S Pen – Samsung Newsroom O'zbekiston

[Foydalanuvchi uchun qoʻllanma] Galaxy Tab S10 Ultra bilan yangi imkoniyatlarni oching
Galaxy Tab modellari ish va dam olish vaqtini samarali oʻtkazishga yordam beruvchi qurilma boʻlib, ish va ishdan tashqari hayot muvozanatini birinchi oʻringa qoʻyadigan mutaxassislar uchun serqirra hamroh boʻlib xizmat qiladi. Yengil, olib yurishga qulaylashtirilgan dizaynli qurilma ish davomida koʻplab vazifalarni bajarish imkoniyatini berish bilan foydalanuvchi samaradorligini oshirsa, uning koʻngilochar va striming funksiyalariga boyligi ishdan keyingi hordiqni yangi darajaga chiqaradi.

Galaxy Tab S10 Ultra Samsung Electronics kompaniyasining sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan birinchi plansheti va eng yangi premium taklifidir. Kattaroq ekran uchun optimallashtirilgan turli funksiyalar orqali qurilma Galaxy muxlislaridan qizgʻin olqishlarni oldi va keyingi avlod planshetlari uchun yangi standart oʻrnatdi. Samsung Newsroom Galaxy Tab S10 Ultra zamonaviy odamlarning ish va shaxsiy hayotlarida muvozanatga intilishlarida qanday qilib yordam bera olishini oʻrganib chiqdi.

Ultra keng ekranda AI kuchidan foydalanish

Galaxy Tab S10 Ultra shu kunga qadar chiqqan Galaxy Tab modellari orasida eng katta ekranga ega va Galaxy AI integratsiyasi bilan jihozlangan, ko‘p funksiyali qurilmadir. Keng miqyosli hujjatlarga tezkor ishlov beradigan va internetdan turli manbalarni qidiradigan mutaxassislar uchun ishonchli vosita sifatida yaratilgan Galaxy Tab S10 Ultra ish samaradorligini sezilarli darajada oshirishga tayyor.

▲ (Chapdan) Galaxy Tab S10 Ultra va Aylana chizib qidirish funksiyasi

Vertikal qaralganda, ulkan 14,6 dyuymli ekran foydalanuvchilarga bir nechta sahifalarda katta hajmdagi matnlarni displey boʻylab tepa-pastga surmasdan oʻqish imkonini beradi. Bu qurilmada unumdorlikni oshirish va individual ish jarayonlariga moslashishda koʻp vazifali muhit yaratish uchun ekranni uch qismga boʻlish mumkin.

Oddiy imo-ishora bilan bir deganda qidirish imkonini beruvchi Aylana chizib qidirish funksiyasi Galaxy Tab S10 Ultra bilan yanada taʼsirli boʻladi. Katta ekran uchun moslashtirilgan ushbu tasvirga asoslangan intuitiv qidiruv uslubi avvalgidan-da koʻproq natijalar va maʼlumotlarni koʻrsatishi mumkin.

https://img.global.news.samsung.com/uz_uz/wp-content/uploads/2024/10/Samsung-Mobile-Galaxy-Tab-S10-Ultra-Tablet-User-Guide_main4.mp4

▲ Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarni bir zumda tarjima qilish uchun Bosh sahifa tugmasini bosib ushlab turing, soʻng Tarjima qilish bosing.

https://img.global.news.samsung.com/global/wp-content/uploads/2024/10/Samsung-Mobile-Galaxy-Tab-S10-Ultra-Tablet-User-Guide_main5.mp4

▲ Tarjima

Bundan tashqari, katta ekran ijtimoiy tarmoqlardagi resurslarni yoki xorijiy tillardagi PDF hujjatlarini oʻqishda bebaho vositadir. Galaxy AI tugmasini bosish bilan PDF fayllar jonli ravishda tarjima qilinadi. Tarjima qilish funksiyasi foydalanuvchilarga maʼlumotlarni tez va samarali oʻzlashtirish imkonini beradi.

Eslatmalar va qaydlar yozishdan to bayonnomalarini yozishgacha majlislarni aqlliroq oʻtkazish

Majlislar ishning ajralmas qismidir, ammo uzoq sessiyalar maʼlumot va suhbatlarni chalgʻimasdan kuzatishni qiyinlashtirishi mumkin. Galaxy Tab S10 Ultra samarali ravishda eslatma, qayd va bayonnomalarni yozib borish uchun moʻljallangan funksiyalari bilan eʼtiborni yoʻqotmasdan majlislarda qatnashishning yanada aqlli usulini taqdim etadi.

▲ Eslatma yordami

Eslatma yordami majlis va yigʻilishlar uchun qulaydir, zero ushbu funksiya foydalanuvchilarning ovozlarini yozib olish va kontentni avtomatik ravishda transkripsiya qilish qobiliyatiga ega. AI texnologiyasi yigʻilishlarning hisobini olib boradi va, kerak boʻlganda, tarjimalarni taqdim etadi. Bu esa foydalanuvchilarga bor eʼtiborni muhokamalarga qaratish imkonini beradi. Bundan tashqari, Galaxy AI majlis bayonnomalarini yozishga ham yordam beradi. Bu majlisdan keyingi ishlarga ketadigan vaqtni sezilarli darajada kamaytiradi.

https://img.global.news.samsung.com/global/wp-content/uploads/2024/10/Samsung-Mobile-Galaxy-Tab-S10-Ultra-Tablet-User-Guide_main7.mp4

▲ Qoʻl yozuvi rejimi

Galaxy Tab S10 Ultra afzalliklari majlis va yigʻilishlar tugaganidan keyin ham davom etadi. Planshetning katta ekrani boʻlib oʻtgan suhbatning har tomonlama koʻrinishini taqdim etadi, bu esa muhim fikr va gʻoyalarni birorta tafsilotlarni oʻtkazib yubormasdan koʻrib chiqishni taʼminlaydi. Shuningdek, shoshilinch ravishda qaydlarni yozib olishda foydalanuvchilar qoʻl yozuvi tartibsizligidan xavotirlanishlariga hojat yoʻq. Qoʻl yozuvi rejimi matnni tekislash, satrlarni tekislash, soʻzlar oraligʻini toʻgʻrilash va boshqa imkoniyatlari orqali yozuvning oʻqirliligini taʼminlaydi. Endi foydalanuvchilar oʻz yozuvlarini chiroyli va tartibli qila oladi, bu sharhlashni ancha osonlashtiradi.

Istalgan vaqtda va istalgan joyda cheksiz imkoniyatlar bilan ishlash

▲ Endi yanada portativ boʻlgan Galaxy Tab S10 Ultra noutbuk uchun ikkinchi monitor sifatida xizmat qilishi mumkin.

Galaxy Tab S10 Ultra Galaxy Tab modellari orasida eng katta ekranga ega boʻlsa-da, qurilma oʻzidan oldingisiga nisbatan yengilroqligi va 5,4 mm qalinligi bilan qulay va portativ qurilma boʻlib qolaveradi. Turli xil ish turlariga mos keladigan planshetni istalgan joyda olib yurish mumkin: uy, kafe yoki kovorking maydoni va hokazo.

Noutbuk egalari uchun Galaxy Tab S10 Ultra ikkinchi ekranga aylanish imkoniyati katta imtiyoz beradi. Planshetni noutbukka ulash orqali foydalanuvchilar unumdorlikni oshirish va koʻplab vazifalarni bajara olish uchun ekranni kengaytirish yoki tasvirni narigi ekranda takrorlash orqali kengroq ish maydonini hosil qila oladi.

▲ AI Assistant tugmachasiga ega muqova klaviaturasi Galaxy Tab S10 Ultra’dan noutbuk kabi foydalanish imkonini beradi.

Muqova klaviaturasi va Bluetooth sichqonchasi bilan jihozlangan Galaxy Tab S10 Ultra xuddi noutbuk kabi ishlaydi. Muqova klaviaturasi ham, Slim varianti ham AI Assistant’ga tezda kirish uchun maxsus tugmaga ega. Ushbu tugma foydalanuvchilarga ishlarini yanada aqlli va samarali tarzda bajarish qobiliyatini taqdim etadi.

Galaxy Tab S10 Ultra ijodkorlikni oshirish, oʻyin-kulgini yangi darajaga olib chiqish orqali ishdan keyingi hordiqda hayotdan boricha zavqlanishga imkon beradi.

Sketchlarni S Pen yordamida shoh asarlarga aylantiring

https://img.global.news.samsung.com/global/wp-content/uploads/2024/10/Samsung-Mobile-Galaxy-Tab-S10-Ultra-Tablet-User-Guide_main11.mp4

▲ S Pen bilan sketchlarni rasmga aylantirish

AI planshet sifatida Galaxy Tab S10 Ultra’ning ismi jismiga mosdir. Uning hatto S Pen qalami ham AI foydalanadi. S Pen’ni qoʻlga olib, ekranning oʻng tomonidagi qalam shaklidagi belgiga bosish orqali foydalanuvchilar bir qator sunʼiy intellekt imkoniyatlarini taqdim etadigan Air Command’ni faollashtirishlari mumkin. Sketch to Image funksiyasi AI aniqlash orqali oddiy chizmalarni avtomatik ravishda yuqori sifatli tasvirlarga aylantiradi. Keyinchalik bu tasvirlar turli uslublarga, jumladan, akvarel, illyustratsiya, pop-art va 3D multfilm dizaynlariga aylantirilishi mumkin. Bu orqali hamma sanʼat asarini yarata oladi. Planshetning katta ekrani ijodkorlik salohiyatini ochish uchun keng raqamli maydon taqdim etib, rasm chizish imkoniyatlarini yanada yaxshilaydi.

