Language – Samsung Newsroom O'zbekiston

Oʻrganish sikli, 6-qism: AI innovatsiyalari tomon hamkorlik yoʻllari
Hindistondagi Samsung Research kompaniyasi mobil AI’ni demokratlashtirish ortidagi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir

Samsung premium darajadagi mobil AI qulayliklarini yaratishda davom etar ekan, biz Galaxy AI koʻplab foydalanuvchilarga qay tarzda oʻz imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini berayotganini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyuramiz. Galaxy AI endi 16 tilni qoʻllab-quvvatlaydi va Live Translate, Interpreter, Note Assist va Browsing Assist kabi funksiyalarning qurilmaning oʻzida tarjima qilish imkoniyati tufayli hatto oflayn rejimda ham koʻplab odamlar til imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin. Ammo AI tilini rivojlantirish deganda nima tushuniladi? Oxirgi marta biz Braziliyaga jamoalar Galaxy AI’ni yanada koʻplab odamlar bilan ulashish uchun madaniyat va chegaralararo qay tartibda ishlashlarini bilish uchun tashrif buyurgan edik. Bu safar biz Hindistonga mahalliy hamkorlar bilan birga ishlashning ahamiyatini tushunish uchun keldik.

Hindistonning Chennay shahridagi Vellore texnologiya instituti ichida futuristik audio uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya joylashgan. Bu yerda manekenlar (sohada bosh va gavda simulyatorlari sifatida tanilgan), shuningdek, binaural mikrofonlar va eshitish moslamalari mavjud. Ular ilgʻor ovozni yutish tizimi bilan ishlov berilgan maxsus kameralarda saqlanadi. Bu Hindistondagi birinchi shunaqa turdagi laboratoriyadir. Tasavvur qiling, bunday inshoot yuqori aniqlikdagi (Hi-Fi) eng soʻnggi uskunalarni ishlab chiqishda ishlatilmoqda.

Bu yerda Vellore texnologiya instituti Samsung bilan Galaxy AI til imkoniyatlari uchun eng soʻnggi AI modellarini quvvatlovchi maʼlumotlar va insaytlarni hosil qilish va ishlab chiqish uchun hamkorlik qiladi. Ushbu muassasa Samsung SEED (Muhandislik maʼlumotlari uchun talabalar ekotizimi) Labs — Hindiston universitetlari xodimlari, talabalari va amaliyotchilariga 2021-yildan beri Samsung tomonidan soʻralgan loyihalar ustida ishlash imkonini beruvchi tashabbusning bir qismi sifatida qurilgan. Bu Samsung tomonidan moliyalashtiriladigan bir nechta universitet dasturlaridan biri boʻlib, unda talabalar kompaniyaning texnik mutaxassislari bilan loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.

“Talaba sifatida men Samsung kabi taniqli va obroʻli kompaniya bilan bir nechta loyihalarda ishlay olganimdan gʻoyat xursandman” deydi Samsung SEED talabasi Yashika Ilanchezhiyan. “Menga yangi koʻnikmalarni amaliy yoʻl bilan oʻrganish va hozirgi va kelajakdagi mahsulotlarda sezilarli hissa qoʻshayotganimni his qilish ishonchi berildi”.

“Bu turdagi hamkorlik ikki tomonlama gʻalabadir” deydi Samsung Hindiston ilmiy-tadqiqot instituti — Bangalor (SRI-B) AI til boʻlimi boshligʻi Giridhar Jakki. “Universitetlar bilan olib borilgan loyihalarimiz tufayli biz qoʻshimcha tajriba va maxsus maʼlumotlar toʻplamidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldik. Hamkor universitetlar buning natijasida Samsung’dan sarmoya, moliyaviy ragʻbatlar va mutaxassislar murabbiyligini olmoqda”.

Til toʻsiqlarini kamaytirish

SRI-B Buyuk Britaniya ingliz tili varianti, hindcha ingliz tili varianti va Avstraliya ingliz tili varianti, shuningdek, Tailand, Vyetnam va Indoneziya davlat tillari uchun AI til modellarini ishlab chiqishda dunyo jamoalari bilan hamkorlik qildi. Yaqinda boshqa Samsung tadqiqot markazlarining bosh muhandislari Hindistonning Bangalor shahriga tashrif buyurishdi. U yerda SRI-B jamoasi Vyetnam, Tailand va Indoneziya davlat tillarini Galaxy AI’ga olib kirishda yordam berdi. Shu sababdan SRI-B Galaxy AI uchun hind tilini rivojlantirishga juda mos edi.

“Har bir tilning oʻziga xos muammolari bor” deydi Jakki. “Ammo yakuniy maqsad — odamlarga boshqa tillarda muloqot qilish qobiliyatini tuhfa etish haqida oʻylasak, har bir saʼy-harakat naqadar arzirli ekanligini tushunamiz. Biz hind tilini Galaxy AI’ga olib kirishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”.

