Mini LED – Samsung Newsroom O'zbekiston

O‘zingizga Mos Televizorni Qanday Tanlash Mumkin: Samsung Televizorlari Bo‘yicha Qo‘llanma
Televizor tanlash — uzoq muddatga mo‘ljallangan qaror bo‘lib, bunda ekran o‘lchami, tasvir sifati, yorqinlik, xonadagi yoritish sharoiti va tomosha qilinadigan kontent kabi bir qator omillarni hisobga olish muhim.

Televizor texnologiyalarining rivojlanishi tufayli bugungi kunda xaridorlar OLED, QLED va Neo QLED’dan tortib eng yangi Micro RGB texnologiyasigacha bo‘lgan keng tanlov imkoniyatiga ega. AI imkoniyatlari esa endilikda nafaqat tasvir va ovozni optimallashtirish, balki kontent izlash, qurilmalarni o‘zaro ulash hamda tomosha qilish jarayonini foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirishga ham xizmat qilmoqda. Shu sababli xaridorlar endi shunchaki «Qaysi televizor eng yaxshi?» degan savol bilan cheklanmay, ekran o‘lchami, AI funksiyalari va o‘z ehtiyojlariga mos imkoniyatlar haqida aniqroq savollar bermoqda.

Samsung Newsroom televizor tanlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan asosiy mezonlarni ko‘rib chiqadi va xaridorlarni qiziqtiradigan keng tarqalgan savollarga javob beradi.

Televizor ekranining mos o‘lchamini qanday tanlash mumkin?

Televizor o‘lchamini tanlashda ekran bilan tomoshabin o‘rtasidagi masofa va xonadagi mavjud joy muhim ahamiyatga ega. Qulay va tomoshabinni voqealar ichiga olib kiradigan tomosha tajribasi uchun tavsiya etiladigan masofa ekran diagonali santimetrda o‘lchangan qiymatining taxminan 1,2 baravariga teng. Bu tavsiya 40 darajali ko‘rish burchagiga asoslangan.1

▲ Televizor ekranining o‘lchamiga qarab tavsiya etiladigan tomosha masofasi

Odatdagi yashash xonalarida televizor o‘lchamini quyidagi masofalarga qarab tanlash mumkin:

1,5–2,0 metr: 43–55 dyuymli televizorlar

2,0–2,5 metr: 55–65 dyuymli televizorlar

2,3–3,0 metr: 65–75 dyuymli televizorlar

3,0 metr va undan uzoq: 85 dyuymli yoki undan katta televizorlar

Bular umumiy tavsiyalar bo‘lib, qulay tomosha masofasi foydalanuvchining odatlariga, masalan, subtitrli kontent ko‘rishi yoki televizorni oila davrasida tomosha qilishiga qarab farqlanishi mumkin.

Katta ekranlar tomosha jarayoniga chuqurroq sho‘ng‘ish imkonini beradi. Biroq ekran xona uchun haddan tashqari katta bo‘lsa, ko‘zning charchashiga sabab bo‘lishi mumkin. Samsung turli xonalar va foydalanuvchi ehtiyojlariga mos keladigan 32 dyuymdan 114 dyuymgacha bo‘lgan televizorlarni taklif etadi.

Xonadagi yorug’lik televizor tanloviga qanday ta’sir qiladi?

Har bir xonadonda televizor tomosha qilinadigan vaqt va yoritish sharoiti turlicha bo‘ladi. Shu bois televizor tanlashda xonaning yorug‘lik darajasini ham hisobga olish zarur. Yorug‘ xonalarda ekran yorqinligi va aks etishlarni kamaytirish imkoniyatlari muhim bo‘lsa, qorong‘iroq muhitda kontrast darajasi katta ahamiyat kasb etadi.

▲ Samsung Neo QLED 4K yaxshi yoritilgan xonalarda yorqin va jonli tasvirni ta’minlaydi. Samsung OLED esa qorong‘i muhitda chuqur qora ranglar va yuqori kontrastni namoyon etadi.

Quyosh nuri tushadigan yashash xonalari uchun Neo QLED televizorlari yuqori yorqinligi tufayli tasvirni aniq ko‘rish imkonini beradi. OLED televizorlari esa yuqori kontrast xususiyati bilan ajralib turadi va qorong‘iroq xonalarda tomosha qilish uchun ayniqsa mos keladi.

