AI Energy Mode – Samsung Newsroom O'zbekiston

Samsung Electronics dunyoda birinchi marta DUCD spetsifikatsiyasiga asoslangan uglerod chiqindilarini kamaytirish samaradorligi amaliy ekanligini tasdiqladi
Bugun Samsung Electronics muayyan kir yuvish mashinalaridagi AI Energy rejimining[1] uglerod chiqindilarini kamaytirish samaradorligi Carbon Trust Assurance tomonidan “Oʻzaro ulangan qurilmalardan foydalanish bosqichini dekarbonizatsiya qilish” (Decarbonizing the Use-Phase of Connected Devices — DUCD) spetsifikatsiyasiga asosan tasdigʻini eʼlon qildi. Shuningdek, bu biror bir mahsulot yoki funksiya birinchi marta DUCD spetsifikatsiyasi yordamida validatsiya qilinganligini anglatadi. Ayniqsa, bu foydalanish bosqichida AI Energy rejimi orqali erishilgan issiqxona gazlari (GHG) chiqindilarining kamayish samarasi uchinchi tomondan tasdiqlangani tufayli ham katta ahamiyatga ega.

“Biz mahsulot va xizmatlarimizni atrof-muhit omillarini hisobga olgan holda loyihalashtirishda davom etamiz, — dedi Samsung Electronics’ning raqamli maishiy texnika (DA) biznesi R&D (Tadqiqot va rivojlantirish) guruhi rahbari va ijrochi prezident oʻrinbosari Jong Sing Mun. — AI Energy rejimi bunday saʼy-harakatlarning yorqin namunasidir va uning samaradorligi tan olingan ushbu tasdiq bilan biz mahsulotlarimiz, funksiyalarimiz va xizmatlarimizni ulardan amaliy foydalanish davomida yanada takomillashtirishga intilamiz”.

Samsung’ning uzoq yillik saʼy-harakatlari

Samsung uzoq vaqtdan beri maishiy texnikadan hosil boʻladigan uglerod chiqindilarini oʻlchash va nazorat qilish uchun tartib va tizimli koʻrsatkichlarni yoʻlga qoʻyish ustida ishlab kelmoqda. Ushbu saʼy-harakatlarning bir qismi sifatida kompaniya 2022-yil sentyabr oyida DUCD tashabbusiga kotibiyat aʼzosi sifatida qoʻshildi.

DUCD tashabbusi global iqlim konsaltingi boʻlgan Carbon Trust tomonidan boshqariladi. U iqlimga oid ijobiy harakatlarni amalga oshirish uchun bizneslar, hukumatlar va moliya institutlari bilan hamkorlik qiladi. Boshqa sanoat yetakchilari bilan hamkorlik orqali u oʻzaro ulangan qurilmalardan energiya isteʼmoli va tejamkorligini oʻlchash usullarini standartlashtirishni hamda Wi-Fi tarmogʻiga ulangan qurilmalarning uglerod tejamkorligini hisoblash boʻyicha global metodologiyalarni yaratishga hissa qoʻshishni maqsad qilgan.

2024-yil noyabr oyida tashabbus oʻzaro ulangan qurilmalar uchun yagona oʻlchov mezonlari va kamaytirish metodologiyalarini belgilovchi global spetsifikatsiyani nashr etdi. Ushbu yondashuv isteʼmolchining amaldagi foydalanish bosqichida yuzaga keladigan uglerod chiqindilarining kamayishini oʻlchaydi va bu anʼanaviy ravishda qoʻllaniladigan ishlab chiqarish jarayonidagi uglerod chiqindilarini oʻlchash yoki kamaytirishdan farq qiladi.

AI Energy rejimi bilan uglerod chiqindilarining kamayishi tasdigʻi

Ushbu qoʻllanmadan foydalangan holda Carbon Trust’ning mustaqil kafolat boʻlimi — Carbon Trust Assurance Ltd. Samsung’ning global kir yuvish mashinalari qatorida oʻlchov sinovlarini oʻtkazdi.[2] U 2024-yil iyul va 2025-yil iyun oylari oraligʻida AI Energy rejimidan foydalanilganda va ushbu rejimsiz chiqarilgan uglerod miqdorini taqqoslash orqali AI Energy rejimining samaradorligini tasdiqladi.

