Samsung Health App – Samsung Newsroom O'zbekiston

Samsung Health ilovasida Uyqu bo‘yicha murabbiy dasturini ishga tushirish soddalashdi hamda haftalik tavsiyalar shaxsiylashtirildi
Samsung Electronics kompaniyasi bugun Samsung Health ilovasining yirik yangilanishini e’lon qildi – boshlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar talabi kamaytirilgani tufayli endi Uyqu bo‘yicha murabbiy1 dasturini ishga tushirish yanada osonlashdi. Shuningdek, yangilangan ilova foydalanuvchilarga sog‘lomroq va barqaror kundalik odatlarni shakllantirishda ko‘maklashish maqsadida yanada shaxsiylashtirilgan uyqu tavsiyalarini hamda yugurish dasturlarining kengaytirilgan bosqichlarini taqdim etadi.

Uyqu bo‘yicha murabbiy: boshlash osonroq va har bir foydalanuvchiga yanada mos

https://img.global.news.samsung.com/uz_uz/wp-content/uploads/2026/10/Samsung-Mobile-Samsung-Health-Sleep-Coaching_Main1-2.mp4

Uyquni kuzatish funksiyasi foydalanuvchilarga qanday uxlaganini ko‘rsatib bersa, uyqu bo‘yicha murabbiylik uyquga oid shaxsiy maqsad va ma’lumotlarni kundalik odatlarga aylantirish orqali yaxshiroq uxlashga yordam beradi.

Samsung uyquni boshqarishga kirishishni yanada soddalashtirdi. Endi foydalanuvchilar Uyqu bo‘yicha murabbiy dasturini bir oy ichidagi yetti kunlik emas, balki so‘nggi ikki hafta ichidagi atigi uch kunlik ma’lumotlar bilan ham boshlashlari mumkin.

Sozlash jarayonida foydalanuvchilar uyquning muntazamligi, uyqudagi uzilishlar, alkogol va kofein iste’moli hamda uyqudan shaxsiy qoniqish darajasi haqidagi so‘rovnomani to‘ldiradilar. Ushbu so‘rovnoma javoblari va uch kunlik uyqu ma’lumotlari asosida ilova shaxsiylashtirilgan jonivor ko‘rinishidagi Uyqu timsoli belgisini biriktiradi hamda individual maqsadlardan kelib chiqib, to‘rt haftadan sakkiz haftagacha mo‘ljallangan maxsus dasturni tuzib beradi. Foydalanuvchilar dastur bosqichlaridan o‘tgani sari tizim uyqudan kundalik qoniqish darajasi va turmush tarzidagi o‘zgarishlarni kuzatib boradi hamda uyqu rejimining o‘zgarishini aks ettirish uchun haftalik tavsiyalarni dinamik tarzda moslashtiradi.

Uyqu xulq-atvori ilmi tamoyillariga asoslangan mazkur dastur foydalanuvchilarga kundalik nazorat ro‘yxatlarini hamda uyqu bo‘yicha maslahatlarni taqdim etadi – bu esa uxlashdan bir soat oldin ekranlarga qaramaslik, kechki payt kofein iste’mol qilishdan tiyilish va uyg‘ongach ochiq havoda chigil yozish mashqlarini bajarish kabi yanada sog‘lom odatlarni shakllantirishni osonlashtiradi.

Shuningdek, foydalanuvchilarga yanada tushunarli va batafsil tahliliy hisobotlar taqdim etiladi. Beshburchak shaklidagi yangi Uyqu balansi grafigi uyquni baholashning beshta asosiy mezonini – uyqu vaqti, uyqu muntazamligi, tunda uyg‘oq o‘tkazilgan vaqt, uyqudan qoniqish darajasi hamda Energiya ko‘rsatkichi2 natijasini – bir joyga jamlaydi va Uyqu bo‘yicha murabbiy dasturi orqali to‘plangan yoki kiritilgan ma’lumotlar asosida uyqu tendensiyalari hamda e’tibor talab qilishi mumkin bo‘lgan jihatlarni bir qarashdayoq ko‘rish imkonini beradi.

O‘tgan tungi uyquni sarhisob qilib, foydali maslahatlar ulashuvchi tonggi tahliliy xabarlar har kuni haftalik va yakuniy hisobotlar bilan uzviy bog‘lanadi hamda uyqu tendensiyalarining yaxlit manzarasini namoyon etadi. Kundalik harakatlarni ma’lumotlarga asoslangan bunday o‘sish ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirgan holda, Samsung Health foydalanuvchilarga har kungi farovonlikni qo‘llab-quvvatlash uchun barqaror hayot tarzi odatlarini shakllantirishda ko‘maklashadi.

Kengaytirilgan yugurish dasturlari va Strava marshrutlari integratsiyasi

Yugurish sportiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini inobatga olib, yanada dinamik va o‘zaro uzviy bog‘langan mashg‘ulot imkoniyatlarini taqdim etish maqsadida Yugurish murabbiysi3 funksiyasi yangilandi.

Mashg‘ulot bosqichlari 10 tadan 12 ta darajagacha kengaytirildi. Foydalanuvchilar 12 daqiqalik yugurish testi yoki o‘zlarining avvalgi ko‘rsatkichlari asosida shaxsiy mashg‘ulot rejasini olishda davom etadilar, shu bilan birga, yangilanishda o‘rta va yuqori tayyorgarlikka ega yuguruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi darajalar ham joriy etildi. Ushbu maxsus bosqichlar ularga yuqoriroq marralarni belgilash, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish va natijalarini izchil ravishda yaxshilab borish imkonini beradi.

Erishilgan yutuqlarni nishonlash va motivatsiyani saqlab qolish maqsadida Yugurish murabbiysi funksiyasida natijalarni ijtimoiy tarmoqlarda ulashishning takomillashtirilgan imkoniyati taqdim etildi. Yuguruvchilar o‘z mashg‘ulot ma’lumotlarini turli ijtimoiy platformalar uchun mo‘ljallangan va ulashishga tayyor shablonlarga oson eksport qilishlari mumkin – bu esa muhim marralar, shaxsiy rekordlar va marshrutning eng diqqatga sazovor nuqtalarini o‘z fitnes hamjamiyatlari bilan bo‘lishishni ancha qulaylashtiradi.

Samsung global fitnes platformasi hisoblangan Strava4 bilan hamkorlik orqali ekotizimning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashda davom etmoqda. Foydalanuvchilar odatiy va tog‘-dala yo‘llarida yugurish hamda velosport uchun o‘zlari yoqtirgan Strava marshrutlarini bevosita Samsung Health ilovasiga import qilishlari mumkin. Mazkur integratsiya har ikkala platformaning o‘zaro mos ishlashini va foydalanuvchilar uchun qulaylikni ta’minlaydi.

“Samsung Health ilovasining shaxsiylashtirilgan murabbiylik tizimi foydalanuvchilarga o‘z sog‘liq ko‘rsatkichlarini tushunish imkonini berib, kundalik farovonlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi, – dedi Samsung Electronics kompaniyasi Mobile eXperience bo‘linmasining katta vitse-prezidenti va Raqamli salomatlik yo‘nalishi rahbari Xon Pak. – Ishonchli salomatlik platformasini barpo etish uchun Galaxy ekotizimi hamda texnologiyalarimizdan foydalanishda davom etamiz”.

Ushbu takomillashtirilgan funksiyalar oktyabr oyidan boshlab Samsung Health ilovasi yangilanishlari orqali bosqichma-bosqich joriy etib boriladi5.

1. Uyqu bo‘yicha murabbiy dasturi Samsung Health ilovasining v.6.24 yoki undan yuqori versiyalarida mavjud bo‘lib, Android OS 11 yoki undan yuqori tizimda ishlovchi Samsung Galaxy smartfonlariga ulanishi talab etiladi. 7–14 kunlik davr ichida kamida uch kun davomida qayd etilgan uyqu ma’lumotlari bo‘lishi zarur. Galaxy Watch 4 seriyasi va undan keyingi modellar, Samsung Galaxy Fit3 va undan keyingi modellar hamda Samsung Galaxy Ring orqali foydalanish mumkin.