Shu bilan birga, displey texnologiyalarining rivojlanishi yoritish sharoitining ta’sirini kamaytirmoqda. Glare Free texnologiyasiga ega OLED televizorlari ekrandagi aks etishlarni minimallashtirib, hatto yorug‘ xonalarda ham tasvirning aniqligini saqlashga yordam beradi.2

AI Gamma texnologiyasi esa sahna yorqinligini real vaqt rejimida tahlil qilib, atrof-muhit yoritilishiga qarab gamma darajasini avtomatik ravishda moslashtiradi. Yorug‘ xonalarda qorong‘i sahnalarni yorqinlashtirib, mayda detallarni saqlab qolishga yordam beradi. Qorong‘iroq muhitda esa ko‘zni qamashtirishni kamaytirib, kontrastni yaxshilaydi. Bunday moslashuvlar tasvir aniqligini saqlagan holda ko‘zning charchashini kamaytirishga yordam beradi.

Samsung televizorlarining displey texnologiyalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

▲ Har bir displey texnologiyasi o‘ziga xos tasvir sifati va tomosha tajribasini taqdim etadi va texnologiyasi yorqinlik, kontrast hamda ranglarni aks ettirish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Displey texnologiyalari yorug‘lik va ranglarni turlicha hosil qiladi. Ularning har biri tomosha sharoiti va foydalanish maqsadiga qarab o‘z afzalliklariga ega:

OLED: Orqa yoritish tizimidan foydalanmaydigan, mustaqil yorug‘lik chiqaruvchi piksellar hisobiga deyarli mukammal qora ranglar va yuqori javob tezligini ta’minlaydi.

Mini LED: An’anaviy orqa yoritish tizimlariga qaraganda kichikroq LED elementlaridan foydalanadi. Bu, ayniqsa, HDR kontentni tomosha qilishda yuqori kontrastga erishish imkonini beradi.

Neo QLED: Quantum Mini LED orqa yoritishini aniq boshqaruvchi Quantum Matrix Technology va 2 140 ta Pantone rangini hamda 110 ta teri rang tusini aniq aks ettiruvchi Quantum Dot texnologiyalarini birlashtiradi.

Micro RGB: Alohida boshqariladigan mikroskopik qizil, yashil va ko‘k (RGB) orqa yoritish elementlari yordamida keng rang qamrovi va ranglarning yuqori aniqlikda aks ettirilishini ta’minlaydi.

OLED televizorlari chuqur qora ranglarni aks ettirishda ustunlikka ega bo‘lib, qorong‘i xonalarda film va seriallarni tomosha qilish uchun ayniqsa mos keladi. Yorug‘ xonalarda esa orqa yoritishni ilg‘or boshqarish imkoniyatiga ega televizorlar afzalliklarga ega. Mini LED televizorlari nisbatan hamyonbop narxda yuqori kontrastni taqdim etsa, premium Neo QLED modellari Samsung’ning o‘ziga xos kvant nuqtali plyonkasi yordamida boy ranglarni va kuchli AI upscaling imkoniyatlarini birlashtiradi. Micro RGB televizorlari esa yorqin, aniq va tabiiy ranglarni aks ettirish orqali tasvirning asl kontentga imkon qadar mos bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan yana bir yechimdir.

Kontent turi televizor tanloviga qanday ta’sir qiladi?

▲ Samsung televizorlari turli xil kontent, jumladan, filmlar, sport va o‘yinlar uchun optimallashtirilgan tomosha taassurotini taqdim etadi.

Turli kontent turlari turli TV funksiyalarini talab qiladi:

Filmlar: High Dynamic Range (HDR) texnologiyasi yorug‘ va qorong‘i sahnalardagi nozik detallar hamda ranglarni aniqroq aks ettirib, tasvirga chuqurlik va tabiiylik bag‘ishlaydi.

Jonli sport translyatsiyalari: Sun’iy intellektga asoslangan funksiyalar tasvir va ovozni real vaqt rejimida moslashtirib, tomosha tajribasini yaxshilaydi. AI Soccer Mode Pro, AI Motion Enhancer va AI Sound Controller Pro texnologiyalari birgalikda maydondagi harakatlarni yanada aniqroq ko‘rsatish va stadion muhitiga xos ovoz effektlarini yetkazishga yordam beradi.

