Neo QLED – Samsung Newsroom O'zbekiston

O‘zingizga Mos Televizorni Qanday Tanlash Mumkin: Samsung Televizorlari Bo‘yicha Qo‘llanma
Televizor tanlash — uzoq muddatga mo‘ljallangan qaror bo‘lib, bunda ekran o‘lchami, tasvir sifati, yorqinlik, xonadagi yoritish sharoiti va tomosha qilinadigan kontent kabi bir qator omillarni hisobga olish muhim.

Televizor texnologiyalarining rivojlanishi tufayli bugungi kunda xaridorlar OLED, QLED va Neo QLED’dan tortib eng yangi Micro RGB texnologiyasigacha bo‘lgan keng tanlov imkoniyatiga ega. AI imkoniyatlari esa endilikda nafaqat tasvir va ovozni optimallashtirish, balki kontent izlash, qurilmalarni o‘zaro ulash hamda tomosha qilish jarayonini foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirishga ham xizmat qilmoqda. Shu sababli xaridorlar endi shunchaki «Qaysi televizor eng yaxshi?» degan savol bilan cheklanmay, ekran o‘lchami, AI funksiyalari va o‘z ehtiyojlariga mos imkoniyatlar haqida aniqroq savollar bermoqda.

Samsung Newsroom televizor tanlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan asosiy mezonlarni ko‘rib chiqadi va xaridorlarni qiziqtiradigan keng tarqalgan savollarga javob beradi.

Televizor ekranining mos o‘lchamini qanday tanlash mumkin?

Televizor o‘lchamini tanlashda ekran bilan tomoshabin o‘rtasidagi masofa va xonadagi mavjud joy muhim ahamiyatga ega. Qulay va tomoshabinni voqealar ichiga olib kiradigan tomosha tajribasi uchun tavsiya etiladigan masofa ekran diagonali santimetrda o‘lchangan qiymatining taxminan 1,2 baravariga teng. Bu tavsiya 40 darajali ko‘rish burchagiga asoslangan.1

▲ Televizor ekranining o‘lchamiga qarab tavsiya etiladigan tomosha masofasi

Odatdagi yashash xonalarida televizor o‘lchamini quyidagi masofalarga qarab tanlash mumkin:

1,5–2,0 metr: 43–55 dyuymli televizorlar

2,0–2,5 metr: 55–65 dyuymli televizorlar

2,3–3,0 metr: 65–75 dyuymli televizorlar

3,0 metr va undan uzoq: 85 dyuymli yoki undan katta televizorlar

Bular umumiy tavsiyalar bo‘lib, qulay tomosha masofasi foydalanuvchining odatlariga, masalan, subtitrli kontent ko‘rishi yoki televizorni oila davrasida tomosha qilishiga qarab farqlanishi mumkin.

Katta ekranlar tomosha jarayoniga chuqurroq sho‘ng‘ish imkonini beradi. Biroq ekran xona uchun haddan tashqari katta bo‘lsa, ko‘zning charchashiga sabab bo‘lishi mumkin. Samsung turli xonalar va foydalanuvchi ehtiyojlariga mos keladigan 32 dyuymdan 114 dyuymgacha bo‘lgan televizorlarni taklif etadi.

Xonadagi yorug’lik televizor tanloviga qanday ta’sir qiladi?

Har bir xonadonda televizor tomosha qilinadigan vaqt va yoritish sharoiti turlicha bo‘ladi. Shu bois televizor tanlashda xonaning yorug‘lik darajasini ham hisobga olish zarur. Yorug‘ xonalarda ekran yorqinligi va aks etishlarni kamaytirish imkoniyatlari muhim bo‘lsa, qorong‘iroq muhitda kontrast darajasi katta ahamiyat kasb etadi.

▲ Samsung Neo QLED 4K yaxshi yoritilgan xonalarda yorqin va jonli tasvirni ta’minlaydi. Samsung OLED esa qorong‘i muhitda chuqur qora ranglar va yuqori kontrastni namoyon etadi.

Quyosh nuri tushadigan yashash xonalari uchun Neo QLED televizorlari yuqori yorqinligi tufayli tasvirni aniq ko‘rish imkonini beradi. OLED televizorlari esa yuqori kontrast xususiyati bilan ajralib turadi va qorong‘iroq xonalarda tomosha qilish uchun ayniqsa mos keladi.

