Arzon degani manfaatli degani emas: rasmiy Samsung smartfonini norasmiydan qanday ajratish mumkin va nima uchun ikkinchisi tavsiyaga loyiq emas?

18/12/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics oʻzining rasmiy mahsulotlarni tanlashni, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida mobil qurilmalar bozorida shubhali takliflardan bosh tortishni tavsiya qiladi.

Nima uchun norasmiy qurilmalar xaridorlarni jalb qiladi? Sababi juda oddiy: arzon narxlar. Ammo bu tejamkorlik norasmiy qurilmalar keltirib chiqaradigan barcha xavf-xatarlarga arziydimi? Keling, buni aniqlaymiz.

 

Norasmiy smartfon nima va uning rasmiy smartfondan farqi nimada?

 

Norasmiy smartfonlar odatda ishlab chiqaruvchining roziligisiz yoki vakolatli distribyutorlar ishtirokisiz bir mamlakatdan boshqasiga olib kelinadi. Bular rasman sertifikatlanmagan, lekin mahalliy bozor uchun toʻliq funksional sinovdan oʻtgan mahsulotlardir. Ular uchun Samsung Electronics kafolati yoʻq, shuning uchun ularga vakolatli xizmat koʻrsatish markazlarida bepul xizmat koʻrsatish mumkin emas hamda qurilmalarning IMEI kodlari uchinchi shaxslar orqali roʻyxatdan oʻtgan bo‘ladi.

 

Xaridor uchun qanday xavflar yuzaga keladi:

  • Oldindan oʻrnatilgan dasturlar. Norasmiy smartfonlarda oldindan oʻrnatilgan boshqa ilovalar boʻlishi mumkin yoki aksincha, maʼlum bir mintaqa uchun ilovalar boʻlmasligi mumkin.
  • Dasturiy taʼminotlarning avtomatik yangilanishlari mavjud emasligi. Norasmiy smartfonlarga ishlab chiqaruvchi tomondan muntazam dasturiy taʼminot va xavfsizlik yangilanishlari taqdim etilmaydi.
  • Til va lokalizatsiya. Muayyan mamlakat yoki mintaqa uchun rasmiy smartfonlar til imkoniyatlari va mahalliy bozorga mo‘ljallangan funksiyalarga ega. Norasmiy smartfonlarda esa til sozlamalari yoki tegishli opsiyalar mavjud emas.
  • Alohida taʼkidlash kerakki, siz Samsung Electronics tomonidan hech qanday kafolatga ega boʻlmaysiz. Norasmiy distribyutorlardan sotib olayotganda siz yangi qurilma sotib olayotganingizga ishonch hosil qila olmaysiz: u shikastlangan, ochilgan yoki almashtirilgan qismlar bilan qayta yig‘ilgan boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, agar qurilma buzilgan boʻlsa, vakolatli xizmat koʻrsatish markazlari sizga bepul xizmat koʻrsatmaydi.
  • IMEI kodi. Norasmiy qurilmalarda IMEI kodlari uchinchi shaxslar nomidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi, bu esa ma’lum xavflarni keltirib chiqaradi: agar qurilmangiz jinoyatchi nomidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-chi?

 

Norasmiy smartfonni rasmiydan qanday ajratish mumkin?

Mahsulotning qadoqlanishiga eʼtibor berishingiz va maʼlumotlar omborida IMEI kodni tekshirishingiz kerak:

1.Qadoqda o‘zbek tilida matn bo‘lishi shart.

2.Golografik stiker. Samsung O‘zbekistondagi aqlli qurilmalari uchun rasmiy gologramma stikeridan foydalanadi. Gologramma qurilma qutisining old tomoniga joylashtirilgan boʻlib, yozuvlar o‘zbek tilida (“Samsung O‘zbekiston Rasmiy Mahsulot — 1 Yil Kafolat”), fonida esa O‘zbekiston xaritasining konturi (chiziq shakli) tasvirlangan.

3.IMEI kodi. Rasmiy qurilmalarning barcha IMEI kodlari “SAMSUNG ELECTRONICS UZBEKISTAN” XK MChJ yoki rasmiy distribyutorlar nomidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi. Maxsus Telegram botiga kiring yoki veb-saytga oʻting, IMEI kodini kiriting va qurilmangiz rasmiy ekanligiga ishonch hosil qiling.

 

Nima uchun rasmiy mahsulotlarni tanlash kerak?

  • Ishlab chiqaruvchi tomonidan 1 yillik rasmiy kafolat, yaʼni kafolat doirasida bepul xizmat koʻrsatish yoki ishlab chiqarishdagi nuqsonli qurilmani yangisiga almashtirish mumkin.
  • Muntazam yangilanishlar. Rasmiy qurilmalar Samsung Electronics’dan muntazam dasturiy ta’minot va xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Bu nafaqat eng oxirgi funksionallikni taqdim etadi, balki ehtimoliy xavf va tahdidlardan himoya qilishni ham oʻz ichiga oladi.
  • Sifat va ishonchlilik. Rasmiy smartfonlar sifat va texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha qattiq sinovlardan o‘tadi, bu esa yuqori darajadagi ishonchlilikni ta’minlaydi.
  • Pul va asablarni tejash. IMEI’ni roʻyxatdan oʻtkazish yoki qurilma sifati haqida qaygʻurmasdan ishonchli yetkazib beruvchidan kafolatga ega qurilma olasiz. Shuningdek, Samsung Electronics kompaniyasining turli aksiyalari va chegirmalari orqali qurilmalarni qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

Norasmiy qurilmalarni xarid qilsangiz, doim xavfda bo‘lasiz. Sotib olayotganda tejab qolayotganingiz mahsulotni ishlatish paytida sizni kattaroq pulga tushirishi mumkin.

Samsung Electronics brend yoki hamkor doʻkonlarida rasmiy mahsulotlarni xarid qilish sizga sifat va ishonch bagʻishlaydi hamda qurilmangizdan uzoq muddat foydalanishdan bahramand boʻlishingizni kafolatlaydi!

 

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga