Biz haqimizda > Umumiy tavsif

Samsung Newsroom O‘zbekiston

Texnologiya yangiliklari, foydali maslahatlar, innovatsiyalar va
o‘zbekona ilhom manbai – barchasi bitta manzilda.

Texnologiyalar olamida har kun yangiliklar bilan boshlanadi. Yangi smartfon chiqdi, televizor endi o‘zi o‘chib o‘zi yonadi, sun’iy intellekt esa siz uchun matnlarni tarjima qiladi, suratlarni tahrirlaydi, hatto choynakni vaqtida yoqadi. Bularning barchasini tushunish va hayotga tatbiq etish uchun esa sizga o‘zbek tilidagi, tushunishga oson va ishonchli manba kerak.

 

Mana, o‘sha manba – Samsung Newsroom O‘zbekiston.

 

Bu nima va nega muhim?

 

Samsung Newsroom O‘zbekiston – Samsung Electronics kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy yangiliklar portali bo‘lib, 2022-yil oxirida ishga tushirilgan va global Samsung Newsroom tarmog‘ining 45-a’zosi hisoblanadi. Sayt o‘zbek tilida ishlaydi va faqat tasdiqlangan, rasmiy ma’lumotlarni taqdim etadi.

 

Ya’ni, bu yerda siz:

 

  • yangi mahsulotlar va texnologiyalar haqida xolis va aniq tahlillarni;
  • hayotda qanday foyda berishini ko‘rsatadigan maslahat va qo‘llanmalarni;
  • madaniyat va texnologiyalar uyg‘unligini topasiz.

 

Saytda nimalar bor?

 

Samsung Newsroom O‘zbekiston texnologiyaga oid eng dolzarb va foydali materiallarni quyidagi bo‘limlar orqali taqdim etadi:

 

  • Qurilmalar

 

Galaxy S va Z seriyali smartfonlar, televizorlar, audio tizimlar, aqlli uy jihozlari (masalan, SmartThings, BESPOKE) haqida foydali maqolalar, qo‘llanmalar va real foyda beruvchi hayotiy misollar.

 

  • Texnologiya va dizayn

 

Samsung’ning innovatsion ishlanmalari, AI (sun’iy intellekt), IoT va boshqa ilg‘or yechimlar haqida sodda, o‘zbek tilida tushuntirilgan tahlillar.

 

  • Korporativ yangiliklar

 

Samsung kompaniyasining global yutuqlari, ekologik tashabbuslari, investitsiyalari va texnologiya sohasidagi yetakchilik haqidagi ma’lumotlar.

 

  • Multimedia

 

Infografika, video, suratlar va interfeys ko‘rinishlari – texnologiyalarni ko‘z bilan ko‘rib, tushunish imkoniyati.

 

  • Odamlar va madaniyat 

 

Samsung jamoasi, ijtimoiy loyihalar, urf-odatlar bilan uyg‘unlikda ishlangan eksklyuziv kontentlar.

 

 

  • Press-relizlar

 

Yangiliklarni xolis, rasmiy va tezkor yoritadigan “Pressa uchun” bo‘limi – jurnalistlar, investorlar va texnologiyalar ixlosmandlari uchun foydali sahifa.

 

Nega aynan Samsung Newsroom O‘zbekiston?

 

  • Rasmiy manba – saytga faqat Samsung tasdiqlagan axborotlar joylanadi.
  • Saytdagi kontent muntazam yangilab boriladi. Texnologiyalarga oid eng so‘nggi ma’lumotlarni shu yerdan topish mumkin.
  • Maqolalar faqat matndan iborat emas. Suratlar, infografikalar va videolar orqali tushunish yanada oson.
  • Maqolalardan olgan ma’lumotlaringiz hayotingizni yanada osonlashtirishga xizmat qiladi.

 

Yuqoriga