Shu bilan birga, displey texnologiyalarining rivojlanishi yoritish sharoitining ta’sirini kamaytirmoqda. Glare Free texnologiyasiga ega OLED televizorlari ekrandagi aks etishlarni minimallashtirib, hatto yorug‘ xonalarda ham tasvirning aniqligini saqlashga yordam beradi.2

AI Gamma texnologiyasi esa sahna yorqinligini real vaqt rejimida tahlil qilib, atrof-muhit yoritilishiga qarab gamma darajasini avtomatik ravishda moslashtiradi. Yorug‘ xonalarda qorong‘i sahnalarni yorqinlashtirib, mayda detallarni saqlab qolishga yordam beradi. Qorong‘iroq muhitda esa ko‘zni qamashtirishni kamaytirib, kontrastni yaxshilaydi. Bunday moslashuvlar tasvir aniqligini saqlagan holda ko‘zning charchashini kamaytirishga yordam beradi.

Samsung televizorlarining displey texnologiyalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

▲ Har bir displey texnologiyasi o‘ziga xos tasvir sifati va tomosha tajribasini taqdim etadi va texnologiyasi yorqinlik, kontrast hamda ranglarni aks ettirish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Displey texnologiyalari yorug‘lik va ranglarni turlicha hosil qiladi. Ularning har biri tomosha sharoiti va foydalanish maqsadiga qarab o‘z afzalliklariga ega:

OLED: Orqa yoritish tizimidan foydalanmaydigan, mustaqil yorug‘lik chiqaruvchi piksellar hisobiga deyarli mukammal qora ranglar va yuqori javob tezligini ta’minlaydi.

Mini LED: An’anaviy orqa yoritish tizimlariga qaraganda kichikroq LED elementlaridan foydalanadi. Bu, ayniqsa, HDR kontentni tomosha qilishda yuqori kontrastga erishish imkonini beradi.

Neo QLED: Quantum Mini LED orqa yoritishini aniq boshqaruvchi Quantum Matrix Technology va 2 140 ta Pantone rangini hamda 110 ta teri rang tusini aniq aks ettiruvchi Quantum Dot texnologiyalarini birlashtiradi.

Micro RGB: Alohida boshqariladigan mikroskopik qizil, yashil va ko‘k (RGB) orqa yoritish elementlari yordamida keng rang qamrovi va ranglarning yuqori aniqlikda aks ettirilishini ta’minlaydi.

OLED televizorlari chuqur qora ranglarni aks ettirishda ustunlikka ega bo‘lib, qorong‘i xonalarda film va seriallarni tomosha qilish uchun ayniqsa mos keladi. Yorug‘ xonalarda esa orqa yoritishni ilg‘or boshqarish imkoniyatiga ega televizorlar afzalliklarga ega. Mini LED televizorlari nisbatan hamyonbop narxda yuqori kontrastni taqdim etsa, premium Neo QLED modellari Samsung’ning o‘ziga xos kvant nuqtali plyonkasi yordamida boy ranglarni va kuchli AI upscaling imkoniyatlarini birlashtiradi. Micro RGB televizorlari esa yorqin, aniq va tabiiy ranglarni aks ettirish orqali tasvirning asl kontentga imkon qadar mos bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan yana bir yechimdir.

Kontent turi televizor tanloviga qanday ta’sir qiladi?

▲ Samsung televizorlari turli xil kontent, jumladan, filmlar, sport va o‘yinlar uchun optimallashtirilgan tomosha taassurotini taqdim etadi.

Turli kontent turlari turli TV funksiyalarini talab qiladi:

Filmlar: High Dynamic Range (HDR) texnologiyasi yorug‘ va qorong‘i sahnalardagi nozik detallar hamda ranglarni aniqroq aks ettirib, tasvirga chuqurlik va tabiiylik bag‘ishlaydi.

Jonli sport translyatsiyalari: Sun’iy intellektga asoslangan funksiyalar tasvir va ovozni real vaqt rejimida moslashtirib, tomosha tajribasini yaxshilaydi. AI Soccer Mode Pro, AI Motion Enhancer va AI Sound Controller Pro texnologiyalari birgalikda maydondagi harakatlarni yanada aniqroq ko‘rsatish va stadion muhitiga xos ovoz effektlarini yetkazishga yordam beradi.

Videoo‘yinlar: Ekranning yuqori yangilanish chastotasi harakatlarning ravon aks etishini ta’minlaydi, past kirish kechikishi (input lag) esa o‘yinchining buyruqlariga tezroq javob qaytarish imkonini beradi. AI Gaming Optimizer funksiyasi o‘yin janrini avtomatik aniqlab, tasvir va ovoz sozlamalarini unga moslashtiradi.

San’at asarlari: Samsung’ning The Frame va The Frame Pro modellarini o‘z ichiga olgan Art TV televizorlari foydalanilmayotgan vaqtda mashhur san’at asarlarini ekranda namoyish etib, yashash xonasini san’at galereyasiga aylantirish imkonini beradi. Almashtiriladigan ramkalar, One Connect Box va Wireless One Connect yechimlari televizorga haqiqiy surat ramkasiga o‘xshash ko‘rinish beradi. Samsung Art Store xizmati esa obuna orqali 5 000 dan ortiq san’at asarlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Sun’iy intellekt televizorlarni qanday qilib yanada aqlli qilmoqda?

▲ Samsung AI televizorlari dialoglar va fon tovushlarini foydalanuvchi istagiga ko‘ra sozlash imkonini beradi.

An’anaviy televizorlardan farqli ravishda, Samsung AI televizorlari tasvir va ovozni avtomatik optimallashtirish bilan birga, kontent izlash va kerakli ma’lumotlarni topish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

AI Upscaling Pro: Eski yoki past aniqlikdagi kontent sifatini yaxshilab, yuqori aniqlikdagi ekranlarda tasvirni yanada tiniq ko‘rsatishga va ovoz orqali tomosha jarayoniga chuqurroq sho‘ng‘ishga yordam beradi.

AI Soccer Mode Pro: Futbol uchrashuvlariga xos stadion muhitini yaratish uchun tasvir va ovozni moslashtiradi.

AI Gaming Optimizer: O‘yin janrini aniqlab, tasvir va ovoz sozlamalarini avtomatik ravishda unga moslashtiradi.

Vision AI Companion: Sun’iy intellekt xizmatlari bilan integratsiya orqali foydalanuvchilarga ma’lumot izlash va ekranning o‘zida tegishli kontentni topishda yordam beradi.

Televizor tanlashda foydalanuvchilar o‘zlarining tomosha qilish odatlariga mos AI imkoniyatlariga e’tibor qaratishlari lozim. Bular sport, film va o‘yinlar uchun tasvir hamda ovozni avtomatik sozlashdan tortib, televizor ekranida ma’lumot izlashgacha bo‘lgan funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

Televizor tanlash bo‘yicha savol-javoblar

Savol: Yashash xonasi uchun qanday o‘lchamdagi televizor mos keladi?

Javob: Televizor bilan tomoshabin o‘rtasidagi masofa 2,3 metr yoki undan ko‘p bo‘lsa, 75 dyuymli yoki undan kattaroq televizor tavsiya etiladi.

Bugungi kunda 4K aniqlik keng tarqalgani sababli katta ekranlarda ham nisbatan yaqin masofadan tasvirning tiniqligini saqlash mumkin. Biroq televizorni joylashtirish uchun yetarli joy va qulay tomosha masofasini hisobga olish muhim.

Savol: Yotoqxona uchun qanday o‘lchamdagi televizor tanlash kerak?

Javob: Yotoqxonalarda odatda tomosha masofasi qisqaroq va bo‘sh joy cheklangan bo‘ladi. Shu sababli 42–50 dyuymli televizorlar ko‘pincha mos keladi.

Eng maqbul o‘lcham karavotdan ekrangacha bo‘lgan masofa, shuningdek, televizorning taglik va ramka bilan birga umumiy o‘lchamlariga bog‘liq.

Savol: 65 dyuymli yoki 75 dyuymli televizordan qaysi birini tanlagan ma’qul?

Javob: 65 dyuymli televizor uchun tavsiya etiladigan tomosha masofasi taxminan 2 metrni, 75 dyuymli model uchun esa 2,3 metrni tashkil etadi.

Imkon bo‘lsa, xarid qilishdan oldin ikkala o‘lchamni ham televizordan rejalashtirilgan masofada turib solishtirib ko‘rish tavsiya etiladi.

Savol: Past aniqlikdagi kontent ham 4K televizorda tiniq ko‘rinadimi?

Javob: Ha. AI Upscaling texnologiyasi past aniqlikdagi kontentni 4K displeyga moslashtirib, tasvirning tiniqligini yaxshilaydi.

Natijalar televizor modeli va asl kontent sifatiga qarab farqlanishi mumkin.

