Knox Matrix – Samsung Newsroom O'zbekiston

Samsung’ning AI bilan quvvatlangan maishiy texnikalari Knox Matrix bilan yanada xavfsizlashmoqda
Samsung Electronics xavfsizlikka oid qoʻshimcha yechimlar bilan bir qatorda oʻzining AI maishiy texnikalarini tahdidlardan himoya qiluvchi xususiy xavfsizlik platformasi — Samsung Knox bilan muhofazani yangi darajaga olib chiqmoqda. Kompaniya nafaqat individual mahsulotlar, balki oʻzaro bogʻlangan qurilmalar xavfsizligini kuchaytirish, AI maishiy texnika vositalaridan foydalanishda foydalanuvchilarga xotirjamlik taʼminlashini maqsad qilgan.

Samsung Developer Conference 2024 (SDC24)da Samsung Knox Matrix‘ni mobil qurilmalar va televizorlardan maishiy texnikagacha kengaytirish rejalarini eʼlon qildi. Knox Matrix oʻzaro bogʻlangan qurilmalar uchun integratsiyalashgan himoyani taʼminlaydi, bu ularga xavfsizlik tahdidlarini oʻzaro nazorat qilish va foydalanuvchilarni tahdidlarning oldini olish choralari haqida xabardor qilish imkonini beradi.

▲ Samsung Electronics kompaniyasining rais oʻrinbosari, bosh direktori va Device eXperience (DX) boʻlinmasi rahbari Jong-Hee Han SDC24 maʼruzasini taqdim etadi

Bundan tashqari, Samsung kelasi yili oʻz maishiy texnikalariga mobil biometrik autentifikatsiyani joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu esa ID va parollarni kiritish zaruriyatini yoʻqotib, login maʼlumotlari oshkor boʻlishining oldini oladi.

Xavfsizlik tahdidlarini aniqlash va foydalanuvchilarni bundan xabardor qilish

Barcha Samsung aqlli uy jihozlari[1] foydalanuvchilarning maʼlumotlarini tashqi tahdidlardan, jumladan, zararli dasturlardan himoya qiluvchi yaxlit va koʻp qatlamli xavfsizlik platformasi boʻlgan Samsung Knox tomonidan himoyalangan. Shu bilan cheklanmagan holda, Samsung oʻzaro bogʻlangan qurilmalar uchun xavfsiz muhit yaratishga kirishdi, chunki qurilmalar oʻrtasidagi zich ulanuvchanlik AI maishiy texnikasi davrida foydalanuvchi imkoniyatlarini yanada qulaylashtiradi va maʼlumotlar oshkor boʻlishidan himoya qiladi.

Knox Matrix — bu xususiy blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda oʻzaro bogʻlangan qurilmalar va tarmoqlarni har tomonlama himoya qiluvchi xavfsizlik yechimidir. Tizim Trust Chain, Cross Platform va Credential Sync’dan iborat.

▲ Knox Matrix uchta asosiy texnik elementdan iborat

Blokcheyn texnologiyasiga asoslanib, Trust Chain oʻzaro bogʻlangan qurilmalarga xavfsizlik tahdidlarini oʻzaro kuzatish imkonini beradi va agar xavfsizlik holati bilan bogʻliq muammo yuz bersa, foydalanuvchilarga tahdidni bartaraf qilish choralari haqida xabar beriladi. Cross Platform oʻzaro bogʻlangan qurilmalar turli operatsion tizimlar (OS) va platformalarda ishlayotgan boʻlsa ham, barqaror xavfsizlik standartlari qoʻllanishini taʼminlaydi. Credential Sync qurilmalar oʻrtasida almashiladigan maʼlumotlarni shifrlaydi va xavfsizlikni taʼminlash uchun akkaunt va parol maʼlumotlarini sinxronlashtiradi.

Ilk marta 2024-yilda AI Family Hub bilan jihozlangan 4 ta eshikli Bespoke 2024 sovitkichida taqdim etilgan Credential Sync serverdagi qurilmalar oʻrtasida maʼlumotlarni almashish uchun raqamli shifrlash (E2EE) texnologiyasidan foydalangan edi. Maʼlumot oʻzaro bogʻlangan qurilmalar oʻrtasida xavfsiz almashinadi va yangi mahsulot sotib olinganda mavjud foydalanuvchi maʼlumotlari unda tiklanishi mumkin.

Samsung kelgusi yildan boshlab Knox Matrix’ning Trust Chain, Cross Platform va Credential Sync funksiyalarini AI Family Hub sovitkichi kabi yirik mahsulotlarga kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Biometrik autentifikatsiyani joriy etish

SDC24 koʻrgazmasida Samsung Passkey kelgusi yilda AI Family Hub sovitkichiga hamda 7 dyuymli AI Home LCD ekrani bilan jihozlangan maishiy texnikalarga taqdim etilishini ham eʼlon qildi. Credential Sync funksiyasining bir qismi boʻlgan Passkey funksiyasi raqamli akkaunt maʼlumotlari boʻlib, foydalanuvchilarga oʻz smartfonlaridagi barmoq izlari kabi biometrik maʼlumotlardan foydalangan holda maishiy texnika ilovalari va veb-saytlarga[2] kirish imkonini beradi.

Ilovalar va veb-xizmatlardan foydalanish kengayib borgani sayin parollarni oʻgʻirlatib qoʻyish xavfi ortib bormoqda. Passkey bu muammoni bartaraf etadi va har bir login uchun parollarni eslab qolish zaruratini yoʻq qiladi.

Bundan tashqari, Samsung apparatga asoslangan xavfsizlikni yanada yaxshilash uchun keyingi yildan boshlab oʻzining sunʼiy intellektga asoslangan maishiy texnikalarida Knox Vault dasturini qoʻllashni rejalashtirmoqda. Knox Vault bilan jihozlangan Samsung maishiy texnikasi parollar va biometrik maʼlumotlar kabi maxfiy maʼlumotlarni alohida xavfsizlik apparati chipida saqlaydi. Bu esa maxfiy maʼlumotlarni operatsion tizimga asoslangan xavfsizlikning buzilishi yoki jismoniy buzib kirishdan himoya qiladi.

Yuqori mavqeli tashkilotlar tomonidan xavfsizlik tizimining tan olinishini kengaytirish

Samsung vakolatli tashkilotlar tomonidan xavfsizlik tizimini tasdiqlashni kengaytirish orqali sunʼiy intellekt maishiy texnikalarining ishonchliligini oshirishga intiladi. Fevral oyida AI Family Hub+ ga ega Bespoke 4 ta eshikli Flex sovitkichi UL Solutions – yetakchi sertifikatlash tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan IoT xavfsizlik reytingida eng yuqori reyting hisoblangan olmos darajasini olgan, jahon maishiy texnika sanoatida ilk shunday jihozga aylandi. Endi beshta mahsulot, jumladan, Bespoke AI Laundry Combo va Bespoke Jet Bot Combo AI bir xil reytingga erishdi va sanoat rekordini oʻrnatdi.[3]

▲ Bespoke AI Laundry Combo UL Solutions tomonidan olmos darajali xavfsizlik reytingini oldi

UL Solutions IoT xavfsizlik reytingi xakerlik hujum xatarlari va aqlli uy jihozlarining xavfsizlik imkoniyatlarini sinchkovlik bilan tekshirishga asoslangan besh darajali reyting tizimidan foydalanadi. Olmos reytingi zararli dasturlarni aniqlash, maʼlumotga noqonuniy kirishga urinishlarning oldini olish va foydalanuvchi maʼlumotlarini anonimlashtirish kabi jiddiy baholashlardan oʻtishni talab qiladi. Samsung olmos sertifikatini oʻzining sunʼiy intellekt asosidagi maishiy texnikalariga kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Shu oʻrinda Samsung AI maishiy texnika xavfsizligini tekshirish uchun har chorak yilda kamida bir marta ichki kiberhujum simulyatsiyalarini oʻtkazadi. Kompaniyaning dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilari zaifliklarni aniqlash va har qanday xavfsizlik kamchiliklarini bartaraf etish uchun yangilanishlarni yaratish jarayonida mahsulot va xizmatlar ustida ushbu xakerlik sinovlarini oʻtkazadi.

“AI maishiy texnikalarining oʻzaro bogʻlangan ekotizimi kengayishi bilan xavfsizlikning ahamiyati tobora ortib bormoqda”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining dasturiy taʼminot ishlab chiqish boʻlimi va raqamli jihozlar biznesi rahbari Miyoung Yoo. “Samsung xavfsizlik yechimlarini ishlab chiqishda davom etadi va Samsung ekotizimida foydalanuvchilar AI maishiy texnika va xizmatlardan xotirjam foydalanishlarini taʼminlash uchun yangi sertifikatlarga erishadi”.

[1] Samsung Knox 2018- va undan keyingi yillarda ishlab chiqarilgan muayyan jihozlar uchun qoʻllanadi.

