Samsung Gallery – Samsung Newsroom O'zbekiston

Samsung Gallery Galaxy qurilmalarida foto va videolardan foydalanishni yanada osonlashtiradi
Bugun foydalanuvchilar o‘zlarining unutilmas lahzalarini smartfon va planshetlar yordamida suratga oladi, saqlaydi va qayta tomosha qiladi. Shu sababli foto va videolarni xavfsiz saqlash hamda ulardan turli qurilmalarda qulay foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu ehtiyojni inobatga olgan holda, Samsung Electronics Google bilan hamkorlikda Gallery ilovasi uchun sinxronlash xizmatini taqdim etmoqda.1

Samsung Gallery ilovasini Google bulutli xotirasi bilan sinxronlash orqali foydalanuvchilar qo‘llab-quvvatlanadigan Galaxy qurilmalarida o‘z foto va videolaridan foydalanishlari mumkin. Xizmatni ishga tushirish juda oson: agar qurilmada Samsung va Google hisob qaydnomalari sozlangan bo‘lsa, alohida bulutli hisob qaydnomasini yaratmasdan, Gallery ilovasining o‘zida sinxronlashni yoqish kifoya.

Yangi xizmat bir qurilmadan boshqasiga o‘tishda ham foto va videolardan foydalanish imkonini beradi. Masalan, Galaxy smartfonida olingan suratlarni planshetdagi Gallery ilovasida ko‘rish mumkin. Buning uchun har bir qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmada bir xil Samsung va Google hisob qaydnomalariga kirish hamda sinxronlashni faollashtirish zarur.2

Yangi Galaxy qurilmasini sozlashda avvalgi qurilmada Gallery sinxronlash xizmati uchun foydalanilgan Samsung va Google hisob qaydnomalari orqali tizimga kirish kerak. Sinxronlash yoqilgach, foto va videolarning oldindan ko‘rish tasvirlari Gallery ilovasida paydo bo‘ladi.3 Zarur bo‘lganda, kerakli foto yoki videoni tanlab, uning asl faylini qurilmaga osongina yuklab olish mumkin.

Qurilma xotirasida yangi xotiralar uchun ko‘proq joy yaratish maqsadida Samsung yangi funksiyani ham taqdim etmoqda.4 Foto va videolar Google bulutli xotirasi bilan sinxronlangandan so‘ng, “Xotiradan joy bo‘shatish” (Free up space) funksiyasi yordamida ularning asl fayllarini qurilmadan o‘chirish va xotirada joy bo‘shatish mumkin. Bunda foto va videolarning kichik tasvirlari Gallery ilovasida saqlanib qoladi.

▲ “Xotiradan joy bo‘shatish” (Free up space) funksiyasi

Gallery sinxronlash xizmati Google hisob qaydnomasidagi mavjud xotira hajmidan foydalanadi. Ushbu xotira Gmail, Google Drive va Google Photos xizmatlari uchun umumiy hisoblanadi. Google hisob qaydnomalarida 15 GB gacha bepul xotira taqdim etiladi.5

Xizmat dastlab One UI 9 operatsion interfeysida ishlaydigan ayrim Galaxy qurilmalarida joriy etildi va keyinchalik bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Sinxronlashni yoqish uchun Gallery ilovasidagi bulut belgisini bosish, tavsiya kartasidagi “Boshlash” (Get started) tugmasini tanlash yoki Gallery sozlamalariga o‘tish mumkin. So‘ng “Foto va videolarni sinxronlash” (Sync photos and videos) funksiyasini yoqib, ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qilish kifoya.

▲ Samsung Gallery ilovasini Google bulutli xotirasi bilan sinxronlashni sozlash tartibi

Ko‘p beriladigan savollar

Savol: Samsung Gallery ilovasini Google bulutli xotirasi bilan sinxronlash nima va uning qanday afzalliklari bor?

Samsung Gallery sinxronlash xizmati foto va videolarni foydalanuvchining Google hisob qaydnomasiga bog‘langan bulutli xotirada saqlash imkonini beradi. Natijada ulardan qo‘llab-quvvatlanadigan turli Galaxy qurilmalarida foydalanish mumkin.

Buning uchun har bir qurilmada bir xil Samsung va Google hisob qaydnomalaridan foydalanish hamda sinxronlashni yoqish zarur. Yangi Galaxy qurilmasida esa barcha foto va videolarni oldindan yuklab olmasdan turib, ularning kichik tasvirlarini ko‘rish mumkin.

Savol: Xizmatdan foydalanish uchun alohida ilova yoki yangi hisob qaydnomasi kerakmi?

Yo‘q. Sinxronlash xizmati Samsung Gallery ilovasining o‘zida ishlaydi. Agar qurilmada Samsung va Google hisob qaydnomalari sozlangan bo‘lsa, alohida bulutli hisob qaydnomasini yaratish talab etilmaydi.

Savol: Qaysi qurilmalar va mamlakatlarda Google bulutli xotirasi bilan Gallery sinxronlash xizmati mavjud?

Xizmat One UI 9 interfeysida ishlaydigan ayrim Galaxy smartfon va planshetlarida mavjud. Qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar ro‘yxati bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Xizmatning mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

Savol: Samsung Gallery ilovasida Google bulutli xotirasi bilan sinxronlashni qanday yoqish mumkin?

Qo‘llab-quvvatlanadigan Galaxy qurilmasida Samsung Gallery ilovasini ochib, bulut belgisini bosing. Yoki Gallery sozlamalariga o‘tib, “Foto va videolarni sinxronlash” (Sync photos and videos) funksiyasini yoqing. Shundan so‘ng ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

Foto va videolardan boshqa qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmada ham foydalanish uchun unda bir xil Samsung va Google hisob qaydnomalariga kirib, sinxronlashni faollashtirish kerak.

Savol: Yangi Galaxy qurilmasiga barcha foto va videolarni yuklab olish shartmi?

Yo‘q. Yangi Galaxy qurilmasida avvalgi qurilmadagi Samsung va Google hisob qaydnomalari orqali tizimga kirib, sinxronlashni yoqish kifoya. Shunda asl fayllar Google bulutli xotirasida saqlangan holda, Gallery ilovasida foto va videolarning oldindan ko‘rish tasvirlarini ko‘rish mumkin.

Savol: Samsung Gallery sinxronlash xizmati uchun qancha xotira ajratiladi?

Google hisob qaydnomalarida 15 GB gacha bepul xotira mavjud. Ushbu hajm Gallery sinxronlash xizmati, Gmail, Google Drive va Google Photos o‘rtasida umumiy hisoblanadi.

Gallery sinxronlash xizmati uchun mavjud bo‘lgan bo‘sh joy miqdori Google hisob qaydnomasidagi xotiraning qancha qismi bandligiga bog‘liq. Qo‘shimcha xotiradan Google One pullik tarif rejalari orqali foydalanish mumkin. Agar foydalanuvchi Google One xizmatiga obuna bo‘lgan bo‘lsa, tegishli obunaga bog‘langan Google hisob qaydnomasini tanlashi kerak.

Savol: Google hisob qaydnomamda avvaldan saqlangan foto va videolar Samsung Gallery ilovasida ko‘rinadimi?

Xizmat ishga tushirilgan dastlabki bosqichda Samsung Gallery ilovasida faqat Google bulutli xotirasi bilan sinxronlash yoqilganidan keyin Gallery orqali sinxronlangan foto va videolar aks etadi.

Google bulutli xotirasida avvaldan mavjud bo‘lgan foto va videolar Samsung Gallery ilovasida avtomatik ravishda ko‘rinmaydi.

Savol: Avval Samsung Gallery ilovasidan OneDrive xizmatiga sinxronlangan foto va videolarim bilan nima bo‘ladi?

OneDrive xizmatiga sinxronlangan foto va videolar ushbu xizmatning ilovasi yoki veb-sayti orqali foydalanish uchun mavjud bo‘lib qoladi.

Samsung Gallery va OneDrive o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinxronlash xizmati 2026-yil 30-sentabrda to‘xtatilgan.

Savol: Samsung Gallery ilovasida sinxronlangan foto yoki videoni o‘chirsam, nima bo‘ladi?

Samsung Gallery ilovasida sinxronlangan foto yoki video o‘chirilsa, ushbu fayl bog‘langan Google bulutli xotirasidan, shuningdek, bir xil Samsung va Google hisob qaydnomalari orqali ulangan boshqa Galaxy qurilmalaridan ham o‘chiriladi.

1. Hududiy cheklovlar sababli xizmat ayrim mamlakatlarda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Xizmat One UI 9 interfeysida ishlaydigan ayrim qurilmalarda mavjud bo‘lib, keyinchalik boshqa Galaxy qurilmalarida ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2. Xizmat ishga tushirilgan dastlabki bosqichda Samsung Gallery ilovasida faqat sinxronlash funksiyasi yoqilganidan keyin Gallery orqali bulutli xotiraga sinxronlangan foto va videolar ko‘rsatiladi. Google bulutli xotirasida avvaldan saqlangan foto va videolar bulutda qoladi, biroq Samsung Gallery ilovasida avtomatik ravishda aks etmaydi.

3. Yangi Galaxy qurilmasida avvalgi qurilmadagi Gallery sinxronlash xizmati uchun ishlatilgan Samsung va Google hisob qaydnomalaridan foydalanish zarur. Yangi qurilmada sinxronlangan kontentga kirilganda, foto va videolarning asl fayllari bulutli xotirada saqlanadi, qurilmada esa ularning oldindan ko‘rish tasvirlari aks etadi.

4. Funksiyaning mavjudligi mamlakat va qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin.

5. Google hisob qaydnomalarida Gmail, Google Drive va Google Photos xizmatlari o‘rtasida umumiy foydalaniladigan 15 GB gacha bepul xotira mavjud. Bo‘sh joy miqdori xotiraning avvaldan qancha qismi bandligiga bog‘liq. Gallery sinxronlash xizmati alohida qo‘shimcha xotira hajmini taqdim etmaydi.