Interpreter – Samsung Newsroom O'zbekiston

Galaxy AI 2024-yil oxirigacha 20 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi
Samsung Galaxy AI’ni ko’proq foydalanuvchilarga yetkazish orqali til va aloqa to’siqlarini kamaytirishga o’z sodiqligini ta’kidlamoqda

Samsung Electronics bugun Galaxy AI uchun to’rtta yangi tilning kengayishi haqida e’lon qildi: turk, niderland, shved va rumin. Mavjud qo’llab-quvvatlanadigan tillar an’anaviy xitoy va portugal (Yevropa) tillarida qo’shimcha dialektlarni qamrab olish uchun ham kengayadi. Ushbu kengaytirilgan yordam oktyabr oyining oxiridan boshlab ishga tushadi.

Galaxy AI hozirda 16 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi[1], va yil oxiriga kelib yangi qo‘shilgan tillar bilan bu raqam 20 gacha yetadi. Ushbu yangilanish yanada ko‘proq foydalanuvchilar til to‘siqlarini kamaytirishi va Galaxy AI kuchi bilan kengroq dunyoga qadam qo‘yishi mumkinligini anglatadi. Yangi tillar va dialektlarni mos keluvchi Galaxy qurilmalarining Sozlamalar ilovasidan til paketlari sifatida yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Galaxy AI haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: Samsung Newsroom, Samsungmobilepress.com yoki Samsung.com.

[1] Qo’llab-quvvatlanadigan tillarga arab, xitoy (materik Xitoy, Gonkong), ingliz (Avstraliya, Hindiston, Buyuk Britaniya, AQSH), fransuz (Kanada, Fransiya), nemis, hind, indoneziya, italyan, yapon, koreys, polyak, portugal (Braziliya), rus, ispan (Meksika, Ispaniya, AQSH), Tailand va Vyetnam tillari kiradi.

[Galaxy AI imkoniyatlarini ochib] Galaxy Z Fold6 va Z Flip 6 bilan toʻsiqlarsiz sayohat
Galaxy AI[1] xususiyatlari Galaxy Z modellarining intuitiv serqirraliligi bilan uyg‘unlashganida muloqotning yangi usullari paydo boʻladi, ayniqsa sayohatchilar uchun. Galaxy AI yordamida Samsung dunyo bilan tanishishni yanada osonroq, tabiiyroq va yoqimliroq qiladi.

Ora-orada yangi joylarni aylanasizmi yoki diqqatga sazovor joylarni tomosha qilasizmi, bundan qatʼi nazar sunʼiy intellekt umumiy aloqa toʻsiqlarini olib tashlagan holda sizga dunyoni avval tasavvur qilib boʻlmagan darajada his qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Samsung’ning ilgʻor ogʻzaki Tarjimon[2] funksiyasi bilan til toʻsiqlari endi muammo emas, Yozuvchi[3] va Tavsiya etilgan javoblar[4] esa yoʻl-yoʻlakay tezkor va oson muloqotni taʼminlaydi. Soʻnggi Galaxy Z modellari Galaxy AI’ni sayohat uchun mukammal hamrohingizga aylantiradi.

Keling, bu qanday amalga oshishini koʻrish uchun kichik sayohat uyushtiramiz.

Har qanday vaziyat uchun uzluksiz jonli tarjimon

Muzeyga tashrif buyurish mahalliy joy tarixi va madaniyatini oʻrganishning ajoyib usulidir, ammo til toʻsiqlari sizni yangiliklarga toʻliq shoʻngʻib ketishingizga xalaqit berishi mumkin. Ogʻzaki tarjimon sizning Galaxy Z modelidagi qurilmangizni jonli tarjimon vositasiga aylantiradi va ikkitalik ekran imkoniyatlarini maksimal darajada oshiradi.

Tinglash rejimida siz begona tilda oʻtkazilayotgan muzey ekskursiyasiga qoʻshilishingiz va til transkripsiyasini koʻrishingiz mumkin. Bu orqali ekskursiyaning muhim qismlarini oʻtkazib yubormaysiz. Bundan tashqari, siz Galaxy Buds 3[5]ni taqqan boʻlsangiz, ekskursiyaning audio tarjimasini eshitasiz. Shunda siz ovozli rejimda boʻlishingiz va yer yuzidagi eng noyob joylarni kezish chogʻida namoyish etilayotgan buyumlarga eʼtiboringizni qaratishingiz mumkin.

Sayohat paytida oziq-ovqat va ichimliklarga buyurtma berish mahalliy aholi bilan muntazam muloqotda boʻlishingiz kerakligini anglatadi. Ogʻzaki tarjimonning suhbat rejimi boshqa tilda birov bilan oson suhbatlashish imkonini beradi va Galaxy Z modellarining ikkitalik ekrani tufayli siz qurilmangizni FlexMode[6] rejimiga oʻtkaza olasiz. Shunda ikkala tomon ham suhbat tarjimasini tabiiy usulda koʻrishlari mumkin.

