AI Home: aqlli uy, aqlli hayot

30/10/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Endi uyingiz sizni tushunadi, vaqtingiz va energiyangizni tejaydi, xavfsizligingizni oshiradi va kundalik ishlaringizga yordam beradi.

 

 

 

AI Home o‘zi nima?

 

Samsung AI Home – bu uy uchun yaratilgan aqlli texnologiyalar majmuasi bo‘lib, u foydalanuvchilarning ehtiyojlariga moslashib, uydagi hayotini yanada qulay va samarali qiladi. Uyingizdagi har bir qurilma, masalan, muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari, pishirish pechlari va boshqa maishiy texnikalar o‘zaro bog‘lanib, samarali ishlaydi.

 

O‘zbek oilalari uchun moslashtirilgan foyda

 

  • Uy bekalarining kundalik yumushlarga sarflanadigan vaqtlari sezilarli darajada kamayadi, ko‘proq dam olish va oila bilan vaqt o‘tkazish imkoni yuzaga keladi.

 

  • Oilaning har bir a’zosi istalgan paytda, hatto uydan tashqarida bo‘lsa ham, ilova orqali uydagi barcha qurilmalarni boshqarishi mumkin.

 

  • Bespoke AI Vision Inside texnologiyasi muzlatkich ichidagi oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilishni osonlashtiradi.

 

  • SmartThings va Bixby yordamida uyda ishlayotgan texnikalar oson boshqariladi. Kichik yoshli boladan tortib, keksa oila a’zolarigacha istalgan vaqtda mobil ilova yoki ovozli buyruq orqali uydagi har bir qurilmani bemalol boshqara olishadi.

 

 

 

 

Aqlli uyda samaradorlik

 

  • Energiya samaradorligi. Samsung AI Home energiya iste’molini nazorat qiladi va optimallashtiradi. Masalan, SmartThings Energy yordamida foydalanuvchi har bir qurilmaning sarfini kuzatib, ortiqcha energiya ishlatilayotganini darhol biladi. Bespoke AI qurilmalari esa avtomatik tarzda eng tejamkor rejimni tanlab, uyni samarali boshqaradi. Natijada – kamroq xarajat, ko‘proq tejamkorlik va ekologik foyda.

 

  • Vaqt tejamkorligi. Birgina misol: Bespoke AI Laundry Vented Combo texnologiyasi yordamida siz 68 daqiqada to‘liq kir yuvish va quritish jarayonini yakunlashingiz mumkin. Bu kabi misollar juda ko‘p.

 

  • Suvni tejash va ekologik muvozanat. AI Wash+ suv sarfini minimal darajaga tushiradi, lekin natijada mukammal tozalikni saqlaydi. Shunday qilib, siz har bir tomchini qadrlaysiz va tabiatni asrashga o‘z hissangizni qo‘shasiz.

 

  • Samsung Knox Vault texnologiyasi yordamida sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligi taʼminlanadi. Shu bilan birga, uyingizning ichki xavfsizligi ham oshiriladi. U uyingizni har doim nazorat qilib turadi va har qanday xavfli holatlar yuzaga kelsa, tezda ogohlantiradi.

 

Uyingizdagi har bir lahzani mazmunli o‘tkazing.

 

 

Qurilmalar > Uy uchun

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga