Samsung va Google Cloud Samsung Galaxy S24 seriyasiga generativ AI’ni tatbiq etish uchun kuchlarni birlashtiradi

18/01/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Galaxy S24 seriyasida Google’dan yangi matn, ovoz va tasvir xususiyatlarini yaratishda Gemini Pro va Imagen 2 qo‘llanadi

Samsung Electronics Co., Ltd.va Google Cloud bugun Google Cloud generativ sun’iy intellekt (AI) texnologiyasini butun dunyo bo‘ylab Samsung smartfoni foydalanuvchilariga yetkazish uchun yangi ko‘p yillik hamkorlikni e’lon qildi. Bugun Kaliforniyaning San-Xose shahridagi Galaxy Unpacked tadbirida e’lon qilingan Samsung Galaxy S24 seriyasidan boshlab Samsung Gemini Pro va Imagen 2’ni Vertex AI’da bulut orqali smartfon qurilmalariga joylashtirgan birinchi Google Cloud hamkori bo‘ladi.

 

“Google va Samsung uzoq vaqtlardan beri texnologiyani hamma uchun foydaliroq va qulayroq qilish muhimligi toʻgʻrisida chuqur maʼlumotga ega boʻlib kelgan. Biz Galaxy S24 seriyasi Vertex AI’da Gemini Pro va Imagen 2 bilan jihozlangan birinchi smartfon ekanligidan juda xursandmiz”, — dedi Janghyun Yun, Janghyun Yun, Mobil dasturiy ta’minotni tadqiq qilish va rivojlantirish bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti. “Bir necha oylik jiddiy sinov va raqobatbardosh baholashdan so‘ng Google Cloud va Samsung jamoalari Gemini’ga asoslangan eng yaxshi AI tajribasini Galaxy’da taqdim etish uchun birgalikda ishladilar”.

 

Samsung iste’molchilarga Vertex AI’da Gemini Pro funksiyasini o‘rnatgan ilk Google Cloud hamkoridir. Eng boshdan multimodal bo‘lish uchun  yaratilgan Gemini matn, kod, tasvir va video kabi turli ma’lumotlarni umumlashtirishi va muammosiz tushunishi, ishlashi va birlashtirishi mumkin. Samsung’ning mahalliy ilovalaridan boshlab foydalanuvchilar Eslatmalar, Ovozli yozuvlar va Klaviaturada umumlashtirish funksiyasidan foydalanishlari mumkin.[1] Vertex AI’dagi Gemini Pro Samsung’ga xavfsizlik, maxfiylik va ma’lumotlarga muvofiqlik kabi Google Cloud’ning muhim xususiyatlarini taqdim etadi.

 

Galaxy S24 seriyasi foydalanuvchilari hozirdanoq bugungi kundagi matnni tasvirga aylantiruvchi Google DeepMind’ning Imagen 2 eng ilg‘or texnologiyasi afzalliklaridan foydalanishlari mumkin. Vertex AI’dagi Imagen 2 yordamida Samsung xavfsiz va intuitiv fotosuratlarni tahrirlash imkoniyatlarini foydalanuvchilarga taqdim etishi mumkin. Bu xususiyatlarni S24’ning Galereya ilovasida Generativ Edit[2]da topish mumkin.

 

Shu bilan birga, ushbu hamkorlik doirasida Samsung Gemini Ultra — o‘ta murakkab vazifalarni bajarish uchun Google’ning eng samarali va yirik modelini sinovdan o‘tkazgan birinchi mijozga aylandi. Undan tashqari, S24 seriyasida Android 14 operatsion tizimining bir qismi sifatida Gemini Nano, LLM ishlatiladi, u qurilmadagi vazifalarni bajarish uchun Gemini’ning eng samarali modeli hisoblanadi.

“Samsung bilan birgalikda Google Cloud generativ sun’iy intellekt uchun millionlab odamlar uchun aloqa va muloqotni rag‘batlantiruvchi va mustahkamlovchi mazmunli mobil qurilma yaratish uchun ulkan imkoniyatni ko‘rmoqda”, — dedi Google Cloud bosh direktori Tomas Kurian. “Gemini bilan Samsung ishlab chiquvchilari Google Cloud’ning jahon darajasidagi infratuzilmasidan, ilg‘or darajadagi ishlashidan va Samsung smartfon qurilmalarida xavfsiz, ishonchli va jozibador sun’iy intellektga asoslangan ilovalarni taqdim etish uchun moslashuvchanligidan foydalanishlari mumkin”.

 

Google Cloud haqida

 

Google Cloud har bir tashkilotning o‘z biznesi va sanoatini raqamli o‘zgartirish qobiliyatini tezlashtiradi. Biz Google’ning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanadigan korporativ darajadagi yechimlar va ishlab chiquvchilarga yanada barqaror qilishga yordam beradigan vositalarni taqdim etamiz. 200 dan ortiq mamlakat va hududlardagi mijozlar rivojlanishni taʼminlash va biznesdagi eng muhim muammolarini hal qilish uchun ishonchli hamkor sifatida Google Cloud’ga murojaat qilishadi.

 

[1] Galaxy AI funksiyalari internetga ulanish, Samsung Akkauntiga kirish va/yoki Androidning so‘nggi versiyasiga yangilashni talab qilishi mumkin. Mahsulot funksionalligi ilovangiz va qurilmangiz sozlamalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ba’zi funksiyalar ma’lum ilovalar bilan mos kelmasligi yoki til paketlari kabi qo‘shimcha dasturlarni yuklab olishni talab qilishi mumkin. Xizmatning mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki bozorga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Batafsil texnik xususiyatlar va shartlar uchun mahalliy Samsung veb-saytiga tashrif buyuring.

 

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga