SmartThings Oilaviy g’amxo’rlik – Samsung Newsroom O'zbekiston

Samsung platforma yangilanishida yanada intuitiv foydalanish tajribasi uchun SmartThings Now funksiyasini taqdim etmoqda
Samsung Electronics kompaniyasi bugun butun dunyo bo‘ylab ro‘yxatdan o‘tgan 470 million foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatuvchi hamda Works with SmartThings sertifikatiga ega 430 dan ortiq brendni o‘zida mujassam etgan global aqlli turmush platformasi – SmartThings tizimining eng so‘nggi yangilanishini e’lon qildi. Mazkur yangilanish doirasida Asosiy bo‘limning yuqori qismiga SmartThings Now funksiyasi qo‘shildi, bosh sahifa interfeysi takomillashtirildi va mahalliy boshqaruv imkoniyatlari kengaytirildi – bularning barchasi foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotlarni osonroq olish, zarur amallarni tezroq bajarish hamda ulangan qurilmalarni yanada ishonchli boshqarish imkonini beradi.

“Ushbu yangilanish SmartThings foydalanuvchilar kerakli funksiyalarni o‘zlari qidirib topadigan va ishga tushiradigan odatiy boshqaruv usulidan yanada yuqori bosqichga o‘tish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlari samarasidir, – dedi Samsung Electronics kompaniyasining Sun’iy intellekt platformasi markazi ijrochi vitse-prezidenti va SmartThings jamoasi rahbari Jeyon Jong. – Dolzarb ma’lumotlar va boshqaruv vositalarini ayni vaqtida taqdim etish orqali SmartThings aqlli uy imkoniyatlari chegarasini kengaytirmoqda hamda foydalanuvchilarga kundalik hayotini yanada tabiiy va oson yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda”.

https://img.global.news.samsung.com/uz_uz/wp-content/uploads/2026/10/Samsung-Corporate-SmartThings-Now-New-Platform-Update_Main1.mp4

SmartThings Now yetakchiligidagi yangilangan Asosiy bo‘lim

SmartThings Now funksiyasi Asosiy bo‘limning yuqori qismida kartochkalar ko‘rinishida namoyon bo‘lib, Uy tahlili funksiyasi imkoniyatlariga tayangan holda dolzarb ma’lumotlarni tezkor amallar bilan uyg‘unlashtiradi va har bir foydalanuvchiga yanada moslashuvchan yondashuvni taklif etadi. Tizim foydalanuvchining joriy vaziyatidan kelib chiqib, ayni paytda zarur ko‘rsatkichlarni hamda bir zumda ishga tushirish mumkin bo‘lgan boshqaruv tugmalarini tavsiya qiladi – natijada ilovadan foydalanish ancha oson va tushunarli bo‘ladi.

Agar Oilaviy g‘amxo‘rlik xizmatiga ulangan yaqin inson (masalan, keksa ota-ona) uzoq vaqt davomida uydagi qurilmalardan foydalanmasa, SmartThings Now mas’ul shaxsning smartfoniga hol-ahvol so‘rash yoki qo‘ng‘iroq qilish tugmalari mavjud maxsus bildirishnoma kartochkasini chiqaradi. Foydalanuvchi SmartThings ilovasida belgilab qo‘yilgan uy manziliga yaqinlashganda esa, SmartThings Now chiroqlarni va havo tozalagichlarni oldindan yoqishni taklif qiladi. Foydalanuvchi ushbu amalni bajargach, tizim keyinchalik ayni shu jarayon avtomatik tarzda amalga oshishi uchun maxsus tartib yaratishni tavsiya etadi. Bularning barchasi insonning tanlovi va vaziyatiga qarab uni keyingi mantiqiy qadamga tabiiy ravishda yo‘naltirishga, kerakli funksiyalarni osonroq topib, ulardan qulay foydalanishga xizmat qiladi.

Shuningdek, SmartThings Now ilovadan foydalanish odatlariga qarab interfeysni shaxsiy ehtiyojlarga mos ravishda optimallashtiradi. U o‘tgan haftadagi faollikni tahlil qilib, Asosiy bo‘limning Saralanganlar ro‘yxatidagi qurilmalar, xizmatlar va avtomatik tartiblarni yangilash bo‘yicha takliflar beradi. Masalan, kunlar salqinlashib, konditsioner kamroq yoqiladigan mavsumda uning kartochkasini olib tashlashni yoki fasllar almashinuvi davrida kiyim parvarishlash shkafidan foydalanish ko‘payganda AirDresser kartochkasini qo‘shishni tavsiya qilishi mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchilar SmartThings Now ichidagi Tartiblar tahlili kartochkasi1 yordamida avtomatik jarayonlarni ham boshqarishlari mumkin: buning uchun o‘tgan haftadagi faollik bo‘yicha batafsil ma’lumotlar oynasiga o‘tib, endi zarurati qolmagan tartiblarni ko‘zdan kechirish va o‘chirib tashlash kifoya.

