Moliyaviy ko’rsatkichlar – Samsung Newsroom O'zbekiston

Samsung Electronics 2026-yil ikkinchi chorak moliyaviy natijalarini e’lon qildi
Samsung Electronics 2026-yil 30-iyunda yakunlangan ikkinchi chorak moliyaviy natijalarini e’lon qildi.

Kompaniya ikkinchi chorakda 171.5 trln von miqdoridagi daromadni qayd etdi. Bu Samsung tarixidagi eng yuqori choraklik natija bo‘lib, avvalgi chorakka nisbatan 28 foizga oshdi.Operatsion foyda ham rekord darajaga yetib, 89.5 trln vonni tashkil etdi. Oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha har bir aksiya uchun daromad (EPS) 52 foizga oshib, 10 849 vonni tashkil qildi. Bu global texnologiya kompaniyalari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Device Solutions (DS) bo‘linmasi 2026-yil ikkinchi choragida 127.5 trln von daromad va 89.2 trln von operatsion foyda qayd etdi. Bo‘linma savdo hajmini avvalgi chorakka nisbatan 56 foizga oshirdi. Bunda Memory Business bo‘limi choraklik daromad va operatsion foyda bo‘yicha yangi rekord natijaga erishdi.

Device eXperience (DX) bo‘linmasida esa savdo hajmi avvalgi chorakka nisbatan 9 foizga kamaydi.

Memory Business AI davridagi talab asosida o‘sishni davom ettirmoqda

Memory Business bo‘limi AI infratuzilmasi uchun zarur bo‘lgan server mahsulotlariga yuqori talab tufayli yana rekord chorakni qayd etdi.

Ishlab chiqarish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa ham, bo‘lim talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarga, ayniqsa server yechimlariga e’tibor qaratdi.Bozordagi narxlarning umumiy o‘sishi ham yuqori natijalarga yordam berdi.

Shuningdek, bo‘lim ilg‘or mahsulotlar orqali bozordagi raqobatbardoshligini kuchaytirdi. Server mahsulotlari savdo tarkibidagi ulushi tarixdagi eng yuqori darajaga yetdi. Memory Business yuqori samaradorlikka ega HBM4 mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirdi va sanoatda birinchi bo‘lib yirik mijozlarga HBM4E namunalarini yetkazib berdi.

AI infratuzilmasiga bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda

2026-yilning ikkinchi yarmida Memory Business AI infratuzilmasiga investitsiyalar davom etishi va yangi avlod AI texnologiyalari keng tarqalishi sababli server mahsulotlariga talab yuqori bo‘lib qolishini kutmoqda. Server DRAM, eSSD va HBM mahsulotlariga bo‘lgan talab ham yanada oshishi kutilmoqda. Mobil qurilmalar va kompyuterlar bozorida talab biroz pasayishi mumkin bo‘lsa-da, umumiy bozorda mahsulot yetishmovchiligi saqlanib qolishi kutilmoqda.

Memory Business mijozlar ehtiyojlari va bozor tendensiyalarini hisobga olgan holda mahsulotlar qatorini rivojlantirishni davom ettiradi. Bo‘lim HBM4, DDR5, SOCAMM2 kabi yuqori qiymatga ega mahsulotlar orqali AI platformalaridagi yetakchiligini mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlar HBM4E namunalarini sanoatda birinchi bo‘lib yetkazib berish hamda 2026-yilning birinchi yarmida PCIe Gen6 va UFS 5.0 yechimlarini bozorga chiqarishdan keyin davom ettirilmoqda.

System LSI va Foundry bizneslari yangi texnologiyalarni rivojlantirishda davom etmoqda

System LSI yangi avlod yechimlarini rivojlantirmoqda. System LSI Business bo‘limi flagman mahsulotlarga bo‘lgan mavsumiy talab va Xitoydagi mobil qurilmalar bozorining sustlashuvi ta’sirida bo‘ldi. Shunga qaramay, yuqori hajmda sotiladigan mobil SoC va tasvir sensorlari savdosining kengayishi hisobiga bo‘lim choraklik daromadini barqaror saqlab qoldi. Natijada yilning birinchi yarmidagi daromad rekord darajaga yetdi. Bo‘lim keyingi avlod flagman SoC uchun buyurtmalarni qo‘lga kiritdi va yirik mijozlar bilan yangi loyihalar hisobiga o‘sish sur’atlarini davom ettirmoqda.

2026-yilning ikkinchi yarmida System LSI Business komponentlar narxining oshishi va iste’molchilar talabining sustligi saqlanib qolishini kutmoqda.

Shu bilan birga, bo‘lim yangi avlod flagman SoC mahsulotlarini rivojlantirish, maxsus SoC yechimlari bo‘yicha yangi biznes imkoniyatlarini izlash hamda sensorlar va LSI mahsulotlaridagi raqobatbardoshligini oshirishda davom etadi.

Foundry ilg‘or texnologiyalar orqali o‘sishda davom etadi. Foundry Business natijalari HBM uchun asosiy komponentlarga bo‘lgan talab va AQShdagi mijozlarning kuchli buyurtmalari hisobiga yaxshilandi. Yirik mijozlar bilan yangi loyihalar soni ham ortib bormoqda. Bunga misol sifatida 2nm HPC yo‘nalishidagi loyihalarni keltirish mumkin.

2026-yilning ikkinchi yarmida Foundry Business ikkinchi avlod 2nm texnologiyasi asosida yangi mobil mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, 4nm texnologiyasi asosidagi LPU va asosiy die mahsulotlari savdosini oshirishga e’tibor qaratiladi. AQSh va Xitoy mijozlarining turli texnologik jarayonlarga bo‘lgan talabi oshib borayotgan bir paytda, bo‘lim daromadni ikki xonali foizda oshirishni maqsad qilmoqda. Bundan tashqari, ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish hamda AI va HPC yo‘nalishlaridagi loyihalarni kengaytirish orqali uzoq muddatli o‘sishni ta’minlash rejalashtirilgan.

