Now Bar – Samsung Newsroom O'zbekiston

Samsung One UI 7 Beta versiyasini chiqara boshladi va mobil AI istiqboli haqidagi tasavvurni namoyish etmoqda
One UI 7 avvalo AI’ga qaratilgan platformani taklif qilishga moʻljallangan boʻlib, AI yordamida boshqariladigan eng intuitiv mobil qulayliklarni taʼminlaydi

Samsung Electronics Co., Ltd. bugun kuchli AI funksiyalari, soddalashtirilgan boshqaruv va kelajakda kengayuvchan AI ekotizimlariga nazar tashlagan One UI 7 beta dasturining ommaviy chiqarilishini eʼlon qildi. One UI 7 yetakchi AI agentlari va multimodal imkoniyatlarni foydalanuvchi interfeysining har bir nuqtasiga joylab, foydalanuvchi va qurilma oʻrtasidagi har bir amal tabiiy va intuitiv boʻladigan AI platformasini yaratish orqali sezilarli darajada taraqqiy etadi. Beta dastur endi yanada kengroq shaxsiylashtirish imkonini beradigan yangilangan mobil foydalanuvchi qulayliklarini sinab koʻrishni taklif qiladi.

Kengaytirilgan AI foydalanuvchilarga yanada intuitiv qulayliklarni taqdim etadi

One UI 7 Galaxy AI funksiyalariga kuchli yangilanishlar olib kiradi. Ilgʻor yozish yordami vositalari shular jumlasidan. AI operatsion tizimga1 integratsiyalashgan boʻlib, ular foydalanuvchilarga u ilovadan bu ilovaga oʻtishga hojat qoldirmasdan matnlarni tanlash mumkin boʻlgan joyda foydalanuvchi unumdorligini oshirish imkonini beradi. Bu imkoniyat Galaxy foydalanuvchilari uchun mavjud boʻlgan ilgʻor yozish yordami vositalari orqali amalda qoʻllanib, kontentni xulosalash, imlo va grammatikani tekshirish hamda eslatmalarni oʻqishga qulay boʻlgan byulletenlarga avtomatik formatlashda AI yaratgan variantlarni taklif etadi.

One UI 7 bilan takomillashtirilgan qoʻngʻiroq funksiyalari 20 ta tilni2 qoʻllab-quvvatlaydigan qoʻngʻiroq transkriptlari orqali aloqa va munosabat chegaralarini kengaytiradi. Qoʻngʻiroqlarni yozib olish yoqilgan boʻlsa, yozib olingan qoʻngʻiroqlar keyinchalik avtomatik ravishda transkripsiyalanib, maʼlumotga aylanadi. Bu koʻplab vazifa bajarayotgan paytda qoʻlda eslatma yozib oʻtirish zaruratini yoʻq qiladi.

Kengroq shaxsiylashtirish va nazorat uchun yangi dadil dizayn

One UI 7 ning kuchli AI funksiyalari qurilmaning qulflangan ekranidan funksiyalarga oson kirish imkonini beruvchi aloqani soddalashtiradigan yangi bildirishnoma tizimiga asoslangan sezilarli yangi koʻrinishga ega. U “Ogʻzaki tarjimon”, “Musiqa”, “Ovozni yozib olish”, “Taymer” va shu kabi turli funksiyalar boʻyicha tegishli amallar mavjudligini taʼkidlaydigan Now Bar’ni oʻz ichiga oladi. Muhim bildirishnomalarga bir lahzada kirish imkonini berish orqali Now Bar doimiy ravishda qurilmani qulfdan chiqarish zaruratini kamaytiradi va foydalanuvchilarga kerakli maʼlumotlarni osongina olishda yordam beradi. Kelgusi Galaxy S modelidagi qurilmalarda qoʻllab-quvvatlanadigan Now Bar ekranni qulflash maʼnosini oʻzgartiradi va kelajakda yanada aqlli imkoniyatlar bilan rivojlanishda davom etadi.

Ushbu yangilanishlarning barchasi sodda, taʼsirchan va hissiyotlarga boy dizaynda namoyon boʻladi. Bu tamoyillar birgalikda Galaxy foydalanuvchilari uchun sodda va uygʻun imkoniyatlarni shakllantiradi. Dadil va brendimizga xos dizayn tanlovlari asosida yaralgan One UI 7 vizual tartibsizlikni kamaytiradi va foydalanuvchilar bilan chuqur darajada uygʻunlashish va AI funksiyalari boʻylab intuitiv mobil qulayliklarni taʼminlashga moʻljallangan.

Soddalashtirilgan bosh ekran, qayta ishlangan One UI vidjetlari va qulflangan ekran boshqa xususiyatlar bilan birgalikda foydalanuvchilarga har bir tafsilot ustidan batafsil nazoratni taʼminlash hamda moslashtirishni intuitiv va yengil jarayonga aylantirish imkonini beradi.

Qayta ishlab chiqilgan kamera UX’i kengaytirilgan sozlamalarni intuitiv boshqarish imkonini beradi. Kamera tugmalari, boshqaruv elementlari va rejimlari kerakli funksiyalarni topishni osonlashtirish va suratga olayotgan rasm yoki yozib olinayotgan video prevyusini koʻrishni yanada aniqroq qilish uchun qaytadan joylashtirildi.

Pro va Pro video rejimlari uchun qoʻlda sozlash menyulari ham soddalashtirildi. Bu olinayotgan rasm yoki videoga diqqatni jamlashni osonlashtirdi. Pro video rejimida yozib olayotganingizda yangi zum boshqaruvi mavjud boʻlib, zum tezligini boshqarish orqali u koʻrinishdan bunisiga silliq oʻtish imkonini beradi.

One UI 7 ning rasmiy versiyasi 2025-yilning birinchi choragidan boshlab qoʻshimcha sunʼiy intellekt imkoniyatlarini, jumladan, kuchaytirilgan qurilma ichidagi AI funksiyalarini oʻz ichiga oluvchi Galaxy S modelidagi qurilmalar bilan boshlanadi. Samsung kompaniyasining operatsion tizimni yangilash siyosatini kengaytirish majburiyatiga muvofiq, yangilanish vaqt davomida boshqa Galaxy qurilmalariga ham tarqatiladi.

One UI 7 beta dasturi avvalo Germaniya, Hindiston, Koreya, Polsha, Buyuk Britaniya va AQSHda Galaxy S24 modelidagi qurilmalar uchun 5-dekabrdan boshlab taqdim etiladi. Galaxy S24 modelidagi foydalanuvchilar Samsung Members orqali beta dasturga qoʻshilish uchun ariza topshirishlari mumkin.

1 Ekran tasviri namoyish maqsadlarida simulyatsiya qilingan. Amaldagi UX/UI farq qilishi mumkin.

2Jami 20 ta til va mahalliy dialektlarni qoʻllab-quvvatlaydi: arab, xitoy (Materik Xitoy, Gongkong, Tayvan), ingliz (Avstraliya, Hindiston, Buyuk Britaniya, AQSH), niderland/golland, fransuz (Kanada, Fransiya), nemis, hind, indoneziya, italyan, yapon, koreys, polyak, portugal (Braziliya, Yevropa), rumin, rus, ispan (Meksika, Ispaniya, AQSH), shved, tay, turk va vyetnam.

Haqiqiy AI hamroh tomon birinchi qadam
Tasavvur qiling: vaqtingiz koʻp, g‘am-tashvishlaringiz esa anchagina kam. Aytaylik, soʻramasingizdan turib o‘zingizga kerakli yordamni olyapsiz. Mobil AI davrida siz uchun eng muhim narsalargagina eʼtibor qaratish erkinligi endilikda orzu emas, balki haqiqat va u tez orada Galaxy’da namoyon boʻladi.

Bir necha hafta oldin biz One UI 7 beta dasturini ishga tushirdik. Bu sunʼiy intellekt (AI) integratsiyalangan birinchi operatsion tizim paydo boʻlishi bilan yangi davrning boshlanishini anglatdi — foydalanuvchilar uchun mobil imkoniyatlarni misli koʻrilmagan darajada shaxsiylashtirish orqali qulaylikni sezilarli darajada oshiradigan haqiqiy AI platformasi.

Galaxy kompaniyasida AI’ni shaxsiylashtirishga boʻlgan yondashuvda — ilk AI telefonini ishga tushirganimizdan boshlab qurilma ichiga oʻrnatilgan AI’ning muntazam innovatsiyasigacha hech qachon foydalanuvchilarning maxfiyligini taʼminlashdan voz kechmaganmiz. Biz haqiqatan ham sizni tushunadigan mobil AI afzalliklarini xohlayotganingizni bilamiz. Hayot tarzingizga moslashtirilgan telefonni xohlaysiz, bu sizga kundalik hayotingizda toʻsiqlarni olib tashlashda yordam beradi va bunda shaxsiy maʼlumotlaringizdan nojoʻya foydalanishlari xavfi yoʻq.