Savol: OLED televizorlari ekrandagi aks etishlarni kamaytiradimi?

Javob: OLED televizorlari yuqori kontrast bilan birga Glare Free texnologiyasi yordamida aks etishlarni minimallashtiradi.

Masalan, 2025-yilgi Samsung S95F OLED televizorida tashqi yorug‘likni tarqatib yuboradigan, shu bilan birga kontrast va ranglarni saqlab qoladigan maxsus qoplama qo‘llanilgan. Bu hatto yorug‘ xonalarda ham qulay tomosha qilish imkonini beradi.

Savol: QLED yoki Neo QLED televizorlaridan qaysi biri yaxshiroq?

Javob: Neo QLED televizorlari yuqori yorqinlik va kontrastni aniq boshqarish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. QLED televizorlari esa nisbatan hamyonbop narxda yorqin va boy ranglarni taqdim etadi.Har ikkala texnologiya Quantum Dot’dan foydalanadi. Biroq Neo QLED televizorlarida orqa yoritishni yanada aniq boshqarish uchun kichikroq Mini LED elementlari qo‘llaniladi.

Savol: HDR va HDR bo‘lmagan televizorlar o‘rtasidagi farq nimada?

Javob: HDR televizorlari kengroq yorqinlik diapazonini aks ettiradi hamda tasvirning eng yorug‘ va eng qorong‘i qismlaridagi detallarni saqlab qoladi.

Natijada tasvir yanada chuqur va tabiiy ko‘rinadi.

Savol: Samsung Smart TV’dan obunasiz foydalanish mumkinmi?

Javob: Ha. Samsung Smart TV televizorlari pullik obunasiz ham turli funksiyalar va bepul kontentlardan foydalanish imkonini beradi.

Samsung TV Plus xizmatini qo‘llab-quvvatlaydigan modellarda yangiliklar, ko‘ngilochar dasturlar, seriallar va filmlarni namoyish etuvchi bepul kanallar mavjud.3

Samsung Art Store foydalanuvchilarga ayrim san’at asarlarini va har oy yangilanadigan Art Store Streams to‘plamini bepul tomosha qilish imkonini beradi. Pullik obuna esa 5 000 dan ortiq san’at asarlaridan iborat to‘liq kolleksiyadan foydalanish imkoniyatini ochadi.4

Savol: O‘yinlar uchun OLED yoki Neo QLED televizori yaxshiroqmi?

Javob: OLED televizorlari yuqori javob tezligi va deyarli mukammal qora ranglarni taqdim etadi. Neo QLED televizorlari esa yuqori yorqinlik va kuchli HDR imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Har ikki turdagi televizor yuqori yangilanish chastotasi, past kirish kechikishi va o‘yin rejimlariga ega. Shu bois tanlovda xonaning yoritilishi va foydalanuvchining sevimli o‘yin janrlari muhim ahamiyatga ega.

Savol: Samsung televizorida kinoteatrdagidek ovozga qanday erishish mumkin?

Javob: Q-Symphony texnologiyasi mos keluvchi Samsung televizorlari va audio qurilmalariga ovozni birgalikda uzatish imkonini beradi. Natijada xona tuzilishi va qurilmalarning joylashuviga qarab optimallashtirilgan hajmli ovoz hosil qilinadi.

1. Tavsiya etiladigan tomosha masofasi foydalanuvchining ko‘rish qobiliyati, shaxsiy afzalliklari va televizorni o‘rnatish sharoitlariga qarab farqlanishi mumkin.

2. UL Solutions kompaniyasi Samsung’ning «OLED Glare Free» texnologiyasiga oid da’vosini Xalqaro yoritish komissiyasi (CIE) tomonidan belgilangan Unified Glare Rating (UGR) standarti hamda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan sinov standartlari asosida tasdiqlagan.

3. Kanallar va kontentning mavjudligi mamlakat, hudud va televizor modeliga qarab farqlanishi hamda oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgarishi mumkin.

4. San’at asarlarining to‘liq kolleksiyasidan foydalanish uchun Samsung Art Store xizmatiga alohida obuna talab etiladi. Internetga ulanish va Samsung Account hisob qaydnomasi zarur.