Uzluksiz tezkor hisoblash kuchi orqali immersiv video oʻyinlardan zavqlanish

https://img.global.news.samsung.com/global/wp-content/uploads/2024/10/Samsung-Mobile-Galaxy-Tab-S10-Ultra-Tablet-User-Guide_main12.mp4

▲ Galaxy Tab S10 Ultra bilan hatto eng ogʻir video oʻyinlarni ham qotishlarsiz oʻynasa boʻladi.

Galaxy Tab S10 Ultra uzoq muddatga choʻziladigan oʻyinlarda ham planshetning qizib ketishining oldini olish uchun ilgʻor sovitish tizimidan foydalanadi. Bu orqali u ogʻir va kuchli grafikali mobil oʻyinlarni uzluksiz qoʻllab-quvvatlaydi.

Betakror tomosha hissi uchun immersivlikni maksimal darajaga chiqarish

Galaxy Tab S10 Ultra’ning 14,6 dyuymli ekrani video tomosha qilish uchun ham, video oʻyinlarni oʻynash uchun ham ajoyib imkoniyatlarga ega. Dynamic AMOLED 2X displeyi tiniq va haqiqiy ranglarni va yuqori aniqlikdagi tasvirni taqdim etsa, 120Hz yangilanish chastotasi esa tasvirdagi harakatlarni silliqlashtiradi. Planshetdagi maxsus oyna quyosh shuʼlalarini minimallashtirish ustiga Vision Booster funksiyasi yanada yorqin ekranni taʼminlash uchun uni tashqi muhit yorqinligiga qarab sozlaydi.

▲ Sozlamalarda Ovoz sifati va effektlari boʻlimiga oʻting va Dialogue Boost’ni tanlang

Taʼkidlash joiz boʻlgan yana bir funksiya — Dialogue Boost AI texnologiyasi YouTube yoki striming platformalarida kontentni tomosha qilishda gaplar ravshanligini taʼminlash uchun ovozlarni tahlil qiladi va nutqni shovqindan ajratadi. Ushbu funksiyani faollashtirish uchun Sozlamalar ostidan Ovoz sifati va effektlarini tanlang va Dialogue Boost’ga bosing. Endi foydalanuvchilar toʻliq immersiv his uchun sevimli film va seriallardagi suhbatlarni yanada aniqroq eshitishga muvaffaq boʻladi.

Uzoq ishdan chiqqach, uyga kelib, divanga oʻzingizni otar ekansiz, YouTube’da video koʻrish yoki strim tomosha qilish hayotning kichik bir zavqlariga aylangan. Galaxy Tab S10 Ultra oʻzining qulay funksiyalari va ilgʻor tasvir va ovoz sifati orqali ushbu daqiqalarni yanada yaxshilaydi.

Galaxy Tab S10 Ultra katta ekranda keng qamrovli mobil qulayliklarni taqdim etadi. Planshet oʻzining noyob Galaxy AI funksiyalari orqali samaradorlikni oshiradi va immersivlikni maksimal darajaga chiqaradi. Bugungi professionallar uchun Galaxy Tab S10 Ultra premium planshet boʻlib, u ish va hayot oʻrtasidagi muvozanatga yangicha maʼno beradi.

[Intervyu] Samsung’ning buklanuvchan displey ishlab chiqaruvchisi bilan suhbat
Buklanuvchan smartfonlarning kashshofi — Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy Z modellarining oltinchi avlodini taqdim etdi. Har bir avlodda progressiv takomillashuvlar bilan buklanuvchan Galaxy mahsulotlari innovatsion xususiyatlar orqali yangicha, tasavvurga sigʻmagan usullarda foydalanuvchilarning yuraklarni zabt etib, hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Eng soʻnggi Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 nafaqat aqlli sunʼiy intellekt funksiyalari va shaxsiylashtirish imkoniyatlarini, balki vaqt sinovidan oʻtgan, yanada silliq va chidamli displeylarni ham taqdim etadi.[1] Bu takomillashuvlarni bir kechada yaratish mumkin emas, zero bu Samsung ishlab chiqaruvchilarining eng yaxshi displeyni yaratish uchun doimiy saʼy-harakatlari natijasidir.

Samsung Newsroom Galaxy Z modellaridagi innovatsion buklanuvchan displeylar haqida koʻproq maʼlumot olish uchun Samsung Electronics kompaniyasining Mobile eXperience (MX) Business Display guruhining tadqiqotchisi Jason Noh bilan suhbatlashdi.

Ilk buklanuvchan displey revolyutsion innovatsiyalarning boshlanishini belgilaydi

Samsung’ning buklanuvchan innovatsiyasi 2008-yilda kompaniya buklanadigan displeyni tadqiq qila boshlagan paytdan start olgan. Ushbu yangi texnologiya tomon sayohat displey jamoasi uchun oson kechmadi, chunki optimal displey sifati va funksionalligini saqlab qolgan holda ekranni bukish kerak edi.

▲ Tadqiqotchi Jason Noh

“Biz buklanuvchan displeylar boʻyicha tadqiqotlar olib bordik va ilk buklanuvchan qurilmamiz ishga tushirilgunga qadar son-sanoqsiz tajribalar oʻtkazdik”, deb tushuntirdi Noh. “Har birimizda buklanuvchan smartfonlarning kashshofi boʻlish istagi kuchli boʻlgan boʻlsa-da, jarayon oson kechmadi. Bizning jamoamiz buklana oladigan, ammo zarralarga chidamli yuqori sifatli displey yaratishi kerak edi. Bu esa displeyni ushlab turuvchi plitkani oʻzgartirishimiz kerakligini anglatardi”.

Bunga erishish uchun ishlab chiqaruvchilar Samsung’ning ilk buklanuvchan smartfoniga zamin yaratish boʻyicha keng qamrovli tadqiqotlar oʻtkazishdi. Bunga displeyni tashqi moddalardan himoya qiluvchi metall plitka ixtiro qilish va displey panelining turli sharoit va muhitlarda buklanish imkoniyatlarini saqlab qolishga yordam beradigan, bosimga sezgir yelim (PSA) ishlab chiqishlar kiradi. Shu bilan Samsung 2019-yilda ilk Galaxy Fold’ni namoyish qildi.

Galaxy Z Fold6 va Z Flip6: displey texnologiyasida mahorat choʻqqisi

▲ Galaxy Fold

Dastlabki Galaxy Z Fold taqdim etilgach, keyingi olti yil ichida Samsung uchta muhim omilga — super tiniq displey, chidamlilik va mahsuldorlikka eʼtibor qaratib, eng yaxshi mahsulotni taqdim etishga harakat qildi. Yillar davomida toʻplangan isteʼmolchi insaytlarini chuqur tahlil qilish orqali Galaxy Z modellari yangi xususiyatlarni taqdim etish uchun doimiy ravishda rivojlanib bordi. Bu yil chiqarilgan Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 takomillashgan displey, yanada chidamlilik va maksimal mahsuldorlik orqali yana bir bor isteʼmolchilarni hayratda qoldirdi.

Jozibador tomosha hissi

Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 oʻzlarining katta buklanuvchan ekranlari tufayli tengi yoʻq tomosha hissini beradi. Xususan, Galaxy Z Flip6 ning tiniq displeyi Samsung’ning xususiy ultra yupqa shisha (UTG) materialini Infinity Flex Display bilan birlashtiradi. Bu texnologiya birinchi marta Galaxy Z Flip’da ishlatilgan.

▲ Noh Galaxy Z Flip’ning buklanuvchan displeyini tushuntirmoqda.

“Biz odatiy baton shaklli smartfonlardagi sensor ekran qulayliklarini buklanuvchan qurilmalarga ham olib kirmoqchi edik. Foydalanuvchilarga eng zoʻr qulayliklarni taʼminlashga boʻlgan doimiy sodiqlik Samsung’ning ilk buklanuvchan shisha displeyi yaralishiga sababchi boʻldi”, deb tushuntirdi No. “UTG’ning amalda qoʻllanishi bilan yanada tiniqroq displeyni taqdim etishga muvaffaq boʻldik: buklanuvchan smartfonda hali kuzatilmagan premium tashqi koʻrinish va premium his. Oʻshandan beri UTG qoʻllanila boshlandi”.

Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 displeylarining har biri oldingilariga nisbatan ekranning ustki burishishini kamaytirish, yanada silliqroq qilish uchun yangi himoya qatlami bilan jihozlangan. Galaxy Z Fold6 da displey va tana qismi oʻrtasidagi yopishqoqlikning kuchayishi burishishlarni kamaytiradi va Galaxy Z Fold modellaridagi eng tekis displeyni hosil qiladi.

Yanada immersiv displeyni taqdim etish uchun Galaxy Z Fold6 2600 nitgacha yorqin displeyga ega. Ekranning kengligi buklanganda 1,0 millimmetrga, ochilganda esa 2,7 millimetrga kengaygan, uzunligi esa 1,4 millimetrga qisqargan. Ekran oʻlchamidagi bu oʻzgarish ekrandan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi va koʻproq maʼlumotni gorizontal holatda koʻrsatish bilan uni yanada qulayroq qiladi.[2]

Buklanuvchanlar uchun kengaytirilgan chidamlilik

Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 displeylari Galaxy Z modellaridagi eng mustahkam displeylardir. Displeyning mustahkamligini oshirish uchun himoya qatlamiga turli bosimlarga moslashuvchan va zarbadan deformatsiyalarga qarshilik koʻrsatadigan yangi material — siljishlardagi tirqishlarni zichlaydigan suyuqlik (STF) qoʻshildi.

▲ (Chapdan) Galaxy Z Fold6 va Z Flip6

“Galaxy foydalanuvchilari kutgan yuqori standartlarga javob berish uchun eng soʻnggi buklanuvchan modellariga STF texnologiyasi qoʻllanildi. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida buklanuvchan panelning chidamliligi oldingi modellarga qaraganda ancha yaxshilandi”, deb tushuntirdi No. Bundan tashqari, Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 suvga chidamli xususiyatlar[3] bilan taʼminlangan. Bu ilk marta Galaxy Z Fold3 va Z Flip3 — dunyodagi eng birinchi suvga chidamli buklanuvchan smartfonlarda tanishtirilgan edi. Displeyning tashqi qismiga ham, oshiq-moshiqqa ham qoʻllaniladigan rezina displeyning tashqi qismini oʻrab oladi va unga suyuqlik kirib ketishi va shikastlanishiga yoʻl qoʻymaydi.

Eng soʻnggi Galaxy Z modeldagi buklanuvchan qurilmalar changga ham chidamli. Har bir qurilmadagi Sweeper (supurgi) texnologiyasi qurilma old qismi va oshiq-moshiqdagi boʻshliqlar orqali kirib keladigan har qanday chang va zarralardan displeyni himoya qilish uchun nozik kesilgan optik tolalardan foydalanadi. Chang va suvdan mustahkam himoya esa foydalanuvchilarga xotirjamlik baxsh etadi.

S Pen bilan maksimal mahsuldorlik

Galaxy Z Fold modellari oʻzining ultra katta ekrani orqali koʻp vazifali funksiyalarni taklif qilsa-da, ilova dasturchilari katta ekrandan qanday samaraliroq va qulayroq foydalanish haqida oʻylashdi. Koʻp vazifalilik va unumdorlikni oshirish uchun S Pen Galaxy Z Fold modellariga kiritildi. Endi Galaxy Z Fold6 dagi Galaxy AI xususiyatlari qulayligi S Pen bilan keyingi bosqichga chiqadi.

S Pen Galaxy Z Fold’ga ilk bor kirib kelganida metall plitka materialini uglerod tolasiga oʻzgartirish kerak edi, shunda S Pen’ni aniqlaydigan raqamlashtirgichlar uzilishlarsiz ishlashi mumkin edi. Displeyning chap va oʻng tomonida joylashgan raqamlashtirgichlar S Pen’ni ekranning buklanuvchan qismida ham qoʻshimcha komponentlarsiz sezishi kerak edi. Dasturchilar murakkab hisob-kitoblar asosida raqamlashtirgichlarga ekranning buklangan qismidagi S Pen’ni aniqlash imkonini beruvchi yangi yechim yaratish orqali bu qiyinchilikni yengib oʻtishdi.

▲ (Chapdan) Uglerod tolali plitka va metall plitka

S Pen yordamida foydalanuvchilar Galaxy Z Fold6 ning katta ekranida Circle to Search va Note Assist kabi yuqori samarador funksiyalardan yanada qulayroq foydalanishlari mumkin. Ushbu oʻzgarishlar ishlab chiquvchilarning foydalanuvchilar qurilmadan oʻzgacha taassurot olishlari uchun qilingan saʼy-harakatlari natijasidir.

Mukammal displey yaratish tomon cheksiz sayohat

Buklanuvchan ekranlar sohasida sezilarli yutuqlarga erishganiga qaramay, Samsung Display guruhi hech ham toʻxtab qolmaydi. Ular displey sifatini yaxshilashni davom ettirishga intilishadi.

“Buklanuvchan smartfonning kashshofi sifatida bizning jamoamiz foydalanuvchilar yangi form faktordan nimani kutishlari boʻyicha bilim va tajriba toʻpladi”, dedi Noh. “Ushbu umidlarni oqlash uchun biz mukammal displeyni yaratish tomon sayohatimizni toʻxtatmaymiz. Galaxy Z modellari Samsung kompaniyasining buklanuvchan smartfonlar sohasida yetakchi ekanligini isbotlash uchun doimiy ravishda takomillashtirib boriladi”.

[1] Oldingi modellarga nisbatan.

[2] Galaxy Z Fold5 bilan solishtirganda.

[3] Laboratoriya sharoitida 1,5 metrgacha boʻlgan toza suvda 30 daqiqagacha choʻktirish sinoviga asoslanadi. Plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Zarralarni yuvib tashlang va quriting. Qurilmaning suvga chidamliligi doimiy emas va vaqt oʻtishi bilan chidamlilik susayishi mumkin.

Galaxy S23 Ultra: O’yin qoidalarini o`zgartiruvchi smartfon
Shaxsiy kompyuter yoki o’yin konsollari bilan allaqachon raqobatlashishga qodir bo’lgan yuqori sifatli mobil o’yinlar, tobora ko’proq odamlar e’tiborini qozonishda davom etib, o’yinlarni ishga tushirish uchun smartfonlarning ish xususiyatlariga bo’lgan talablarni yuqoriga olib chiqmoqda. Mazkur trendlar bilan hamnafas bo’lgan holda Galaxy S23 Ultra o’zining qudratli ish xususiyatlari, yanada tezkor javob qaytarishi, yuksak darajadagi grafikasi va uzoq muddatli batareyasi bilan ashaddiy o’yin muhlislarining talablariga ayni mos kelmoqda. One UI 5.1 hamda eng so’nggi Galaxy dasturlarining barchasi Galaxy S23 Ultrada mujassam bo’lib, foydalanuvchiga yanada moslashtirilgan hamda qulay mobil tajriba taqdim etmoda.

Galaxy Seriyasining qudratli texnik ko’rsatkichlari, innovatsion xususiyatlari hamda yangi o’yin imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish va baho berish uchun Samsung Newsroom jamoasi Galaxy S23 Ultra smartfonini sinovdan o’tkazdi hamda foydalanuvchilar bilan yorqin taassurotlarni ulashmoqda.

Qudratli ishlash ko’rsatkichlari bilan yangi darajaga chiqing

Galaxy S23 Ultra smartfonida Wreckfest ekshen poyga o’yini kabi qiziqarli va jozibador mobil o’yinlaridan haqiqiy zavq oling. Galaxy S23 Ultra smartfoni Galaxy uchun maxsus Snapdragon® 8 Gen 2 Mobil Platformasiga ega bo’lib, tezkor hamda samarador o’yin tajribasini taqdim etadi.

Kaftingizdagi smartfonda eng a’lo o’yin imkoniyatlarini ta’minlash uchun yuqori darajadagi dasturiy  hamda apparat ta’minoti talab etiladi. Galaxy S23 Ultra smartfoni Galaxy uchun maxsus Snapdragon® 8 Gen 2 Mobil Platformasiga ega bo’lib, butunlay yangi darajadagi o’yin tajribasini taqdim etadi. Bundan tashqari yangilangan GPU avvalgi modeldan 41% tezroq, sun’iy intellektning chuqur o’rganish faoliyati uchun zarur NPU esa 40%[1] ga yaxshi ko’rsatkichga ega. Qisqasi, yorqin grafika hamda qudratli protsessor evaziga o’yin ishqibozlari o’yin jarayoniga to’liq sho’ng’ishlari mumkin.

Galaxy S23 Ultra smartfonida Wreckfest o’yini grafikasining tasviri. Mashina detallari, obyektlarning harakatlanishi va boshqa o’yin jarayonlari yorqin hamda haqiqatga yanada yaqin ko’rinishda taqdim etiladi.

Galaxy S23 Ultra smartfonidagi GPU da Ray tracing nomli qudratli grafik render texnologiyasi qo’llanilgan. Mazkur texnologiya o’yindagi yorug’lik va soyalarning haqiqatga yanada yaqin ifodalanishi natijasida shaxsiy kompyuterdagi kabi o’yinga to’liq sho’ng’ish va haqiqiylik effektini yaratadi. Natijada siz o’z kompyuteringizdagi kabi yanada real grafika hamda o’yin jarayonidan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, Samsung Electronics GPU texnologiyasini rivojlantirish sohasida Xalqaro o’yin distribyutorlari va o’yin dvijoklari sohasidagi kompaniyalar bilan hamkorlikni davom ettirishni reja qilmoqda.

Galaxy S23 Ultra bilan o’yin o’ynash jarayoni yanada yoqimli hamda jozibador. Avvalgi modelga nisbatan 41% ga kuchaytirilgan grafika protsessori (GPU) foydalanuvchiga haqiqatga yaqin, yuqori aniqlikdagi grafikani taqdim etadi hamda o’yinga to’liq sho’ng’ish darajasini oshiradi.

Wreckfest mobil o’yinini o’ynash jarayonida yorqin vizual effektlar va qoyilmaqom grafika evaziga o’zingizni haqiqiy poyga yo’llaridagidek his eting. To’siqlar bilan to’qnashganda qum va chang reallika juda yaqin ko’rinishda sochiladi, boshqa obyektlar esa haqiqatdagi kabi siljishi evaziga zavq va sho’ng’ish effekti yanada oshadi. Shu bilan birga, Galaxy Unpacked 2023 taqdimotida Samsung kompaniyasi GPU asosidagi texnologiyalarni rivojlantirish uchun turli xalqaro o’yin distribyutorlari va o’yin dvijoklari sohasidagi kompaniyalar bilan hamkorligini davom ettirishini e’lon qilib, ko’plab o’yin ishqibozlari orasida sezilarli ijobiy kayfiyat uyg’onishiga sabab bo’ldi.

Yangilangan Vision Booster bilan Galaxy S23 ekrani baland yorug’likga va tashqi muhitga avtomatik tarzda moslashadi.

O’yin tajribasiga ekran sifati kabi sezilarli ta’sir etadigan jihat yo’q. Galaxy S23 Ultra ekrani yangilangan Vision Booster bilan taqdim etilib, u ekran yorug’ligini avtomatik tarzda foydalanuvhchining yorug’lik sharoitlariga moslashtiradi. Kuchli quyosh nuri ostida ham foydalanuvchilar ekranni aniq va ravshan ko’ra oladilar.

O’yin o’ynash jarayonida ham boshqa vazifalarni osonlik bilan bajaring

Galaxy S23 Ultra bilan yanada kengroq ko’lamda ko’p vazifalilikdan foydalaning. Multi-oyna funksiyasi yordamida bir vaqtning o’zida ikkita ilovani ishga tushirishingiz yoki ish samaradorligini oshirish uchun noutbukdagi kabi qo’shimcha oynalarni ochishingiz mumkin.

Galaxy S23 Seriyasining CPU – protsessor quvvati avvalgi modelga nisbatan 30% ga oshirildi va natijada yanada tezroq amallarni bajarish imkoniyatiga erishildi. Haqiqatan ham, ikkita ilovaning birga ishlash vaqtida bo’lishiga qaramay, protsessor tez va tekis tarzda to’xtashlarsiz ishlaydi.

Mazkur qudratli chiplar samaradorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqib, ko’p vazifalarni bir vaqtning o’zida yanada tez va yaxshiroq natijalar bilan bajarilishini ta’minlaydi. Galaxy S23 seriyasi CPU uchun og’irlik qilishi mumkin bo’lgan jarayonlar: o’yin vaqtidagi video qo’ng’iroqlar, yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish paytida film tomoshasi kabi vazifalarni bajarish davomida ham tez va tekis ishlashni ta’minlaydi. Bundan tashqari multi-oyna funksiyasidan foydalanish qulayligi ham yaxshilandi, natijada ko’p foydalaniladigan ilovalar ro’yxati so’nggi foydalanilganlar ro’yxati ostida ko’rsatiladi va foydalanuvchiga ilovalarni oson ishga tushirish yoki ularni almashitirish imkonini beradi.

Oshirilgan batareya quvvati bilan qo’shimcha yuk kerak emas

Galaxy S23 Ultra bilan tezroq quvvatlntiring hamda ko’proq vaqt foydalaning.

O’z navbatida, Galaxy S23 seriyasi yanada kengaytirilgan batareya hajmi bilan taqdim etilmoqda. Galaxy S23 hamda Galaxy S23+ smartfonlarining batareya hajmi avvalgi modellarga nisbatan 2000 mAs ga oshirilib, mos ravishda 3,900 mAs va4,700 mAs ga teng bo’lmoqda. Galaxy S23 Ultra esa 5000 mAs batareya bilan jihozlangan bo’lib, 45Vt[1] zaryadlash adapteri bilan 30 daqiqa ichida 65% gacha zaryad olishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, endilikda foydalanuvchilar smartfonlarining batareyasi haqida kamroq vaqt qayg’urib, ko’proq vaqt yoqimli ilovalaridan foydalanishdan zavq olishlari mumkin.

Yangilangan Onu UI 5.1 bilan o’zingizga mos noyob tajribaga ega bo’ling.

(Chap tomon) Qulflangan oynani turli fon dizayni va soat vidjetlari bilan foydalanuvchiga moslashtirish (O’ng tomon) Yangi batareya vidjetini foydalanuvchiga moslashtirish oynasi

Dunyo bo’ylab yanada ko’proq Galaxy qurilmalari uchun yangilangan One UI 5.1 smartfoningizni didingizga ko’proq mos kelishi uchun uni sozlash imkoniyatini taqdim etadi. Foydalanuvchilar o’zlari olgan videodan lavhani kesib olib, smartfonning qulflangan oynasiga joylashtirishi va fon tasvirlarini mutlaqo yangi darajaga olib chiqishlari mumkin. Bosh ekrandan turli sozlamalar va ilovalarni boshqarish uchun yangi vidjet imkoniyatlari ham taqdim etildi. Bundan tashqari, yangi Batareya vidjeti yordamida foydalanuvchilar Galaxy Watch yoki Galaxy Buds kabi boshqa Galaxy qurilmalarining batareya zaryadi hajmini aniqlashlari hamda Smart Suggestions vidjeti bilan foydalanuvchilarning odatlariga mos Spotify musiqa maslahatlarini ham olishlari mumkin[1].

Galaxy S23 Ultra smartfonida tasvir fonini olib tashlash uchun birgina tegish, undan nusxa olish yoki keyinroq foydalanish uchun saqlash kifoya bo’lishi mumkin. U tasvirdagi uy hayvonlarining mayda yung tolalari kabi eng kichik detallarini aniqlab oladi va osonlik bilan fonni o’chiradi.

Tasvirlaringizdan virtual stikerlar yaratish uchun birgina harakat bilan tasvir obyektini ajratib oling hamda fonni o’chiring.  Tasvirni saqlash vaqtida foydalanuvchilar uni qayerda va qachon olinganligi, saqlash joyi va kamera sozlamalari haqidagi ma’lumotlarni  birgina svayp harakati yordamida bilib olishlari mumkin. Bundan tashqari, Rejimlar va Tartiblar funksiyalari bilan uyqu, avtomobil haydash hamda ish jarayoni kabi alohida holatlar uchun alohida fon tasvirlarini o’rnatish, ilovalardan foydalanish ko’rsatkichlari, xabarnomalar va xokazo vazifalarni belgilab olish mumkin.

S Pen qalamidan foydalanish uchun ko’proq usullar

Galaxy S23 da endi siz klaviaturadan foydalanmasdan oson va tez izlashingiz mumkin. S Pen qalami yordamida ma’lumotlarni izlaganingizda, foydalanuvchi qo’l yozmasi aniqlanadi hamda avtomatik tarzda smartfondagi matnga o’zgartiriladi.

Shu bilan birga, yangilangan S Pen Qalami bilan Galaxy S23 Ultrada o’z g’oya va fikrlaringizni qayd etish va ulashish juda oson. Yangi One UI 5.1 matnni keyinroq foydalanish uchun osonlik bilan ajratish va saqlash hamda tasvirdagi kerakli narsalardan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, One UI 5.1 Google va YouTube kabi saytlardagi izlash oynasiga kiritilgan qo’l yozmani smartfon matniga o’zgaritish evaziga oson izlash tajribasini taqdim etadi. Galaxy foydalanuvchilari uchun eng afzal mobil tajriba taqdim etish uchun One UI 5.1 ketma-ketlik bilan boshqa qurilmalarda ham yangilanib boradi.

Galaxy S23 Ultra sizning kaftingizda jamlangan ulkan foydalanish imkoniyatlarni taqdim etadi.

Galaxy S23 Ultra qurilmadan foydalanish tajribasini qulay va oson qilish evaziga, foydalanuvchilarga kundalik vazifalarni bajarishga to’liq sho’ng’ish imkoniyatini taqdim etadi. Qudratli ish ko’rsatkichlari bilan birgalikda qulay foydalanish tajribasini izlayotgan foydalanuvchilar uchun Galaxy S23 Ultra mukammal mos keladi.

[1] Wreckfest ©2022THQ Nordic AB, Shvetsiya. Wreckfest THQ Nordic AB, Shvetsiya kompaniyasining ro’yxatdan o’tgan savdo belgisi. Barcha huquqlar himoyalangan. Barcha boshqa savdo belgilari, logotiplar va mualliflik huquqlari tegishli mualliflarning mulki hisoblanadi. Samsung Galaxy Store hamda ayrim mamlakatlardagi boshqa do’kon ilovalarida xarid qilish mumkin. 3 yoshdan kichkina foydalanuvchilar uchun to’g’ri kelmaydi.

[2] AP ish ko’rsatkichlaridagi yangiliklar avvalgi avlod chiplariga nisbatan ko’rsatilgan. Haqiqiy ish ko’rsatkichlari foydalanuvchi muhiti, sharoitlari va oldindan o’rnatilgan dasturiy ta’minot va ilovalarga bog’liq bo’ladi.

[3] 45 Vt quvvat adapteri alohida sotiladi. Faqat Samsung tomonidan tasdiqlangan zaryadlovchi va kabellardan foydalaning. 45 Vt quvvatga ega sayohat adapteri bilan barcha xizmatlar, xususiyatlar va ekran o’chirilgan holda qurilmaning 0% quvvati qolgan Galaxy S23 Ultra smartfonining yangi chiqarilgan versiyasiga ulangan holatdagi Samsung laboratoriya ichki sinovlari natijalari. Haqiqiy zaryadlash tezligi haqiqiy foydalanish, zaryadlash shartlari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

[4] Maslahatlarni olish uchun foydalanuvchilar so’nggi Spotify ilovasida Spotify akkaunti bilan ro’yxatdan o’tishlari kerak. Spotify Premium yoqilgan holatdagina amal qiladi.