Live Translate – Samsung Newsroom O'zbekiston

Galaxy AI 2024-yil oxirigacha 20 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi
Samsung Galaxy AI’ni ko’proq foydalanuvchilarga yetkazish orqali til va aloqa to’siqlarini kamaytirishga o’z sodiqligini ta’kidlamoqda

Samsung Electronics bugun Galaxy AI uchun to’rtta yangi tilning kengayishi haqida e’lon qildi: turk, niderland, shved va rumin. Mavjud qo’llab-quvvatlanadigan tillar an’anaviy xitoy va portugal (Yevropa) tillarida qo’shimcha dialektlarni qamrab olish uchun ham kengayadi. Ushbu kengaytirilgan yordam oktyabr oyining oxiridan boshlab ishga tushadi.

Galaxy AI hozirda 16 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi[1], va yil oxiriga kelib yangi qo‘shilgan tillar bilan bu raqam 20 gacha yetadi. Ushbu yangilanish yanada ko‘proq foydalanuvchilar til to‘siqlarini kamaytirishi va Galaxy AI kuchi bilan kengroq dunyoga qadam qo‘yishi mumkinligini anglatadi. Yangi tillar va dialektlarni mos keluvchi Galaxy qurilmalarining Sozlamalar ilovasidan til paketlari sifatida yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Galaxy AI haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: Samsung Newsroom, Samsungmobilepress.com yoki Samsung.com.

[1] Qo’llab-quvvatlanadigan tillarga arab, xitoy (materik Xitoy, Gonkong), ingliz (Avstraliya, Hindiston, Buyuk Britaniya, AQSH), fransuz (Kanada, Fransiya), nemis, hind, indoneziya, italyan, yapon, koreys, polyak, portugal (Braziliya), rus, ispan (Meksika, Ispaniya, AQSH), Tailand va Vyetnam tillari kiradi.

Oʻrganish sikli, 8-qism: yapon tilidan dunyo tillariga oʻgirish
Yaponiyadagi Samsung Research kompaniyasi mobil AI’ni demokratlashtirish ortidagi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir

Samsung premium darajadagi mobil AI qulayliklarini yaratishda davom etar ekan, biz Galaxy AI koʻplab foydalanuvchilarga qay tarzda oʻz imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini berayotganini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyuramiz. Galaxy AI endi 16 tilni qoʻllab-quvvatlaydi va Live Translate, Interpreter, Note Assist va Browsing Assist kabi funksiyalarning qurilmaning oʻzida tarjima qilish imkoniyati tufayli hatto oflayn rejimda ham koʻplab odamlar til imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin. Ammo AI tilini rivojlantirish deganda nima tushuniladi? Oxirgi marta biz Yevropa davlatlari oʻz maqsadlariga erishishda qanday hamkorlik qilayotganini bilish uchun Polshaga tashrif buyurgan edik. Bu safar biz yapon dasturchilari doimiy ravishda yangi ssenariylar va keyslarga qanday moslashayotganini koʻrish uchun Yaponiyaga yetib keldik.

Samsung R&D Institute Japan (SRJ) uy jihozlari va displeylar kabi uskunalarga qaratilgan tadqiqot va ishlanmalar markazi sifatida tashkil etilgan. Dunyo miqyosida AI innovatsiyalariga boʻlgan talab ortib borar ekan, Yokohamadagi SRJ ham oʻtgan yilning oxiridan beri ovozli qoʻngʻiroqlarni jonli va avtomatik ravishda tarjima qiladigan Galaxy AI’ning Live Translate funksiyasini yaratish uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqariladigan laboratoriyada ish olib bormoqda.

“Jonli tarjima (Live Translate) bu yilgi Parijdagi Olimpiya oʻyinlariga tashrif buyuruvchilarining sayohat ssenariylari uchun samarali tarzda qoʻl keladi” deydi SRJ AI boʻlimi boshligʻi janob Akasako Takayuki. “Hozirda biz Parijdagi Olimpiya oʻyinlarini koʻrishga kelgan va tomosha qilayotgan odamlar uchun nutqni aniqlash dasturini ishlab chiqmoqdamiz. Bu Parij 2024 dagi oʻyinlar va stadionlarning joylashuvini dasturga oʻqitish orqali amalga oshiriladi”.

Ovozni aniqlashda kontekstni tushunish

Galaxy AI tarjimon funksiyalaridan anchadan beri foydalanib yurganlar uchun bunday funksiyalar mavjudligi tabiiy tuyulishi mumkin. Ammo bu funksiyalarga jon bergan dasturchilar chet elda sayohat paytida til toʻsiqlarisiz muloqotni tabiiy deb qabul qilish mumkin emasligini bilishadi.

Masalan, ovqatlanish choʻplari (Hashi, 箸) va koʻprik soʻzlarining (Hashi, 橋) talaffuzidagi farqi tufayli ularni ajratish nisbatan oson, ammo sayyohlik (Kankou, 観光), udum, urf-odat (Kankou, 慣行), jamoat, ommaviy (Koukyou, 公共) va farovonlik (Koukyou, 好況) kabi soʻzlarni kontekstga qarab ajratmasak boʻlmaydi.

“Kontekst koʻp maʼnoli boʻlganda, masalan, mahalliy joy nomlari va odamlarning ismi kabi atoqli otlar, shevalar va son soʻz turkumlari aralashtirilsa, gapdan maʼno chiqarish qiyinlashadi” deydi janob Akasako. “Shu sababdan nutqni aniqlash funksiyasi aniqligini oshirish uchun juda koʻp maʼlumotlar kerak”.

“Biz AI modelini muhim tadbir va lahzalar uchun doimo oʻz vaqtida sozlab qoʻyish yoʻllarini qidirishga intilamiz”, davom etdi janob Akasako. “Yangi joy nomlari va tadbirlarning koʻplab kombinatsiyalari vujudga kelsa-da, odamlar Galaxy AI’dan foydalanganda kontekst shunda ham aniq boʻlishi muhimdir”.

Samarador maʼlumot toʻplashdagi qiyinchiliklar

Zarur maʼlumot turlarini aniqlash ham muhim, lekin maʼlumotni yigʻishning oʻzi ham bir qiyinchilikdir.

Ilgari SRJ jamoasi jonli tarjimonning nutqni aniqlash tizimini oʻqitish uchun insonlar tomonidan yozib olingan maʼlumotdan foydalangan edi, ammo natijada bu usul yetarli darajada maʼlumot toʻplay olmadi.

Kompaniyaning katta til modeli (LLM) boʻlgan Samsung Gauss har bir ssenariyga mos keladigan soʻzlar yoki iboralar bilan gaplarni tuzish uchun skriptlardan foydalanadi. Samsung Gauss bilan toʻplangan maʼlumotlar nafaqat odamlar tomonidan olinadi, balki nutq sintezi matnni nutqqa aylantirish (TTS) maʼlumotlari orqali ham hosil qilinadi, bu sintez nutqni esa kadrlar boʻlimi sifat boʻyicha yakuniy tekshiruvdan oʻtkazadi. Ushbu usuldan foydalanganda jamoa maʼlumotlarni toʻplash samaradorligi sezilarli darajada oʻsganini kuzatdi.

“Har safar muammo aniqlanib hal qilinganda, nutqni aniqlash funksiyasining aniqligi sezilarli darajada oshadi” deydi janob Akasako. “Odamlar qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, bizning maqsadimiz ularni bir-biri bilan bogʻlashdir. Galaxy AI bilan qoʻllab-quvvatlangan vositalar esa yanada qiziqarli va samarali muloqotni taʼminlaydi”.

Oʻrganish sikli, 6-qism: AI innovatsiyalari tomon hamkorlik yoʻllari
Hindistondagi Samsung Research kompaniyasi mobil AI’ni demokratlashtirish ortidagi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir

Samsung premium darajadagi mobil AI qulayliklarini yaratishda davom etar ekan, biz Galaxy AI koʻplab foydalanuvchilarga qay tarzda oʻz imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini berayotganini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyuramiz. Galaxy AI endi 16 tilni qoʻllab-quvvatlaydi va Live Translate, Interpreter, Note Assist va Browsing Assist kabi funksiyalarning qurilmaning oʻzida tarjima qilish imkoniyati tufayli hatto oflayn rejimda ham koʻplab odamlar til imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin. Ammo AI tilini rivojlantirish deganda nima tushuniladi? Oxirgi marta biz Braziliyaga jamoalar Galaxy AI’ni yanada koʻplab odamlar bilan ulashish uchun madaniyat va chegaralararo qay tartibda ishlashlarini bilish uchun tashrif buyurgan edik. Bu safar biz Hindistonga mahalliy hamkorlar bilan birga ishlashning ahamiyatini tushunish uchun keldik.

Hindistonning Chennay shahridagi Vellore texnologiya instituti ichida futuristik audio uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya joylashgan. Bu yerda manekenlar (sohada bosh va gavda simulyatorlari sifatida tanilgan), shuningdek, binaural mikrofonlar va eshitish moslamalari mavjud. Ular ilgʻor ovozni yutish tizimi bilan ishlov berilgan maxsus kameralarda saqlanadi. Bu Hindistondagi birinchi shunaqa turdagi laboratoriyadir. Tasavvur qiling, bunday inshoot yuqori aniqlikdagi (Hi-Fi) eng soʻnggi uskunalarni ishlab chiqishda ishlatilmoqda.

Bu yerda Vellore texnologiya instituti Samsung bilan Galaxy AI til imkoniyatlari uchun eng soʻnggi AI modellarini quvvatlovchi maʼlumotlar va insaytlarni hosil qilish va ishlab chiqish uchun hamkorlik qiladi. Ushbu muassasa Samsung SEED (Muhandislik maʼlumotlari uchun talabalar ekotizimi) Labs — Hindiston universitetlari xodimlari, talabalari va amaliyotchilariga 2021-yildan beri Samsung tomonidan soʻralgan loyihalar ustida ishlash imkonini beruvchi tashabbusning bir qismi sifatida qurilgan. Bu Samsung tomonidan moliyalashtiriladigan bir nechta universitet dasturlaridan biri boʻlib, unda talabalar kompaniyaning texnik mutaxassislari bilan loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.

“Talaba sifatida men Samsung kabi taniqli va obroʻli kompaniya bilan bir nechta loyihalarda ishlay olganimdan gʻoyat xursandman” deydi Samsung SEED talabasi Yashika Ilanchezhiyan. “Menga yangi koʻnikmalarni amaliy yoʻl bilan oʻrganish va hozirgi va kelajakdagi mahsulotlarda sezilarli hissa qoʻshayotganimni his qilish ishonchi berildi”.

“Bu turdagi hamkorlik ikki tomonlama gʻalabadir” deydi Samsung Hindiston ilmiy-tadqiqot instituti — Bangalor (SRI-B) AI til boʻlimi boshligʻi Giridhar Jakki. “Universitetlar bilan olib borilgan loyihalarimiz tufayli biz qoʻshimcha tajriba va maxsus maʼlumotlar toʻplamidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldik. Hamkor universitetlar buning natijasida Samsung’dan sarmoya, moliyaviy ragʻbatlar va mutaxassislar murabbiyligini olmoqda”.

Til toʻsiqlarini kamaytirish

SRI-B Buyuk Britaniya ingliz tili varianti, hindcha ingliz tili varianti va Avstraliya ingliz tili varianti, shuningdek, Tailand, Vyetnam va Indoneziya davlat tillari uchun AI til modellarini ishlab chiqishda dunyo jamoalari bilan hamkorlik qildi. Yaqinda boshqa Samsung tadqiqot markazlarining bosh muhandislari Hindistonning Bangalor shahriga tashrif buyurishdi. U yerda SRI-B jamoasi Vyetnam, Tailand va Indoneziya davlat tillarini Galaxy AI’ga olib kirishda yordam berdi. Shu sababdan SRI-B Galaxy AI uchun hind tilini rivojlantirishga juda mos edi.

“Har bir tilning oʻziga xos muammolari bor” deydi Jakki. “Ammo yakuniy maqsad — odamlarga boshqa tillarda muloqot qilish qobiliyatini tuhfa etish haqida oʻylasak, har bir saʼy-harakat naqadar arzirli ekanligini tushunamiz. Biz hind tilini Galaxy AI’ga olib kirishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”.

Hind tili AI modelini ishlab chiqish oson kechmadi. Jamoa 20 dan ortiq mintaqaviy dialektlarni, tonal oʻzgarishlar, tinish belgilari va ogʻzaki dialektlarni qamrab olishi kerak edi. Bundan tashqari, hind tilida soʻzlashuvchilar oʻz suhbatlarida inglizcha soʻzlarni aralashtirishlari odatiy holdir. Bu jamoadan tarjima va transliteratsiya qilingan maʼlumotlar kombinatsiyasi bilan bir nechta AI modeli mashgʻulotlarini oʻtkazishni talab qildi.

“Hind tili boshqa koʻplab tillarda mavjud boʻlmagan retrofleks tovushlarni (tilni ortga burish orqali hosil boʻladigan tovushlar) oʻz ichiga olgan murakkab fonetik tuzilishga ega” deydi Jakki. “AI yechimining nutq sintezi elementini yaratish uchun biz barcha noyob tovushlarni tushunishda mahalliy tilshunoslar bilan maʼlumotlarni sinchkovlik bilan koʻrib chiqdik va tilning oʻziga xos dialektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus fonemalar toʻplamini yaratdik”.

Samsung va akademik hamkorlar oʻrtasidagi saʼy-harakatlar Hindiston hududlarining nozik madaniyatini aks ettiruvchi AI til modelini ishlab chiqishda muhim rol oʻynadi. Vellore texnologiya instituti soʻzlashuv nutqi,soʻzlar va buyruqlar boʻyicha segmentlangan va tartiblangan audio maʼlumotlarning deyarli million qatorini taʼminlashga yordam berdi. Dunyodagi toʻrtinchi eng koʻp soʻzlashiladigan tilni Galaxy AI’ga kiritishdek muhim vazifa uchun maʼlumotlar jarayonning kalit qism hisoblangan edi. Universitetlar bilan ishlash esa Samsung’ni eng yuqori sifatli maʼlumotlardan bilan taʼminladi.

Global aloqalarning taʼsiri katta

Ushbu loyiha Samsung’ning ochiq hamkorlik falsafasi va kompaniyaning tajriba va gʻoyalarni oʻzaro almashish mazmunli innovatsiyalarni taʼminlaydi degan qarashlarini mukammal tarzda ifodalaydi. SRI-B misolida bu loyiha nafaqat akademiya bilan ishlashni, balki dunyo boʻylab boshqa Samsung tadqiqot markazlari bilan eng yaxshi bilim va tajribalarni almashishni ham oʻz ichiga oldi.

“Hamkorlarimiz yordamida erishgan natijalarimizdan juda faxrlanaman” deydi Jakki. “Hamkorlik orqali yaratilayotgan sunʼiy intellekt innovatsiyalari sohadagi ishlarimizning katta qismidir. Kelgusida ham yanada koʻplab odamlar sunʼiy intellekt vositalaridan foydalana olishlarini taʼminlash uchun til maʼlumotlarini yaxshiroq tushunish, toʻplash va tahlil qilishda davom etamiz”.

[Editorial] Insonlarga yoʻnaltirilgan gibrid AI yangi imkoniyatlar eshigini ochadi
Biz texnologiyalar olamidagi eng hayajonli va, ehtimol, eng tarixiy daqiqalarning boshida turibmiz. Mobil sunʼiy intellekt davri keldi, bu Samsung’ning ilk AI telefonlari boʻlgan Galaxy S24 modellarida Galaxy AI funksiyalari joriy etilishi bilan boshlandi.

Gibrid AI yondashuvi bilan mobil qulayliklarni revolyutsiyaga olib chiqish

Generativ AI texnologiyasining amaldagi afzalliklarini Galaxy S24 modellariga yetkazish uchun biz AI integratsiyasida gibrid yondashuvni tanladik. AI juda koʻp imkoniyatlarni taqdim etadi va biz mobil qurilmalar uning salohiyatini ochish uchun kalit vazifasini oʻtaydigan vosita ekanligiga ishonamiz, chunki butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar oʻzlarining kundalik ehtiyojlari uchun telefonlariga tayanishda davom etmoqda.

Mobil qurilmalarning kundalik hayotda muhim rol oʻynashi ular juda muhim va unutilmas daqiqalarda odamlar foydalanadigan shaxsiy buyumlari ekanligini anglatadi. Biz ushbu bogʻliqlikni tushunamiz va foydalanuvchilar muhim daqiqalaridan sodda, intuitiv va epik tarzda bahramand boʻlishi uchun smartfonlar ishonchli vosita boʻlishi kerakligiga ishonamiz. Shuningdek, biz maxfiylikning muhimligini tushunamiz, shuning uchun biz foydalanuvchilarga nimalarni ochiq koʻrsatish va nimalarni maxfiy saqlashlari oʻzlarining ixtiyorida boʻlishi uchun ularga toʻliq nazorat kuchini topshiramiz.

