Barqarorlik – Samsung Newsroom O'zbekiston

Galaxy S23 Seriyalari: Sayyoramiz kelajagi haqida o’ylab yaratilgan
Eng ilg’or dizaynga ega Galaxy S23 Seriyalari innovatsiyalar – oliy darajadagi tajriba uchun unumdorlik hamda barqarorlikka egaligini namoyon etadi.

Galaxy S23 Seriyalari avvalgi avlodlarga qaraganda atrof-muhitga kamroq ta’siri bilan sifat va estetik jihatdan yangi marralarni belgilaydi. Bunga erishish uchun biz, qayta ishlangan materiallarni boshqa Galaxy smartfonlariga qaraganda, qurilmaning ko’proq tarkibiy qismlarida ishlatdik va 100% qayta ishlangan qog’ozdan foydalangan holda qadoqlash qutisini ishlab chiqdik. Galaxy S23 Seriyalari tarkibidagi qayta ishlangan materiallar soni ham oshdi, Galaxy S22 Ultra smartfonining  6ta ichki qismida ekologik toza materiallar ishlatilgan bo’lsa, Galaxy S23 Ultra smartfonida 12 ta ichki va tashqi qismida qayta ishlangan materiallardan foydalanilagan.

Bundan tashqari, biz Galaxy qurilmalarida keng turdagi qayta ishlangan materiallardan foydalandik, jumladan, qayta ishlangan alyuminiy va shisha. Galaxy qurilmasida qayta ishlangan materiallar sonini ko’paytirishni davom ettirish, bizga atrof-muhitga bo’lgan ta’sirni kamaytirishga imkon beradi.Xususan, Galaxy S23 Seriyalarida qayta ishlangan okeandan olingan plastik materiallarni ishlatish, 2023-yil oxiriga keladigan 15 tonnadan ortiq tashlab ketilgan baliq ovlash to‘rlarining  Dunyo okeaniga tushishini oldini oladi va okeanlar ifloslanishini kamaytirish uchun yordam beradi.

Galaxy S23 Seriyasi kelajakdagi yuqori chidamlilik hamda qulay ta’mirlash xususiyatlari asosida yaratilgan. Bu Corning® Gorilla® Glass Victus® 2 qo’llanilgan ilk qurilma bo’lib, uzoq vaqt davomidagi chidamlilikni ta’minlaydi hamda 22% foydalanishdan oldin qayta ishlangan materiallardan tashkil topgan. Shuningdek, Galaxy S23 Seriyasi 4 avlod yangilangan dasturiy ta’minot hamda yangilangan 5 yillik xavfsizlikni taqdim etadi, bu esa foydalanuvchilarga yanada uzoqroq vaqt davomida himoyalanish imkonini beradi.

Galaxy S23 Seriyalari misolida keltirilgan innovatsiya va barqarorlik qanday qilib uzluksiz ishlashi mumkinligini ko‘rish uchun quyidagi infografikaga qarang.

Innovatsiya va barqarorlikni birlashtirish: Samsung kompanisining CES uchun 2023 yildagi rejalari
Biz juda murakkab va tez oʻzgaruvchan dunyoda yashayapmiz.

Hozir hamma narsa – texnologiyalardan tortib bozorlar-u isteʼmolchilargacha oʻzgarib borayotgan hali kashf qilinmagan havzalarda suzishimizga toʻgʻri kelmoqda va biz pandemiya bilan bogʻliq qoʻshimcha muammolari hamda global iqtisodiyotdagi mavhum jihatlarga duch kelyapmiz.

Shunday qilib, turmush tarzimizga aloqador “atrof-muhit” va “tajriba” koʻproq ahamiyat kasb etmoqda va bizning barqaror kelajakni yaratish haqidagi xavotirimiz chuqurlashmoqda.

Maishiy elektronika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (ICT) sohasida global yetakchi sifatida men Samsung Electronics kompaniyasi bizning innovatsion texnologiyalarimiz va mahsulotlarimiz yordamida ekologik toza qiymat yaratish zanjirini vujudga keltirish, shuningdek, har bir isteʼmolchiga yanada qimmatli va qiziqarli taassurot taqdim etish uchun masʼul deb hisoblayman.

Aynan shu bois Samsung kompaniyasi bor kuchini barqaror innovatsiyalarni biznesimizning eng muhim qadriyati va muhim elementi sifatida eʼtirof etishga qaratmoqda.

Yanvardagi CES 2023 koʻrgazmasida Samsung kompaniyasi bu maqsadga intilishga oid masʼuliyatimiz va oliy maqsadimizga urgʻu bergan holda “Birlashgan dunyo uchun xotirjamlik baxsh etish” boʻyicha rejasini bayon qiladi.