Samsung QLED televizorlari TÜV Rheinland’dan “Real Quantum Dot Display” sertifikatini oldi
SEUL, Koreya — 2025-yil, iyul — Samsung Electronics kompaniyasi o‘zining QLED televizorlari seriyasi nufuzli Germaniyadagi sertifikatlashtirish tashkiloti TÜV Rheinland tomonidan “Real Quantum Dot Display” deb e’tirof etilganini e’lon qildi. Bu e’tirof Samsung QLED televizorlarining haqiqiy quantum dot texnologiyasi asosida ishlab chiqilganini va ular global displey standartlariga javob berishini tasdiqlaydi.

TÜV Rheinland tomonidan berilgan ushbu sertifikat IEC 62595-1-6 xalqaro standartiga muvofiqlikni tasdiqlaydi — bu standart quantum dot texnologiyasining moviy yorug‘lik manbasi bilan birgalikda qo‘llanilishini belgilaydi.

Sertifikat jarayonida mutaxassislar Samsung QLED televizorlarining yorug‘lik spektrini tahlil qildilar va ranglarning — qizil, yashil va moviy — aniq ajralishini qayd etdilar. Ranglarning bu tarzda ajralib turishi displeyning yuqori aniqlikdagi rang uzatishi va realizmini ko‘rsatadi. Bunday aniqlik, aynan quantum dot nanomateriallarining afzalligi bilan ta’minlanadi.

Samsung’ning ushbu sertifikati kompaniya mahsulotlarining texnologik yetakchiligini yana bir bor isbotladi va premium televizorlar segmentida foydalanuvchi ishonchini yanada mustahkamladi.

“Bu sertifikat Samsung QLED televizorlarining haqiqiy quantum dot texnologiyasi asosida ishlab chiqilganini va xalqaro talablar darajasida ishlashini tasdiqlaydi,” — dedi Samsung Electronics kompaniyasining Vizual Displey biznesi bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Taeyong Son.

“Biz yangilik qilishda davom etamiz va premium televizor segmentida etakchilikni mustahkamlashni maqsad qilganmiz.”

Sertifikatga ega bo‘lgan modellarga quyidagilar kiradi:

Neo QLED 8K: QN990F, QN900F

Neo QLED 4K: QN90F, QN85F, QN80F, QN70F

QLED 4K: Q8F, Q7F, Q6F

Quantum dotlar bu inson sochidan minglab baravar kichik, ultra-nozik nanomateriallar bo‘lib, turli to‘lqin uzunliklaridagi yorug‘lik bilan birikkanida aniq va yorqin ranglarni uzatishga qodir. Aynan shu texnologiya bugungi kunda premium televizorlar segmentidagi eng ilg‘or yondashuv sifatida baholanmoqda.

Bundan tashqari, Samsung’ning quantum dot texnologiyasi SGS (Société Générale de Surveillance) tomonidan ham kadmiydan holi, ekologik xavfsiz dizayni uchun e’tirof etildi. Bu esa inson salomatligiga va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kadmiy kabi moddalardan butunlay voz kechilganini bildiradi.

Samsung “Super katta” Supermenni taqdim etish uchun Warner Bros. va DC Studios bilan hamkorlik qiladi
Samsung Electronics Co., Ltd 09 Iyul kuni  Warner Bros. va DC Studios bilan eng soʻnggi “Supermen” filmini muxlislar uchun tayyorlangan bir qator tadbirlar, Supermen mavzusidagi video kontentlar va Samsung Art Store orqali DC Comics’dan cheklangan raqamli sanʼat asarlari bilan nishonlash uchun global hamkorlikni eʼlon qildi.

“Samsung yanada qiziqarli va mazmunli koʻngilochar vositalarni yaratishga intiladi, — dedi Samsung Electronics’ning Visual Display biznesining ijrochi prezident oʻrinbosari Hun Lee. — Yetakchi ijodiy studiyalar va rassomlar bilan hamkorlik qilish orqali biz odamlarga teatrda yoki uyda oʻzlari yoqtirgan hikoyalar va personajlar dunyosiga chuqur shoʻngʻishga yordam berishda davom etamiz”.

Jeyms Gan tomonidan yozilgan, rejissyor va prodyuserlik qilingan DC Studios’ning yangi kinematik olamidagi birinchi filmi boʻlgan “Supermen” 9-iyuldan boshlab butun dunyo boʻylab kinoteatrlarda namoyish etiladi. Kino chiqishi munosabati bilan Samsung “Shunchaki katta emas. Super katta” shiori bilan global kampaniyani boshlab yuboradi. Kampaniya birlamchi Supermen kinosini raqamli platformalar, chakana savdo joylari va jamoat joylari boʻylab nishonlaydigan bir qator video kontentlarni yoritadi.