Hind tili AI modelini ishlab chiqish oson kechmadi. Jamoa 20 dan ortiq mintaqaviy dialektlarni, tonal oʻzgarishlar, tinish belgilari va ogʻzaki dialektlarni qamrab olishi kerak edi. Bundan tashqari, hind tilida soʻzlashuvchilar oʻz suhbatlarida inglizcha soʻzlarni aralashtirishlari odatiy holdir. Bu jamoadan tarjima va transliteratsiya qilingan maʼlumotlar kombinatsiyasi bilan bir nechta AI modeli mashgʻulotlarini oʻtkazishni talab qildi.

“Hind tili boshqa koʻplab tillarda mavjud boʻlmagan retrofleks tovushlarni (tilni ortga burish orqali hosil boʻladigan tovushlar) oʻz ichiga olgan murakkab fonetik tuzilishga ega” deydi Jakki. “AI yechimining nutq sintezi elementini yaratish uchun biz barcha noyob tovushlarni tushunishda mahalliy tilshunoslar bilan maʼlumotlarni sinchkovlik bilan koʻrib chiqdik va tilning oʻziga xos dialektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus fonemalar toʻplamini yaratdik”.

Samsung va akademik hamkorlar oʻrtasidagi saʼy-harakatlar Hindiston hududlarining nozik madaniyatini aks ettiruvchi AI til modelini ishlab chiqishda muhim rol oʻynadi. Vellore texnologiya instituti soʻzlashuv nutqi,soʻzlar va buyruqlar boʻyicha segmentlangan va tartiblangan audio maʼlumotlarning deyarli million qatorini taʼminlashga yordam berdi. Dunyodagi toʻrtinchi eng koʻp soʻzlashiladigan tilni Galaxy AI’ga kiritishdek muhim vazifa uchun maʼlumotlar jarayonning kalit qism hisoblangan edi. Universitetlar bilan ishlash esa Samsung’ni eng yuqori sifatli maʼlumotlardan bilan taʼminladi.

Global aloqalarning taʼsiri katta

Ushbu loyiha Samsung’ning ochiq hamkorlik falsafasi va kompaniyaning tajriba va gʻoyalarni oʻzaro almashish mazmunli innovatsiyalarni taʼminlaydi degan qarashlarini mukammal tarzda ifodalaydi. SRI-B misolida bu loyiha nafaqat akademiya bilan ishlashni, balki dunyo boʻylab boshqa Samsung tadqiqot markazlari bilan eng yaxshi bilim va tajribalarni almashishni ham oʻz ichiga oldi.

“Hamkorlarimiz yordamida erishgan natijalarimizdan juda faxrlanaman” deydi Jakki. “Hamkorlik orqali yaratilayotgan sunʼiy intellekt innovatsiyalari sohadagi ishlarimizning katta qismidir. Kelgusida ham yanada koʻplab odamlar sunʼiy intellekt vositalaridan foydalana olishlarini taʼminlash uchun til maʼlumotlarini yaxshiroq tushunish, toʻplash va tahlil qilishda davom etamiz”.

Oʻrganish sikli, 4-qism: yangi AI modeli va rivojlanayotgan til
Xitoydagi Samsung Research kompaniyasi mobil AI‘ni demokratlashtirish ortidagi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir

Samsung premium darajadagi mobil AI qulayliklarini yaratishda davom etar ekan, biz Galaxy AI koʻplab foydalanuvchilarga qay tarzda oʻz imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini berayotganini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyuramiz. Galaxy AI endi 16 tilni qoʻllab-quvvatlaydi va Live Translate, Interpreter, Note Assist va Browsing Assist kabi funksiyalarning qurilmaning oʻzida tarjima qilish imkoniyati tufayli hatto oflayn rejimda ham koʻplab odamlar til imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin. Ammo AI tilini rivojlantirish deganda nima tushuniladi? Oxirgi marta biz sunʼiy intellekt modellarini oʻrgatishda foydalaniladigan maʼlumotlarni tayyorlashni oʻrganish uchun Vyetnamga tashrif buyurgan edik. Bu safar biz jamoalar qanday qilib Galaxy AI’ni Xitoy materigi va Gongkong uchun noyob taklifga aylantirganini koʻrib chiqamiz.

Katta til modellaridan (LLM) foydalanadigan sunʼiy intellekt vositalarining tezkor surʼatlarda oʻsayotgani butun dunyo boʻylab kuzatilyapti va Xitoy ham bundan mustasno emas. Baidu’ning ERNIE Bot va Meitu’ning MiracleVision modellari Xitoyda mashhur tanlov sifatida ajralib chiqqanini hisobga olinganda, Xitoydagi Samsung tadqiqot va ishlanmalar instituti mamlakat uchun Galaxy AI xususiyatlarini shakllantirishda ushbu ikkala kompaniya bilan hamkorlik qildi.

Guanchjoudagi (SRC-G) va Pekindagi (SRC-B) Samsung tadqiqot va ishlanmalar institutlari Xitoyda mandarin dialektida gaplashadigan maʼruzachilar dunyo boʻylab boshqa odamlar bilan bir xil Galaxy AI funksiyalariga ega boʻlishini taʼminlash uchun kelishib ishlashdi, garchi back-end texnologiyasida katta farq boʻlishiga qaramay. Jamoa uchinchi tomon hamkorlari taqdim etgan xitoy tili dialektlari resurslaridan foydalangan holda xitoy tili uchun noyob Galaxy AI yechimini yaratdi.

“Bizda Xitoyning mahalliy tajribalari bilan ilgʻor global tajribalarni uygʻunlashtirish, shuningdek, yangi funksiyalarni yaratish va ularni xitoylik isteʼmolchilar bilan kundalik muloqot orqali doimiy ravishda takomillashtirib borish ustunligi bor”, dedi SRC-G kompaniyasining dasturiy taʼminot innovatsiyalar guruhi rahbari Hairong Zhang. “Galaxy S24 ishlab chiqilishidan orttirgan keng tajribamiz bilan jamoamiz Xitoyning Baidu va Meitu kabi mahalliy sunʼiy intellekt kompaniyalari bilan Xitoy uchun mos keladigan yechimni taqdim etishda hamkorlik qilganidan faxrlanaman”.

Dastlab, jamoalar bir-birlarining ish tartibiga moslashishlari va axborot assimetriyasining boshlangʻich muammolarini yopishlari kerak edi. SRC-B rahbari Daijun Zhang loyihani ishlab chiqish jadvali boʻyicha ketishni taʼminlash uchun ishchi guruh tuzdi va tezda oʻz maqsadlari sari harakat qilib boshladi.

Pekin jamoasining yirik miqyosdagi modellarni yaratish tajribasi va uchinchi tomon hamkorlari bilan muvaffaqiyatli ish olib borishi tufayli barcha generativ AI funksiyalari Xitoyda muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Natija mahalliy tushunchalarga muvofiq va Touch to Search (qidirish uchun barmoq bilan tegish) kabi bozorga xos funksiyalarga ega boʻlgan yechimdir.

Xitoy tili asosida kanton dialekti uchun ishlanmalar tayyorlash

Xitoy materigi uchun xitoy tili (mandarin) Galaxy AI’ga 2024-yil yanvar oyida Galaxy S24 taqdimotida kirib kelgandi. Ammo Xitoyning Samsung tadqiqot va ishlanmalar instituti uchun ish hali nihoyasiga yetmagan edi. Jamoaga Gongkongdagi xitoy tili dialekti (kanton) uchun ham sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqish vazifasi qoʻyilgan edi. Bu dialekt mandarin dialekti uchun oldin amalga oshirilgan ishlarga asoslanadi, ammo hal qilinishi kerak boʻlgan tilning mutlaqo yangi xususiyatlari yuzaga chiqadi.

Kanton dialektini ishlab chiqishda Xitoyning tadqiqot va ishlanmalar guruhi mahalliy bozorga toʻliq moslashishni taʼminlashda katta madaniy toʻsiqlarga duch keldi. Birinchi madaniy toʻsiq bu yozma va nutq uchun ikki xil tizim mavjudligi edi. Gongkong aholisi yozishda mandarin dialektiga oʻxshash grammatika va iboralardan foydalanadi, lekin kundalik muloqotda mutlaqo boshqacha soʻzlashuv grammatikasini qoʻllaydi. Bundan tashqari, kanton dialektida talaffuz uchun toʻqqizta ohang bor, mandarin dialektida esa toʻrtta.

Yana bir madaniy toʻsiq shundaki, kanton dialektining oʻzi zamon bilan birga rivojlanadi. Odamlar kanton va ingliz tillarini suhbatda tez-tez aralashtirishini hisobga olsak, nega test keyslarni yaratish va til paketlarini tasdiqlash qiyin boʻlganini tushunish mumkin.

“Kanton dialekti mintaqalarga qarab oʻzgaradigan juda noyob dialektdir”, deydi kanton AI yechimi sinov operatsiyalarini olib boruvchi Jing Li. “Baʼzi slenglar, iboralar, lugʻat va hatto ohanglar ham hududdan hududga qarab oʻzgarishi bor. Shuning uchun biz Gongkongga aloqador maʼlumotlarni tekshirish, shuningdek, oʻn minglab test keyslarini koʻzdan kechirish orqali katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdik.

