TEZ ta’mirlash dasturi – Samsung Newsroom O'zbekiston

Ishonchli xarid, xotirjam foydalanish: nega rasmiy Samsung maishiy texnikasini tanlash muhim?
Maishiy texnika odatda uzoq yillar foydalanish uchun xarid qilinadi. Shu bois muzlatkich yoki kir yuvish mashinasini tanlashda narxi va imkoniyatlaridan tashqari, kafolat va servis shartlariga ham e’tibor berish muhim.

Samsung O‘zbekistonda rasmiy savdo kanallari orqali sotiladigan maishiy texnika uchun kafolat va servis xizmatlarini taklif etadi. Rasmiy mahsulotni tanlashning to‘rtta asosiy afzalligi bilan ushbu maqolada tanishing.*

1. Bir yillik rasmiy kafolat va ikki yilgacha bepul servis xizmati

Samsung’ning O‘zbekistonda rasmiy sotiladigan ko‘plab maishiy texnika turlari uchun bir yillik kafolat amal qiladi. Ayrim toifalar, jumladan, sovutgichlar va kir yuvish mashinalari uchun ikki yilgacha bepul servis xizmati ham ko‘zda tutilgan.1

Kafolat muddati davomida ishlab chiqarish bilan bog‘liq nuqson aniqlansa, qurilma kafolat shartlariga muvofiq bepul ta’mirlanadi. Bu xaridorga kutilmagan nosozlik yuz berganida rasmiy yordamga tayanish imkonini beradi.

Ayrim modellarda inverter motori yoki kompressor kabi qismlar uchun uzoq muddatli qo‘shimcha kafolat majburiyatlari ham nazarda tutilgan.2

Batafsil shartlar – Samsung’ning kafolat haqidagi rasmiy sahifasida.

2. Asl Belgisi – mahsulotni xariddan oldin tekshirish

Maishiy texnika xarid qilayotganda uning kelib chiqishi va qonuniy muomalaga chiqarilganini tekshirish ham muhim. Bunda Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi yordam beradi.

Mahsulot qadog‘idagi Data Matrix kodini Asl Belgisi mobil ilovasi orqali skanerlash kifoya. Ilovada markirovkaga oid ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bu xaridorga mahsulotni tekshirish va noqonuniy muomaladagi tovarni sotib olish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Samsung’ning O‘zbekistondagi rasmiy kafolati va servis xizmatidan foydalanish uchun texnikani kompaniyaning rasmiy savdo hamkorlaridan xarid qilish tavsiya etiladi.3

3. Original ehtiyot qismlar va professional servis

Samsung’ning O‘zbekistondagi avtorizatsiyalangan servis markazlarida texnika diagnostikasi va ta’miri malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Original Samsung ehtiyot qismlaridan foydalanish qurilmaning texnik xususiyatlarini saqlashga yordam beradi.

Servis markazlariga kafolat muddati tugaganidan keyin ham murojaat qilish mumkin. Chet eldan xarid qilingan qurilmalarga ham diagnostikadan so‘ng, ta’mirlash imkoniyati va zarur ehtiyot qismlar mavjud bo‘lsa, pullik xizmat ko‘rsatilishi mumkin.

O‘zingizga yaqin markazni Samsung servis markazlari sahifasidan topishingiz mumkin.

4. TEZ – maishiy texnika uchun tezkor ta’mirlash dasturi

Muzlatkich yoki kir yuvish mashinasi ishlamay qolsa, kundalik yumushlar qiyinlashadi. Bunday vaziyatda ta’mirlash tezligi ham muhim.

TEZ – Samsung texnikasi uchun tezkor ta’mirlash dasturi. U O‘zbekistonning 14 ta shahrida amal qiladi va dastur shartlariga mos keladigan sovutgich hamda kir yuvish mashinalarini ustuvor tartibda ta’mirlashni nazarda tutadi.

Dastur doirasida murojaatlar tezkor ko‘rib chiqiladi, original ehtiyot qismlar ishlatiladi va joyida ta’mirlash mumkin bo‘lsa, mutaxassis mijoz manziliga keladi. Mijoz ta’mirlash jarayoni haqida xabardor qilib boriladi.

Samsung rasmiy saytida Toshkent, Chirchiq va Olmaliqda ta’mirlash uchun taxminan ikki kun, qolgan 11 ta shaharda esa taxminan uch kun ko‘rsatilgan. Muddatlar dastur shartlari va nosozlik turiga bog‘liq.4

Samsung maishiy texnikasi rasmiyligini qanday tanlash mumkin?

Xarid vaqtida quyidagi uch jihatni tekshiring:

Rasmiy sotuvchini tanlang. Texnikani Samsung’ning rasmiy savdo hamkorlaridan xarid qiling.

Asl Belgisi kodini tekshiring. Mahsulotdagi Data Matrix kodini mobil ilova orqali skanerlang.

Kafolat hujjatlarini tekshiring. Kafolat shartlari bilan tanishing va xaridni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlang.

Rasmiy Samsung maishiy texnikasini tanlang – xarid paytida ham, undan keyin ham xotirjam bo‘ling.

* Ma’lumotlarning dolzarbligi. Kafolat shartlari, ta’mirlash muddatlari va servis dasturlari haqidagi ma’lumotlar maqola nashr etilgan sanadagi holatga tegishli. Amaldagi shartlar uchun Samsung rasmiy saytiga yoki avtorizatsiyalangan servis markazlariga murojaat qiling.

1. Kafolat va servis xizmati. Kafolat va bepul servis xizmatining muddati hamda shartlari mahsulot turi va modeliga qarab farqlanadi. Ikki yillik bepul servis barcha qurilmalarga tatbiq etilmaydi.

2. Qo‘shimcha kafolat majburiyatlari. Ayrim inverter motorlari va kompressorlar uchun qo‘shimcha majburiyatlar butun qurilmaga emas, faqat tegishli qismlarga tatbiq etiladi. Muddat va shartlar model hamda sotilgan sanaga bog‘liq.

3. Asl Belgisi. Asl Belgisi markirovkasining mavjudligi mahsulot aynan Samsung’ning rasmiy savdo kanallari orqali sotilayotganini anglatmaydi.

4. TEZ dasturi. Dastur O‘zbekistonning 14 ta shahrida, shartlarga mos keladigan sovutgichlar va kir yuvish mashinalarining belgilangan nosozliklari uchun amal qiladi. Ta’mirlash muddati hudud va holatga qarab farq qilishi mumkin.