqori kontrastli sahnalarda ham barcha mayda detallarni ochib beradi — qorong‘i o‘rmon manzaralaridan tortib, quyosh nuri bilan yoritilgan yorqin osmongacha.

Samsung Vision AI Companion sun’iy intellekt asosidagi funksiyalar yordamida televizordan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

AI Sound Controller ovozni avtomatik ravishda moslashtiradi: dialoglar yanada aniq eshitiladi, ovoz effektlari esa yanada keng va ta’sirchan yangraydi.

Energiya samaradorligi esa foydalanuvchi uchun qo‘shimcha afzallik.

O‘zbekistonda mavjudligi

Mini LED texnologiyasiga ega Samsung M70 va M80 televizorlari 2026-yil iyun oyidan boshlab O‘zbekiston bozorida sotuvga chiqarildi. Yangi model qatorining kengaytirilishi Samsung kompaniyasining ilg‘or texnologiyalarni yanada keng auditoriyaga yaqinlashtirish strategiyasini aks ettiradi. Endilikda foydalanuvchilar kino tomosha qilish, o‘yin o‘ynash, sport musobaqalarini kuzatish yoki har qanday yoritish sharoitida qulay tomosha qilish uchun o‘z ehtiyojlariga mos televizorni tanlash imkoniyatiga ega. M70 va M80 modellari turli foydalanish ssenariylari hamda byudjetlarga mos optimal yechimlarni taklif etib, yuqori tasvir sifati va zamonaviy sun’iy intellekt funksiyalarini o‘zida mujassam etadi.

Samsung Mini LED M70 va M80 televizorlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun Samsung rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring yoki kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy hamkorlariga murojaat qiling.

Samsung O‘zbekistonda Mini LED texnologiyasini taqdim etmoqda: yangi texnologiyaning afzalliklari nimada?
Samsung kompaniyasi O‘zbekiston bozorida ilg‘or Mini LED texnologiyasiga ega yangi televizorlarni taqdim etadi. Ushbu modellar tasvir sifati bo‘yicha yangi davrni boshlab beradi hamda yuqori yorqinlik, chuqur qora rang va realistik rang uzatishni uyg‘unlashtirgan holda, xoh bu filmlar, seriallar yoki video-o‘yinlar bo‘lsin — tomoshabinni kontentga to‘liq sho‘ng‘itadi.

Mini LED o’zi nima?

Mini LED — bu ekran ortida joylashtirilgan minglab miniatyur LED chiroqlardan foydalanadigan innovatsion yoritish texnologiyasidir. An’anaviy LED televizorlardan farqli ravishda, ularda o‘nlab LED chiroqlar qo‘llanilsa, Mini LED texnologiyasi yoritishni boshqarish uchun yuzlab, hattoki minglab mustaqil zonalarni yaratish imkonini beradi.

Texnologiyaning asosiy afzalliklari:

Tasvir sifatini maksimal darajaga olib chiqish uchun qurilma bir qator innovatsion texnologiyalarni birlashtiradi.

Avvalo, lokal yorug’likni pasaytirish texnologiyasi tufayli yoritish zonalari chuqur qora rang talab etilgan joylarda to‘liq o‘chirilishi, yorqin qismlarda esa maksimal quvvatda ishlaydi. Bu esa cheksiz kontrast effektini yuzaga keltirib, ayniqsa qorong‘i sahnalarga boy qo‘rqinchli filmlar yoki yorqin effektlarga boy ilmiy-fantastik blokbasterlarni tomosha qilishda tasvirning hayotiyligini va chuqurligini yaqqol seziladi.

Bundan tashqari, Mini LED texnologiyasi 500 dan 1000 gacha bo’lgan yorqinlikning cho’qqisini ta’minlaydi, bu esa hatto yorqin xonalarda ham tasvirning aniq va boy ko‘rinishini kafolatlaydi. Natijada quyosh nuriga to‘la xonada yoki kunlik sharoitda ham ekrandagi detallarni aniq ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Rang uzatish sifati ham mukammal darajada. Neo QLED modellarida Mini LED texnologiyasi kvant nuqtalari (QLED) bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, rang qamrovini kengaytiradi va ranglarning ortiqcha to‘yinganliksiz aniq uzatilishini ta’minlaydi. Shu tufayli har bir rang tabiiy va hayotiy ko‘rinadi.

HDR rejimida ham tasvir tafsilotlari yuqori darajada saqlanadi. Mini LED HDR+ texnologiyasi eng qorong‘i va eng yorqin sahnalardagi eng mayda tafsilotlarni ham namoyon etib, HDR kontentining to‘liq imkoniyatlarini ochib beradi.

Oxir-oqibat, qurilmaning uzoq xizmat muddati ham e’tiborga sazovor. Galliy nitridi asosidagi mini LED diodlar kuyishga chidamli bo‘lib, LED diodlariga nisbatan uzoqroq xizmat qiladi.

Mini LED televizorlari – har bir ehtiyoj uchun mukammal yechim

Mini LED televizorlari chuqur qora rang va yorqin tasvirga ega yuqori sifatli tasvirni qadrlaydigan, uzoq xizmat muddati va kuyishga chidamlilikni muhim deb biladigan foydalanuvchilar uchun eng maqbul tanlovdir. Ular kino tomosha qilish, o‘yin o‘ynash va kundalik foydalanish uchun birdek mos bo‘lib, aqlli boshqaruv hamda aqlli uy tizimi bilan integratsiyalashgan Samsung ekotizimining barcha afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi.

Samsung Mini LED televizorlari O’zbekiston bo’ylab sotuvda.

Mini LED texnologiyasiga ega yangi Samsung televizorlari Samsung kompaniyasining rasmiy do‘konlarida hamda O‘zbekiston bo‘ylab vakolatli hamkorlar savdo nuqtalarida sotuvga chiqarilgan. Modellar va amaldagi aksiyalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Samsungning rasmiy manbalari — rasmiy veb-sayt, Instagram sahifamiz, Telegram kanalimizga tashrif buyuring yoki eng yaqin brend do‘koniga murojaat qiling.

Samsung Mini LED televizorlari bilan mukammal tasvir olamiga sho‘ng‘ing!

Ko‘proq hissiyotlar. Ko‘proq taassurotlar. Samsung Jahon Chempionati arafasida maxsus taklifni taqdim etadi
Samsung kompaniyasi 2026-yilgi Jahon Chempionatiga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rmoqda! Futbol muxlislariga maxsus taklif — yangi Samsung texnikasi bilan o‘yinlarni haqiqiy stadion atmosferasida uyingizda tomosha qiling. Bu xabar, texnikani yangilashni rejalashtirganlar uchun — ayni muddao!

Aksiyaning asosiy g‘oyasi – xariddan “ko‘prog‘iga ega bo‘lish”. 2026-yilning 25-mayidan 14-iyunigacha quyidagi takliflar amal qiladi:

Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonini xarid qiling va Galaxy Buds4 Pro simsiz quloqchinlarini sovg‘a sifatida oling.

55 dyuymli Samsung Crystal UHD televizorini 50 dyuymli model narxida xarid qilish imkoniyatidan foydalaning.

Galaxy S26 Ultra: yorqin lahzalar uchun

Mazkur qurilma o‘zida yuqori unumdorlik va qator intellektual yechimlarni jamlagan bo‘lib, nafis va ingichka korpusi bilan ajralib turadi. Smartfonning asosiy imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

Maxfiy displey funksiyasi: innovatsion texnologiyalar yordamida ekrandagi ma’lumotlarni begona nigohlardan yashirib, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiladi. Shuningdek, aynan nimani yashirishni tanlashingiz mumkin: masalan, ma’lum ilovalar, barcha kiruvchi bildirishnomalar yoki PIN-kod va parollarni kiritish jarayoni.

Nightography: Kam yorug‘lik sharoitida ham aniq va tafsilotlarga boy suratlar olish imkonini beradi. Tungi sayrlar yoki yorug’ligi past bo‘lgan hududlarda kadrlarni yorqin muhrlash uchun qulay.

Super Steady video: Harakat vaqtida video yozish jarayonini barqarorlashtiruvchi tizim bo‘lib, kadrlarning titrashini kamaytiradi va videoning professional darajada silliq chiqishini ta’minlaydi.

Galaxy Buds4 Pro quloqchinlari bilan esa siz stadion jo’shqinligiga eng yuqori audio sifati bilan sho’ng’ib, futbol o‘yinlarining har bir lahzasini mukammal tarzda his qilasiz.

Samsung Crystal UHD: uydagi qulaylik va aniq tasvir

Ekran sifati uyda yanada qulay tomosha qilish uchun muhim. Ushbu televizor bir qator texnologik funksiyalarni taqdim etadi:

4K upscaling: Dastlabki tasvir sifati qanday formatda uzatilishidan qat’i nazar, uni qayta ishlab, 4K darajasigacha yaqinlashtiradi va nihoyatda tiniq ko‘rsatadi.

Knox Security: Qurilma darajasida ma’lumotlar hamda tarmoqdagi barcha ulangan xizmatlar xavfsizligini ta’minlovchi platforma.

7 yillik OT yangilanishi: Televizorning operatsion tizimi yetti yil davomida muntazam yangilanib boradi. Bu esa qurilma uzoq vaqt davomida zamonaviy funksiyalar va ilovalarni qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.

Texnikangizni yangilang va yilning eng muhim sport o‘yinlarining kuchli va hayajonli daqiqalarini haqiqiy muxlislarga xos tarzda qarshi oling.