[2] Xalqaro Fast Identity Online (FIDO) standartini qoʻllab-quvvatlaydigan veb-saytlarda mavjud.

[3] 2024-yil avgust holatiga koʻra.

Knox kundaligi: Xavfsizlikning maxfiy soʻzlarsiz kelajagi
Qurilmalarimiz tufayli eng yuqori ish samaradorligiga erisha oldik. Smartfonlardan tortib aqlli uylargacha bizning hayot tarzimiz endi aql bovar qilmaydigan darajada oʻzaro bogʻlangan. Ammo bu ulanuvchanlik oʻsib borishi sari qurilma va maʼlumotlar xavfsizligi bilan bogʻliq tashvishlar ham ortib boradi.

Oʻzaro bogʻlangan ekotizimdan foydalanayotganingizda Samsung oʻzining Knox Vault, maxfiy kalitlar va Knox Matrix xavfsizlik tizimlari orqali sizni va raqamli hayotingizni himoya qilib, xotirjamlikni taʼminlashni ustuvor vazifaga aylantirgan.

Knox Vault

Biz doimiy ravishda dasturiy va apparat innovatsiyalari orqali mahsulotlarimizga qoʻshimcha xavfsizlik qatlamlarini qoʻshish yoʻllarini oʻrganib chiqamiz. Bunga misol qilib PIN-kodlar, maxfiy soʻzlar va biometrik maʼlumotlar kabi eng nozik maʼlumotlaringizni qurilmangizning qolgan barcha qismidan himoya qilish va maʼlumotlaringizga boshqa hech kim jismoniy yoki masofadan kira olmasligini taʼminlash uchun xavfsiz protsessorni xavfsiz xotira bilan birlashtirgan, apparat bilan taʼminlangan Knox Vault misol boʻla oladi.

Ammo biz faqat shu bilan toʻxtab qolmaymiz. Hozirda koʻpchilik bir nechta qurilmalardan foydalanayotgani bois biz Knox Vault’ni koʻproq qurilmalarga kengaytirmoqdamiz[1] va eng xavfsiz mobil qulaylikni kengroq auditoriyaga taqdim etmoqdamiz. Bizning texnologiyalarimiz doimo rivojlanib borishiga shubha yoʻq va sizni va shaxsiy maʼlumotlaringizni xavfsiz saqlashni birinchi oʻringa qoʻyishda davom etishimizga ishonsangiz boʻladi.

Maxfiy kalitlar

Qurilmamiz ekotizimlari oʻsishda davom etar ekan, biz hammamiz koʻpincha uzun, murakkab va unutish oson boʻlgan maxfiy soʻzlar bilan ilovalar va veb-saytlardan roʻyxatdan oʻtish kabi noqulaylikni boshdan kechirdik. Ammo, tasavvur qiling, endi bunaqa boʻlmasa va login maʼlumotlarini bir nechta qurilmalarda xavfsiz almashish mumkin boʻlsa-chi?

Knox Matrix tomonidan Galaxy smartfonlari va planshetlari bilan ochilgan veb-saytlar va ilovalarda autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan raqamli login maʼlumotlari — bizning maxfiy kalitlar haqidagi tasavvurimizdir.[2] Maxfiy kalitlar foydalanuvchilarga Samsung Wallet’ning Samsung Pass funksiyasi yordamida Galaxy qurilmalaridagi ilovalar va veb-saytlarga kirish imkonini beradi.[3] Bu xavfsiz va sodda funksiya foydalanuvchilarga barmoq izlari kabi biometrik autentifikatsiya yordamida tizimga kirishni osonlashtiradi va joriy maxfiy soʻzlarni eslab qolish yoki unutilganlarni qayta tiklash zaruratini yoʻq qiladi. Xavfsizlikka putur yetkazmaydigan qulaylik — maxfiy soʻzlarsiz kelajak sari muhim qadamdir.

Maxfiy kalitlar bilan qurilmangiz yanada tezkor, boshqarish oson va xavfsiz bo‘ladi. Vaqtni tejaysiz, zero qurilmangizga login maʼlumotlarini endi kiritib oʻtirish shart emas. Shunchaki qaysi tizimga kirmoqchi boʻlsangiz, oʻsha tizim uchun saqlangan maxfiy kalitni tanlasangiz kifoya. Maxfiy kalitlar roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yangi ulangan qurilmada ularni sinxronlash oson va qaytadan login qilishga hojat yoʻqoladi. Maxfiy kalitlar faqat foydalanuvchilarning roʻyxatdan oʻtgan veb-saytlari va ilovalarida ishlaydi, bu esa zararli saytlar yoki ilovalarning fishing hujumlaridan himoya qiladi.