Keyingi yangi standartni oʻrnatuvchi Galaxy S modelidagi smartfonlar kirib kelishi bilan biz Galaxy foydalanuvchilariga yanada chuqurroq shaxsiylashtirish imkoniyati hamda yanada koʻproq xotirjamlik tuhfa etamiz. Buning uchun biz shaxsiy maʼlumotlar mexanizmini (Personal Data Engine) yaratdik, bu qurilmada va ilovalar oʻrtasida shaxsiy maʼlumotlarni himoya qiluvchi kuchli maxfiylikni taʼminlaydi.

Shaxsiylashtirilgan maʼlumotlar Knox Vault tomonidan boshqariladigan shifrlash kaliti bilan himoyalangan xavfsiz joyda saqlanadi. Bu sizning biometrik maʼlumotlaringiz kabi smartfoningizdagi eng nozik maʼlumotlarni himoya qilish uchun ishlatiladigan yagona ishonchli platformadir. Qoʻshimcha himoya qatlami sifatida uning post-kvant kriptografiyasi kelajakdagi maʼlumotlaringiz xavfsizligini o‘sib borayotgan kvant hisoblash tahdidlaridan himoya qiladi.

Now Brief rasmi1

Ushbu mustahkam maxfiylik zaminida biz hayotingizga moslashtirilgan mobil qulayliklar yaralishi uchun yanada koʻproq imkoniyatlar ochmoqdamiz. Barchasi Galaxy’da.

One UI 7’ning ajralib turuvchi elementlaridan biri bu Now Bar boʻlib, u kundalik faoliyatingiz va eng koʻp ishlatadigan ilovalaringizni qulflangan ekranga oson integratsiyalash orqali shaxsiylashtirishga yangicha maʼno beradi. Bu yerda siz koʻngilocharlikka oid narsalarni boshqarishingiz, keyingi puxta moslashtirilgan shaxsiy mashgʻulotingiz vaqtini belgilashingiz, navbatdagi uchrashuvga borish marshrutini olishingiz yoki boshqa tillarda muloqot qilishni boshlashingiz mumkin.

Shuningdek, Now Bar endilikda Galaxy’dagi qulayliklarga tezda kirish imkonini beradigan keng qamrovli hamda insaytlarga boy joyga aylanadi. Endi telefoningiz sizga xabar kelgani haqida ogoh qiladigan qurilma emas, balki hayot tarzingizni qoʻllab-quvvatlaydigan hamroh boʻladi.

Tasavvur qiling, siz Koreyaning Seul shahridan Kaliforniya shtatining San Xose shahriga sayohatga tayyorlanyapsiz. Tayyor boʻlganingizda telefoningiz sizga muhim ilovalaringiz toʻplangan jildni yaratishni taklif qiladi. Shunda siz boshqa narsaga chalgʻib, parvozingizni oʻtkazib yubormaysiz, u sizga aeroportga borish vaqti kelganini bilish imkonini beradi. U hatto uzoq parvoz kayfiyatiga moslab tanlangan sayohat pleylistini ham taqdim etadi.

Barmoqning birgina harakati bilan siz ob-havo maʼlumotlarini koʻra olasiz, buning uchun turli ilovalarni qidirish yoki tekshirish shart emas. Sayohatingiz davomida telefoningiz har bir lahzani yodda saqlab boradi va kunlar tunlar bilan almashar ekan, u sizga diqqatga sazovor oʻtgan voqealarni qayta jonlantirishga yordam beradi.

Ertalab va kechqurun Galaxy AI hayotingizga moslashtirilgan amaliy maslahatlar va tavsiyalar2 beradi va ilhomlantiradi. Maxfiylik taʼminlangan mislsiz shaxsiylashtirish imkoniyati doim ishonchingizni oqlaydi. Bular — Galaxy AI’ning navbatdagi evolyutsiyasi.

1Amaldagi UX/UI farq qilishi mumkin.

2Ayrim funksiyalar Samsung akkauntida login statusini talab qilishi mumkin. Xizmat mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeli va ilovalarga qarab oʻzgarishi mumkin.