Londonda ushbu kampaniya The Shard va Kings Cross Station kabi tirbandlik yuqori joylarda paydo boʻladigan Daily Planet mavzusiga oid bir qator gazeta doʻkon kiosklari orqali amalga oshadi.

Shuningdek, muxlislar Supermen mavzusidagi cheklangan nashrdagi buyumlar, eksklyuziv sovgʻalar va oʻzlarining tadbir fotosuratlari yoki videolarini baham koʻrish orqali global ijtimoiy media tanlovida ishtirok etib, super sovrinlar, jumladan 98 dyuymli Samsung televizorini yutib olishlari mumkin.

Interaktiv tadbirlar Osiyoda, jumladan Malayziya, Vyetnam va Koreyaning yirik savdo markazlarida boʻlib oʻtadi. Unda muxlislar Supermen mavzusidagi fotostendlar, immersiv displeylar va amaliy mahsulot sinovidan bahramand boʻlishadi.

Bundan tashqari, Samsung Art televizorlaridagi yetakchi raqamli tasviriy sanʼat platformasi boʻlgan Samsung Art Store foydalanuvchilar uchun DC Comics’dan 10 ta rasmdan iborat Supermen raqamli albom toʻplamini 1-iyuldan 31-avgustgacha bepul taqdim etadi. Bu toʻplam The Frame hamda 2025 QLED va Neo QLED modellarida[1] mavjud boʻlib, Supermenning qahramonlik merosini har bir xonadonga olib kiradi va muxlislarga undan yangicha usulda bahramand boʻlish imkonini beradi.

Samsung’ning Super Big TV qatoriga Neo QLED va Crystal UHD modellari kiradi va ular 98, 100, 115 dyuymli variantlarida mavjud boʻladi.[2] Keng ekranlar, AI orqali yaxshilangan ajoyib tasvir sifati va chuqur kontrast bilan Samsung uyga moʻljallangan ajoyib koʻngilochar vositani taklif etishni maqsad qilgan.

Batafsil maʼlumot uchun uchun www.samsung.com   saytiga tashrif buyuring.

<colgroup>
<col /></colgroup>

[1] Samsung Art TV qatoriga MICRO LED, The Frame, The Frame Pro, Neo QLED 8K, Neo QLED hamda Q7F va undan yuqori boʻlgan QLED modellari kiradi.

[2] Mahsulot mavjudligi mintaqaga qarab oʻzgaradi.

Supermen haqida

DC Studios IMAX® va kinoteatrlarda Warner Bros. Pictures tomonidan taqdim etiladigan Troll Court Entertainment/The Safran Company Production, Jeyms Gan filmi boʻlgan Supermenni 2025-yil 9-iyulda namoyish etadi.

Samsung AI televizorlarida 4K aniqlikdagi moslashtirilgan generativ fon tasvirlari
AI’ga asoslangan yangi xususiyat foydalanuvchilarga Ambient Mode orqali moslashtirilgan 4K tasvirlardan bahramand bo‘lish imkonini beradi

Samsung Electronics bugun Tizen operatsion tizimi tomonidan ishlab chiqarilgan 2024 Neo QLED va QLED modellari uchun generativ fon tasvirlari (Generative Wallpaper) funksiyasini ishga tushirganini e’lon qildi. Ushbu yangi xususiyat televizor displeyida maxsus 4K tasvirlarni yaratish uchun AI’dan foydalanadi va foydalanuvchilarga tomosha qilish tajribasini shaxsiylashtirishning noyob usulini taklif qiladi.

“Generativ fon tasvirlari mijozlarimiz ekranlariga shaxsiylashtirishning yangi o‘lchamini olib keladi va ularga televizorlarini o‘z uslublarini chinakam aks ettiradigan tarzda sozlash imkonini beradi”, dedi Cheolgi Kim, Samsung Electronics vizual displey biznesi ijrochi vitse-prezidenti. “Biz AI texnologiyasi chegaralarini kengaytirishda davom etar ekanmiz, biz uydagi o’yin-kulgi tajribasini o’zgartirishni va foydalanuvchilarning o’z ekranlari bilan o’zaro munosabatini rivojlantirishni intiqlik bilan kutmoqdamiz.”