Bizning gibrid yondashuvimiz ushbu ehtiyojlarning barchasini qondiruvchi eng amaliy va ishonchli yechim ekanligiga ishonamiz va bu Samsung’ni texnologik yoʻlda ancha oldinga siljitadi. Biz foydalanuvchilarga kundalik hayot uchun zarur boʻlgan turli funksiyalarni taklif qilishda soha yetakchilari bilan ochiq hamkorlikda qurilma ichidagi sunʼiy intellektning tezligi va qoʻshimcha maxfiylik kafolati oʻrtasidagi muvozanat hamda bulutga asoslangan sunʼiy intellektning koʻp qirraliligini taqdim etamiz.

Qurilma ichidagi AI bilan imkoniyatlarni kengaytirish

Biz Live Translate funksiyasini qurilma ichidagi sunʼiy intellekt asosida yaratdik, chunki ovozli qoʻngʻiroqlar smartfonning eng asosiy xususiyati, shu bilan birga samimiy va shaxsiy aloqa vositasidir. Samsung foydalanuvchilarga til toʻsiqlarisiz muloqot qilish imkoniyatini berish va, shu bilan birga, har bir muloqot xavfsiz va maxfiy boʻlishini taʼminlash masʼuliyatini oʻz zimmasiga oldi.

Ushbu gʻoyani haqiqatga aylantirish uchun bizning ilmiy-tadqiqot guruhimiz hamkorlik jarayonining bir qismi sifatida kecha-yu kunduz ishladi va bu haqiqatan ham eng yaxshi natijalarni keltirib chiqardi. AI til modellarining mos hajmini aniqlab olishdan tortib, ularni real hayot ssenariylarida oʻqitish va sinovdan oʻtkazishgacha MX biznesidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarimiz bir qator qiyinchiliklardan oʻtdi va bu funksiyani toʻliq qurilmada ishlatishga muvaffaq boʻlishdi. Biz bunday natijani kutmagan ham edik.

Har bir mintaqada eng yaxshi iqtidorlarni oʻstirish va asosiy texnologiyalarni rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan Samsung’ning global ilmiy-tadqiqot tarmoqlari ham muhim rol oʻynadi. Dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlari, jumladan Polsha, Xitoy, Hindiston va Vyetnamdagi markazlar oʻzlarini Galaxy AI tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan tillarni ishlab chiqish va kengaytirishga bagʻishladilar. Tillar zamonamiz aksi va mahalliy qadriyatlarga ega juda madaniy narsadir. Shu bois odamlarga til toʻsiqlarini bartaraf etish va tabiiyroq muloqot qilishda yordam berish uchun mahalliy ilmiy-tadqiqot markazlarining roli oʻsha mintaqalardagi foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlarni ochishda yanada muhimroqdir.

Ushbu saʼy-harakatlar Samsung’ga foydalanuvchilarga mutlaqo yangi narsani taklif qilish imkonini berdi. Men esa buni sizlar bilan baham koʻrishdan juda xursandman. Tez orada Samsung ovozli qoʻngʻiroqlarni keng miqyosda qoʻllab-quvvatlash uchun Live Translate’ni boshqa uchinchi tomon xabarlashuv ilovalariga kengaytirish orqali Galaxy AI kuchini Samsung’ning oʻzining qoʻngʻiroq qilish ilovasidan tashqariga olib chiqadi. Shunda doʻstlaringiz yoki hamkasblaringiz bilan aloqada boʻlib, sevimli ilovalaringizda bir nechta tillarda muloqot qilish imkoniga ega boʻlasizlar.

Bu funksiya qurilma ichidagi AI tarjimoni modelimizga integratsiya qilinganligi sababli foydalanuvchilar Live Translate xizmatidan foydalanganda shaxsiy maʼlumotlarning telefondan tashqariga chiqib ketishi kabi maxfiylik muammolari haqida qaygʻurmasdan, toʻsiqlarsiz muloqot qilishga muvaffaq boʻlishadi.

Oʻylaymanki, kelgusida mobil qurilmalarga tobora koʻp sunʼiy intellekt xususiyatlari kiritiladi, chunki soʻnggi mikrosxemalar, xususan, NPU’larning aqlli hisoblash kuchi boshqa texnologiyalar qatori tez surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Bu yanada koʻp odamlarga sunʼiy intellektdan foydalanish orqali har bir kunni qulayroq qilish va xotirjam boʻlishni taʼminlaydi.

Ertangi ehtiyojlar uchun bugundanoq Galaxy AI’ni rivojlantirish

Ushbu hayajonli yangilik Galaxy AI’ga boʻlgan sodiqligimizni kengaytirish va mobil AI davrining keyingi bosqichiga oʻtishning bir qismidir. Galaxy S24 modellarida Galaxy AI’ning joriy etilishi endi-endi boshlanishi edi. Mutlaqo yangi va noyob AI hissini taqdim etish uchun biz Galaxy AI qulayliklarini yaqinlashib kelayotgan buklanuvchan qurilmalar uchun yanada optimallashtiramiz. Bizning buklanuvchan qurilmalarimiz Samsung Galaxy’dagi eng serqirra va moslashuvchan form-faktor boʻlib, Galaxy AI bilan birlashganda, bu ikkita bir-birini toʻldiruvchi texnologiyalar butkul yangicha imkoniyatlar eshigini ochadi.

Shuningdek, Samsung oʻzining noyob usullari bilan Galaxy AI qulayliklarini Galaxy ekotizimida kengaytirishga sodiqdir. Mobil sunʼiy intellekt davri tezkor surʼatlar bilan oʻsib borayotgan bir paytda Samsung nafaqat bugungi, balki ertangi kunning ehtiyojlarini qondirish uchun mobil AI innovatsiyalar ishlanmalarini jadallashtirmoqda.

Oʻrganish sikli, 4-qism: yangi AI modeli va rivojlanayotgan til
Xitoydagi Samsung Research kompaniyasi mobil AI‘ni demokratlashtirish ortidagi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir

Samsung premium darajadagi mobil AI qulayliklarini yaratishda davom etar ekan, biz Galaxy AI koʻplab foydalanuvchilarga qay tarzda oʻz imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini berayotganini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyuramiz. Galaxy AI endi 16 tilni qoʻllab-quvvatlaydi va Live Translate, Interpreter, Note Assist va Browsing Assist kabi funksiyalarning qurilmaning oʻzida tarjima qilish imkoniyati tufayli hatto oflayn rejimda ham koʻplab odamlar til imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin. Ammo AI tilini rivojlantirish deganda nima tushuniladi? Oxirgi marta biz sunʼiy intellekt modellarini oʻrgatishda foydalaniladigan maʼlumotlarni tayyorlashni oʻrganish uchun Vyetnamga tashrif buyurgan edik. Bu safar biz jamoalar qanday qilib Galaxy AI’ni Xitoy materigi va Gongkong uchun noyob taklifga aylantirganini koʻrib chiqamiz.

Katta til modellaridan (LLM) foydalanadigan sunʼiy intellekt vositalarining tezkor surʼatlarda oʻsayotgani butun dunyo boʻylab kuzatilyapti va Xitoy ham bundan mustasno emas. Baidu’ning ERNIE Bot va Meitu’ning MiracleVision modellari Xitoyda mashhur tanlov sifatida ajralib chiqqanini hisobga olinganda, Xitoydagi Samsung tadqiqot va ishlanmalar instituti mamlakat uchun Galaxy AI xususiyatlarini shakllantirishda ushbu ikkala kompaniya bilan hamkorlik qildi.

Guanchjoudagi (SRC-G) va Pekindagi (SRC-B) Samsung tadqiqot va ishlanmalar institutlari Xitoyda mandarin dialektida gaplashadigan maʼruzachilar dunyo boʻylab boshqa odamlar bilan bir xil Galaxy AI funksiyalariga ega boʻlishini taʼminlash uchun kelishib ishlashdi, garchi back-end texnologiyasida katta farq boʻlishiga qaramay. Jamoa uchinchi tomon hamkorlari taqdim etgan xitoy tili dialektlari resurslaridan foydalangan holda xitoy tili uchun noyob Galaxy AI yechimini yaratdi.

“Bizda Xitoyning mahalliy tajribalari bilan ilgʻor global tajribalarni uygʻunlashtirish, shuningdek, yangi funksiyalarni yaratish va ularni xitoylik isteʼmolchilar bilan kundalik muloqot orqali doimiy ravishda takomillashtirib borish ustunligi bor”, dedi SRC-G kompaniyasining dasturiy taʼminot innovatsiyalar guruhi rahbari Hairong Zhang. “Galaxy S24 ishlab chiqilishidan orttirgan keng tajribamiz bilan jamoamiz Xitoyning Baidu va Meitu kabi mahalliy sunʼiy intellekt kompaniyalari bilan Xitoy uchun mos keladigan yechimni taqdim etishda hamkorlik qilganidan faxrlanaman”.

