M70H – Samsung Newsroom O'zbekiston

Futbol, kino va o‘yinlar — Samsung Mini LED televizorlari bilan mutlaqo yangi darajadagi tomosha tajribasi
Toshkent, 2026-yil iyun. Samsung Electronics O‘zbekistonda Mini LED texnologiyasiga ega yangi M70 va M80 televizorlari savdosi boshlanganini e’lon qiladi.

Avval Mini LED texnologiyasi asosan Samsung kompaniyasining premium toifasidagi NeoQLED televizorlarida taqdim etilgan edi. Endilikda kompaniya ushbu texnologiyani yanada kengroq foydalanuvchilar uchun taqdim etib, uning afzalliklaridan ko‘proq insonlar bahramand bo‘lishi imkonini yaratmoqda.

Mini LED: tasvirni idrok etishni o‘zgartiradigan texnologiya

Mini LED — bu ekranni yoritish texnologiyasi bo‘lib, unda o‘lchami 1 mm dan kichik bo‘lgan minglab yorug‘lik diodlari qo‘llaniladi. Oddiy LED televizorlarda odatda 100–500 ta LED ishlatilsa, Mini LED televizorlarida ularning soni 25 mingtagacha yetadi. Shu tufayli orqa yoritish ko‘plab lokal xiralashtirish zonalariga bo‘linadi va har bir hudud yorqinligi alohida boshqariladi. Natijada televizor kontrastni yanada aniqroq uzatadi: qorong‘i sahnalarda mayda detallar yo‘qolmaydi, yorug‘ joylar esa ortiqcha yorishmasdan tabiiy va boy ko‘rinadi.

Foydalanuvchi uchun bu mutlaqo yangi tomosha tajribasini anglatadi — tasvir yanada chuqur, jonli va realistik bo‘ladi, “tekis tasvir” hissi esa yo‘qoladi.

Yangi M70 va M80 televizorlari tasvir sifatidagi ustunliklarni har kuni his qilish imkonini beradi:

Yorug‘ xonada ham qulay tomosha. 500–1000 nit yorqinlik darajasi tufayli televizorni katta derazali mehmonxonada yoki yorqin kunduzgi yorug‘likda ham qulay tomosha qilish mumkin.

Murakkab sahnalarda yuqori aniqlik. Lokal xiralashtirish zonalari qorong‘i sahnalarda teksturalarni, yorqin osmonli manzaralarda esa ranglarning nozik o‘tishlarini saqlab qoladi.

O‘yinlar va sport translatsiyalarida ravon tasvir. Motion Xcelerator 144 Hz va DLG 240 Hz texnologiyalari tezkor harakatlarni silliq aks ettirib, geyming va sport muxlislari uchun yanada qulay tajriba yaratadi.

Kontentga mos aqlli optimallashtirish. NQ4 AI Gen2 protsessori tasvir va ovozni real vaqt rejimida tahlil qilib, avtomatik ravishda optimallashtiradi. Masalan, AI Soccer Mode futbol uchrashuvlarini tomosha qilishda stadion muhitini yanada tabiiy his etishga yordam beradi va yozgi futbol turnirlarini tomosha qilish uchun ayni muddao hisoblanadi.

Boshqa yechimlardan nimasi bilan farq qiladi?

An’anaviy LED televizorlar bilan taqqoslaganda, M70 va M80 modellari sezilarli darajada yuqori yorqinlik, yaxshilangan kontrast hamda orqa yoritishni aniqroq boshqarishni taklif etadi. Shu bilan birga, ular energiya samaradorligi bilan ham ajralib turadi — o‘xshash o‘lchamdagi oddiy LED televizorlarga nisbatan elektr energiyasini 20 foizgacha kam sarflaydi. Bu esa Samsung kompaniyasining o‘z mahsulotlarida izchil amalga oshirib kelayotgan barqaror rivojlanish tamoyillariga ham mos keladi.

NeoQLED modellari bilan solishtirilganda esa Mini LED televizorlari o‘rta segmentdagi optimal yechim hisoblanadi. Ular premium darajadagi ko‘plab afzalliklarni — yuqori detalizatsiya, chuqur qora rang va kontrastni aniq boshqarishni — yanada kengroq foydalanuvchilar uchun taqdim etadi.

NeoQLED esa maksimal imkoniyatlarni izlaydigan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2000 nitgacha yorqinlik va orqa yoritishni boshqarishning eng ilg‘or tizimini taklif etadi. Mini LED esa narx va imkoniyatlar o‘rtasidagi eng maqbul muvozanatni ta’minlaydi.

To‘liq taassurot uchun qo‘shimcha texnologiyalar

M70 va M80 televizorlari tomosha taassurotlarini yanada boyituvchi zamonaviy funksiyalar bilan jihozlangan:

Pure Spectrum Color va Color Booster Pro texnologiyalari ranglarni tabiiy va yanada boy ko‘rsatadi, sun’iy intellekt asosidagi algoritmlar esa har bir sahnaga mos ravishda rang tuslarini avtomatik optimallashtiradi.

Mini LED HDR eng yuqori kontrastli sahnalarda ham barcha mayda detallarni ochib beradi — qorong‘i o‘rmon manzaralaridan tortib, quyosh nuri bilan yoritilgan yorqin osmongacha.

Samsung Vision AI Companion sun’iy intellekt asosidagi funksiyalar yordamida televizordan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

AI Sound Controller ovozni avtomatik ravishda moslashtiradi: dialoglar yanada aniq eshitiladi, ovoz effektlari esa yanada keng va ta’sirchan yangraydi.

Energiya samaradorligi esa foydalanuvchi uchun qo‘shimcha afzallik.

O‘zbekistonda mavjudligi

Mini LED texnologiyasiga ega Samsung M70 va M80 televizorlari 2026-yil iyun oyidan boshlab O‘zbekiston bozorida sotuvga chiqarildi. Yangi model qatorining kengaytirilishi Samsung kompaniyasining ilg‘or texnologiyalarni yanada keng auditoriyaga yaqinlashtirish strategiyasini aks ettiradi. Endilikda foydalanuvchilar kino tomosha qilish, o‘yin o‘ynash, sport musobaqalarini kuzatish yoki har qanday yoritish sharoitida qulay tomosha qilish uchun o‘z ehtiyojlariga mos televizorni tanlash imkoniyatiga ega. M70 va M80 modellari turli foydalanish ssenariylari hamda byudjetlarga mos optimal yechimlarni taklif etib, yuqori tasvir sifati va zamonaviy sun’iy intellekt funksiyalarini o‘zida mujassam etadi.

Samsung Mini LED M70 va M80 televizorlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun Samsung rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring yoki kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy hamkorlariga murojaat qiling.

Samsung O‘zbekistonda Mini LED texnologiyasini taqdim etmoqda: yangi texnologiyaning afzalliklari nimada?
Samsung kompaniyasi O‘zbekiston bozorida ilg‘or Mini LED texnologiyasiga ega yangi televizorlarni taqdim etadi. Ushbu modellar tasvir sifati bo‘yicha yangi davrni boshlab beradi hamda yuqori yorqinlik, chuqur qora rang va realistik rang uzatishni uyg‘unlashtirgan holda, xoh bu filmlar, seriallar yoki video-o‘yinlar bo‘lsin — tomoshabinni kontentga to‘liq sho‘ng‘itadi.

Mini LED o’zi nima?

Mini LED — bu ekran ortida joylashtirilgan minglab miniatyur LED chiroqlardan foydalanadigan innovatsion yoritish texnologiyasidir. An’anaviy LED televizorlardan farqli ravishda, ularda o‘nlab LED chiroqlar qo‘llanilsa, Mini LED texnologiyasi yoritishni boshqarish uchun yuzlab, hattoki minglab mustaqil zonalarni yaratish imkonini beradi.

Texnologiyaning asosiy afzalliklari:

Tasvir sifatini maksimal darajaga olib chiqish uchun qurilma bir qator innovatsion texnologiyalarni birlashtiradi.

Avvalo, lokal yorug’likni pasaytirish texnologiyasi tufayli yoritish zonalari chuqur qora rang talab etilgan joylarda to‘liq o‘chirilishi, yorqin qismlarda esa maksimal quvvatda ishlaydi. Bu esa cheksiz kontrast effektini yuzaga keltirib, ayniqsa qorong‘i sahnalarga boy qo‘rqinchli filmlar yoki yorqin effektlarga boy ilmiy-fantastik blokbasterlarni tomosha qilishda tasvirning hayotiyligini va chuqurligini yaqqol seziladi.

Bundan tashqari, Mini LED texnologiyasi 500 dan 1000 gacha bo’lgan yorqinlikning cho’qqisini ta’minlaydi, bu esa hatto yorqin xonalarda ham tasvirning aniq va boy ko‘rinishini kafolatlaydi. Natijada quyosh nuriga to‘la xonada yoki kunlik sharoitda ham ekrandagi detallarni aniq ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Rang uzatish sifati ham mukammal darajada. Neo QLED modellarida Mini LED texnologiyasi kvant nuqtalari (QLED) bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, rang qamrovini kengaytiradi va ranglarning ortiqcha to‘yinganliksiz aniq uzatilishini ta’minlaydi. Shu tufayli har bir rang tabiiy va hayotiy ko‘rinadi.

HDR rejimida ham tasvir tafsilotlari yuqori darajada saqlanadi. Mini LED HDR+ texnologiyasi eng qorong‘i va eng yorqin sahnalardagi eng mayda tafsilotlarni ham namoyon etib, HDR kontentining to‘liq imkoniyatlarini ochib beradi.

Oxir-oqibat, qurilmaning uzoq xizmat muddati ham e’tiborga sazovor. Galliy nitridi asosidagi mini LED diodlar kuyishga chidamli bo‘lib, LED diodlariga nisbatan uzoqroq xizmat qiladi.

Mini LED televizorlari – har bir ehtiyoj uchun mukammal yechim

Mini LED televizorlari chuqur qora rang va yorqin tasvirga ega yuqori sifatli tasvirni qadrlaydigan, uzoq xizmat muddati va kuyishga chidamlilikni muhim deb biladigan foydalanuvchilar uchun eng maqbul tanlovdir. Ular kino tomosha qilish, o‘yin o‘ynash va kundalik foydalanish uchun birdek mos bo‘lib, aqlli boshqaruv hamda aqlli uy tizimi bilan integratsiyalashgan Samsung ekotizimining barcha afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi.

Samsung Mini LED televizorlari O’zbekiston bo’ylab sotuvda.

Mini LED texnologiyasiga ega yangi Samsung televizorlari Samsung kompaniyasining rasmiy do‘konlarida hamda O‘zbekiston bo‘ylab vakolatli hamkorlar savdo nuqtalarida sotuvga chiqarilgan. Modellar va amaldagi aksiyalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Samsungning rasmiy manbalari — rasmiy veb-sayt, Instagram sahifamiz, Telegram kanalimizga tashrif buyuring yoki eng yaqin brend do‘koniga murojaat qiling.

Samsung Mini LED televizorlari bilan mukammal tasvir olamiga sho‘ng‘ing!