Ushbu murakkabliklarni hisobga olgan holda, SRC-G va SRC-B kanton va ingliz tillari aralashtirilgan suhbatlarni tushuna oladigan nutqni aniqlovchi modelni yaratdi. Model bir vaqtning oʻzida mashina tarjimasida yozma va ogʻzaki iboralarni qoʻllab-quvvatlaydi va nutq sintezida eng soʻnggi talaffuzlardan foydalanadi.

Muloqotning madaniy taʼsiri

Galaxy AI xitoy tili (Gongkong) variantini ishga tushirganida mijozlarning fikr-mulohazalari Samsung tadqiqot va ishlanmalar jamoasining mashaqqatli mehnati oqlanganligini koʻrsatdi.

Samsung kabi global brendning Galaxy AI faoliyati mahalliy tajriba va nyuanslarni hisobga olish qanchalik muhimligini anglashi Xitoy materigi va Gongkong uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, bu kompaniyaning boshqa tashkilotlar bilan ochiq hamkorlik olib borishning natijasini koʻrsatadi. Gongkongda kanton dialekti u yerda istiqomat qiladigan aholining oʻziga xos asosiy madaniy qismidir. Shu sababdan ham jamoa AI til modelini toʻgʻri tuzib chiqishi juda muhim edi.

“Til va muloqot har bir mintaqada va hayotning barcha jabhalarida juda muhim ahamiyatga ega”, deydi Samsung Electronics Gongkong muhandislik guruhi rahbari Genri Uot. “Tildan qatʼi nazar odamlar bilan muloqot qilishda yordam beradigan har qanday vosita bebahodir. Men qilgan ishimiz mazmunli ekanligiga ishonaman”.

“Oʻrganish sikli” toʻplamining navbatdagi sonida biz Galaxy AI’ni yanada koʻproq odamlarga yetkazishda turli davlat va madaniyatlardan tashkil topgan jamoa qay tarzda birgalikda ishlashini koʻrish uchun Braziliyaga yoʻl olamiz.

Oʻrganish sikli, 3-qism: AI maʼlumotlarini yaxshidan aʼlo darajaga olib chiqish
Vyetnamdagi Samsung Research kompaniyasi hayot sifatini yanada yaxshilash uchun mobil sunʼiy intellektni qoʻllab-quvvatlovchi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir.

Samsung premium mobil AI sohasining kashfiyotchisidir. Galaxy AI foydalanuvchilar salohiyatini qanday oshirayotganini bilish uchun biz butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyurmoqdamiz. Hozirda 16 ta tilni qoʻllab-quvvatlaydigan Galaxy AI Live Translate Jonli Tarjima), Interpreter (Og’zaki Tarjima), Note Assist (Eslatma Yordami) va Browsing Assist (Ko’rib chiqish yordami) kabi funksiyalarning qurilma ichida tarjima qilish imkoni tufayli koʻplab odamlar hatto oflayn rejimda ham til toʻsiqlarini yengib oʻtmoqda. Biz yaqinda Iordaniyaga tashrif buyurib, koʻplab dialektlarga ega boʻlgan arab tili uchun sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqish qanchalik murakkab ekanligini tushundik. Bu safar biz AI modellarini oʻqitishda foydalaniladigan maʼlumotlar qanday tayyorlanishini oʻrganish uchun Vyetnamga yoʻl olamiz.

Vyetnam tilida arvoh, qabr va ona soʻzlari oʻrtasida qanchalik farq bor? Dunyo boʻylab 97 million kishi foydalanadigan til sifatida deyarli hech qancha. Har bir soʻz mos ravishda “ma”, “mả” va “má” deb yoziladi va faqat ohanglar bilan farqlanishi mumkin. Bu esa sunʼiy intellekt modellari uchun til oʻrganish qanchalik qiyin ekanligini koʻrsatadi, chunki ular suhbatlardagi kontekst, his-tuygʻular va niyatlarni bevosita aniqlay olmaydi.

Samsung R&D Institute Vietnam (SRV) oʻzining sunʼiy intellekt modeliga tildagi eng nozik farqlarni ham toʻgʻri aniqlay olishi uchun uchun puxta qayta ishlangan maʼlumotlardan foydalangan.

Ishlatiladigan maʼlumotlar sifati nutqni avtomatik aniqlash (ASR), neyron mashina tarjimasi (NMT) va matndan nutqqa oʻgirish (TTS) funksiyalari aniqligiga bevosita taʼsir qiladi. Oʻz oʻrnida bular til toʻsiqlarini yengishga yordam beruvchi Live Translate, Interpreter, Chat Assist va Browsing kabi Galaxy AI funksiyalarning tashkiliy qismlaridir.

Toʻfondek qiyinchiliklarni yengib

“Vyetnam tili murakkab va serqirra til boʻlib, u turli ifodalarga boydir. Ularning koʻpini ilgʻay olish qiyin”, deydi Ngô Hồng Thái, SRV’dagi NMT rahbari. Galaxy AI qoʻllab-quvvatlaydigan 16 ta tildan Vyetnam tilini ishlab chiqish eng qiyini edi.

“Shaxsan, Vyetnamliklar uchun sunʼiy intellekt modelini yaratish mamlakatimizdagi tayfunlardan-da tahlikali edi!”, deya yaratish jarayonida duch kelgan toʻsiqlarni tushuntirishdan oldin qoʻshimcha qilib.

Vyetnam tili — olti xil ohangga ega tonal tildir. Yuqoridagi “ma” misolida koʻrinib turganidek, vokalizatsiyadagi kichik nyuanslar soʻzlarning maʼnosini keskin oʻzgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun bunga ehtiyotkorlik va puxta yondashuv zarur edi.

“Oʻxshash tovushli soʻzlar boʻlaklarga boʻlinganda, bir soʻz bir nechta qisqa boʻlaklardan yoki ‘freymlar toʻplamidan’ iborat boʻladi”, deydi SRV’dagi ASR rahbari Bui Ngoc Tung. “AI modeli maʼlum bir ketma-ket freymlar toʻplamiga qaysi soʻzlar mos kelishini aniqlash uchun taxminan 20 millisekundlik qisqa audio boʻlaklarni farqlaydi. Shu sababli sunʼiy intellektni oʻrgatish jarayonining dastlabki bosqichlarida katta kuch sarflash juda muhim”.

Bundan tashqari, omofonlar va omonimlar vyetnam tilida keng tarqalgan. Odamlar odatda bir xil tovushli yoki yozilishi bir xil, ammo turli maʼnoga ega boʻlgan soʻzlarni farqlash uchun suhbatlarda kontekst va noverbal elementlarga tayanishi mumkin. Biroq AI modellariga ohanglar va shunga oʻxshash soʻzlarni yuqori aniqlik bilan tanish va farqlashni oʻrgatish kerak.

“Bu oddiy vazifa emas”, deb tushuntiradi Thái. “Maʼlumot miqdoridan tashqari, vyetnam tilida mavjud boʻlgan lingvistik nyuanslarni farqlay olishi uchun maʼlumot aniq va sifatli ham boʻlishi kerak”.

Qattiq tayyorgarlik

Maʼlumotlarni qayta ishlash jarayoni uch bosqichdan iborat. Avvalo AI modelini oʻrgatish uchun ishlatiladigan audio va matnni koʻrib chiqish va tuzatish kerak. Soʻng ushbu maʼlumotlar toʻplami umumiy sifat tekshiruvi uchun turli xil testlardan oʻtadi. Nihoyat maʼlumotlar toʻplamini oʻrgatishda foydalanishdan oldin u normallashtiriladi va tozalanadi.

“Biz maʼlumotlar toʻplamining qanchalik aniqligini tekshirish uchun uni bir qator sinovlardan oʻtkazdik”, deydi maʼlumotlar omborini yaratishni nazorat qiluvchi SRV’dagi TTS rahbari Nguyen Manh Duy. “Biz bir qator kutilmagan muammolarga duch keldik. Jumladan, skriptdagi imloviy xato yozilgan soʻzlar, fon shovqini yoki audio yozuvlar paytidagi notoʻgʻri talaffuzlar. Biz oʻquv maʼlumotlarimizni toʻgʻrilab chiqish va takomillashtirishga koʻp vaqt sarfladik”.

Vyetnam tilidagi noyob lingvistik masalalarga qoʻshimcha sifatida, keng tarqalgan tillarga qaraganda unda foydalanish uchun ochiq universal manbalarning yetishmasligi toʻsiq boʻlib turardi. “Mana nega maʼlumotlarni toʻgʻrilab chiqish bosqichi juda muhim hisoblanadi”, deya qoʻshimcha qiladi u. “Bizda manbalar cheklanganligi tufayli har bir maʼlumot toʻliq ishonchli boʻlishi kerak edi. Xato qilishga haqqimiz yoʻq edi”.

Bundan tashqari, vyetnam tili uchun AI modeli ham tonal, ham mintaqaviy farqlarni hisobga olishi kerak. AI modelining aniqligini oshirish uchun jamoa tilning shimoliy, markaziy va janubiy aksentlari bilan katta hajmdagi maʼlumotlarni toʻpladi. Natijada tekshirib, toʻgʻrilab chiqish kerak boʻlgan maʼlumotlar hajmi o‘ta ulkan bo‘lib ketdi.

Uzluksiz takomillashtirish

SRV ishlab chiquvchilari bir necha oylik mashaqqatli mehnatdan soʻng loyihani yakunladilar va vyetnam tili Galaxy AI tomonidan dastlab qoʻllab-quvvatlanadigan tillardan biriga aylandi. Ushbu muvaffaqiyatga qaramay, jamoa Galaxy AI’dagi vyetnam tilini takomillashtirish ustida tinimsiz ishlamoqda.