Dastlab, jamoalar bir-birlarining ish tartibiga moslashishlari va axborot assimetriyasining boshlangʻich muammolarini yopishlari kerak edi. SRC-B rahbari Daijun Zhang loyihani ishlab chiqish jadvali boʻyicha ketishni taʼminlash uchun ishchi guruh tuzdi va tezda oʻz maqsadlari sari harakat qilib boshladi.

Pekin jamoasining yirik miqyosdagi modellarni yaratish tajribasi va uchinchi tomon hamkorlari bilan muvaffaqiyatli ish olib borishi tufayli barcha generativ AI funksiyalari Xitoyda muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Natija mahalliy tushunchalarga muvofiq va Touch to Search (qidirish uchun barmoq bilan tegish) kabi bozorga xos funksiyalarga ega boʻlgan yechimdir.

Xitoy tili asosida kanton dialekti uchun ishlanmalar tayyorlash

Xitoy materigi uchun xitoy tili (mandarin) Galaxy AI’ga 2024-yil yanvar oyida Galaxy S24 taqdimotida kirib kelgandi. Ammo Xitoyning Samsung tadqiqot va ishlanmalar instituti uchun ish hali nihoyasiga yetmagan edi. Jamoaga Gongkongdagi xitoy tili dialekti (kanton) uchun ham sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqish vazifasi qoʻyilgan edi. Bu dialekt mandarin dialekti uchun oldin amalga oshirilgan ishlarga asoslanadi, ammo hal qilinishi kerak boʻlgan tilning mutlaqo yangi xususiyatlari yuzaga chiqadi.

Kanton dialektini ishlab chiqishda Xitoyning tadqiqot va ishlanmalar guruhi mahalliy bozorga toʻliq moslashishni taʼminlashda katta madaniy toʻsiqlarga duch keldi. Birinchi madaniy toʻsiq bu yozma va nutq uchun ikki xil tizim mavjudligi edi. Gongkong aholisi yozishda mandarin dialektiga oʻxshash grammatika va iboralardan foydalanadi, lekin kundalik muloqotda mutlaqo boshqacha soʻzlashuv grammatikasini qoʻllaydi. Bundan tashqari, kanton dialektida talaffuz uchun toʻqqizta ohang bor, mandarin dialektida esa toʻrtta.

Yana bir madaniy toʻsiq shundaki, kanton dialektining oʻzi zamon bilan birga rivojlanadi. Odamlar kanton va ingliz tillarini suhbatda tez-tez aralashtirishini hisobga olsak, nega test keyslarni yaratish va til paketlarini tasdiqlash qiyin boʻlganini tushunish mumkin.

“Kanton dialekti mintaqalarga qarab oʻzgaradigan juda noyob dialektdir”, deydi kanton AI yechimi sinov operatsiyalarini olib boruvchi Jing Li. “Baʼzi slenglar, iboralar, lugʻat va hatto ohanglar ham hududdan hududga qarab oʻzgarishi bor. Shuning uchun biz Gongkongga aloqador maʼlumotlarni tekshirish, shuningdek, oʻn minglab test keyslarini koʻzdan kechirish orqali katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdik.

Ushbu murakkabliklarni hisobga olgan holda, SRC-G va SRC-B kanton va ingliz tillari aralashtirilgan suhbatlarni tushuna oladigan nutqni aniqlovchi modelni yaratdi. Model bir vaqtning oʻzida mashina tarjimasida yozma va ogʻzaki iboralarni qoʻllab-quvvatlaydi va nutq sintezida eng soʻnggi talaffuzlardan foydalanadi.

Muloqotning madaniy taʼsiri

Galaxy AI xitoy tili (Gongkong) variantini ishga tushirganida mijozlarning fikr-mulohazalari Samsung tadqiqot va ishlanmalar jamoasining mashaqqatli mehnati oqlanganligini koʻrsatdi.

Samsung kabi global brendning Galaxy AI faoliyati mahalliy tajriba va nyuanslarni hisobga olish qanchalik muhimligini anglashi Xitoy materigi va Gongkong uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, bu kompaniyaning boshqa tashkilotlar bilan ochiq hamkorlik olib borishning natijasini koʻrsatadi. Gongkongda kanton dialekti u yerda istiqomat qiladigan aholining oʻziga xos asosiy madaniy qismidir. Shu sababdan ham jamoa AI til modelini toʻgʻri tuzib chiqishi juda muhim edi.

“Til va muloqot har bir mintaqada va hayotning barcha jabhalarida juda muhim ahamiyatga ega”, deydi Samsung Electronics Gongkong muhandislik guruhi rahbari Genri Uot. “Tildan qatʼi nazar odamlar bilan muloqot qilishda yordam beradigan har qanday vosita bebahodir. Men qilgan ishimiz mazmunli ekanligiga ishonaman”.

“Oʻrganish sikli” toʻplamining navbatdagi sonida biz Galaxy AI’ni yanada koʻproq odamlarga yetkazishda turli davlat va madaniyatlardan tashkil topgan jamoa qay tarzda birgalikda ishlashini koʻrish uchun Braziliyaga yoʻl olamiz.

Oʻrganish sikli, 3-qism: AI maʼlumotlarini yaxshidan aʼlo darajaga olib chiqish
Vyetnamdagi Samsung Research kompaniyasi hayot sifatini yanada yaxshilash uchun mobil sunʼiy intellektni qoʻllab-quvvatlovchi odamlar va innovatsiyalar haqidagi toʻplamning bir qismidir.

Samsung premium mobil AI sohasining kashfiyotchisidir. Galaxy AI foydalanuvchilar salohiyatini qanday oshirayotganini bilish uchun biz butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyurmoqdamiz. Hozirda 16 ta tilni qoʻllab-quvvatlaydigan Galaxy AI Live Translate Jonli Tarjima), Interpreter (Og’zaki Tarjima), Note Assist (Eslatma Yordami) va Browsing Assist (Ko’rib chiqish yordami) kabi funksiyalarning qurilma ichida tarjima qilish imkoni tufayli koʻplab odamlar hatto oflayn rejimda ham til toʻsiqlarini yengib oʻtmoqda. Biz yaqinda Iordaniyaga tashrif buyurib, koʻplab dialektlarga ega boʻlgan arab tili uchun sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqish qanchalik murakkab ekanligini tushundik. Bu safar biz AI modellarini oʻqitishda foydalaniladigan maʼlumotlar qanday tayyorlanishini oʻrganish uchun Vyetnamga yoʻl olamiz.

Vyetnam tilida arvoh, qabr va ona soʻzlari oʻrtasida qanchalik farq bor? Dunyo boʻylab 97 million kishi foydalanadigan til sifatida deyarli hech qancha. Har bir soʻz mos ravishda “ma”, “mả” va “má” deb yoziladi va faqat ohanglar bilan farqlanishi mumkin. Bu esa sunʼiy intellekt modellari uchun til oʻrganish qanchalik qiyin ekanligini koʻrsatadi, chunki ular suhbatlardagi kontekst, his-tuygʻular va niyatlarni bevosita aniqlay olmaydi.

Samsung R&D Institute Vietnam (SRV) oʻzining sunʼiy intellekt modeliga tildagi eng nozik farqlarni ham toʻgʻri aniqlay olishi uchun uchun puxta qayta ishlangan maʼlumotlardan foydalangan.

Ishlatiladigan maʼlumotlar sifati nutqni avtomatik aniqlash (ASR), neyron mashina tarjimasi (NMT) va matndan nutqqa oʻgirish (TTS) funksiyalari aniqligiga bevosita taʼsir qiladi. Oʻz oʻrnida bular til toʻsiqlarini yengishga yordam beruvchi Live Translate, Interpreter, Chat Assist va Browsing kabi Galaxy AI funksiyalarning tashkiliy qismlaridir.

Toʻfondek qiyinchiliklarni yengib

“Vyetnam tili murakkab va serqirra til boʻlib, u turli ifodalarga boydir. Ularning koʻpini ilgʻay olish qiyin”, deydi Ngô Hồng Thái, SRV’dagi NMT rahbari. Galaxy AI qoʻllab-quvvatlaydigan 16 ta tildan Vyetnam tilini ishlab chiqish eng qiyini edi.

“Shaxsan, Vyetnamliklar uchun sunʼiy intellekt modelini yaratish mamlakatimizdagi tayfunlardan-da tahlikali edi!”, deya yaratish jarayonida duch kelgan toʻsiqlarni tushuntirishdan oldin qoʻshimcha qilib.

Vyetnam tili — olti xil ohangga ega tonal tildir. Yuqoridagi “ma” misolida koʻrinib turganidek, vokalizatsiyadagi kichik nyuanslar soʻzlarning maʼnosini keskin oʻzgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun bunga ehtiyotkorlik va puxta yondashuv zarur edi.

“Oʻxshash tovushli soʻzlar boʻlaklarga boʻlinganda, bir soʻz bir nechta qisqa boʻlaklardan yoki ‘freymlar toʻplamidan’ iborat boʻladi”, deydi SRV’dagi ASR rahbari Bui Ngoc Tung. “AI modeli maʼlum bir ketma-ket freymlar toʻplamiga qaysi soʻzlar mos kelishini aniqlash uchun taxminan 20 millisekundlik qisqa audio boʻlaklarni farqlaydi. Shu sababli sunʼiy intellektni oʻrgatish jarayonining dastlabki bosqichlarida katta kuch sarflash juda muhim”.

Bundan tashqari, omofonlar va omonimlar vyetnam tilida keng tarqalgan. Odamlar odatda bir xil tovushli yoki yozilishi bir xil, ammo turli maʼnoga ega boʻlgan soʻzlarni farqlash uchun suhbatlarda kontekst va noverbal elementlarga tayanishi mumkin. Biroq AI modellariga ohanglar va shunga oʻxshash soʻzlarni yuqori aniqlik bilan tanish va farqlashni oʻrgatish kerak.

“Bu oddiy vazifa emas”, deb tushuntiradi Thái. “Maʼlumot miqdoridan tashqari, vyetnam tilida mavjud boʻlgan lingvistik nyuanslarni farqlay olishi uchun maʼlumot aniq va sifatli ham boʻlishi kerak”.

Qattiq tayyorgarlik

Maʼlumotlarni qayta ishlash jarayoni uch bosqichdan iborat. Avvalo AI modelini oʻrgatish uchun ishlatiladigan audio va matnni koʻrib chiqish va tuzatish kerak. Soʻng ushbu maʼlumotlar toʻplami umumiy sifat tekshiruvi uchun turli xil testlardan oʻtadi. Nihoyat maʼlumotlar toʻplamini oʻrgatishda foydalanishdan oldin u normallashtiriladi va tozalanadi.

“Biz maʼlumotlar toʻplamining qanchalik aniqligini tekshirish uchun uni bir qator sinovlardan oʻtkazdik”, deydi maʼlumotlar omborini yaratishni nazorat qiluvchi SRV’dagi TTS rahbari Nguyen Manh Duy. “Biz bir qator kutilmagan muammolarga duch keldik. Jumladan, skriptdagi imloviy xato yozilgan soʻzlar, fon shovqini yoki audio yozuvlar paytidagi notoʻgʻri talaffuzlar. Biz oʻquv maʼlumotlarimizni toʻgʻrilab chiqish va takomillashtirishga koʻp vaqt sarfladik”.

Vyetnam tilidagi noyob lingvistik masalalarga qoʻshimcha sifatida, keng tarqalgan tillarga qaraganda unda foydalanish uchun ochiq universal manbalarning yetishmasligi toʻsiq boʻlib turardi. “Mana nega maʼlumotlarni toʻgʻrilab chiqish bosqichi juda muhim hisoblanadi”, deya qoʻshimcha qiladi u. “Bizda manbalar cheklanganligi tufayli har bir maʼlumot toʻliq ishonchli boʻlishi kerak edi. Xato qilishga haqqimiz yoʻq edi”.

Bundan tashqari, vyetnam tili uchun AI modeli ham tonal, ham mintaqaviy farqlarni hisobga olishi kerak. AI modelining aniqligini oshirish uchun jamoa tilning shimoliy, markaziy va janubiy aksentlari bilan katta hajmdagi maʼlumotlarni toʻpladi. Natijada tekshirib, toʻgʻrilab chiqish kerak boʻlgan maʼlumotlar hajmi o‘ta ulkan bo‘lib ketdi.

Uzluksiz takomillashtirish

SRV ishlab chiquvchilari bir necha oylik mashaqqatli mehnatdan soʻng loyihani yakunladilar va vyetnam tili Galaxy AI tomonidan dastlab qoʻllab-quvvatlanadigan tillardan biriga aylandi. Ushbu muvaffaqiyatga qaramay, jamoa Galaxy AI’dagi vyetnam tilini takomillashtirish ustida tinimsiz ishlamoqda.

“Biz foydalanuvchilarning Galaxy AI’dagi soʻz va iboralarning qanchalik toʻgʻri ekanligi haqidagi fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda sunʼiy intellekt modelini takomillashtirishda davom etmoqdamiz”, deydi SRV’dagi AI tilini rivojlantirish loyihasi rahbari Tran Tuan Minh. “Biz bu yangi AI dunyosiga endigina birinchi qadamni tashladik va birgalikda bu dunyoni oʻrganish chogʻida koʻplab yangi ilmlarni kashf etishga ishonchimiz komil”.

“Oʻrganish sikli” toʻplamining navbatdagi sonida biz AI modellari qanday oʻqitilishi va sozlanishi bilan tanishish uchun Xitoyga tashrif buyuramiz.

Oʻrganish sikli, 2-qism: AI’ga turli xil dialektlarni qanday oʻrgatish mumkin?
Serqirra arab tili uchun AI vositalarini yaratish murakkabligi haqida Oʻrta Sharq tilidan soʻzlangan ertaklar

Galaxy AI endi 16 ta tilni qoʻllab-quvvatlaydi, bu yanada koʻproq odamlarga jonli ravishda va qurilma ichida internetsiz tarjima qilish orqali til toʻsiqlarini kamaytirishga yordam beradi. Samsung mobil AI davri eshigini ochdi, shu boisdan biz Galaxy AI qanday paydo boʻlganligi va sunʼiy intellektni rivojlantirishdagi toʻsiqlarni yengishda nima zarurligini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyurmoqdamiz. Mazkur maqolalar toʻplamining birinchi sonida qanday maʼlumotlar kerakligini aniqlash vazifasi haqida soʻz ketgan edi, bu sonida esa dialektlarni hisobga olish kabi murakkab vazifani koʻrib chiqamiz.

Odam tilini sunʼiy intellekt modeliga oʻrgatish murakkab jarayon, ammo bu umumlashgan til emas, balki turli dialektlar toʻplamidan tashkil topgan til boʻlsa-chi? Samsung Iordaniya ilmiy-tadqiqot instituti (SRJO) jamoasi shu muammoga duch keldi. Jonli Tarjima (Live Translate) kabi Galaxy AI funksiyalari uchun arab tili qoʻshilgan boʻlsa-da, jamoa Oʻrta Sharq va Shimoliy Afrikani qamrab oluvchi, har biri talaffuz, lugʻat va grammatika jihatdan bir-biridan farq qiladigan arab dialektlarini hisobga olishi kerak edi.

Arab tili dunyodagi eng keng tarqalgan oltita tildan biri boʻlib, har kuni 400 million kishi bu tilda gaplashadi.[1] Bu til ikkita shaklga boʻlingan: Fusʼha (zamonaviy standartlashgan arab tili) va Ammiya (arabcha dialektlar). Fusʼha odatda ommaviy va rasmiy tadbirlarda, shuningdek, yangiliklarda ishlatiladi, Ammiya esa koʻproq kundalik suhbatlarda ishlatiladi. 20 dan ortiq mamlakatlar arab tilidan foydalanadi va hozirda mintaqada 30 ga yaqin dialekt mavjud.

Yozilmagan qoidalar

Ushbu dialektlar tufayli tilning oʻzgaruvchanligi muqarrarligini anglagan holda, SRJO jamoasi har bir dialektga xos boʻlgan noyob lingvistik xususiyatlarni aniqlash va maʼlumotlarni qayta ishlash uchun bir qator usullardan foydalandi. Ushbu yondashuv Galaxy AI mintaqaviy nyuanslarni toʻgʻri aks ettiradigan tarzda tilni tushunishi va javob yaratishini taʼminlashda juda muhim edi.

“Boshqa tillardan farqli oʻlaroq, toʻldiruvchining arab tilidagi talaffuzi gapdagi ega va feʼlga qarab oʻzgaradi, — deydi arab tilini rivojlantirish guruhi loyiha rahbari Muhammad Hamdan. — Bizning maqsadimiz — barcha dialektlarni tushunadigan va standart arab tilida javob beradigan modelni ishlab chiqishdir”.