2. Energiya ko‘rsatkichi natijasini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch yoki Samsung Galaxy Ring orqali qayd etilgan salomatlik ma’lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashtirilishi zarur. Natija faqat shaxsiy ma’lumot uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tibbiy maqsadlarda qo‘llanilmaydi.

3. Yugurish murabbiysi funksiyasi Android 10 yoki undan yuqori operatsion tizimda ishlovchi smartfonlarda mavjud bo‘lib, Samsung Health ilovasining v6.30.2 yoki undan yuqori versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi zarur. Samsung akkauntiga kirish talab etiladi. Xizmatdan faqat Galaxy Watch8 seriyasi yoki undan keyingi Galaxy Watch seriyalari orqali foydalanish mumkin.

4. Strava xizmati Belarus, Xitoy, Kuba, Eron, Shimoliy Koreya, Suriya, Rossiya, Ukrainaning ayrim hududlari va Janubiy Koreyadan tashqari butun dunyoda mavjud.

5. Ayrim funksiyalar kelgusidagi dasturiy ta’minot yangilanishlari orqali qo‘llab-quvvatlanishi mumkin bo‘lib, ularning mavjudligi va taqdim etilish muddati bozor, model hamda boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Samsung kundalik salomatlik hamrohlik uchun sun’iy intellektga asoslangan yangi avlod Galaxy Watch funksiyalarini taqdim etmoqda
SEUL, Koreya 2026-yil 4-iyun. Samsung Electronics Co., Ltd. kompaniyasi sotuvga chiqadigan Galaxy Watch soatlarini proaktiv va aqlli salomatlik hamrohiga aylantiruvchi Samsung Health ilovasining yirik yangilanishini eʼlon qildi. 8-iyundan boshlab, Samsung yangi sotuvga kelgan Galaxy Watch qurilmalaridagi asosiy salomatlik funksiyalarini namoyish qilish maqsadida ilova yangilanishini tarqatishni boshlaydi. Ushbu yangilanish1 tungi uyqudan tortib kundalik faollikkacha boʻlgan murakkab biometrik maʼlumotlarni oddiy va amaliy koʻrsatmalarga aylantirish orqali kundalik salomatlikni nazorat qilishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

“Samsung Health ilovasi Galaxy Watch tomonidan oʻlchanadigan salomatlik koʻrsatkichlarini sun’iy intellektga asoslangan tahlillar bilan takomillashtirmoqda. Bu foydalanuvchilarga oʻzlarining jismoniy va ruhiy holatlarini osonroq hamda intuitiv ravishda tushunish imkonini beradi”, – dedi Samsung Electronics kompaniyasining Mobile eXperience (MX) boʻlimi katta vitse-prezidenti va Raqamli salomatlik jamoasi rahbari Hon Pak. – “Samsung Electronics oʻzaro bogʻlangan Galaxy ekotizimi va raqamli salomatlik innovatsiyalariga tayangan holda, proaktiv hamda shaxsiylashtirilgan salomatlikni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etadi”.

Ushbu yangilik foydalanuvchilarga oʻz salomatligini doimo nazoratda ushlashga yordam berish uchun yaratilgan va sun’iy intellektdan maksimal darajada foydalanadigan salomatlik platformasini shakllantirish boʻyicha Samsungning istiqbolli rejalaridagi muhim bosqich hisoblanadi. Yangi eʼlon qilingan salomatlik funksiyalari dastlab tez kunda taqdim etiladigan Galaxy Watch aqlli soatlarida mavjud boʻladi.

Galaxy Watch soatlarini salomatlik bo‘yicha aqlli hamrohga aylantiruvchi funksiyalar

Samsung Health ilovasi yangilanishi quyidagi funksiyalarni oʻz ichiga oladi:

Hayotiy koʻrsatkichlar: tana signallarini yaxshiroq tushunish — Ilgari Samsung Health foydalanuvchilarning kundalik quvvat koʻrsatkichini (Energy Score) aniqlash uchun muayyan salomatlik metrikalarini kuzatib borar edi. Endi Samsung Health buni yangi pogʻonaga olib chiqmoqda. Foydalanuvchilar uygʻonganida, yangi Hayotiy koʻrsatkichlar funksiyasi tungi beshta asosiy biosignalni – yurak urish tezligi, yurak urish tezligining oʻzgaruvchanligi, nafas olish tezligi, teri harorati va qondagi kislorod miqdorini ularning haqiqiy tinch holatdagi bazaviy koʻrsatkichlariga nisbatan tahlil qiladi. U faqatgina ahamiyatli oʻzgarishlar aniqlangandagina xabarnoma yuboradi. Bu esa foydalanuvchilarni ortiqcha ogohlantirishlar bilan charchatmagan holda, qachon koʻproq dam olishlari kerakligini yoki biror kasallik bilan kurashayotganini anglashga yordam beradi.

Yurak salomatligi bahosi: takomillashgan uzoq muddatli farovonlik.  Oʻtgan yili Samsung foydalanuvchilarga qon tomirlardagi bosimni kuzatish hamda salomatlikka nisbatan kengroq yondashuvni shakllantirishga yordam berish maqsadida Qon tomir bosimi funksiyasini taqdim etgan edi. Bugungi kunga kelib, bu gʻoya Yurak salomatligi bahosi funksiyasiga aylanmoqda. Ushbu yagona kundalik oʻlchov avval qon tomir yuklamasida uyqu, stress va faollikka qarashli maʼlumotlarni jamlaydi hamda ularni tana tuzilishi ko’rsatkichlari bilan birlashtiradi. Natijada, foydalanuvchilarning uzoq muddatli farovonligiga taʼsir qiluvchi odatlarni aniq ko’rsatuvchi baho yuzaga keladi, bu esa ularga yurak salomatligi haqida darhol tushuncha beradi.

Kundalik kardio yuklama: aqlliroq kardiovaskulyar mashgʻulotlar. Foydalanuvchilar aerobik mashqlar paytida qanchalik kuch sarflashi kerakligini hal qilayotganida, Kundalik kardio yuklama funksiyasi toʻplangan kardiovaskulyar zoʻriqishni oʻlchab beradi. Kundalik yuklama va maksimal mashgʻulot bajarish qobiliyatini hisoblab chiqish orqali, ortiqcha toliqish yoki jarohat olish xavfisiz maqsadlarga erishishini taʼminlash uchun maqbul mashgʻulot yoʻriqnomalari va dam olish vaqtlarini tavsiya qiladi.

Jismoniy tayyorgarlik indeksi: rivojni uzluksiz kuzatish. Fitnes indeksi mashq jarayonlarining samaradorligini taʼminlash maqsadida yurak urish tezligi, VO2 max (aerobik fitnesning asosiy oʻlchovi) va kundalik harakatlar kabi koʻrsatkichlarni foydalanuvchining tengdoshlari natijalari bilan solishtirish orqali tahlil qiladi. Shaxsiy jismoniy kuch va zaifliklarni aniq koʻrsatish orqali u moslashtirilgan kontent va shaxsiy maqsadlarni taqdim etadi. Shu tarzda foydalanuvchilar doimiy va maqsadli mashg‘ulotlarni olib borishadi.

Soddalashtirilgan va shaxsiy imkoniyatlarni taqdim etuvchi yangi Samsung Health dizayni

Ushbu faol ma’lumotlarni topishni osonlashtirish uchun Samsung Health beshta asosiy ustunga bo‘lingan soddalashtirilgan maketni taqdim etadi: Uyqu, Faollik, Ovqatlanish, Onglilik va Hayotiy omillar. Endi foydalanuvchilar bosh ekranda AI imkoniyatli Energiya balli bilan birga kundalik salomatlik maslahatlariga oson kirishlari mumkin. Ushbu markazlashgan ko‘rinish sog‘liqni saqlashni boshqarishdan taxminlarni olib tashlaydi va foydalanuvchilarga kundalik hayotning turli jihatlari bir qarashda qanday o‘zaro bog‘liqligini tezda tushunish imkonini beradi.