SmartThings: Koʻrinmas, biroq hayotimizda mavjud rivojlangan giper-aloqa taassurotlarini taqdim etish

CES 2023 koʻrgazmasida Samsung kompaniyasi yanada koʻproq cheklov orqali xonadoningiz ekotizimini kuchaytirilgan xavfsizlik yordamida dastaklanadigan tizim bilan integratsiya qiluvchi SmartThings yangi va kengaytirilgan interfeysini taqdim etadi.

Shuningdek, qurilmalar va maishiy texnikani yanada oson va xavfsiz ulash usullarini, shuningdek, AI yordamida har bir foydalanuvchi uchun individual taassurotni yanada aniq darajaga qanday olib chiqish mumkinligini koʻrib chiqamiz.

Biz foydalanuvchilarga ularning shaxsiy afzalliklari va turmush tarziga muvofiq maqbul va sozlanadigan ulanish taassurotini taqdim etish uchun yangi usullarni yaratgan holda SmartThings tajribasini tatbiq etish uchun turli xil tarmoq hamkorlari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz.

Giper-aloqa erasida barqaror kelajak

Kundalik turmushni yaxshilash uchun Samsung kompaniyasi texnologiyalar kundalik hayotda yuzaga keluvchi qiyinchiliklar va muammolarni qanday yecha olishiga eʼtibor qaratmoqda. Bundan tashqari, biz innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqargan holda nisbatan barqaror kelajak yaratishga oʻz hissamizni qoʻshish usullarini aniqlashda davom etyapmiz.

Sentabr oyida yangi ekologik strategiyamizni eʼlon qilganimizdan buyon biz innovatsion texnologiyalarimiz yordamida iqlim inqirozini yengishga oʻz hissamizni qanday qoʻshish, jumladan, ultra past quvvatli yarimoʻtkazgichlar va energiya tejamkor mahsulotlar masalasiga urgʻu berdik. Shuningdek, 2050-yilga kelib uglerod chiqindilarini nol darajaga yetkazish maqsadimiz haqida ham eʼlon qildik.

SmartThings orqali energiyani tejash va ekologik toza innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish oʻzimizning barqaror, uzoqni koʻzlagan qadriyatlarimizga qatʼiy amal qilayotganimizni namoyon qiladi.

Bundan tashqari, biz xalqaro tashkilotlar, sanoat korxonalari va fuqarolar kabi boshqa manfaatdor tomonlar bilan biznesni barqaror boshqarish boʻyicha hamkorlikda ishtirok etgan holda ekologik va ijtimoiy intilishlarimizni faol targʻib qilmoqdamiz.

Osiyodagi asosiy ishlab chiqarish bazalariga qayta tiklanadigan energiya taʼminotini kengaytirish uchun jahonning yirik kompaniyalari va nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Osiyo toza energiya ittifoqining (ACEC) boshqaruv kengashiga qoʻshildik.

Bundan tashqari, noyabr oyida COP27 BMT Iqlim oʻzgarishi muammolari konferensiyasi davomida taʼsischi-aʼzo sifatida Semiconductor Climate Consortium (SECC) konsorsiumiga qoʻshildik. Bu tashkilot orqali biz yarimoʻtkazgichlar sanoatida umumiy issiqxona gazlarini chiqitga chiqarishni kamaytirish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, uglerod chiqindilarini kamaytirish maqsadini belgilash orqali ekologik toza ekotizimlar yaratishga, issiqxona gazlarini chiqitga chiqarishni kamaytirish texnologiyalarini ishlab chiqishga va yashil texnologiyalar sohasida startaplarni dastaklashga intilamiz.

Biz shuchaki Samsung mahsulotlari vositasida foydalanuvchilarga barqaror kelajakni qurishda yordam berish imkonini taqdim etgan holda giper-aloqa erasiga yoʻl ochishda davom etamiz.

Insoniyat uchun yana bir qadam: Samsung kompaniyasining barqaror taraqqiyot safari

Foydalanuvchilar uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqish orqali biz doim oʻzimizga “Nima qilishimiz mumkin?” deb emas “Nima qilishimiz kerak?” deb savol beramiz. Bu texnologiyalar insonlar dunyo bilan qanday muloqot qilishi va uni qanday qabul qilishini oʻzgartirishda yordam berishi, kundalik turmushni mazmunan boyitishi va porloq kelajak sari yoʻlda harakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkinligi bilan bogʻliq.

CES 2023 koʻrgazmasida biz ilgʻor texnologiyalar yordamida shunchaki aʼlo sifatli mahsulotlarni yaratish chegarasidan tashqariga chiquvchi hamda kundalik hayotimiz va dunyoni yanada yaxshilagan holda texnologiyalar yordamida yangi taassurotlar olish uchun yoʻnaltirilgan sohadagi ilgʻor intilishlarimizni namoyish qilamiz.