Knox matrix

Giperbogʻlangan dunyo uchun identifikatorlar va login maʼlumotlarini himoya qilishning yangi usullarini taqdim etuvchi maxfiy kalitlar Knox Matrix‘ning asosiy komponenti boʻlgan Credential Sync’ning bir qismidir. Biz telefonlarimizdan tortib televizorlar va hatto sovitkichlargacha oʻzaro ulangan qurilmalar bilan oʻralgan dunyoda yashayapmiz. Ushbu ulanuvchanlik qiziqarli yangi imkoniyatlarni taqdim etsa-da, ulardab foydalanish xavfini oshiradi. Yagona qurilmalarni himoya qiluvchi anʼanaviy xavfsizlik usullari bilan bitta buzilgan qurilma bir xil ekotizimdagi boshqa qurilmalarga salbiy taʼsir koʻrsatsa, bu usul endilikda yaroqsizga chiqadi. Oʻz navbatda bu boshqa himoya qatlamiga ehtiyoj tugʻdiradi.

Shuning uchun biz Knox Matrix’ni yaratdik, bu bizning keyingi avlod xavfsizlik tizimimiz va xavfsizlik kelajagiga qarashlarimizdir. Ushbu xavfsizlik tizimi keng qamrovli yondashuv boʻlib, hayotimizga yanada koʻplab qurilmalar ulanib borgan sari muhimlashib boradi. Tizim esa uyingizni aqlli qalqonga aylantiradi va sizni va ulangan qurilmalar ekotizimingizni xavfsiz saqlaydi. Knox Matrix sizning shaxsiy blokcheyn tizimingiz sifatida ishlaydi va bunda oʻzaro ulangan, oʻzaro qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar bir-birini buzilishlarga tekshiradigan koʻp qatlamli, aqlli tahdid monitoringi orqali asosiy qismlarda xavfsizlikni taʼminlaydi.

Credential Sync maʼlumotlarni qurilmadan qurilmaga koʻchirishda himoya qiladi, bu esa nozik maʼlumotlarni shifrlashda bir nechta loginlarni boshqarishni osonlashtiradi. Login maʼlumotlarini qurilmalar boʻylab ulashish orqali biz qurilmangizning butun ekotizimini himoya qilishni maqsad qilganmiz. Shunday ekan, ulanuvchanlik yoki qulaylikni deb endi xavfsizlikdan voz kechishingiz shart emas.

Knox Matrix Trust Chain butun qurilmalaringiz ekotizimiga yanada ilgʻor himoyani taqdim etadi. Trust Chain’da oʻzaro ulangan qurilmalar bir-birini xavfsizlik tahdidlari uchun kuzatib boradi. Agar qurilma hujumga uchragan boʻlsa, bildirishnomalar faollashadi va tahdidni bloklash uchun choralar koʻriladi. Shuningdek, Cross Platform SDK turli xil operatsion tizimlardagi qurilmalarga Knox Matrix’dan barqaror xavfsizlik standartlari orqali foydalanish imkonini beradi. Yaʼni Samsung qurilmalaringiz Android, Tizen, Windows yoki boshqa operatsion tizimlarga asoslangan boʻlsa ham, siz Knox Matrix bilan eng kuchli xavfsizlikdan bahramand boʻlaverasiz.

Samsung ushbu oʻzaro zich bogʻlangan dunyoda hozir va kelajakda Samsung Galaxy bilan erkin va qulay tarzda yashashingizni xohlaydi. Shu maqsadda biz sizga Knox Vault va Knox Matrix bilan raqamli dunyongizdan maksimal darajada foydalanishga yordam berishga tayyormiz. Maxfiy soʻzlarsiz kelajak sari intilar ekanmiz, bu kuchli xavfsizlik yechimlari doim ishonchingizni oqlaydigan himoyani taʼminlab borishiga shubhamiz yoʻq.

[1] Jumladan Galaxy S modellari, Galaxy A modellari, Galaxy Tab S modellari va boshqalar, lekin faqat ular bilan cheklanmagan. Knox Vault mavjudligi modelga qarab farq qilishi mumkin.

[2] One UI 6 yoki undan keyingi versiyalarni qoʻllab-quvvatlaydigan Samsung Pass oʻrnatilgan Galaxy smartfon va planshetlarida mavjud.

[3] Samsung Wallet va Samsung Pass mavjudligi bozor yoki modelga qarab farq qilishi mumkin.