Yangilangan Asosiy bo‘lim boshqaruv panellari, qurilma va xizmat kartochkalarini o‘z ichiga olgan holda, muhim ma’lumotlarni yanada tizimli va tartibli ko‘rinishga keltiradi – bunda har bir turdagi element ko‘zdan kechirish uchun eng qulay formatda namoyon bo‘ladi2.

Mazkur xizmat elementlari ekranda kamroq joy egallaydigan ixcham dizaynga ega bo‘lib, bitta oynada ko‘proq servislarni yaqqol ko‘rsatish hamda qurilma holati va raqamli ko‘rsatkichlar kabi ma’lumotlarni aniq taqdim etish imkonini beradi. Qolaversa, kun davomida tabiiy tarzda o‘zgarib boruvchi Jonli fon rasmi interfeysga o‘zgacha dinamik chiroy bag‘ishlaydi.

Yangilanish doirasida eng ko‘p ishlatiladigan funksiyalarni ekranning quyi qismida – barmoq yetishi oson joyda jamlovchi Suzuvchi panel ham taqdim etildi va u eng so‘nggi One UI dizayn yo‘nalishini o‘zida mujassam etib, katta ekranli smartfonlarni bir qo‘lda boshqarishni ancha osonlashtiradi.

Takomillashtirilgan mahalliy boshqaruv oflayn rejimda ham qurilmalarning tezkor ishlashini ta’minlaydi

Endi SmartThings uy tarmog‘i sozlamalarida o‘zgarishlar yuz berganda yoki tashqi internet aloqasida uzilishlar kuzatilganda ham ulangan qurilmalarni yanada ishonchli boshqarishda davom etish imkonini beruvchi mahalliy boshqaruv texnologiyasi taqdim etilmoqda3.

Mobil qurilma va SmartThings boshqaruv markazi bitta Wi-Fi tarmog‘iga ulangan bo‘lsa, mobil qurilma boshqaruv buyruqlarini bulutli server orqali yo‘naltirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri markazning o‘ziga uzatadi. Bulutli boshqaruv bilan solishtirganda, mahalliy boshqaruv javob qaytarish vaqtini taxminan 30% ga qisqartirishi mumkin. Bu esa tarmoqda vaqtinchalik beqarorliklar yuzaga kelganda ham ulangan qurilmalarni uzluksiz boshqarishga yordam beradi4.

SmartThings foydalanuvchining mobil qurilmasi uyda yoki uydan tashqarida ekanligiga qarab, mahalliy hamda bulutli masofaviy boshqaruv rejimlari o‘rtasida avtomatik ravishda almashadi. Takomillashtirilgan Oflayn qurilmalar diagnostikasi sahifasi esa ro‘yxatga olingan barcha qurilmalarga yangi tarmoq ma’lumotlarini birvarakayiga kiritish orqali aloqadan uzilib qolgan jihozlarni tezda ishchi holatga qaytarishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, Samsung tizim barqarorligini va Guruhli boshqaruv funksiyasi samaradorligini oshirish maqsadida Connectivity Standards Alliance tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan eng so‘nggi aqlli uy ulanish standarti – Matter 1.6 qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ham qo‘shdi. Bundan tashqari, yangilanish doirasida yana to‘rtta yangi toifadagi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yildi:

Elektr quvvati sarfini real vaqt rejimida kuzatuvchi energiya hisoblagichlari;

Maxsus turdagi eshik va darvozalar uchun yopish mexanizmlari;

Suv purkagich tizimlari kabi sug‘orish uskunalari;

Yer holatini o‘lchaydigan tuproq datchiklari.

1. Tartiblar tahlili funksiyasiga SmartThings ilovasidagi SmartThings Now hamda Avtomatlashtirish > Tavsiyalar bo‘limi orqali kirish mumkin.

2. Yangilangan Asosiy bo‘lim imkoniyatlari, jumladan, SmartThings Now funksiyasi SmartThings tizimini qo‘llab-quvvatlovchi mobil qurilmalarda, Samsung Smart TV televizorlarida, Family Hub sovutgichlarida, 7 yoki 9 dyuymli ekranga ega Samsung maishiy texnikalarida hamda Windows kompyuterlarida mavjud.

3. Mahalliy boshqaruv funksiyasi SmartThings ilovasi o‘rnatilgan Android va iOS qurilmalarida mavjud bo‘lib, SmartThings Station, SmartThings V2, V3 va V4 boshqaruv markazlari, shuningdek, markaz funksiyasiga ega Samsung Smart TV televizorlari hamda Family Hub sovutgichlari uchun amal qiladi.

4. Samsung tomonidan nazorat ostidagi sharoitlarda o‘tkazilgan sinov natijalariga asoslangan. Haqiqiy samaradorlik foydalanish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.