TTS funksiyasi Galaxy AI Jonli Tarjima (Live Translate) funksiyasining tarkibiy qismi boʻlib, u foydalanuvchilarga ogʻzaki nutqni yozma matnga oʻgirib tarjima qilish va uni ovoz chiqarib oʻqitish orqali turli til sohiblari oʻrtasida muloqotni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. TTS jamoasi arab tili bilan ishlashdagi oʻzgacha ish tartibi tufayli oʻziga xos muammolarga duch keldi.

Arab tilida baʼzi kontekstlarda diniy matnlar, sheʼrlar va til oʻrganuvchilar uchun kitoblarda soʻzlarni talaffuz qilishda diakritiklardan foydalaniladi. Diakritika til sohiblari tomonidan keng tushuniladi, ammo kundalik yozuvlarda uchramaydi. Bu esa model uchun birlamchi matnni fonemalarga — nutqning quruvchi bloklari boʻlgan asosiy tovush birliklariga aylantirishni qiyinlashtiradi.

“Diakritika toʻgʻri qoʻllanilishini aniq koʻrsatadigan yuqori sifatli va ishonchli maʼlumotlar toʻplamining yetishmasligi muammoga aylanmoqda”, deydi Xavile. “Biz ushbu qolib ketgan diakritiklarni yuqori aniqlik bilan taxmin qila oladigan va tiklay oladigan neyron modelni ishlab chiqishimiz kerak edi”.

Neyron modellari inson miyasiga oʻxshaydi. Diakritikani taxmin qilish uchun model koʻplab arab matnlarini, til qoidalarini oʻrganishi va soʻzlarning turli kontekstlarda qanday ishlatilishini tushunishi kerak. Misol uchun, soʻzning talaffuzi soʻz tasvirlaydigan harakat yoki jinsga qarab keskin farq qilishi mumkin. Jamoaning keng qamrovli mashgʻulotlari arab TTS modelining aniqligini oshirishning kalit qismiga aylandi.

Chuqurroq tushunchaga erishish

Shuningdek, SRJO jamoasi turli manbalardan dialektlarning turli xil audio yozuvlarini transkripsiya qilish uchun toʻplashi kerak edi. Ayniqsa, noyob tovushlar, soʻzlar va iboralar muhim materiallar hisoblangandi. “Biz nyuanslar va dialektdagi farqlarni yaxshi biladigan til sohiblari guruhini yigʻdik”, deydi maʼlumotlar bazasini yaratish uchun masʼul boʻlgan Ayah Hasan. “Ular yozib olingan ovozlarni tinglashdi va eshitgan soʻzlarini qoʻlda matnga koʻchirishdi”.

Bu ish Galaxy AI uchun chuqur adabiy merosga boy arab dialektlarida avtomatik nutqni aniqlash (ASR) jarayonini yaxshilashda juda muhim edi. ASR Galaxy AI’ning jonli ravishda nutqni tushunish va javob berish imkoniyatlari uchun kalit qism hisoblanadi.

“Yagona modelda bir nechta dialektlarni qoʻllab-quvvatlaydigan ASR tizimini yaratish murakkab vazifadir”, deydi loyiha rahbari Mohammad Hamdan. “Bu tilning nozik jihatlarini, diqqat bilan maʼlumotlarni tanlash va ilgʻor modellashtirish usullarini bilishni talab qiladi”.

Innovatsiyaning kulminatsion nuqtasi

Bir necha oy davomida rejalashtirish, tuzish va sinovdan oʻtkazish ishlaridan soʻng jamoa nihoyat arab tilini Galaxy AI uchun til varianti sifatida chiqarishga muvofiq boʻldi. Bu koʻplab odamlarga chegaralarni oshib oʻtib, odamlar bilan muloqot qilish imkonini beradi. Bu birgina jamoa butun arab dunyosidagi odamlar uchun Galaxy AI xizmatlarini ochiq qilib, odamlar oʻrtasidagi til va madaniy toʻsiqlarni kamaytiradi. Xizmat global miqyosda tatbiq etilishi sabab jamoa eng yangi va eng yaxshi amaliyotlardan foydalanishdilar. Bu muvaffaqiyat faqat boshlanishi: jamoa oʻz modellarini takomillashtirishda va Galaxy AI til imkoniyatlari sifatini oshirishda toʻxtashgani yoʻq.

Maqolaning keyingi sonida biz til maʼlumotlarini qanday yaxshilashini kuzatish uchun Vyetnamga yoʻl olamiz. Shu oʻrinda yana bir savol: samarali AI modelini oʻrgatish uchun nima kerak?

Arab tili Galaxy AI tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan yangi tillar va dialektlar orasidan joy olgan bir tildir va uni sozlamalardan yuklab olish mumkin. Galaxy AI’ning Jonli Tarjima (Live Translate) va Og’zaki Tarjimа (Interpreter) kabi til funksiyalari Samsung One UI 6.1 ga ega Galaxy qurilmalarida mavjud.[2]

[1] YUNESKO, 2023-yilgi Jahon arab tili kuni, https://www.unesco.org/en/world-arabic-language-day

[2] One UI 6.1 ilk bor Galaxy S24 modellari uchun chiqarildi va boshqa Galaxy qurilmalariga tarqatildi. Jumladan S23, S23 FE, S22, S21, Z Fold5, Z Fold4, Z Fold3, Z Flip5, Z Flip4, Z Flip3, Tab S9 va Tab S8 modellari uchun.

Oʻrganish sikli, 1-qism: nega AI’ga yangi tillarni oʻrgatish maʼlumotlar yigʻishdan boshlanadi?
Indoneziyadagi Samsung Research kompaniyasi mobil AI’ni demokratlashtirish ortidagi odamlar va innovatsiyalarning bir qismidir

Samsung yuqori darajadagi mobil AI tajribasini yaratishda davom etar ekan, biz Galaxy AI yanada koʻproq foydalanuvchilarga oʻz imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini berayotganini bilish uchun butun dunyo boʻylab Samsung tadqiqot markazlariga tashrif buyurdik. Galaxy AI endi 16 ta tilni qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa Live Translate (Jonli Tarjima), Interpreter (Og’zaki Tarjima), Note Assist (Eslatma Yordami) va Browsing Assist (Ko’rib chiqish yordami) kabi funksiyalarning qurilma ichidagina amal qilish imkoniyati tufayli hatto oflayn holatda ham til imkoniyatlarini kengaytira oladi. Ammo AI tilni oʻzi qanday oʻrganadi? Ushbu maqolalar toʻplami mobil AI bilan ishlashdagi qiyinchiliklarni va ularni qanday yengib oʻtganimizni yoritadi. Avvalo AI’ga yangi tilni oʻrgatish qaysi bosqichdan boshlanishini oʻrganish uchun biz Indoneziyaga tashrif buyurdik.

Samsung Indoneziya tadqiqot va texnologik ishlanmalar instituti (SRIN) guruhi aytishicha, birinchi qadam maqsadlarni belgilashdir. “Zoʻr sunʼiy intellektni yaratish sifatli va mavzuga oid maʼlumotlarni yigʻishdan boshlanadi. Har bir til maʼlumotlarni qayta ishlashning oʻzgacha usulini talab qiladi, shuning uchun biz til ehtiyojlari va mamlakatimizning oʻziga xos sharoitlarini tushunish uchun ishga har tomonlama kirishdik”, deydi yaqinda Bahasa Indoneziyani (Indoneziya tili) Galaxy AI’ga qoʻshgan SRIN AI rahbari Junaidilla Fadlil. “Mahalliy tilni rivojlantirish insaytlar va ilm-fan tomonidan boshqarilishi kerak, shuning uchun Galaxy AI’ga tillarni qoʻshishning har bir jarayoni kerakli maʼlumotlarni yigʻishdan boshlanadi. Bu qonuniy va axloqiy jihatdan yigʻishga ruxsat berilgan maʼlumot boʻlishi ham kerakdir.”

Live Translate kabi Galaxy AI funksiyalari uchta asosiy jarayonni amalga oshiradi: avtomatik nutqni aniqlash (ASR), neyron mashina tarjimasi (NMT) va matndan ogʻzaki nutqqa oʻgirish (TTS). Har bir jarayon alohida maʼlumotlar toʻplamini talab qiladi.