“Biz foydalanuvchilarning Galaxy AI’dagi soʻz va iboralarning qanchalik toʻgʻri ekanligi haqidagi fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda sunʼiy intellekt modelini takomillashtirishda davom etmoqdamiz”, deydi SRV’dagi AI tilini rivojlantirish loyihasi rahbari Tran Tuan Minh. “Biz bu yangi AI dunyosiga endigina birinchi qadamni tashladik va birgalikda bu dunyoni oʻrganish chogʻida koʻplab yangi ilmlarni kashf etishga ishonchimiz komil”.

“Oʻrganish sikli” toʻplamining navbatdagi sonida biz AI modellari qanday oʻqitilishi va sozlanishi bilan tanishish uchun Xitoyga tashrif buyuramiz.

Oʻrganish sikli, 2-qism: AI’ga turli xil dialektlarni qanday oʻrgatish mumkin?
Serqirra arab tili uchun AI vositalarini yaratish murakkabligi haqida Oʻrta Sharq tilidan soʻzlangan ertaklar

Galaxy AI endi 16 ta tilni qoʻllab-quvvatlaydi, bu yanada koʻproq odamlarga jonli ravishda va qurilma ichida internetsiz tarjima qilish orqali til toʻsiqlarini kamaytirishga yordam beradi. Samsung mobil AI davri eshigini ochdi, shu boisdan biz Galaxy AI qanday paydo boʻlganligi va sunʼiy intellektni rivojlantirishdagi toʻsiqlarni yengishda nima zarurligini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyurmoqdamiz. Mazkur maqolalar toʻplamining birinchi sonida qanday maʼlumotlar kerakligini aniqlash vazifasi haqida soʻz ketgan edi, bu sonida esa dialektlarni hisobga olish kabi murakkab vazifani koʻrib chiqamiz.

Odam tilini sunʼiy intellekt modeliga oʻrgatish murakkab jarayon, ammo bu umumlashgan til emas, balki turli dialektlar toʻplamidan tashkil topgan til boʻlsa-chi? Samsung Iordaniya ilmiy-tadqiqot instituti (SRJO) jamoasi shu muammoga duch keldi. Jonli Tarjima (Live Translate) kabi Galaxy AI funksiyalari uchun arab tili qoʻshilgan boʻlsa-da, jamoa Oʻrta Sharq va Shimoliy Afrikani qamrab oluvchi, har biri talaffuz, lugʻat va grammatika jihatdan bir-biridan farq qiladigan arab dialektlarini hisobga olishi kerak edi.

Arab tili dunyodagi eng keng tarqalgan oltita tildan biri boʻlib, har kuni 400 million kishi bu tilda gaplashadi.[1] Bu til ikkita shaklga boʻlingan: Fusʼha (zamonaviy standartlashgan arab tili) va Ammiya (arabcha dialektlar). Fusʼha odatda ommaviy va rasmiy tadbirlarda, shuningdek, yangiliklarda ishlatiladi, Ammiya esa koʻproq kundalik suhbatlarda ishlatiladi. 20 dan ortiq mamlakatlar arab tilidan foydalanadi va hozirda mintaqada 30 ga yaqin dialekt mavjud.

Yozilmagan qoidalar

Ushbu dialektlar tufayli tilning oʻzgaruvchanligi muqarrarligini anglagan holda, SRJO jamoasi har bir dialektga xos boʻlgan noyob lingvistik xususiyatlarni aniqlash va maʼlumotlarni qayta ishlash uchun bir qator usullardan foydalandi. Ushbu yondashuv Galaxy AI mintaqaviy nyuanslarni toʻgʻri aks ettiradigan tarzda tilni tushunishi va javob yaratishini taʼminlashda juda muhim edi.

“Boshqa tillardan farqli oʻlaroq, toʻldiruvchining arab tilidagi talaffuzi gapdagi ega va feʼlga qarab oʻzgaradi, — deydi arab tilini rivojlantirish guruhi loyiha rahbari Muhammad Hamdan. — Bizning maqsadimiz — barcha dialektlarni tushunadigan va standart arab tilida javob beradigan modelni ishlab chiqishdir”.

TTS funksiyasi Galaxy AI Jonli Tarjima (Live Translate) funksiyasining tarkibiy qismi boʻlib, u foydalanuvchilarga ogʻzaki nutqni yozma matnga oʻgirib tarjima qilish va uni ovoz chiqarib oʻqitish orqali turli til sohiblari oʻrtasida muloqotni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. TTS jamoasi arab tili bilan ishlashdagi oʻzgacha ish tartibi tufayli oʻziga xos muammolarga duch keldi.

Arab tilida baʼzi kontekstlarda diniy matnlar, sheʼrlar va til oʻrganuvchilar uchun kitoblarda soʻzlarni talaffuz qilishda diakritiklardan foydalaniladi. Diakritika til sohiblari tomonidan keng tushuniladi, ammo kundalik yozuvlarda uchramaydi. Bu esa model uchun birlamchi matnni fonemalarga — nutqning quruvchi bloklari boʻlgan asosiy tovush birliklariga aylantirishni qiyinlashtiradi.

“Diakritika toʻgʻri qoʻllanilishini aniq koʻrsatadigan yuqori sifatli va ishonchli maʼlumotlar toʻplamining yetishmasligi muammoga aylanmoqda”, deydi Xavile. “Biz ushbu qolib ketgan diakritiklarni yuqori aniqlik bilan taxmin qila oladigan va tiklay oladigan neyron modelni ishlab chiqishimiz kerak edi”.

Neyron modellari inson miyasiga oʻxshaydi. Diakritikani taxmin qilish uchun model koʻplab arab matnlarini, til qoidalarini oʻrganishi va soʻzlarning turli kontekstlarda qanday ishlatilishini tushunishi kerak. Misol uchun, soʻzning talaffuzi soʻz tasvirlaydigan harakat yoki jinsga qarab keskin farq qilishi mumkin. Jamoaning keng qamrovli mashgʻulotlari arab TTS modelining aniqligini oshirishning kalit qismiga aylandi.

Chuqurroq tushunchaga erishish

Shuningdek, SRJO jamoasi turli manbalardan dialektlarning turli xil audio yozuvlarini transkripsiya qilish uchun toʻplashi kerak edi. Ayniqsa, noyob tovushlar, soʻzlar va iboralar muhim materiallar hisoblangandi. “Biz nyuanslar va dialektdagi farqlarni yaxshi biladigan til sohiblari guruhini yigʻdik”, deydi maʼlumotlar bazasini yaratish uchun masʼul boʻlgan Ayah Hasan. “Ular yozib olingan ovozlarni tinglashdi va eshitgan soʻzlarini qoʻlda matnga koʻchirishdi”.

Bu ish Galaxy AI uchun chuqur adabiy merosga boy arab dialektlarida avtomatik nutqni aniqlash (ASR) jarayonini yaxshilashda juda muhim edi. ASR Galaxy AI’ning jonli ravishda nutqni tushunish va javob berish imkoniyatlari uchun kalit qism hisoblanadi.

“Yagona modelda bir nechta dialektlarni qoʻllab-quvvatlaydigan ASR tizimini yaratish murakkab vazifadir”, deydi loyiha rahbari Mohammad Hamdan. “Bu tilning nozik jihatlarini, diqqat bilan maʼlumotlarni tanlash va ilgʻor modellashtirish usullarini bilishni talab qiladi”.

Innovatsiyaning kulminatsion nuqtasi

Bir necha oy davomida rejalashtirish, tuzish va sinovdan oʻtkazish ishlaridan soʻng jamoa nihoyat arab tilini Galaxy AI uchun til varianti sifatida chiqarishga muvofiq boʻldi. Bu koʻplab odamlarga chegaralarni oshib oʻtib, odamlar bilan muloqot qilish imkonini beradi. Bu birgina jamoa butun arab dunyosidagi odamlar uchun Galaxy AI xizmatlarini ochiq qilib, odamlar oʻrtasidagi til va madaniy toʻsiqlarni kamaytiradi. Xizmat global miqyosda tatbiq etilishi sabab jamoa eng yangi va eng yaxshi amaliyotlardan foydalanishdilar. Bu muvaffaqiyat faqat boshlanishi: jamoa oʻz modellarini takomillashtirishda va Galaxy AI til imkoniyatlari sifatini oshirishda toʻxtashgani yoʻq.

Maqolaning keyingi sonida biz til maʼlumotlarini qanday yaxshilashini kuzatish uchun Vyetnamga yoʻl olamiz. Shu oʻrinda yana bir savol: samarali AI modelini oʻrgatish uchun nima kerak?

Arab tili Galaxy AI tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan yangi tillar va dialektlar orasidan joy olgan bir tildir va uni sozlamalardan yuklab olish mumkin. Galaxy AI’ning Jonli Tarjima (Live Translate) va Og’zaki Tarjimа (Interpreter) kabi til funksiyalari Samsung One UI 6.1 ga ega Galaxy qurilmalarida mavjud.[2]

[1] YUNESKO, 2023-yilgi Jahon arab tili kuni, https://www.unesco.org/en/world-arabic-language-day

[2] One UI 6.1 ilk bor Galaxy S24 modellari uchun chiqarildi va boshqa Galaxy qurilmalariga tarqatildi. Jumladan S23, S23 FE, S22, S21, Z Fold5, Z Fold4, Z Fold3, Z Flip5, Z Flip4, Z Flip3, Tab S9 va Tab S8 modellari uchun.