Generativ fon tasvirlari orqali Samsung uy dekoratsiyasi bilan uzviy bog‘lanib, mehmondo‘st va immersiv muhit yaratadigan yuqori sifatli vizual tasvirlarni taqdim etadi. Bu funksiya Samsung’ning Ambient Mode orqali taqdim etiladi, bu esa televizorni ob-havo yangilanishlari, yangiliklar va vaqt kabi foydali maʼlumotlarni oʻz .ichiga olgan tanlangan vizuallar uchun tuvalga aylantiradi. Bu funksiyaga kirish uchun foydalanuvchilar shunchaki “Ambient Mode” menyusiga o‘tishlari, tugmani tanlashlari va “Happy Holiday” yoki “Party” kabi mavzulardan birini tanlashlari mumkin, so‘ngra Samsung’ning ilg‘or AI tizimi foydalanuvchining uy muhitiga mos keladigan ajoyib 4K vizual tasvirlarni taqdim etadi

Generativ fon tasvirlari shu oyda Janubiy Koreya, Shimoliy Amerika va Yevropada ishga tushiriladi, global chiqarilishi esa 2025-yilga rejalashtirilgan.

Samsung Electronics kompaniyasining brend qiymati 2022-yilda jahonning eng yaxshi beshta brendi roʻyxatidan oʻrin egallab, ikki xonali songa oshdi
Samsung Electronics kompaniyasi bugun Interbrand xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan 2022-yilda jahonning eng yaxshi beshta brendidan biri sifatida eʼtirof etildi. Har yili Interbrand dunyoning eng yaxshi 100 ta brendini eʼlon qiladi, Samsung kompaniyasi brendi esa 87,7 milliard dollarga baholandi, bu esa 2021-yildagi 74,6 mlrd dollar bilan taqqoslaganda 17% oʻsishni ifodalaydi, bu orqali kompaniyani ketma-ket uchinchi yil beshinchi oʻrinni egalladi.

Bu yutuq Samsung kompaniyasining hozirda pandemiyadan oldingi davrdagiga yaqin darajadagi tiklangan moliyaviy koʻrsatkichlariga hamda maʼlumotlardan foydalanishning oshishi tufayli xotiraga boʻlgan talabning nisbatan oshganiga asoslangan. 2021-yili Samsing kompaniyasi brendi qiymati 2020-yil bilan taqqoslaganda 20% oshgan va bu yil ikki xonali oʻsish davom etmoqda. Samsung kompaniyasi ilk bor 2012-yilda 9-oʻrinni egallab, TOP-10 roʻyxatga kirgan va har yili reytingda koʻtarilishga erishmoqda, 2017-yilda oltinchi oʻrinni va 2020-yilda beshinchi oʻrinni egalladi.

“Samsung Electronics ketma-ket ikki yil brend qiymatining ikki xonali oʻsishini qayd eta oldi va hammasi butun dunyodagi mijozlarimizning qoʻllab-quvvatlovi tufaylidir”,- deydi Samsung Electronics ijrochi vitse-prezidenti hamda marketing boʻyicha direktori YH Lee. “Oʻz navbatida, butun kompaniya mijozlarga eng yaxshi va yanada qoniqarli taassurot taqdim etish uchun birgalikda bir jamoa boʻlib ishlashda davom etadi”.

Samsung brendi qiymatini oshirish uchun Interbrand tomonidan baholangan turli omillar

2021-yil oxirida Samsung Electronics oʻz mahsulotlari orasida sinergiyani oshirish va mijozlarga xizmat koʻrsatishning yangi darajasini taqdim etish uchun oʻzining SET boʻlinmasini birlashtirdi va Device eXperience boʻlinmasini yaratdi. Bundan tashqari, Samsung kompaniyasi bir nechta qurilmalarga ulanish imkoniyatini yaxshilash uchun Customer eXperience-Device Experience Center markazini ishga tushirdi.

Bu choralar bilan bir qatorda Samsung kompaniyasi inkluziv ekotizim hamda bir nechta qurilmalar bilan ishlash imkoniyatini yaratgan holda oʻzining barcha turkumdagi mahsulotlariga SmartThings platformasini integratsiya qildi. SmartThings, shuningdek, foydalanuvchilarga oʻzining Samsung qurilmasidan, qolaversa, ehtimol ular avvaldan egalik qiladigan boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlaridan maksimal manfaat olishga imkon beradi.

Bundan tashqari, keyingi avlod faoliyati haqida haqiqiy muloqotga zamin yaratish uchun Samsung kelgusi avlod laboratoriyasi yaratildi. Laboratoriyada olingan xulosalar mahsulotlarga va marketing faoliyatiga nisbatan tatbiq qilindi.

