Bespoke AI: odamlar hayotiga oʻzgarishlar olib kiruvchi besh yillik sayohat
“Bespoke” soʻzining lugʻatdagi tavsifiga qarasak, u maxsus buyurtma asosida tikilgan kostyum maʼnosini berishini koʻramiz. Ammo 2019-yildan beri Samsung Electronics xonadonlarga yangicha qulayliklar davrini olib kiruvchi Bespoke maishiy texnikalarini taqdim etib kelgach, bu soʻz yangi maʼno kasb eta boshladi. Bu yil Bespoke mahsulotlar kategoriyasi Bespoke AI’ga aylandi va, kompaniyaning “Hamma uchun AI” qarashlariga muvofiq, sunʼiy intellekt (AI) har bir foydalanuvchining hayotini optimallashtirishi qanchalar muhim ekanligini taʼkidlaydi. Samsung Newsroom ushbu besh yillik sayohatning bir necha muhim bosqichlariga nazar tashlaydi.
Bespoke konsepsiyasi 2019-yilning iyun oyida Samsung kompaniyasining maishiy texnika ishlab chiqaruvchisidan-da koʻprogʻiga erishish va isteʼmolchiga yoʻnaltirilgan layfstayl brendiga aylanish tashabbusi — Project PRISM’dan vujudga keldi. Turli xil materiallar va ranglardan yasalgan mahsulotlarni taklif qiluvchi Bespoke taʼbga moslashgan mahsulot va shaxsiylashtirilgan funksiyalarga ega boʻlishni istagan isteʼmolchilarga, ayniqsa 80-90-yil avlodiga xizmat koʻrsatdi.
“Sizning turmush tarzingizga mos keladi” shiori ostida Samsung 2020-yilda oʻzining maishiy texnika mahsulotlari kategoriyasini sovitkich va idishlarni yuvish mashinasi bilan kengaytirdi. Oʻsha yilning oxirida barcha Bespoke jihozlarining umumiy sotuv hajmi 1 milliondan oshdi.[1]
2021-yilda Bespoke Home strategiyasi Bespoke konsepsiyasini deyarli barcha maishiy texnikalarga olib kirdi. Samsung oʻsha yili chiqarilgan barcha modellardan boshlab raqamli invertor kompressori va raqamli invertor motorini bepul almashtirib beruvchi umrbod kafolat xizmatini taqdim etdi. Bespoke flagman sovitkichi uchun yangi kastomizatsiyalar chiqarildi: foydalanuvchilar 22 ta asosiy panel konfiguratsiyasidan tashqari, 360 ta panel rangi[2] yoki premium sifatli boʻyoq ishlab chiqaruvchisi — Benjamin Moore tavsiya etgan rang kombinatsiyalarini tanlashlari mumkin edi.
Bespoke Home Shimoliy Amerika va Yevropada oʻz izini qoldirdi, chunki bu bozorlardagi mijozlar Bespoke sovitkichi, mikrotoʻlqinli pech yoki idish yuvish mashinasini xarid qilib, SmartThings ekotizimidan foydalanishlari mumkin edi.
Bespoke Home 2022 yanada katta qiymatga ega boʻldi. Kompaniya ilk bor dunyo boʻylab xonadonlarga oʻzining kir yuvish mashinalari va konditsionerlarini tarqatib boshladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar turli xil maishiy texnikalarni ulash va boshqarish uchun sunʼiy intellektga asoslangan SmartThings Home Life xizmatidan foydalanishlari mumkin edi. Patagonia bilan hamkorlikda Samsung kirlarda mikroplastik zarrachalarni kamaytirish yoʻlida Bespoke AI™ kir yuvish mashinasi uchun Less Microfiber™ siklini yaratdi.
Oʻsha yili premium Bespoke Infinite Line taqdimoti ochilishi bilan bozorga hashamatli mahsulotlar kategoriyasi kirib keldi. Alyuminiy, keramika va zanglamaydigan poʻlat kabi bardoshli tabiiy materiallardan terilgan Bespoke Infinite Line flagman sovitkichi maishiy texnikaga nafislik va abadiylik ato etdi.
Samsung’ning 2023-yilgi qarashlarining aksi boʻlgan Bespoke Life brendning barqarorlik, giper ulanuvchanlik va dizaynga eʼtibor kabi asosiy qadriyatlarini yuzaga chiqardi. Shu maqsadda kompaniya AI’ni Bespoke kategoriyasiga faol ravishda kiritdi va oʻsha yili chiqarilgan barcha yangi Bespoke mahsulotlarini Wi-Fi tarmogʻi bilan jihozladi.
Barqaror kundalik hayot va energiya tejamkorligiga eʼtibor qaratgan holda Samsung oʻzining AI Energy Mode — energiya sarfini nazorat qiluvchi SmartThings innovatsion funksiyasini dunyoning 65 ta mamlakatiga tarqatdi.
Bu yilga kelib, kengaytirilgan AI funksiyalari, 7 dyuymli AI Home sensorli displey paneli va Bixby tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan ovozli buyruqlar orqali foydalanuvchilar Bespoke AI bilan butunlay yangi darajadagi qulayliklarni his qilishadi.
AI Family Hub™ bilan jihozlangan 4 ta eshikli Flex™ sovitkichidagi oziq-ovqat mahsulotlari avtomatik ravishda AI Vision Inside tomonidan aniqlanadi va oziq-ovqat roʻyxati tuziladi. Bespoke AI Laundry Combo™ kir yuvish mashinasidagi maxsus sozlamalar esa kirlar soniga qarab kir yuvish vositasi miqdorini hamda yuvish va quritish vaqtini avtomatik ravishda belgilaydi. Bespoke Jet Bot Combo™ AI Steam robot changyutkichi pol va gilamlarni farqlash uchun AI Floor Detect’dan foydalanadi. AI Family Hub™ bilan jihozlangan 4 ta eshikli Bespoke Flex™ sovitkichi va Bespoke AI Laundry Combo™ oʻzining Auto Open Door funksiyasi bilan jismonan cheklangan odamlarga eshiklarni oddiy teginish bilan ochish imkonini berib, foydalanish qulayligini yaxshilaydi. Ayrim mahsulotlarda energiya sarfini 60% gacha kamaytiruvchi AI Energy Mode yanada takomillashgan.[3]
Ulanuvchanlik, sunʼiy intellekt va barqarorlikni birlashtirgan Bespoke AI atrof-muhitga eʼtibor qaratgan holda uy yumushlari uchun zarur boʻlgan vaqt va energiyani qisqartirish orqali foydalanuvchilarning hayotini yaxshilaydi. Samsung oʻzining navbatdagi “Bespoke” maishiy texnikalariga boʻlgan qarashlarida texnologik rivojlanishga va kutilganidan-da katta natijaga erishishiga ishonadi.
[1] 2019-yil iyunidan 2020-yil dekabrigacha bir million dona sotilgan.
[2] 2024-yildagi rang tanlovlari soni 2021-yildagidan farq qiladi. Funksiyalar va rang variantlari mintaqaga qarab farq qiladi va oldindan ogohlantirmasdan oʻzgartirilishi mumkin.
[3] Bespoke AI Laundry Combo™ yordamida kir yuvishda 60% gacha energiya tejash va quritishda 30% gacha energiya tejash. SmartThings Energy Services’da AI Energy Mode’ning “Oylik cheklovni belgilash” funksiyasi uchun “Maksimal tejash rejimi”ni tanlash faqat baʼzi valyutalar uchun amal qiladi va faqat SmartThings tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. AI Energy Mode’da qanchalik energiya tejalishi har bir rejim uchun foydalanuvchi tomonidan oʻrnatilgan shartlarga qarab farq qilishi mumkin.
Qurilmalar > Uy uchun
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.