Faol salomatlik uchun yangilangan imkoniyatlar

Bundan tashqari, Samsung Health ilovasida foydalanuvchilar muntazam ishlatadigan asosiy funksiyalar sezilarli darajada takomillashib, yanada aniqroq va chuqurroq shaxsiylashtirish imkoniyatlari taqdim etilmoqda.

Foydalanuvchilar kunni faol harakat bilan oʻtkazgani sayin, Antioksidant indeksi ularning oziqlanish ratsioni boʻyicha yanada aniqroq yoʻriqnomalarni taqdim etadi.

Yangi tendensiyalar jadvallari va kundalik tarix qaydlari yordamida u foydalanuvchilarning ovqat tanlovlarini vaqt oʻtishi bilan ro‘y beradigan jismoniy reaksiyalarga vizual tarzda bogʻlaydi. Ichki jarayonlarda esa AGEs indeksi fon rejimida tinch ishlaydigan holatga keltirilgan boʻlib, foydalanuvchining turmush tarzidagi tanlovlari natijalari uning tanasida qanday toʻplanib borishining uzoq muddatli manzarasini yaratish maqsadida tungi avtomatik oʻlchovlarni yozib boradi. Bu foydalanuvchilarga umumiy farovonlik uchun haqiqatan ham muhim boʻlgan salomatlik maʼlumotlarini kashf etishga yordam beradi.

Keng qamrovli salomatlik tashqi muhitni ham oʻz ichiga oladi va shu sababli Samsung butunlay Galaxy ekotizimiga uzluksiz integratsiya qilinuvchi yangi Eshitish salomatligi funksiyasini taklif etadi. Galaxy Watch orqali atrofdagi shovqin darajasini kuzatib borish yordamida u foydalanuvchining quloqlarini himoya qilishga yo’naltirilgan tahlillarni taqdim etadi. Bu funksiya foydalanuvchi shovqinli transportda boʻladimi yoki mashgʻulot paytida musiqa ovozini baland qiladimi, har qanday holatda barqaror ishlaydi.

Umuman olganda, ushbu ilgʻor takomillashuvlar va ekotizimga bogʻlangan yangi funksiyalar kundalik maʼlumotlarni oddiy va amaliy koʻrsatmalarga aylantirib, Samsung Health ilovasi kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Uzluksiz bogʻlangan salomatlik ekotizimi

Samsungning keng qamrovli ekotizimi foydalanuvchilarning Galaxy smartfonlari va oʻzaro ulangan qurilmalari orqali salomatlikni uzluksiz nazorat qilish imkonini yaratib, ushbu yangi funksiyalarning haqiqiy kuchini ochib beradi. Ushbu qulay integratsiya shaxsiylashtirilgan maʼlumotlarni istalgan paytda koʻrish imkonini berib, foydalanuvchi farovonligining yagona kompleks koʻrsatkichini taqdim etadi. Ushbu yutuqlar Samsung Health ilovasi kelajagiga bir nazar xolos. Bu kelajak esa proaktiv intellektni yanada jonlantirish uchun ishlab chiqilgan Samsungning yangi avlod Galaxy Watch aqlli soatlari sotuvga chiqishi bilan toʻliq roʻyobga chiqadi.

1   Ushbu salomatlik funksiyalari faqat umumiy farovonlikni nazorat qilishga moʻljallangan boʻlib, hech qanday tibbiy holatni tashxislash, davolash yoki oldini olish uchun xizmat qilmaydi. Agar sogʻligʻingiz yuzasidan xavotirga tushsangiz, tibbiy maslahat uchun shifokor bilan maslahatlashing. Funksiyalar Android 10 yoki undan yuqori operatsion tizimga ega smartfonlar hamda Samsung Health ilovasini (v7.0 yoki undan yuqori) o‘rnatishni talab qiladi. Bundan tashqari, Samsung akkauntiga kirish shart. Baʼzi funksiyalar shaxsiylashtirilgan natijalarni taqdim etishi uchun foydalanuvchi faolligi va maʼlum bir vaqt davomida to‘plangan maʼlumotlar talab qilinishi mumkin. Funksiyalarning mavjudligi, qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar va ishga tushirish sanasi bozor, model hamda boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.