Samsung’ning muayyan energiya tejamkor kir yuvish mashinalari uchun SmartThings platformasidan[3] foydalangan holda umumiy energiya isteʼmoli ushbu vaqt oraligʻida[4] 12.28 Gigavatt/soatni tashkil etgani va bu 5,266 tCO2e (karbonat angidrid ekvivalenti)ga teng ekanligi Carbon Trust Assurance Ltd. tomonidan “DUCD 1-qism: spetsifikatsiya va qoʻllanma”ga muvofiq tasdiqlandi. Tasdiqlangan 5.02 Gigavatt/soat umumiy energiya tejami va issiqxona gazlari chiqindilarining 2,084 tCO2e miqdoridagi tejami AI Energy rejimi tufayli boʻlgan.[5]

Ushbu energiya tejamkorligi darajasi taxminan 169,000 ta xonadonning bir kunda foydalanishi mumkin boʻlgan elektr energiyasi miqdoriga toʻgʻri keladi (AQSHdagi oʻrtacha turar-joy elektr energiyasi isteʼmolchisi kuniga taxminan 29.54 kVt/soat energiya isteʼmol qilishini hisobga olganda).[6]

Shu bilan birga, kompaniya kelasi CES 2026 koʻrgazmasida ishtirok etadi va u yerda oʻzining energiya tejovchi yechimlari hamda innovatsion yangi mahsulotlarini namoyish etadi.

[1] Android va iOS qurilmalaridagi SmartThings ilovasida SmartThings Energy orqali AI Energy rejimi faollashtirilishi kerak. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkaunti talab qilinadi.

[2] Barcha tegishli kir yuvish mashinasi modellari roʻyxati va mahsulotning butun hayot sikli davomidagi uglerod qoldigʻini https://www.samsung.com/global/sustainability/digital-library/policy-document/ manzilidan topish mumkin.

[3] Tasdiqlash muayyan mamlakatlarda eng yuqori energiya samaradorligi darajasiga yoki uning ekvivalentiga ega boʻlgan Samsung kir yuvish mashinalariga asoslangan. Masalan (faqat shular bilan cheklanmagan holda): Energy Star (AQSH), Grade 1 (Koreya) va A (Yevropa Ittifoqi).

[4] Tasdiqlash 2024-yil iyuldan 2025-yil iyungacha boʻlgan davrda global miqyosda kamida bir marta AI Energy rejimiga ulangan Samsung kir yuvish mashinalariga asoslangan.

[5] Xuddi shu vaqt oraligʻida (2024-yil iyul – 2025-yil iyun) barcha faol qurilmalarda AI Energy rejimi yoqilgan va AI Energy rejimi oʻchirilgan holatlar solishtirilgan.

[6] Manba: AQSH energetika maʼlumotlari boshqarmasi (tez-tez soʻraladigan savollar (FAQ) – AQSH energetika maʼlumotlari boshqarmasi (EIA)).

Samsung Electronics Yevropa Ittifoqi standartiga koʻra energiya tejamkorligi bo‘yicha “A” darajasiga ega eng birinchi katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkichni namoyish etdi
Yangi katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkich RB6000D yangi AI inverter kompressori, AI energiya rejimi va kengaytirilgan sigʻimi tufayli sezilarli energiya tejamiga erishadi

Samsung Electronics Co., Ltd Yevropada yangi energiya tejovchi katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkichni[1] sotuvga chiqarilishini eʼlon qildi. Sovitkich 3-aprel kuni Parijdagi les Pavillon des Étangs’da bo‘lib o‘tgan “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” global taqdimotida namoyish etildi. U yagona mahsulot sifatida yuqori energiya tejash reytingiga ega, Wi-Fi imkoniyatlari esa SmartThings Energy yordamida yanada ko‘proq energiya tejash imkonini beradi.

“Isteʼmolchilar uchun energiya samaradorligi kun sayin muhim boʻlib borayotganligiga javoban Samsung zamonaviy davr uchun yangi modelni ishga tushirmoqda”, dedi Samsung Electronics’ning ijrochi prezident oʻrinbosari va raqamli jihozlar (DA) biznesining mijozlar tajribasi guruhi rahbari Muhyung Li. “Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha katta saʼy-harakatlarimiz tufayli biz Samsung jiholari sifati va global isteʼmolchilarga manzur boʻlgan funksiyalardan tashqari energiyani tejash imkoniyatlarini ham taqdim eta oldik. Ishonchimiz komilki, foydalanuvchilar Samsung’ning yangi sovitkichidan kundalik hayotlarida mamnunlik bilan foydalanishadi”.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, sovitkich Yeropa Ittifoqi energiya standartlariga muvofiq “A” energiya darajasiga ega boʻldi, bu Samsung’ning katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkichi ilk bor bunday koʻrsatkichga erishishidir. Samsung anʼanaviy modelga nisbatan energiya sarfini 55,9% ga kamaytirishi uchun oʻzining noyob yechimlarini ishlab chiqqan.[2] Ayniqsa, yangi AI Inverter Compressor[3] Yevropa Ittifoqi energiya standartlariga muvofiq “A” darajasiga erishishda kalit qismga aynaladi.

Yangi yuqori samarali AI invertorli kompressor aylanadigan qismlar radiusini kengaytirish uchun qayta dizaynlashtirilgan boʻlib, bu uning inersiyasini anʼanaviy kompressorga[4] qaraganda 4,1 barobar oshirish imkonini beradi. Yaʼni kompressor quvvatni uzoqroq ushlab turishi mumkin, shuning uchun sovitkichdagi haroratni oʻrtacha darajada ushlab turganda kamroq energiya sarflaydi. Shuningdek, kompressor yangi boshqaruv texnologiyasi tufayli shovqin darajasini anʼanaviy modelga[5] qaraganda 5 baravargacha tushirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkichi SmartThings Energy’ning[6] energiya tejash rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa energiya sarfini 15% gacha kamaytiradi.[7] SmartThings AI Energiya rejimi, shuningdek, foydalanuvchilarga kunlik, haftalik va oylik energiya sarfini osongina tekshirish va elektr toʻlovlarini hisoblab chiqish imkonini beradi. Agar energiya sarfi belgilangan meʼyordan oshib ketsa, energiyani faol ravishda tejashi rejimini yoqadi.[8] Bundan tashqari, u energiya sarfi va atrof-muhitga qarab kompressor tezligini va muzni eritish sikli chastotasini optimallashtirishi mumkin, bu esa foydalanuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini uzoqroq vaqt saqlashni taʼminlaydi.

Samsung, shuningdek, modelni sigʻimi va dizayni boʻyicha ham raqobatbardosh qilib yaratdi. Katta sigʻimli sovitkich imkoniyatlarini oshirish uchun Samsung kompaniyasi oʻz muzlatkichlarining merosi boʻlgan SpaceMax texnologiyasini qoʻllaydi. Sovitkich barqaror haroratni saqlab turgan holda sigʻimni oshirish uchun yupqa devorlar va samarali izolyatsiyadan foydalanadi. Qoʻshimcha sigʻim sovitkichning tashqi koʻrinishiga taʼsir qilmaydi, chunki sovitkichning umumiy nisbatan ixcham oʻlchami foydalanuvchilarning uylarida kengroq boʻshliq yaratadi.

Sovitkich oʻzining unumdorligi va sigʻim imkoniyatlaridan tashqari, zamonaviy uylarga mos keladigan zamonaviy estetik dizaynga ham ega. U toʻliq tekis eshik va sovitkichga uygʻun estetika baxsh etadigan ichkariga joylashtirilgan tutqichga ega. Gentle Lighting esa yorqinlikni boshqaradi va shuʼlalarning ham oldini oladi.

Mavjudligi

Energiya tejovchi katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkich mintaqaga qarab Yevropa, MDH, Oʻrta Sharq, Lotin Amerikasi, Janubi-Sharqiy Osiyo, Kanada va Afrikada sotuvga chiqariladigan uchta sig‘imli variantda (538L, 508L va 458L) taqdim etiladi.

Sovitkich aprel oyidan boshlab Yevropa va boshqa mintaqalarda sotilishi kutilmoqda.

Samsung sovitkichlari va boshqa maishiy texnikalari haqida batafsil maʼlumot olish uchun Samsung.com saytiga tashrif buyuring.

[1]     Kengligi 70 sm yoki undan uzun boʻlgan katta sigʻimli konteyneri pastga oʻrnatilgan muzlatkich (“BMF”) qisqartmasi. Yevropada Extra Wide Fridge Freezer deb ataladi.

[2]     RL435EFBAS8/EF modeli bilan solishtirganda.

[3]     AI Energy rejimini yoqish uchun Wi-Fi tarmogʻi va SmartThings ilovasi zarur.

[4]     Anʼanaviy S3 Samsung kompressorlari bilan solishtirganda ichki test asosida.

[5]     IEC 60704 ga muvofiq ichki test asosida.

[6]     Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi.

[7]     Sinov natijalari AI Energy rejimidan foydalanganda va AI Energy rejimidan foydalanmasdan dastlabki sozlamalardagi haroratni taqqoslash bilan oʻlchangan. Natijalar foydalanish muhiti va usuliga qarab farq qilishi mumkin.

[8]     SmartThings “Maksimal rejim” va “Maxsus rejim”da saqlash algoritmini faollashtirishdan oldin bildirishnoma yuboradi.