Videoo‘yinlar: Ekranning yuqori yangilanish chastotasi harakatlarning ravon aks etishini ta’minlaydi, past kirish kechikishi (input lag) esa o‘yinchining buyruqlariga tezroq javob qaytarish imkonini beradi. AI Gaming Optimizer funksiyasi o‘yin janrini avtomatik aniqlab, tasvir va ovoz sozlamalarini unga moslashtiradi.

San’at asarlari: Samsung’ning The Frame va The Frame Pro modellarini o‘z ichiga olgan Art TV televizorlari foydalanilmayotgan vaqtda mashhur san’at asarlarini ekranda namoyish etib, yashash xonasini san’at galereyasiga aylantirish imkonini beradi. Almashtiriladigan ramkalar, One Connect Box va Wireless One Connect yechimlari televizorga haqiqiy surat ramkasiga o‘xshash ko‘rinish beradi. Samsung Art Store xizmati esa obuna orqali 5 000 dan ortiq san’at asarlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Sun’iy intellekt televizorlarni qanday qilib yanada aqlli qilmoqda?

▲ Samsung AI televizorlari dialoglar va fon tovushlarini foydalanuvchi istagiga ko‘ra sozlash imkonini beradi.

An’anaviy televizorlardan farqli ravishda, Samsung AI televizorlari tasvir va ovozni avtomatik optimallashtirish bilan birga, kontent izlash va kerakli ma’lumotlarni topish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

AI Upscaling Pro: Eski yoki past aniqlikdagi kontent sifatini yaxshilab, yuqori aniqlikdagi ekranlarda tasvirni yanada tiniq ko‘rsatishga va ovoz orqali tomosha jarayoniga chuqurroq sho‘ng‘ishga yordam beradi.

AI Soccer Mode Pro: Futbol uchrashuvlariga xos stadion muhitini yaratish uchun tasvir va ovozni moslashtiradi.

AI Gaming Optimizer: O‘yin janrini aniqlab, tasvir va ovoz sozlamalarini avtomatik ravishda unga moslashtiradi.

Vision AI Companion: Sun’iy intellekt xizmatlari bilan integratsiya orqali foydalanuvchilarga ma’lumot izlash va ekranning o‘zida tegishli kontentni topishda yordam beradi.

Televizor tanlashda foydalanuvchilar o‘zlarining tomosha qilish odatlariga mos AI imkoniyatlariga e’tibor qaratishlari lozim. Bular sport, film va o‘yinlar uchun tasvir hamda ovozni avtomatik sozlashdan tortib, televizor ekranida ma’lumot izlashgacha bo‘lgan funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

Televizor tanlash bo‘yicha savol-javoblar

Savol: Yashash xonasi uchun qanday o‘lchamdagi televizor mos keladi?

Javob: Televizor bilan tomoshabin o‘rtasidagi masofa 2,3 metr yoki undan ko‘p bo‘lsa, 75 dyuymli yoki undan kattaroq televizor tavsiya etiladi.

Bugungi kunda 4K aniqlik keng tarqalgani sababli katta ekranlarda ham nisbatan yaqin masofadan tasvirning tiniqligini saqlash mumkin. Biroq televizorni joylashtirish uchun yetarli joy va qulay tomosha masofasini hisobga olish muhim.

Savol: Yotoqxona uchun qanday o‘lchamdagi televizor tanlash kerak?

Javob: Yotoqxonalarda odatda tomosha masofasi qisqaroq va bo‘sh joy cheklangan bo‘ladi. Shu sababli 42–50 dyuymli televizorlar ko‘pincha mos keladi.

Eng maqbul o‘lcham karavotdan ekrangacha bo‘lgan masofa, shuningdek, televizorning taglik va ramka bilan birga umumiy o‘lchamlariga bog‘liq.

Savol: 65 dyuymli yoki 75 dyuymli televizordan qaysi birini tanlagan ma’qul?

Javob: 65 dyuymli televizor uchun tavsiya etiladigan tomosha masofasi taxminan 2 metrni, 75 dyuymli model uchun esa 2,3 metrni tashkil etadi.

Imkon bo‘lsa, xarid qilishdan oldin ikkala o‘lchamni ham televizordan rejalashtirilgan masofada turib solishtirib ko‘rish tavsiya etiladi.

Savol: Past aniqlikdagi kontent ham 4K televizorda tiniq ko‘rinadimi?