Masalan, ASR turli muhitlarda yozib olingan koʻplab ogʻzaki nutqlarni talab qiladi va har bir yozib olingan nutq aniqlik bilan ishlangan matn transkripsiyasi bilan kelgan boʻlishi lozim. Turli xil fon shovqin darajalari turli muhitlardagi nutqni aniqlay olishga yordam beradi. “Yozib olingan nutqqa shovqin qoʻshishning oʻzi yetarli emas”, deb tushuntirdi jamoaning ASR rahbari Muchlisin Adi Saputra. “Vakolatli uchinchi shaxs hamkorlaridan olgan til maʼlumotlariga qoʻshimcha ravishda biz oʻz ovozimizni yozib olish uchun qahvaxonalar yoki ish muhitiga borishimiz kerak. Bu bizga odamlarning telefon qoʻngʻiroqlari yoki klaviaturalarning taqillashi kabi hayotdan olingan noyob tovushlarni yozib olish imkonini beradi.

Tillarning doimiy oʻzgaruvchan tabiatini ham hisobga olish kerak. “Biz eng soʻnggi slenglar va ular qanday qoʻllanishidan xabardor boʻlishimiz kerak. Ularni esa asosan ijtimoiy tarmoqlardan topamiz!”, deya qoʻshimcha qildi Saputra.

Navbatda NMT boʻlib, u tarjima treyning maʼlumotlarini talab qiladi. “Bahasa Indoneziya tilini tarjima qilish juda qiyin”, deydi jamoaning NMT rahbari Muhammad Faysal. “Uning kontekstli va yashirin maʼnoli soʻzlardan keng qoʻllanishi ijtimoiy tushunchalar va vaziyatga tayanadi, shuning uchun biz boshqa tilga tarjima qilingan yangi soʻzlar, xorijiy soʻzlar, toʻgʻri otlar va idiomalarga muhtojmiz. AI’ga kontekst va muloqot qoidalarni tushunishga yordam beradigan har qanday maʼlumot biz uchun muhimdir”.

Soʻng TTS turli xil sharoitlarda soʻz turkumlari qanday jaranglashiga oid qoʻshimcha kontekst bilan bir qator tovushlar va ohanglarni qamrab oluvchi yozib olingan nutqlarni talab qiladi. “Yozib olingan sifatli nutqlar ishning yarmini bajarishi va AI modeli uchun barcha kerakli fonemalarni (nutqdagi tovush birliklari) qamrab olishi mumkin”, deya qoʻshimcha qildi TTS rahbari Harits Abdurrohman. “Agar ovoz aktyori dastlabki bosqichda sifatli ish qilgan boʻlsa, diqqat muayyan soʻzlarni aniq talaffuz qilish uchun AI modelini takomillashtirishga qaratiladi”.

Birgalikda kuchliroqmiz

Koʻp maʼlumotlarni taxlash uchun katta resurslar kerak boʻlar ekan, SRIN tilshunoslik boʻyicha mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qildi. “Ushbu qiyinchilik Bahasa Indoneziya tilida ham, mashina oʻrganishida ham ijodkorlik, zukkolik va katta tajribani talab qiladi”, deydi Fadlil. “Samsung’ning ochiq hamkorlik falsafasi ham, AI’ni rivojlantirish tarixi va bizning operatsiyalarimiz koʻlami ham bunda katta rol oʻynadi”.

SRIN jamoasi butun dunyo boʻylab boshqa Samsung tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilib, sinalgan eng yaxshi amaliyotlarni tezda oʻzlashtira oldi va maqsadli maʼlumotlarni belgilashdagi murakkabliklarni yengib oʻtdi. Bundan tashqari, hamkorlik nafaqat texnologiya, balki madaniyatni rivojlantirish uchun ham ancha qoʻl keldi. SRIN jamoasi Hindistonning Bangalor shahridagi hamkasblariga qoʻshildi va ularning mahalliy roʻza tutish urf-odatlarini kuzatib, ular bilan chuqurroq aloqalarni oʻrnatdilar va turli madaniyatlar haqidagi tushunchalarini kengaytirdilar.

Jamoa uchun Galaxy AI’ning tilni kengaytirish loyihasi yangi ahamiyat kasb etdi. “Biz bu yerda erishgan yutuqlarimiz bilan faxrlanamiz, chunki bu bizning birinchi AI loyihamiz edi. Ammo bu modellarimizni takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilashdagi oxirgi harakatimiz boʻlib qoladi degani emas”, deya xulosa qildi Fadlil. “Ushbu kengayish nafaqat bizning ochiqlik qadriyatlarimizni aks ettiradi, balki til orqali turli madaniyatlarning oʻziga xosliklarini hurmat qilishimizni ham anglatadi”.

“Oʻrganish sikli” maqolalar toʻplamining navbatdagi sonida biz Galaxy AI’ning arab tili loyihasini boshqargan jamoa bilan suhbatlashish uchun Samsung R&D Institute Jordan’ga tashrif buyuramiz. Turli dialektlarga ega til uchun sunʼiy intellekt modelini yaratish va oʻrgatishning murakkabliklarini bilish uchun keyingi maqolamizni kutib qoling.

[Intervyu] Tezkor, yengil va qurilma ichiga oʻrnatilgan sunʼiy intellekt: Samsung Research jonli ravishda tarjima qiluvchi AI funksiyalarini qanday yaratgani haqida
Samsung Electronics kompaniyasining Galaxy AI’ni qoʻllab-quvvatlaydigan mobil qurilmalari foydalanuvchilarga yanada koʻproq mamlakatlarda uzluksiz, toʻsiqsiz muloqot qilish imkonini beradi. Endilikda arab, indoneziya va rus tillarini qoʻllab-quvvatlaydigan Galaxy AI’ning ogʻzaki tarjimon va jonli tarjimon funksiyalarining mavjud tillar soni 13 dan 16 gacha kengaytirildi.

Samsung Research maʼlumotlar va ilgʻor texnologiyalarni oʻzida birlashtirdi. Mobile eXperience (MX) Business R&D Office bilan birgalikda Samsung Research telefon qoʻngʻiroqlari paytida va turli ilovalarda jonli ravishda tarjimani taʼminlaydigan qurilmadagi sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan tarjimon funksiyalarini ishlab chiqish uchun ushbu texnologiyani yanada takomillashtirdilar. Samsung Newsroom ushbu ulugʻvor maqsadni koʻzlagan funksiyalar haqida batafsil maʼlumot olish maqsadida Samsung Research Global AI markazidan Yoonjung Choi va Yonghyun Ryu bilan uchrashdi.

▲ (Chapdan) Yoonjung Choi va Yonghyun Ryu, Samsung Global Tadqiqot AI Markazi (Research’s Global AI Center)

Qurilma ichidagi AI yordamida uzluksiz aloqa va kuchli xavfsizlik

Qurilma ichidagi AI Galaxy AI’ning ogʻzaki tarjimon va jonli tarjimon funksiyalarining muhim qismi boʻlib, joriy yil boshida chiqqan Galaxy S24 modellari orqali foydalanuvchilarga taqdim etilgan. Qurilmaning oʻziga oʻrnatilgan ilgʻor hisoblash resurslaridan foydalangan holda qurilma ichidagi AI’ga ega smartfonlar serverlar yoki bulutga tayanmasdan AI xizmatlarini taqdim etishi mumkin. Foydalanuvchilar ularning maʼlumotlari maxfiy va xavfsiz boʻlib qolishiga ishonch hosil qilishlari mumkin, chunki maʼlumotlar tashqi manbalarga ulashilmaydi.

Samsung Research Global AI markazi ushbu funksiyalarni keng isteʼmolga qoʻyish yoʻlida proprietar texnologiyani oʻzining AI tarjimon modeliga integratsiyalashga hissa qoʻshdi.

Keng koʻlamli ilovalarni nazarda tutgan holda Samsung Research jamoasi va MX R&D Office katta hajmdagi maʼlumotlarga ega boʻldi. “Biz jonli tarjimon telefon qoʻngʻiroqlari paytida jonli ravishda tarjima qila olishi uchun soʻzlashuv maʼlumotlarini va ogʻzaki tarjimon uchun sayohatga oid maʼlumotlarni toʻpladik”, deb tushuntirdi loyihani boshqargan Yoonjung Choi. “Eng aniq tarjimani taʼminlash uchun biz chatlarda qoʻllaniladigan kazual tilni va veb-brauzerlarda ishlatiladigan HTML teglarini oʻrganib chiqdik va birlashtirdik”.

▲ Qurilma ichidagi AI tarjimasi ① Live Translate (jonli tarjimon), ② matnli xabarlar va ogʻzaki suhbatlar tarjimasi, ③ Samsung Notes’dagi tarjima va ④ veb-brauzer tarjimalarini oʻz ichiga oladi.