SDC ilg‘or displey texnologiyalari orqali o‘sishni davom ettiradi

Samsung Display Corporation (SDC) 2026-yil ikkinchi choragida 7,5 trln von daromad va 0,7 trln von operatsion foyda qayd etdi.

Kichik va o‘rta o‘lchamli displeylar biznesida SDC yuqori darajadagi mobil OLED mahsulotlariga bo‘lgan barqaror talab hisobiga yaxshi natijalarga erishdi. Yirik displeylar biznesida esa o‘yin monitorlari bozorining o‘sishi sababli savdo hajmi va daromad oshdi.

2026-yilning ikkinchi yarmida SDC premium smartfonlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun energiya tejamkor mahsulotlar va turli shakldagi displey yechimlarini rivojlantirishga e’tibor qaratadi.

Shuningdek, kompaniya planshet, o‘yin qurilmalari va avtomobil bozorlari uchun yangi mahsulotlar yetkazib berishni kengaytirish maqsadida 8.6G IT OLED liniyasida o‘z vaqtida ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Yirik displeylar biznesi esa o‘yin monitorlari uchun yangi mijozlarni jalb qilish va mahsulotlar qatorini kengaytirish orqali savdo hajmini oshirishga e’tibor qaratadi.

MX yangi mahsulotlar va AI tajribalari orqali bozor yetakchiligini mustahkamlaydi

MX va Networks biznes yo‘nalishlari 2026-yil ikkinchi choragida 33.2 trln von miqdorida birlashtirilgan daromad qayd etdi va 0.7 trillion von operatsion zarar ko‘rdi.

Galaxy S26 seriyasining yaxshi savdosi va Galaxy A seriyasiga bo‘lgan yuqori talab sababli daromad o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshdi. Lekin butun sanoat bo‘ylab komponentlar narxining oshishi foyda ko‘rsatkichlariga ta’sir qildi.

2026-yilning ikkinchi yarmida MX Business shaxsiylashtirilgan va qulay AI tajribalari orqali AI sohasidagi yetakchiligini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, yangi Galaxy Z8 va Galaxy S26 seriyalari asosidagi flagman mahsulotlarga e’tibor qaratish orqali bozor ulushini oshirish maqsad qilingan.

Kompaniya Galaxy ekotizimidagi premium mahsulotlar ulushini kengaytirishni va yangi shakldagi qurilmalarda, jumladan Intelligent Eyewear orqali AI imkoniyatlarini taqdim etishni davom ettiradi.

Bundan tashqari, komponentlar narxi oshishining ta’sirini kamaytirish uchun samaradorlikni oshirish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

Networks Business 2026-yil ikkinchi choragida xorijiy bozorlardagi savdoning kengayishi hisobiga o‘tgan chorak va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan natijalarini yaxshiladi.

2026-yilning ikkinchi yarmida bo‘lim yangi buyurtmalarni jalb qilish va xarajatlarni samarali boshqarish orqali barqaror daromad olishga e’tibor qaratadi.

CE Business va Harman innovatsiyalar orqali mahsulot imkoniyatlarini kengaytiradi

Visual Display (VD) va Digital Appliances (DA) biznes yo‘nalishlari 2026-yil ikkinchi choragida jami 14.5 trln von daromad qayd etdi va oz miqdorda operatsion zarar ko‘rdi.

VD Business yirik sport tadbirlari sababli yuqori talab natijasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan daromad va foyda ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. Lekin xarajatlarning oshishi sababli chorakdan chorakka foyda kamaydi.

2026-yilning ikkinchi yarmida VD Business Vision AI asosidagi yangi tajribalar orqali AI televizorlar bozoridagi yetakchiligini davom ettiradi. Shuningdek, kuchaytirilgan savdo hamkorliklari orqali mavsumiy talabdan foydalanadi. Samsung TV Plus kontentlarini kengaytirish va reklama biznesini rivojlantirish orqali televizor xizmatlari yo‘nalishidagi daromadlarni oshirish ham rejalashtirilgan.

DA Business AI asosidagi mahsulotlar savdosini kengaytiradi

DA Business konditsionerlarga bo‘lgan talab oshgani sababli daromad o‘sishini qayd etdi. Shu bilan birga, xarajatlarning oshishi foyda ko‘rsatkichlariga ta’sir qildi. 2026-yilning ikkinchi yarmida DA Business AI asosidagi mahsulotlar savdosini kengaytirish orqali bozordagi yetakchiligini mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, samarali savdo kanallarini rivojlantirish va mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga e’tibor qaratiladi.

Harman avtomobil va audio yo‘nalishlaridagi o‘sishni davom ettiradi. Harman avtomobil segmentidagi savdolar kengayishi hamda portativ mahsulotlar hisobiga audio yo‘nalishidagi kuchli natijalar sababli moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. 2026-yilning ikkinchi yarmida Harman yuqori o‘sayotgan avtomobil segmentlaridagi, jumladan markaziy hisoblash tizimlariga bo‘lgan talabni qondirishga e’tibor qaratadi.

Shuningdek, yangilangan mahsulotlar qatori va brend tanilishining oshishi orqali audio mahsulotlari savdosini kengaytiradi. Kompaniya avtomobil va audio bizneslarida daromadlarni oshirish orqali barqaror o‘sishni davom ettirishni maqsad qilmoqda.

Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun Samsung Newsroom sahifasiga o‘ting: news.samsung.com