HDR10+ ADVANCED – Samsung Newsroom O'zbekiston

Samsung va Prime Video HDR10+ ADVANCED bilan tasvir sifatining yangi bosqichini taqdim etmoqda
Prime Video 2026-yil avgust oyidan boshlab butun dunyo bo‘ylab ayrim kontentlar uchun HDR10+ ADVANCED1 standartini qo‘llaydigan birinchi striming xizmati bo‘lishini e’lon qildi. Ushbu imkoniyat birinchi bo‘lib Samsung’ning 2026-yilgi televizorlarida taqdim etiladi. Film va seriallarni yanada yorqin, aniq va tabiiy ko‘rsatishga yordam beradigan yangi avlod HDR standarti foydalanuvchilarga ilk bor Enhanced Overall Brightness va Intelligent Motion Smoothing imkoniyatlarini taqdim etadi.

“Uyda kontent tomosha qilish imkoniyatlari tobora kengayib borayotgan bir paytda, foydalanuvchilar yanada yuqori tasvir sifati va chuqurroq taassurot beruvchi tomosha tajribasini kutmoqda”, – dedi Samsung Electronics Visual Display (VD) biznes bo‘limi ijrochi vitse-prezidenti Taeyong Son. “Prime Video bilan hamkorlik orqali biz HDR10+ ADVANCED standartini ilk bor uy ko‘ngilochar tizimlariga olib kiryapmiz va butun dunyo foydalanuvchilari uchun tomosha tajribasini yangi bosqichga ko‘tarmoqdamiz”.

HDR10+ ADVANCED – bu HDR10+ standartining yanada rivojlangan versiyasi bo‘lib, zamonaviy televizorlarning yuqori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun yaratilgan. U katta ekranlar, yuqori yorqinlik, keng rang diapazoni va kuchli tasvirni qayta ishlash imkoniyatlariga ega yangi avlod televizorlari uchun moslashtirilgan.

Yangi standart mos keluvchi televizorlarda kontent yaratuvchilarning asl tasavvurini saqlab qoladi va film hamda seriallarni yanada tabiiy, yorqin va jonli ko‘rsatishga yordam beradi.

Ikki yangi imkoniyat bilan yanada sifatli tasvir

HDR10+ ADVANCED foydalanuvchilarga ikkita yangi imkoniyatni taqdim etadi. Enhanced Overall Brightness televizorning yorqinlik imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishga yordam beradi. Natijada tasvirning barcha qismlarida, yorug‘ va qorong‘i sahnalarda, yanada aniq va yorqin HDR sifati ta’minlanadi.

Bundan tashqari, AI asosidagi tasvir sozlash texnologiyasi qorong‘i sahnalardagi mayda detallarni saqlab qoladi va sport hamda tez harakatlanuvchi sahnalarda kerakli yorqinlikni taqdim etadi.

Intelligent Motion Smoothing esa har bir sahnaga mos ravishda harakatlarni qayta ishlaydi. Bu filmlarda kinematografik ko‘rinishni saqlagan holda, sport, jangovar sahnalar va boshqa tezkor kontentlarda yanada silliq va tabiiy harakatlarni namoyish etadi.

“Prime Video’da foydalanuvchilarimizga eng yaxshi tomosha tajribasini taqdim etishga intilamiz va HDR10+ ADVANCED bu yo‘ldagi muhim qadamdir”, – dedi Prime Video texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti BA Winston. “Enhanced Overall Brightness va Intelligent Motion Smoothing yordamida tasvir sifati har bir sahnaning muhim detallarini ochib beradi. Biz Prime Video foydalanuvchilari yaxshi ko‘radigan kontentlarda yanada boy va dinamik tasvir tajribasini taqdim etishdan mamnunmiz”.

Prime Video bilan hamkorlikning keyingi bosqichi

Ushbu hamkorlik Prime Video’da HDR10+ standarti 2017-yil dekabr oyida ishga tushirilganidan keyingi navbatdagi bosqich hisoblanadi. O‘sha paytda Prime Video HDR10+ formatini foydalanuvchilarga taqdim etgan birinchi striming xizmati bo‘lgan edi. Ushbu loyiha natijasida Samsung’ning 2017-yilgi UHD televizorlarida Prime Video’ning HDR kontentlari HDR10+ formatida taqdim etilgan. Shundan buyon HDR10+ standarti rivojlanib, bugungi kunda displeylar, kontent, striming xizmatlari va yarimo‘tkazgich sohalarida faoliyat yurituvchi 183 ta hamkor kompaniya hamda 22 000 dan ortiq sertifikatlangan mahsulotni o‘z ichiga olgan keng ekotizimga aylandi.

HDR10+ ekotizimi rivojlanishda davom etmoqda

HDR10+ ADVANCED Samsung’ning 2026-yilgi televizorlaridan boshlab mahsulotlar qatoriga kiritiladi. HDR10+ ekotizimi rivojlanishda davom etar ekan, kelajakdagi mahsulotlarda ham ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Bu Samsung’ning global televizor bozoridagi 20 yillik yetakchiligini davom ettiradi va kompaniyaning tasvir texnologiyalarini rivojlantirish hamda butun dunyo foydalanuvchilariga yuqori sifatli tomosha tajribasini taqdim etishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.2

Samsung televizorlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun www.samsung.com saytiga, HDR10+ ADVANCED haqida batafsil ma’lumot olish uchun esa hdr10plus.org/advanced saytiga o‘ting.

HDR10+ Technologies, LLC haqida

HDR10+ Technologies, LLC HDR10+ standartlari oilasini, jumladan HDR10+, HDR10+ ADVANCED, HDR10+ GAMING va HDR10+ ADAPTIVE standartlarini boshqaradi. Samsung Electronics va Panasonic tomonidan yaratilgan HDR10+ – ochiq va litsenziya to‘lovlarini talab qilmaydigan dinamik HDR standarti bo‘lib, displey, kontent, striming xizmatlari va yarimo‘tkazgich sohalaridagi 183 ta kompaniyani birlashtiradi. HDR10+ ADVANCED kontenti va mos keluvchi displeylar uchun litsenziya to‘lovlari talab etilmaydi. Batafsil ma’lumot hdr10plus.org saytida.

1. HDR10+ ADVANCED kontenti va mos keluvchi displeylar uchun litsenziya to‘lovlari talab etilmaydi.

2. Batafsil ma’lumot hdr10plus.org saytida.