Javob: Ha. AI Upscaling texnologiyasi past aniqlikdagi kontentni 4K displeyga moslashtirib, tasvirning tiniqligini yaxshilaydi.

Natijalar televizor modeli va asl kontent sifatiga qarab farqlanishi mumkin.

Savol: OLED televizorlari ekrandagi aks etishlarni kamaytiradimi?

Javob: OLED televizorlari yuqori kontrast bilan birga Glare Free texnologiyasi yordamida aks etishlarni minimallashtiradi.

Masalan, 2025-yilgi Samsung S95F OLED televizorida tashqi yorug‘likni tarqatib yuboradigan, shu bilan birga kontrast va ranglarni saqlab qoladigan maxsus qoplama qo‘llanilgan. Bu hatto yorug‘ xonalarda ham qulay tomosha qilish imkonini beradi.

Savol: QLED yoki Neo QLED televizorlaridan qaysi biri yaxshiroq?

Javob: Neo QLED televizorlari yuqori yorqinlik va kontrastni aniq boshqarish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. QLED televizorlari esa nisbatan hamyonbop narxda yorqin va boy ranglarni taqdim etadi.Har ikkala texnologiya Quantum Dot’dan foydalanadi. Biroq Neo QLED televizorlarida orqa yoritishni yanada aniq boshqarish uchun kichikroq Mini LED elementlari qo‘llaniladi.

Savol: HDR va HDR bo‘lmagan televizorlar o‘rtasidagi farq nimada?

Javob: HDR televizorlari kengroq yorqinlik diapazonini aks ettiradi hamda tasvirning eng yorug‘ va eng qorong‘i qismlaridagi detallarni saqlab qoladi.

Natijada tasvir yanada chuqur va tabiiy ko‘rinadi.

Savol: Samsung Smart TV’dan obunasiz foydalanish mumkinmi?

Javob: Ha. Samsung Smart TV televizorlari pullik obunasiz ham turli funksiyalar va bepul kontentlardan foydalanish imkonini beradi.

Samsung TV Plus xizmatini qo‘llab-quvvatlaydigan modellarda yangiliklar, ko‘ngilochar dasturlar, seriallar va filmlarni namoyish etuvchi bepul kanallar mavjud.3

Samsung Art Store foydalanuvchilarga ayrim san’at asarlarini va har oy yangilanadigan Art Store Streams to‘plamini bepul tomosha qilish imkonini beradi. Pullik obuna esa 5 000 dan ortiq san’at asarlaridan iborat to‘liq kolleksiyadan foydalanish imkoniyatini ochadi.4

Savol: O‘yinlar uchun OLED yoki Neo QLED televizori yaxshiroqmi?

Javob: OLED televizorlari yuqori javob tezligi va deyarli mukammal qora ranglarni taqdim etadi. Neo QLED televizorlari esa yuqori yorqinlik va kuchli HDR imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Har ikki turdagi televizor yuqori yangilanish chastotasi, past kirish kechikishi va o‘yin rejimlariga ega. Shu bois tanlovda xonaning yoritilishi va foydalanuvchining sevimli o‘yin janrlari muhim ahamiyatga ega.

Savol: Samsung televizorida kinoteatrdagidek ovozga qanday erishish mumkin?

Javob: Q-Symphony texnologiyasi mos keluvchi Samsung televizorlari va audio qurilmalariga ovozni birgalikda uzatish imkonini beradi. Natijada xona tuzilishi va qurilmalarning joylashuviga qarab optimallashtirilgan hajmli ovoz hosil qilinadi.

1. Tavsiya etiladigan tomosha masofasi foydalanuvchining ko‘rish qobiliyati, shaxsiy afzalliklari va televizorni o‘rnatish sharoitlariga qarab farqlanishi mumkin.

2. UL Solutions kompaniyasi Samsung’ning «OLED Glare Free» texnologiyasiga oid da’vosini Xalqaro yoritish komissiyasi (CIE) tomonidan belgilangan Unified Glare Rating (UGR) standarti hamda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan sinov standartlari asosida tasdiqlagan.

3. Kanallar va kontentning mavjudligi mamlakat, hudud va televizor modeliga qarab farqlanishi hamda oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgarishi mumkin.

4. San’at asarlarining to‘liq kolleksiyasidan foydalanish uchun Samsung Art Store xizmatiga alohida obuna talab etiladi. Internetga ulanish va Samsung Account hisob qaydnomasi zarur.