Isteʼmolchilar taasuroti, sunʼiy intellekt (AI), 5G, avtomobilsozlaik va robototexnika kabi ilgʻor texnologiyalarning rivojlanishiga asoslangan innovatsion mahsulotlar bilan bir qatorda doimiy investitsiyalar ham Samsung kompaniyasining oʻsishida oʻziga xos rol oʻynadi.

Samsung kompaniyasining mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash boʻyicha har bir mahsulot boʻlinmasidagi eʼtirof etilgan intilishlari

Mobil

Mijozlar fikriga asoslangan Galaxy S22 series innovatsion kamerasi va Nightography kampaniyasining joriy etilishi buklanadigan mobil telefonlar turkumida yetakchilikni mustahkamlaydi.

Foydalanuvchilarning oʻzaro taassurotini yaxshilar uchun Google va Microsoft bilan hamkorlik

Samsung Knox yordamida foydalanuvchilarning xavfsizligi va maxfiyligi qadriyatini hurmat qilish

Tarmoq

Virtuallashtirish sohasida tarmoq innovatsiyalarining novatorlik usuli hamda yirik miqyosli tijoriy taassurot yuzasidan ochiqlik

Oʻzining bozorda yetakchi 5G portfoliosi tufayli 5G sanoatini RAN va Core dan avtomatlashtirish vositalariga rivojlantirmoqda

Intellektual tarmoq yechimlari yordamida energosamaradorlikni oshirish uchun ESG majburiyatlarini amalga oshirish

Vizual displey

Micro LED, Neo QLED 8K/4K kabi premium toifadagi televizorlarda innovatsiyalarning davom etishi

Frame, Freestyle kabi mijozlarning turmush tarziga asoslangan oʻz mahsulot portfoliosini mustahkamlash

Foydalanuvchilarga Samsung Gaming Hub va Odyssey Ark kabi yangi oʻyin imkoniyatlarini taqdim etish

Uy jihozlari

Kiyim, pol va havo parvarishi kabi oshxonadan tashqari butun uy uchun Bespoke mahsulot turkumlarini kengaytirish

Oʻz mahsulotlariga barqaror taraqqiyot qadriyatlarini tatbiq qilish (asosiy mahsulotlar uchun yuqori energotejamkorlikka erishish, raqamli invertorli kompressorga malakalangan kafolatlar, Patagonia bilan hamkorlikda kir yuvish mashinalaridan mikroplastik chiqishini kamaytirish)

Ishtirokka qaratilgan onlayn va oflayn kampaniyalar yordamida Bespoke ishqibozlari oʻrtasida ajiotaj yuzaga keltirish

Yarimoʻtkazgichlar

Ilgʻor ilovalar boʻyicha barqaror taʼminotni taʼminlash uchun keyingi avlod texnologiyalari va ishlab chiqarish quvvatlariga investitsiyalar (Texasda qiymati 17 milliard dollarlik yangi ishlab chiqarish liniyasi, Gihuengda qiymati 20 trillion vonga teng ilmiy-tadqiqot majmuasi qurilishi)

Mahsulot mahsuldorligi va energosamaradorligini oshiruvchi tarmoqda yetakchi yarimoʻtkazgichlarga oid innovatsiyalarni joriy qilish (tarmoqda ilk bor 3nm GAA ommaviy ishlab chiqarish)

AI va ML kabi sohalarda maʼlumotlardan intensiv foydalanish bilan bogʻliq vazifalarning favqulodda oʻsishini hal qilish uchun xotira sohasida innovatsion yechimlar ishlab chiqish (CXL xotira, HBM-PIM, ikkinchi avlod SmartSSD), shuningdek, yangi tarmoq vazifalarini yechish uchun strategik hamkorlikni kengaytirish

Yaxshilangan foydalanuvchi taassuroti va yangi imkoniyatlar taklif etishi mumkin boʻlgan mantiqiy yechimlar chegaralarini kengaytirish (5G Exynos Modem, Exynos 2200, 200MP ISOCELL HP3)

Interbrandʼning jahondagi eng yaxshi brendlari har bir brend qiymati bahosiga muvofiq sanalgan, bu esa kompaniyaning moliyaviy koʻrsatkichlari kompleks tahlili, brendning mijozlar xaridiga taʼsiri va brendning raqobatbardoshligi natijasi hisoblanadi