Galaxy Z Fold series – Samsung Newsroom O'zbekiston

[Galaxy Unpacked 2024] Galaxy Z Fold6 qurilmasining ichiga nazar tashlaymiz
Galaxy Z Fold qurilmalarining katta ekrani buklanib ochiladigan, moslashuvchan form-faktorli boʻlib, ilgʻor texnologiyalar asosida qurilgan.

Galaxy Unpacked 2024 koʻrgazmasida taqdim etilgan Galaxy Z Fold6 oʻzining chiroyli dizayni va buklanuvchan telefonlarning cheksiz imkoniyatlarini namoyish etuvchi yangi xususiyatlari bilan isteʼmolchilarni rom qildi. Yanada ixchamroq va yengilroq korpusga ega bu qurilma xuddi avvalgidek chidamli, eng soʻnggi Z Fold modeli sifatida Galaxy AI bilan jihozlangan, foydalanuvchi unumdorligini yangi darajaga olib chiqish uchun optimallashtirilgan.

Galaxy Z Fold6 innovatsiyalarining siri nimada? Buning tagiga yetish maqsasida Samsung Newsroom qurilma ichiga nazar tashladi.

1. Asosiy displey

Asosiy displey maksimal 2600 nitsli yorqinlikka ega boʻlib, buklanuvchan ekranni kunduzgi yorugʻlikda ham aniq-ravshan koʻrish imkonini beradi. Vision Booster turli xil yoritish muhitlari uchun tasvirlarning ranglari va kontrastini optimallashtirish orqali vizual taassurotni yanada yaxshilaydi.

2. Qanot qoplamasi

Qanot qoplamasi Galaxy Z Fold6 ni silliq buklab ochishga ochishga yordam beradi. Displey va oshiq-moshiq orasida harakatlanuvchi qanot qoplamasi ichki qismni tekislaydi va displeyni har qanday mexanik shikastlanishdan himoya qiladi. Qanot qoplamasi juda yupqa boʻlishiga qaramay, katta kuch oʻtkazadigan maxsus materialdan yasalgan.

3. Oshiq-moshiq

Oshiq-moshiq telefonning buklanib ochilishida markaziy oʻq vazifasini bajaradi. Yupqa qurilmalarda oshiq-moshiqlar uchun torroq joylar kerak boʻlganligi sababli takomillashgan oshiq-moshiq texnologiyasi uning unumdorligi va barqarorligiga putur yetkazmasdan yigʻma qismlarni iloji boricha yupqalashtirish uchun juda muhimdir. Galaxy Z Fold6 oshiq-moshigʻi oldingisiga qaraganda kichikroq va ingichkaroq, ammo yangi va mustahkamlangan materiallar tufayli bir xil darajada chidamli. Yangi oshiq-moshiq tufayli Samsung istalgan joyda va istalgan vaqtda olib yurish oson boʻlgan ultra portativ telefonni yaratishga muvaffaq boʻldi.

4. Old gʻilof

Gʻilof avvalgisiga qaraganda yupqaroq va yengilroq, lekin bir xil darajada chidamli. Takomillashgan zirhli alyuminiydan yasalgan. Gʻilof nomidan koʻrinib turibdiki, zirh buklanuvchan qurilmaning ichki qismlarini xavfsiz oʻrab olgan holda himoya qiladi. Gʻilofning IP48 reytingli suvga chidamliligi Galaxy Z Fold6 dan ochiq havoda yomgʻirli kunlarda ham xavfsiz foydalanish mumkinligini anglatadi.

5. Bugʻli kamera

Bugʻli kameralar smartfonlarning qizib ketishining oldini olish uchun issiqlikni tarqatadi. Bugʻli kamera qancha katta boʻlsa, u issiqlikni shuncha samarali tarqatishi va qurilmalarning barqaror ishlashini taʼminlashi mumkin. Samsung Galaxy Z Fold6 ga Galaxy Z Fold5 nikidan taxminan 1,6 baravar katta boʻlgan bugʻli kamera oʻrnatilgan.

6. Asosiy batareya

Samsung oʻzining yupqaroq dizaynini maromiga yetkazish uchun qurilmaga ingichka asosiy batareyani joylashtirdi. Baton shaklidagi smartfonlardan farqli oʻlaroq, Galaxy Z Fold6 ning asosiy batareyasi ikki qismga boʻlingan.

7. Quyi batareya

Quyi batareya asosiy batareyaning qarama-qarshi tomonida joylashgan va Galaxy Z Foldning chiroyli dizayniga mos kelishi uchun yupqalashtirilgan.

8. Asosiy bosma plata yigʻindisi

Smartfonning miyasi — bosma plata yigʻindisi (PBA) yoki ona plata xotira va protsessor kabi asosiy qismlarni oʻz ichiga oladi. Galaxy Z Fold’da ingichka dizaynga erishish uchun Samsung ustma-ust tushirilgan, koʻp qatlamli asosiy PBA’dan voz kechib, bir qatlamli variantiga oʻtdi.

9. Quyi bosma plata yigʻindisi

Quyi PBA qurilma displeyi va karnaylarini boshqarishga masʼul boʻlgan chiplarni oʻz ichiga oladi. Quyi PBA uchun ingichka bosma elektron plata (PCB) ishlatilgan.

10. Orqa gʻilof

Orqa gʻilof Galaxy Z Fold6 ni ishlab chiqarish jarayonining yakuniy bosqichidir. U nafaqat ichki qismlarni himoya qiladi, balki buklanuvchan qurilmaning ajoyib dizaynini ham namoyish etadi. Orqa gʻilofga oʻzining ajoyib chidamliligi bilan mashhur boʻlgan Corning’s Gorilla® Glass Victus® 2 kiritilgan boʻlib, u foydalanuvchilarda telefonlari yaxshi himoyalanganligiga ishonch hosil qildiradi.

11. Pastki displey

Galaxy Z Fold6 oʻzidan oldingi modeliga nisbatan yaxshi muvozanatlangan, gorizontal kengroq ekran nisbatiga ega boʻlib, buklanuvchan qurilmaning qulayligini sezilarli darajada oshiradi. Foydalanuvchilar oʻz qurilmalarini buklab, faqat pastki displey bilan ham qulay tomosha hissidan bahramand boʻla olishadi. Asosiy displey singari, pastki displey ham 2600 nitsgacha yorqin boʻlishi mumkin va foydalanuvchilarga hatto kunduzgi yorugʻlikda ham ekranlarni aniq-ravshan koʻrish imkonini beradi.