Ogʻzaki tarjimon har bir suhbatni tarjima qila oladi. Siz bu orqali 16 tilda muammosiz muloqot qilishingiz mumkin. Shuningdek, bu yil oxirigacha jami 20 ta til qoʻllab-quvvatlanishi rejasida.

Til toʻsiqlarisiz oson xabar yuborish

Smartfonlarimiz fikrlarimizni ulashish uchun qulay vositadir va sayohat paytida biz nafaqat ovoz bilan, balki matn orqali ham muloqot qilamiz. Elektron pochta xabarlarini boshqa tilda yozish mushkul vazifa va yoʻlda ketayotib biror xabar yozishda matn formati va aniqligiga ziyon yetishi mumkin. Chat yordami[7] bilan elektron pochta xabarlarini yaratish osonlashadi. Bir nechta oddiy kalit soʻzlarni kiritsangiz kifoya, Galaxy AI qisqa vaqt ichida matn tekshiruvi, zarur boʻlsa, tahrirlash va joriy vaziyatingizga mos xabarni yuborishda yordam beradi.

Tasavvur qiling, siz mehmonxonadan chiqib ketyapsiz, lekin aeroportga ketayotib, xonangizda narsangizni unutib qoldirganingizni anglaysiz. Yordam uchun mehmonxonaga murojaat qilishingiz kerak. Bu borada sizga yozuvchi funksiyasi yordam bera oladi. Yozuvchi yordamida mehmonxona xodimlaridan siz unutib qoldirgan narsangizni izlab topishlari va uni oldingizga taksida joʻnatib yuborishlari haqida elektron pochta xabarini bir nechta soʻz kiritib, osonlik bilan yarata olasiz. Qanday vaziyatda boʻlishingizdan qatʼi nazar yozuvchi funksiyasi muloqotni oson va samarador qiladi.

Chat yordamida[8] matn ohangini shaxsiy uslubingizga moslashtirish paytida u jumla tuzilishini yaxshilaydi, ifodali gaplar tuzadi, grammatik xatolarni tuzatadi va hatto vaqtni tejash uchun toʻliq jumlalarni oʻrningizga kiritib beradi. Bundan tashqari, u bir nechta tillarni qoʻllab-quvvatlash orqali til toʻsiqlarini yengishda yordami beradi[9]. Shunday ekan, siz dunyo boʻylab odamlar bilan oson muloqot qila olasiz.

Doʻstlaringiz va oilangizni sizdagi yangiliklardan boxabar qilib turish uchun sayohatlaringizdagi soʻnggi rasmlarni joylashtirmoqchi boʻlsangiz, chat yordami hatto oldingi postlaringiz asosida ijtimoiy tarmoq uslubida yangi postlar ham tayyorlay oladi. Shunda siz tezda postlar joylay olishingiz va sayohatlaringizni uzluksiz davom ettirishingiz mumkin.

Yoʻl-yo‘lakay xabarlarga tezda javob yozish

Notanish mahallada kechki ovqatga doʻstingiz bilan uchrashishga kech qolganingizda harakatlanayotgan paytingizda suhbat silliq oʻtishi uchun tavsiya etilgan javoblardan foydalanishingiz mumkin. Bu funksiya Galaxy Z Flip 6 smartfoningizni ochmasdan ham uning FlexWindow’idan kechki ovqat uchun yangi vaqtni belgilashda oxirgi javoblaringiz tahlili asosida moslashtirilgan javoblarni yaratadi.

Biz qayerga bormaylik, mobil qurilmalarimiz doim biz bilan birga. Lekin ular shunchaki bizga ergash boʻlmay, balki foydali ham boʻlishi kerak. Chat yordamida tavsiya etilgan javoblar funksiyasi Galaxy Z Flip 6 uchun ayni muddao, zero u FlexWindow imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanadi. Siz bu orqali qurilmangizni ochmasdan turib xabarlarga tezda javob berishingiz mumkin. Chat yordami bilan oʻz ohangingiz va uslubingizni buzmasdan doʻstlaringiz, oilangiz, hamkasblaringiz yoki boshqalar bilan tez va oson muloqot qiling.

Galaxy AI endi shunchaki salohiyati kutilgan vosita emas. Bu foydalanuvchilarning kundalik hayotini yaxshilaydigan amaliy vositaga aylandi. Samsung foydalanuvchilarga sayohat paytida ham toʻsiqlarni yengib oʻtishga hamda yangi va mavjud qulayliklardan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga sodiqdir. Qayerda boʻlishingizdan yoki kim bilan muloqotda boʻlishingizdan qatʼi nazar eng soʻnggi Galaxy Z modellaridagi Galaxy AI bilan barcha yangi usullarda muloqot qila olasiz. Qoʻlingizga ham, choʻntagingizga ham ajoyib tarzda mos tushadigan kuchli aloqa vositasi — yangiliklarni kashf qilish va odamlar bilan muloqotga kirishishning noyob imkonini.

Galaxy AI Samsung’ning soʻnggi buklanuvchan qurilmalarida ijodkorlikni qanday oshirishi koʻrsatilgan “Galaxy AI imkoniyatlarini ochib” turkumidagi keyingi maqolalarni kuzatib boring.

[1] Samsung AI xususiyatlaridan foydalanish uchun Samsung akkauntida login statusi talab qilinishi mumkin. Samsung sunʼiy intellekt xususiyatlari tomonidan taqdim etilgan natijalarning aniqligi, toʻliqligi yoki ishonchliligi boʻyicha hech qanday vaʼda yoki kafolat bermaydi. Galaxy AI xususiyatlarining mavjudligi mintaqa/mamlakat, OS/One UI versiyasi, qurilma modeli va telefon operatoriga qarab farq qilishi mumkin. Baʼzi funksiyalar mavjudligi qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Galaxy AI xizmati baʼzi hududlarda balogʻatga yetmaganlar uchun cheklangan boʻlishi mumkin. Galaxy AI xususiyatlari qoʻllab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025-yil oxirigacha bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan AI xususiyatlari uchun turli shartlar qoʻllanilishi mumkin.

[2] Ogʻzaki tarjimon Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Ayrim tillar til paketini yuklab olishni talab qilishi mumkin. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Mavjudligi va qoʻllab-quvvatlanadigan funksiyalar mamlakat, mintaqa yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin.

[3] Yozuvchi tarmoq ulanishi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Bu xususiyat maʼlum belgilar soniga yetganda faollashadi. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.

[4] Chat yordami uchun tavsiya etilgan javoblar funksiyasi xabarlarni qabul qilish uchun tarmoq ulanishini talab qiladi. Xabarlar qurilma tomonidan qabul qilingach, u tarmoqqa ulangan yoki ulanmagan holda javoblarni taklif qilishi mumkin. Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Faqat Galaxy Z Flip 6’ning FlexWindow’ida ishlaydi. Xizmat mavjudligi til va ilovaga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.

[5] Audio tarjima faqat Buds taqilganda va Samsung Galaxy smartfoniga ulanganda mavjud. Ogʻzaki tarjimon xususiyati Buds tomonidan bevosita taʼminlanmagan. Agar Buds mavjud boʻlmasa, tarjima qilingan kontent Samsung Galaxy smartfoningiz ekranida taqdim etiladi. Ayrim tillar til paketini yuklab olishni talab qilishi mumkin. Xizmat mavjudligi til, mamlakat, mintaqa yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin. Samsung Galaxy qurilmalari Galaxy AI xususiyatlarini toʻgʻri qoʻllab-quvvatlash uchun eng soʻnggi dasturiy taʼminot yangilanishini talab qilishi mumkin.

[6] Flex rejimi 75° va 115° burchaklarida qoʻllab-quvvatlanadi.

[7] Yozuvchi tarmoq ulanishi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Bu xususiyat maʼlum belgilar soniga yetganda faollashadi. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.

[8] Chat yordami ilovasida ohangni taklif qilish funksiyasi tarmoq ulanishi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Funksiyani faollashtirish uchun matn uzunlik talablariga javob berishi kerak. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.

[9] Chat yordamidagi tarjima funksiyasi Samsung akkauntida login statusini talab qilishi mumkin. Baʼzi chat ilovalari bu xususiyatni qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin. Ayrim tillar til paketini yuklab olishni talab qilishi mumkin. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Bu xususiyat tarjima qilinadigan til aniqlanganda faollashadi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.

Oʻrganish sikli, 8-qism: yapon tilidan dunyo tillariga oʻgirish
Yaponiyadagi Samsung Research kompaniyasi mobil AI’ni demokratlashtirish ortidagi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir

Samsung premium darajadagi mobil AI qulayliklarini yaratishda davom etar ekan, biz Galaxy AI koʻplab foydalanuvchilarga qay tarzda oʻz imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini berayotganini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyuramiz. Galaxy AI endi 16 tilni qoʻllab-quvvatlaydi va Live Translate, Interpreter, Note Assist va Browsing Assist kabi funksiyalarning qurilmaning oʻzida tarjima qilish imkoniyati tufayli hatto oflayn rejimda ham koʻplab odamlar til imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin. Ammo AI tilini rivojlantirish deganda nima tushuniladi? Oxirgi marta biz Yevropa davlatlari oʻz maqsadlariga erishishda qanday hamkorlik qilayotganini bilish uchun Polshaga tashrif buyurgan edik. Bu safar biz yapon dasturchilari doimiy ravishda yangi ssenariylar va keyslarga qanday moslashayotganini koʻrish uchun Yaponiyaga yetib keldik.

Samsung R&D Institute Japan (SRJ) uy jihozlari va displeylar kabi uskunalarga qaratilgan tadqiqot va ishlanmalar markazi sifatida tashkil etilgan. Dunyo miqyosida AI innovatsiyalariga boʻlgan talab ortib borar ekan, Yokohamadagi SRJ ham oʻtgan yilning oxiridan beri ovozli qoʻngʻiroqlarni jonli va avtomatik ravishda tarjima qiladigan Galaxy AI’ning Live Translate funksiyasini yaratish uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqariladigan laboratoriyada ish olib bormoqda.

“Jonli tarjima (Live Translate) bu yilgi Parijdagi Olimpiya oʻyinlariga tashrif buyuruvchilarining sayohat ssenariylari uchun samarali tarzda qoʻl keladi” deydi SRJ AI boʻlimi boshligʻi janob Akasako Takayuki. “Hozirda biz Parijdagi Olimpiya oʻyinlarini koʻrishga kelgan va tomosha qilayotgan odamlar uchun nutqni aniqlash dasturini ishlab chiqmoqdamiz. Bu Parij 2024 dagi oʻyinlar va stadionlarning joylashuvini dasturga oʻqitish orqali amalga oshiriladi”.

Ovozni aniqlashda kontekstni tushunish

Galaxy AI tarjimon funksiyalaridan anchadan beri foydalanib yurganlar uchun bunday funksiyalar mavjudligi tabiiy tuyulishi mumkin. Ammo bu funksiyalarga jon bergan dasturchilar chet elda sayohat paytida til toʻsiqlarisiz muloqotni tabiiy deb qabul qilish mumkin emasligini bilishadi.

Masalan, ovqatlanish choʻplari (Hashi, 箸) va koʻprik soʻzlarining (Hashi, 橋) talaffuzidagi farqi tufayli ularni ajratish nisbatan oson, ammo sayyohlik (Kankou, 観光), udum, urf-odat (Kankou, 慣行), jamoat, ommaviy (Koukyou, 公共) va farovonlik (Koukyou, 好況) kabi soʻzlarni kontekstga qarab ajratmasak boʻlmaydi.

“Kontekst koʻp maʼnoli boʻlganda, masalan, mahalliy joy nomlari va odamlarning ismi kabi atoqli otlar, shevalar va son soʻz turkumlari aralashtirilsa, gapdan maʼno chiqarish qiyinlashadi” deydi janob Akasako. “Shu sababdan nutqni aniqlash funksiyasi aniqligini oshirish uchun juda koʻp maʼlumotlar kerak”.

“Biz AI modelini muhim tadbir va lahzalar uchun doimo oʻz vaqtida sozlab qoʻyish yoʻllarini qidirishga intilamiz”, davom etdi janob Akasako. “Yangi joy nomlari va tadbirlarning koʻplab kombinatsiyalari vujudga kelsa-da, odamlar Galaxy AI’dan foydalanganda kontekst shunda ham aniq boʻlishi muhimdir”.

Samarador maʼlumot toʻplashdagi qiyinchiliklar

Zarur maʼlumot turlarini aniqlash ham muhim, lekin maʼlumotni yigʻishning oʻzi ham bir qiyinchilikdir.

Ilgari SRJ jamoasi jonli tarjimonning nutqni aniqlash tizimini oʻqitish uchun insonlar tomonidan yozib olingan maʼlumotdan foydalangan edi, ammo natijada bu usul yetarli darajada maʼlumot toʻplay olmadi.

Kompaniyaning katta til modeli (LLM) boʻlgan Samsung Gauss har bir ssenariyga mos keladigan soʻzlar yoki iboralar bilan gaplarni tuzish uchun skriptlardan foydalanadi. Samsung Gauss bilan toʻplangan maʼlumotlar nafaqat odamlar tomonidan olinadi, balki nutq sintezi matnni nutqqa aylantirish (TTS) maʼlumotlari orqali ham hosil qilinadi, bu sintez nutqni esa kadrlar boʻlimi sifat boʻyicha yakuniy tekshiruvdan oʻtkazadi. Ushbu usuldan foydalanganda jamoa maʼlumotlarni toʻplash samaradorligi sezilarli darajada oʻsganini kuzatdi.

“Har safar muammo aniqlanib hal qilinganda, nutqni aniqlash funksiyasining aniqligi sezilarli darajada oshadi” deydi janob Akasako. “Odamlar qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, bizning maqsadimiz ularni bir-biri bilan bogʻlashdir. Galaxy AI bilan qoʻllab-quvvatlangan vositalar esa yanada qiziqarli va samarali muloqotni taʼminlaydi”.

Oʻrganish sikli, 6-qism: AI innovatsiyalari tomon hamkorlik yoʻllari
Hindistondagi Samsung Research kompaniyasi mobil AI’ni demokratlashtirish ortidagi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir

Samsung premium darajadagi mobil AI qulayliklarini yaratishda davom etar ekan, biz Galaxy AI koʻplab foydalanuvchilarga qay tarzda oʻz imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini berayotganini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyuramiz. Galaxy AI endi 16 tilni qoʻllab-quvvatlaydi va Live Translate, Interpreter, Note Assist va Browsing Assist kabi funksiyalarning qurilmaning oʻzida tarjima qilish imkoniyati tufayli hatto oflayn rejimda ham koʻplab odamlar til imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin. Ammo AI tilini rivojlantirish deganda nima tushuniladi? Oxirgi marta biz Braziliyaga jamoalar Galaxy AI’ni yanada koʻplab odamlar bilan ulashish uchun madaniyat va chegaralararo qay tartibda ishlashlarini bilish uchun tashrif buyurgan edik. Bu safar biz Hindistonga mahalliy hamkorlar bilan birga ishlashning ahamiyatini tushunish uchun keldik.

Hindistonning Chennay shahridagi Vellore texnologiya instituti ichida futuristik audio uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya joylashgan. Bu yerda manekenlar (sohada bosh va gavda simulyatorlari sifatida tanilgan), shuningdek, binaural mikrofonlar va eshitish moslamalari mavjud. Ular ilgʻor ovozni yutish tizimi bilan ishlov berilgan maxsus kameralarda saqlanadi. Bu Hindistondagi birinchi shunaqa turdagi laboratoriyadir. Tasavvur qiling, bunday inshoot yuqori aniqlikdagi (Hi-Fi) eng soʻnggi uskunalarni ishlab chiqishda ishlatilmoqda.

Bu yerda Vellore texnologiya instituti Samsung bilan Galaxy AI til imkoniyatlari uchun eng soʻnggi AI modellarini quvvatlovchi maʼlumotlar va insaytlarni hosil qilish va ishlab chiqish uchun hamkorlik qiladi. Ushbu muassasa Samsung SEED (Muhandislik maʼlumotlari uchun talabalar ekotizimi) Labs — Hindiston universitetlari xodimlari, talabalari va amaliyotchilariga 2021-yildan beri Samsung tomonidan soʻralgan loyihalar ustida ishlash imkonini beruvchi tashabbusning bir qismi sifatida qurilgan. Bu Samsung tomonidan moliyalashtiriladigan bir nechta universitet dasturlaridan biri boʻlib, unda talabalar kompaniyaning texnik mutaxassislari bilan loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.

“Talaba sifatida men Samsung kabi taniqli va obroʻli kompaniya bilan bir nechta loyihalarda ishlay olganimdan gʻoyat xursandman” deydi Samsung SEED talabasi Yashika Ilanchezhiyan. “Menga yangi koʻnikmalarni amaliy yoʻl bilan oʻrganish va hozirgi va kelajakdagi mahsulotlarda sezilarli hissa qoʻshayotganimni his qilish ishonchi berildi”.

“Bu turdagi hamkorlik ikki tomonlama gʻalabadir” deydi Samsung Hindiston ilmiy-tadqiqot instituti — Bangalor (SRI-B) AI til boʻlimi boshligʻi Giridhar Jakki. “Universitetlar bilan olib borilgan loyihalarimiz tufayli biz qoʻshimcha tajriba va maxsus maʼlumotlar toʻplamidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldik. Hamkor universitetlar buning natijasida Samsung’dan sarmoya, moliyaviy ragʻbatlar va mutaxassislar murabbiyligini olmoqda”.

Til toʻsiqlarini kamaytirish

SRI-B Buyuk Britaniya ingliz tili varianti, hindcha ingliz tili varianti va Avstraliya ingliz tili varianti, shuningdek, Tailand, Vyetnam va Indoneziya davlat tillari uchun AI til modellarini ishlab chiqishda dunyo jamoalari bilan hamkorlik qildi. Yaqinda boshqa Samsung tadqiqot markazlarining bosh muhandislari Hindistonning Bangalor shahriga tashrif buyurishdi. U yerda SRI-B jamoasi Vyetnam, Tailand va Indoneziya davlat tillarini Galaxy AI’ga olib kirishda yordam berdi. Shu sababdan SRI-B Galaxy AI uchun hind tilini rivojlantirishga juda mos edi.

“Har bir tilning oʻziga xos muammolari bor” deydi Jakki. “Ammo yakuniy maqsad — odamlarga boshqa tillarda muloqot qilish qobiliyatini tuhfa etish haqida oʻylasak, har bir saʼy-harakat naqadar arzirli ekanligini tushunamiz. Biz hind tilini Galaxy AI’ga olib kirishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”.

Hind tili AI modelini ishlab chiqish oson kechmadi. Jamoa 20 dan ortiq mintaqaviy dialektlarni, tonal oʻzgarishlar, tinish belgilari va ogʻzaki dialektlarni qamrab olishi kerak edi. Bundan tashqari, hind tilida soʻzlashuvchilar oʻz suhbatlarida inglizcha soʻzlarni aralashtirishlari odatiy holdir. Bu jamoadan tarjima va transliteratsiya qilingan maʼlumotlar kombinatsiyasi bilan bir nechta AI modeli mashgʻulotlarini oʻtkazishni talab qildi.

“Hind tili boshqa koʻplab tillarda mavjud boʻlmagan retrofleks tovushlarni (tilni ortga burish orqali hosil boʻladigan tovushlar) oʻz ichiga olgan murakkab fonetik tuzilishga ega” deydi Jakki. “AI yechimining nutq sintezi elementini yaratish uchun biz barcha noyob tovushlarni tushunishda mahalliy tilshunoslar bilan maʼlumotlarni sinchkovlik bilan koʻrib chiqdik va tilning oʻziga xos dialektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus fonemalar toʻplamini yaratdik”.

Samsung va akademik hamkorlar oʻrtasidagi saʼy-harakatlar Hindiston hududlarining nozik madaniyatini aks ettiruvchi AI til modelini ishlab chiqishda muhim rol oʻynadi. Vellore texnologiya instituti soʻzlashuv nutqi,soʻzlar va buyruqlar boʻyicha segmentlangan va tartiblangan audio maʼlumotlarning deyarli million qatorini taʼminlashga yordam berdi. Dunyodagi toʻrtinchi eng koʻp soʻzlashiladigan tilni Galaxy AI’ga kiritishdek muhim vazifa uchun maʼlumotlar jarayonning kalit qism hisoblangan edi. Universitetlar bilan ishlash esa Samsung’ni eng yuqori sifatli maʼlumotlardan bilan taʼminladi.

Global aloqalarning taʼsiri katta

Ushbu loyiha Samsung’ning ochiq hamkorlik falsafasi va kompaniyaning tajriba va gʻoyalarni oʻzaro almashish mazmunli innovatsiyalarni taʼminlaydi degan qarashlarini mukammal tarzda ifodalaydi. SRI-B misolida bu loyiha nafaqat akademiya bilan ishlashni, balki dunyo boʻylab boshqa Samsung tadqiqot markazlari bilan eng yaxshi bilim va tajribalarni almashishni ham oʻz ichiga oldi.

“Hamkorlarimiz yordamida erishgan natijalarimizdan juda faxrlanaman” deydi Jakki. “Hamkorlik orqali yaratilayotgan sunʼiy intellekt innovatsiyalari sohadagi ishlarimizning katta qismidir. Kelgusida ham yanada koʻplab odamlar sunʼiy intellekt vositalaridan foydalana olishlarini taʼminlash uchun til maʼlumotlarini yaxshiroq tushunish, toʻplash va tahlil qilishda davom etamiz”.

[Intervyu] Tezkor, yengil va qurilma ichiga oʻrnatilgan sunʼiy intellekt: Samsung Research jonli ravishda tarjima qiluvchi AI funksiyalarini qanday yaratgani haqida
Samsung Electronics kompaniyasining Galaxy AI’ni qoʻllab-quvvatlaydigan mobil qurilmalari foydalanuvchilarga yanada koʻproq mamlakatlarda uzluksiz, toʻsiqsiz muloqot qilish imkonini beradi. Endilikda arab, indoneziya va rus tillarini qoʻllab-quvvatlaydigan Galaxy AI’ning ogʻzaki tarjimon va jonli tarjimon funksiyalarining mavjud tillar soni 13 dan 16 gacha kengaytirildi.

Samsung Research maʼlumotlar va ilgʻor texnologiyalarni oʻzida birlashtirdi. Mobile eXperience (MX) Business R&D Office bilan birgalikda Samsung Research telefon qoʻngʻiroqlari paytida va turli ilovalarda jonli ravishda tarjimani taʼminlaydigan qurilmadagi sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan tarjimon funksiyalarini ishlab chiqish uchun ushbu texnologiyani yanada takomillashtirdilar. Samsung Newsroom ushbu ulugʻvor maqsadni koʻzlagan funksiyalar haqida batafsil maʼlumot olish maqsadida Samsung Research Global AI markazidan Yoonjung Choi va Yonghyun Ryu bilan uchrashdi.

▲ (Chapdan) Yoonjung Choi va Yonghyun Ryu, Samsung Global Tadqiqot AI Markazi (Research’s Global AI Center)

Qurilma ichidagi AI yordamida uzluksiz aloqa va kuchli xavfsizlik

Qurilma ichidagi AI Galaxy AI’ning ogʻzaki tarjimon va jonli tarjimon funksiyalarining muhim qismi boʻlib, joriy yil boshida chiqqan Galaxy S24 modellari orqali foydalanuvchilarga taqdim etilgan. Qurilmaning oʻziga oʻrnatilgan ilgʻor hisoblash resurslaridan foydalangan holda qurilma ichidagi AI’ga ega smartfonlar serverlar yoki bulutga tayanmasdan AI xizmatlarini taqdim etishi mumkin. Foydalanuvchilar ularning maʼlumotlari maxfiy va xavfsiz boʻlib qolishiga ishonch hosil qilishlari mumkin, chunki maʼlumotlar tashqi manbalarga ulashilmaydi.

Samsung Research Global AI markazi ushbu funksiyalarni keng isteʼmolga qoʻyish yoʻlida proprietar texnologiyani oʻzining AI tarjimon modeliga integratsiyalashga hissa qoʻshdi.

Keng koʻlamli ilovalarni nazarda tutgan holda Samsung Research jamoasi va MX R&D Office katta hajmdagi maʼlumotlarga ega boʻldi. “Biz jonli tarjimon telefon qoʻngʻiroqlari paytida jonli ravishda tarjima qila olishi uchun soʻzlashuv maʼlumotlarini va ogʻzaki tarjimon uchun sayohatga oid maʼlumotlarni toʻpladik”, deb tushuntirdi loyihani boshqargan Yoonjung Choi. “Eng aniq tarjimani taʼminlash uchun biz chatlarda qoʻllaniladigan kazual tilni va veb-brauzerlarda ishlatiladigan HTML teglarini oʻrganib chiqdik va birlashtirdik”.

▲ Qurilma ichidagi AI tarjimasi ① Live Translate (jonli tarjimon), ② matnli xabarlar va ogʻzaki suhbatlar tarjimasi, ③ Samsung Notes’dagi tarjima va ④ veb-brauzer tarjimalarini oʻz ichiga oladi.

Samsung Research oʻzining AI modelini qanday oʻrgatgani haqida

Samsung Research jamoasining AI tarjimon modeli oʻz maʼlumotlaridan oʻrganadigan chuqur oʻrganish texnologiyasiga asoslangan. Sunʼiy intellektni tadqiq qilish va rivojlantirishga masʼul Yonghyun Ryu bu jarayonni bola tarbiyasiga oʻxshatadi. “Bolaning oʻsishi va rivojlanishi uchun mukammal taʼlim resurslari va gʻamxoʻrlarga muhtoj boʻlgani kabi yuqori samarador AI tarjimon modelini ishlab chiqishda sifatli til maʼlumotlari va iqtidorli tadqiqotchilar talab qilinadi”, dedi u.

Samsung Research ikkalasiga ham ega: 2013-yildan beri kompaniya ichki tarjima xizmatlarini taqdim etadi, sunʼiy intellektni tarjima qilish bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va yuqori sifatli maʼlumotlarni toʻplab keladi.

Samsung Research kompaniyasining chuqur oʻrganish boʻyicha mutaxassislar jamoasi AI modelini oʻqitishda muhim rol oʻynadi. “Agar tadqiqot va ishlanmalar jarayonida notoʻgʻri tarjimalar yuzaga kelsa, bu muammoni aniqlash va modelni takomillashtirish zarur. Biroq bu yetarli qobiliyat va tajribaga ega boʻlmagan tadqiqotchilar uchun qiyin va vaqt talab qilishi mumkin”, deb tushuntirdi u. “Bizning tadqiqotchilarimiz muammoning kelib chiqishini tezda tahlil qilish va AI tarjima modelini yaxshilashga yechim topish uchun oʻzlarining uzoq yillik tajribalari va nou-xaularidan foydalanganlar”.

▲ Samsung Research Global AI markazidan Yonghyun Ryu.

Galaxy AI tarjimalari samaradorligini baholash uchun Samsung Research jamoasi testlar toʻplamiga asoslangan miqdoriy koʻrsatkichlardan hamda inson tarjimonlari va MX R&D Office tomonidan sifatli baholashlardan foydalangan.

Bundan tashqari, jamoa global mashina tarjimasi kontestlarida qatnashib, erishgan natijalariga yana bir bor guvoh boʻlishdi. “Ishtirok etish vaqt va kuch talab qilsa-da, musobaqalardagi yaxshi natijalar tadqiqot va ishlanmalar uchun yaxshigina turtki beradi”, dedi Ryu. “Biz sezilarli natijalarga erisha oldik, chunki jamoamiz aʼzolari yangi gʻoyalarni erkin muhokama qilishlari va ularni sinovdan erkin oʻtkazishlariga imkon berilgan edi”.

Tildagi xushmuomalalik va tinish belgilari: har bir tilning oʻziga xos xususiyatlarini tushunish haqida

Har bir til oʻz madaniyatiga va oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, insonga yuzlanishda sharafli qoʻshimchalar, tonal oʻzgarishlar va aniq tinish belgilarini oʻz ichiga olishi mumkin. Tarjimalarni iloji boricha aniqroq qilish uchun AI tarjimon modeli ushbu barcha lingvistik xususiyatlarni hisobga oladi. Masalan, koreys va yapon tillarida hurmatli ohangni saqlab qolish uchun sharaf soʻzlari toʻgʻri tarjima qilinadi.

Samsung tillarni madaniy kontekstda toʻliq tushunish uchun mintaqaviy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qildi. “Boshqa mamlakatlardagi tadqiqotchilar va tilshunoslar bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda biz aniqroq va toʻliqroq tarjimani taʼminlashga harakat qildik”, dedi Choi.

Aytish joiz, turli tillar bilan ishlash koʻpincha qiyinchiliklar va xatoliklarni yuzaga keltiradi. “Masalan, vyetnam tili tonal tildir. Biroq, gap shundaki, biz tadqiqot jarayonida vyetnamlik foydalanuvchilar suhbat paytida koʻpincha tonlarni oʻtkazib yuborishlarini ilgʻadik”, deb tushuntirdi u. “Tonsiz jumlalarni tarjima qilishda yordam beradigan funksiya uchun bizga qoʻshimcha maʼlumotlar kerak edi”. Tailand tili uchun Samsung Research maxsus jumla ajratuvchisini ishlab chiqdi, chunki tilda tinish belgilari ishlatilmaydi.

Nima uchun yengil texnologiya qurilma ichidagi sunʼiy intellekt modellarining samarali kaliti ekanligi haqida

Samsung Research 2019-yilda qurilma ichigadgi AI tarjimon modelini ishlab chiqishni boshladi. “Serverga asoslangan sunʼiy intellekt modellaridan farqli oʻlaroq, qurilma ichidagi sunʼiy intellekt modellari faqat foydalanuvchilarning qurilmalari yordamida boshqarilishi kerak”, dedi Ryu. “Minimal resurslardan foydalanadigan yengil texnologiyani ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega edi”. Modelni yengilroq qilish uchun jamoa “bilimlarni distillash” va “kvantlash” texnologiyasidan foydalangan.

Bilimlarni distillash deganda, katta, yuqori samarador oʻqituvchi modeldan bilimlarni ajratib oladigan va uni kichikroq talaba modeliga yetkazib beradigan usul tushuniladi. Bu oʻqituvchining mavzuni umumlashtirishi, oʻquvchi esa bu maʼlumotni osonroq va samaraliroq hazm qilishiga oʻxshaydi.

Kvantlash model hajmini kamaytirish uchun AI algoritmlarini soddalashtiradi va javob tezligini oshirish uchun jarayonni tartibga soladi.

Ryu kvantlashni qulupnay rasmini chizish bilan solishtirdi. “Haqiqiy qulupnayni boʻyash uchun koʻp ranglardan foydalanish kerak boʻladi, lekin qulupnayni faqat qizil va yashil ranglar bilan ham boʻyash mumkin”, deb tushuntirdi u. “Kvantlash — bu qulupnayni chizish uchun zarur boʻlgan ranglar sonini kamaytirish va uni haqiqiy qulupnayga iloji boricha oʻxshatishga harakat qilish jarayonidir”.

▲ Samsung Research Global AI markazidan Yoonjung Choi

Sunʼiy intellekt sohasida bilimlarni distillash va kvantlash modellarni yengillashtirishning taniqli yondashuvlaridir. Shunga qaramay, ularni tijorat miqyosida amalga oshirish har bir tadqiqotchining eksperimental usullari va turli omillaridagi farqlar tufayli oson ish emas. Samsung Research samarali kvantlash texnikasini kashf qilish va uning asosida tezlashtirilgan algoritmni yaratish orqali oʻzining xususiy texnologiyasini ishlab chiqdi. “Doimiy tajribalar orqali biz modelni yengilroq qilishning optimal usulini topdik”, deb izoh berdi Choi.

Yuqori sifatli AI tarjimon modelini yengillashtiradigan va javob berish vaqtini tezlashtiradigan algoritmlar bilan birlashtirgan holda qurilma ichidagi yengil va tezkor AI funksiyalari vujudga keldi.

Til ortidagi madaniyat: mukammal AI tarjimon modeli qanday koʻrinishga ega boʻlgan boʻlardi?

Samsung Research’ning Global AI markazi tadqiqotchilari qurilma ichiga oʻrnatiladigan sunʼiy intellekt sohasida yetakchilik qilar ekan, ular kelajak uchun koʻzlagan yorqin maqsadlarga ega. “Mening asosiy maqsadim foydalanuvchilarga boshqa tillarda soʻzlashuvchi odamlar bilan toʻsiqlarsiz, qulay tarzda muloqot qilishlariga yordam berishdir”, dedi Choi. Ryu mukammal tarjimonni yaratish haqidagi tasavvurini ochib berdi. “Bir kun kelib, biz tillar ortidagi madaniyatlarni haqiqatan tushunadigan, keng bilimlar toʻplami bilan jihozlangan tarjimonni yaratmoqchimiz”, dedi u. “Men dunyoda hali hech kim erisholmagan tarjimonni yaratishda oʻzimni sinab koʻrmoqchiman”.

▲ Samsung Research Global AI markazi jamoasi qurilma ichidagi AI tarjimon funksiyasini ishlab chiqdi.

Samsung’ning qurilma ichidagi AI tarjimon funksiyalari mobil qurilmasi yoniq har bir kishi uchun internetga ulanmagan holda shaxsiy maʼlumotlari tarqalib ketishidan tashvishlanmasdan erkin muloqot qilish imkonini beradi. Kelgusida ham Samsung Research jamoasi jadal rivojlanayotgan sunʼiy intellekt sohasida innovatsiyalarni ilgari surishda davom etgan holda foydalanuvchilarga yangi darajadagi qulayliklarni taqdim etib boradi.