Samsung Research oʻzining AI modelini qanday oʻrgatgani haqida

Samsung Research jamoasining AI tarjimon modeli oʻz maʼlumotlaridan oʻrganadigan chuqur oʻrganish texnologiyasiga asoslangan. Sunʼiy intellektni tadqiq qilish va rivojlantirishga masʼul Yonghyun Ryu bu jarayonni bola tarbiyasiga oʻxshatadi. “Bolaning oʻsishi va rivojlanishi uchun mukammal taʼlim resurslari va gʻamxoʻrlarga muhtoj boʻlgani kabi yuqori samarador AI tarjimon modelini ishlab chiqishda sifatli til maʼlumotlari va iqtidorli tadqiqotchilar talab qilinadi”, dedi u.

Samsung Research ikkalasiga ham ega: 2013-yildan beri kompaniya ichki tarjima xizmatlarini taqdim etadi, sunʼiy intellektni tarjima qilish bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va yuqori sifatli maʼlumotlarni toʻplab keladi.

Samsung Research kompaniyasining chuqur oʻrganish boʻyicha mutaxassislar jamoasi AI modelini oʻqitishda muhim rol oʻynadi. “Agar tadqiqot va ishlanmalar jarayonida notoʻgʻri tarjimalar yuzaga kelsa, bu muammoni aniqlash va modelni takomillashtirish zarur. Biroq bu yetarli qobiliyat va tajribaga ega boʻlmagan tadqiqotchilar uchun qiyin va vaqt talab qilishi mumkin”, deb tushuntirdi u. “Bizning tadqiqotchilarimiz muammoning kelib chiqishini tezda tahlil qilish va AI tarjima modelini yaxshilashga yechim topish uchun oʻzlarining uzoq yillik tajribalari va nou-xaularidan foydalanganlar”.

▲ Samsung Research Global AI markazidan Yonghyun Ryu.

Galaxy AI tarjimalari samaradorligini baholash uchun Samsung Research jamoasi testlar toʻplamiga asoslangan miqdoriy koʻrsatkichlardan hamda inson tarjimonlari va MX R&D Office tomonidan sifatli baholashlardan foydalangan.

Bundan tashqari, jamoa global mashina tarjimasi kontestlarida qatnashib, erishgan natijalariga yana bir bor guvoh boʻlishdi. “Ishtirok etish vaqt va kuch talab qilsa-da, musobaqalardagi yaxshi natijalar tadqiqot va ishlanmalar uchun yaxshigina turtki beradi”, dedi Ryu. “Biz sezilarli natijalarga erisha oldik, chunki jamoamiz aʼzolari yangi gʻoyalarni erkin muhokama qilishlari va ularni sinovdan erkin oʻtkazishlariga imkon berilgan edi”.

Tildagi xushmuomalalik va tinish belgilari: har bir tilning oʻziga xos xususiyatlarini tushunish haqida

Har bir til oʻz madaniyatiga va oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, insonga yuzlanishda sharafli qoʻshimchalar, tonal oʻzgarishlar va aniq tinish belgilarini oʻz ichiga olishi mumkin. Tarjimalarni iloji boricha aniqroq qilish uchun AI tarjimon modeli ushbu barcha lingvistik xususiyatlarni hisobga oladi. Masalan, koreys va yapon tillarida hurmatli ohangni saqlab qolish uchun sharaf soʻzlari toʻgʻri tarjima qilinadi.

Samsung tillarni madaniy kontekstda toʻliq tushunish uchun mintaqaviy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qildi. “Boshqa mamlakatlardagi tadqiqotchilar va tilshunoslar bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda biz aniqroq va toʻliqroq tarjimani taʼminlashga harakat qildik”, dedi Choi.

Aytish joiz, turli tillar bilan ishlash koʻpincha qiyinchiliklar va xatoliklarni yuzaga keltiradi. “Masalan, vyetnam tili tonal tildir. Biroq, gap shundaki, biz tadqiqot jarayonida vyetnamlik foydalanuvchilar suhbat paytida koʻpincha tonlarni oʻtkazib yuborishlarini ilgʻadik”, deb tushuntirdi u. “Tonsiz jumlalarni tarjima qilishda yordam beradigan funksiya uchun bizga qoʻshimcha maʼlumotlar kerak edi”. Tailand tili uchun Samsung Research maxsus jumla ajratuvchisini ishlab chiqdi, chunki tilda tinish belgilari ishlatilmaydi.

Nima uchun yengil texnologiya qurilma ichidagi sunʼiy intellekt modellarining samarali kaliti ekanligi haqida

Samsung Research 2019-yilda qurilma ichigadgi AI tarjimon modelini ishlab chiqishni boshladi. “Serverga asoslangan sunʼiy intellekt modellaridan farqli oʻlaroq, qurilma ichidagi sunʼiy intellekt modellari faqat foydalanuvchilarning qurilmalari yordamida boshqarilishi kerak”, dedi Ryu. “Minimal resurslardan foydalanadigan yengil texnologiyani ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega edi”. Modelni yengilroq qilish uchun jamoa “bilimlarni distillash” va “kvantlash” texnologiyasidan foydalangan.

Bilimlarni distillash deganda, katta, yuqori samarador oʻqituvchi modeldan bilimlarni ajratib oladigan va uni kichikroq talaba modeliga yetkazib beradigan usul tushuniladi. Bu oʻqituvchining mavzuni umumlashtirishi, oʻquvchi esa bu maʼlumotni osonroq va samaraliroq hazm qilishiga oʻxshaydi.

Kvantlash model hajmini kamaytirish uchun AI algoritmlarini soddalashtiradi va javob tezligini oshirish uchun jarayonni tartibga soladi.

Ryu kvantlashni qulupnay rasmini chizish bilan solishtirdi. “Haqiqiy qulupnayni boʻyash uchun koʻp ranglardan foydalanish kerak boʻladi, lekin qulupnayni faqat qizil va yashil ranglar bilan ham boʻyash mumkin”, deb tushuntirdi u. “Kvantlash — bu qulupnayni chizish uchun zarur boʻlgan ranglar sonini kamaytirish va uni haqiqiy qulupnayga iloji boricha oʻxshatishga harakat qilish jarayonidir”.

▲ Samsung Research Global AI markazidan Yoonjung Choi

Sunʼiy intellekt sohasida bilimlarni distillash va kvantlash modellarni yengillashtirishning taniqli yondashuvlaridir. Shunga qaramay, ularni tijorat miqyosida amalga oshirish har bir tadqiqotchining eksperimental usullari va turli omillaridagi farqlar tufayli oson ish emas. Samsung Research samarali kvantlash texnikasini kashf qilish va uning asosida tezlashtirilgan algoritmni yaratish orqali oʻzining xususiy texnologiyasini ishlab chiqdi. “Doimiy tajribalar orqali biz modelni yengilroq qilishning optimal usulini topdik”, deb izoh berdi Choi.

Yuqori sifatli AI tarjimon modelini yengillashtiradigan va javob berish vaqtini tezlashtiradigan algoritmlar bilan birlashtirgan holda qurilma ichidagi yengil va tezkor AI funksiyalari vujudga keldi.

Til ortidagi madaniyat: mukammal AI tarjimon modeli qanday koʻrinishga ega boʻlgan boʻlardi?

Samsung Research’ning Global AI markazi tadqiqotchilari qurilma ichiga oʻrnatiladigan sunʼiy intellekt sohasida yetakchilik qilar ekan, ular kelajak uchun koʻzlagan yorqin maqsadlarga ega. “Mening asosiy maqsadim foydalanuvchilarga boshqa tillarda soʻzlashuvchi odamlar bilan toʻsiqlarsiz, qulay tarzda muloqot qilishlariga yordam berishdir”, dedi Choi. Ryu mukammal tarjimonni yaratish haqidagi tasavvurini ochib berdi. “Bir kun kelib, biz tillar ortidagi madaniyatlarni haqiqatan tushunadigan, keng bilimlar toʻplami bilan jihozlangan tarjimonni yaratmoqchimiz”, dedi u. “Men dunyoda hali hech kim erisholmagan tarjimonni yaratishda oʻzimni sinab koʻrmoqchiman”.

▲ Samsung Research Global AI markazi jamoasi qurilma ichidagi AI tarjimon funksiyasini ishlab chiqdi.

Samsung’ning qurilma ichidagi AI tarjimon funksiyalari mobil qurilmasi yoniq har bir kishi uchun internetga ulanmagan holda shaxsiy maʼlumotlari tarqalib ketishidan tashvishlanmasdan erkin muloqot qilish imkonini beradi. Kelgusida ham Samsung Research jamoasi jadal rivojlanayotgan sunʼiy intellekt sohasida innovatsiyalarni ilgari surishda davom etgan holda foydalanuvchilarga yangi darajadagi qulayliklarni taqdim etib boradi.