Galaxy AI so‘nggi yangilanish bilan yanada ko‘proq tillarni qamrab oldi
Samsung Galaxy AI orqali til to‘siqlarini bartaraf etishda va ko‘proq foydalanuvchilar uchun muloqotni takomillashtirishda davom etmoqda

Samsung Electronics Galaxy AI tizimiga uchta yangi tilning kiritilishini e’lon qildi: arab, indonezcha va rus. Shuningdek, uchta yangi dialekt – Avstraliya inglizcha, Kanton va Kanada fransuzcha shevalari ham qo’shildi. Mavjud 13 ta tilga [1] qo’shimcha ravishda, Samsung butun dunyo bo’ylab yanada ko’proq Galaxy foydalanuvchilariga mobil AI kuchidan foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu yangi til va dialektlarga qo’shimcha ravishda Samsung joriy yil oxirida yana to’rtta tilni, jumladan, rumin, turk, niderland va shved tillarini, shuningdek, an’anaviy Xitoycha va Yevropa Portugal tillarini qo’shishni rejalashtirmoqda.

“Mobil sun’iy intellektni hamma uchun ta’minlash maqsadiga sodiq bo‘lgan holda, Galaxy AI tillar xilma-xilliginining bu yilgi kengayishi ko‘proq Galaxy foydalanuvchilariga Samsung uchun mutlaqo o‘ziga xos bo‘lgan miqyosda til to‘siqlarini yenggan holda muloqot qilish imkonini beradi”, deydi Samsung Electronics kompaniyasi Prezidenti va Mobil tajriba biznesi rahbari TM Roh. “Biz texnologiyamizni yanada innovatsion qilishda davom etamiz va yuqori darajadagi mobil AI tajribasini yaratamiz. Bu bilan biz yanada ko’proq foydalanuvchilarga ularning cheksiz salohiyatini ochish maqsadida dolzarb raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatini ochib beryapmiz”.

Galaxy AI xususiyatlari tavsiflari

Jonli Tarjima (Live Translate) funksiyasi telefon qo‘ng‘iroqlarining ikki tomonlama, real vaqt rejimida ovozli va matnli tarjimalarini yaratadi, bu esa sayohat uchun avvaldan buyurtma berish yoki xorijiy hamkorlaringiz bilan ularning ona tilida suhbatlashishni har qachongidan ham osonlashtiradi.

Tarjimon (Interpreter)  foydalanuvchilarga qulay shaklda ajratilgan ekran ko‘rinishi orqali jonli suhbatlarni bir zumda tarjima qilishi mumkin, bu esa bir-biriga ro’para turgan odamlarga suhbatdoshi so’zlayotgan nutqning matni tarjimasini o‘qish imkonini beradi.

Chat Yordami (Chat Assist) hamkasbingizga xushmuomalali xabar yoki ijtimoiy tarmoq sarlavhasi uchun qisqa jozibador ibora boʻladimi, muloqotni ayni moʻljallangan tarzda taʼminlash uchun kontekstdan kelib chiqqan holda takliflarni yaratish orqali mukammal suhbat tonlarini shakllantirishga yordam beradi.

Eslatma yordami (Note Assist) AI yordamida shakllantirilgan umumiy xulosalar, oldindan formatlangan andozalar (shablonlar) va asosiy sahifalarni yaratishi mumkin, bu esa kundalik unumdorligingizni oshiradi.

Audio yozib olish yordami (Transcript Assist) ovozli yozuvlarni transkripsiya qilish, umumlashtirish va hatto tarjima qilish uchun AI va Speech-to-Text texnologiyalaridan foydalanadi.

Brauzer yordami (Browsing Assist) brauzerda yangiliklar maqolalari yoki veb-sahifalarning qisqacha umumiy xulosalarini yaratish orqali vaqtni tejab, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealardan tezkorlik bilan xabardor bo‘lishga yordam beradi.

Aprel oyidan boshlab chiqishni boshlagan va kelgusi oylar davomida ham chiqariladigan, yangi qoʻllab-quvvatlanadigan Galaxy AI tillari va dialektlarining har biri Sozlamalar (Settings) ilovasidan til toʻplami sifatida yuklab olish mumkin boʻladi.

Galaxy AI haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: Samsung Newsroom, Samsungmobilepress.com yoki Samsung.com.

[1] Qoʻllab-quvvatlanadigan tillarga xitoy, ingliz (Hindiston, Buyuk Britaniya, Qoʻshma Shtatlar), fransuz, nemis, hind, italyan, yapon, koreys, polyak, portugal (Braziliya), ispan (Meksika, Ispaniya, AQSH), tay va vyetnam tillari kiradi.