“BESPOKE AI’ga xush kelibsiz”: Samsung Media Kuni tadbirlari Seul, Parij va Nyu Yorkda uy innovatsiyalarini diqqat markaziga aylantirdi

18/04/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

3-aprel (mahalliy vaqtda) Samsung Electronics kompaniyasi Seul, Parij va Nyu Yorkdagi uchta “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” Media Kuni tadbirlarida 2024-yilgi Bespoke AI [1] maishiy texnikasining so‘nggi mahsulotlar kategoriyasini namoyish etdi. Yangi Bespoke AI mahsulotlari bilan tanishish orqali tashrif buyuruvchilar oʻzaro oʻta zich bogʻlangan aqlli uydagi kundalik hayot taqdim etadigan imkoniyatlarini koʻrishga muvaffaq boʻlishdi.

 

Samsung Newsroom ushbu Media Day’dagi har bir voqeadan hayajonli taassurotlarni quyidagi fotosuratlar va videolar orqali tasvirlab berdi.

 

Bespoke jihozlari Samsung Seocho binosiga yetib keldi

“BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” Seuldagi Samsung Electronics Seocho binosida kompaniya raisi o‘rinbosari, bosh direktori va Device eXperience (DX) bo‘limi rahbari Jong-Hee Hanning ochilish nutqi bilan boshlandi. Nutq davomida Han yangi Bespoke AI mahsulot kategoriyasini taqdim etdi, u mijozlar hayotiga mazmunli integratsiya qilinishi, bularning barchasi kompaniyaning “Sun’iy Intellekt (SI) hamma uchun” qarashlari ostida ekanligini taʼkidladi.

 

Tadbirda aqlli uylarning kelajagini namoyish etuvchi Bespoke AI mahsulotlari markaziy o‘rinni egalladi. Mehmonlar SmartThings ichidagi innovatsion 3D Map View funksiyasi bilan tanishdilar, bu ularga barcha ulangan jihozlarni yagona markaziy paneldan boshqarish imkonini beradi. Shuningdek, anʼanaviy sovitish tizimini raqamli invertorli kompressor va samarali “Peltier” komponentlari bilan birlashtirgan zamonaviy gibrid muzlatkich ham mehmonlarning eʼtiborini tortdi.

 

▲ Rais oʻrinbosari va bosh direktor Jong-Hee Han Seuldagi “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” tadbirida ochilish nutqi bilan chiqish qildi

 

▲ Samsung Electronics Seocho binosida turli xil Bespoke AI maishiy texnikalari

 

Samsung 837 Bespoke AI orqali innovatsiyalar markaziga aylanadi

Nyu York shahridagi Samsung 837 binosida “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” AQSh mijozlari uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulotlar, jumladan, AI Home va Bespoke AI Laundry Combo™ bilan Bespoke Slide-In gaz plitasi diqqatga sazovor mahsulotlar boʻldi. Mehmonlar, ayniqsa, AI Home imkoniyatlari bilan jihozlangan ko‘p funksiyali induksion portativ Bespoke Slide-In gaz plitasiga chuqur qiziqish bildirishdi. Ushbu mahsulot yordamida foydalanuvchilar retsept tavsiyalari olishi va hatto Bixby yordamida ovoz bilan boshqariladigan 7 dyuymli LCD displey orqali boshqa maishiy texnikalarni masofadan boshqarishlari mumkin. Bundan tashqari, sinov ishtirokchilari ichki kamera orqali pechning ichki qismini masofadan turib kuzatishlari va pishirish jarayonining tezlashtirilgan videosini tomosha qilishi mumkin. Bu videolarni yozib olish va ijtimoiy tarmoqlarda boshqalar bilan baham koʻrish imkonini beradi.

 

▲ Sheyn Xigbi, Samsung Electronics America kompaniyasining maishiy texnika biznesi bo‘yicha bosh direktori va rahbari Nyu York shahridagi “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” tadbirida ochilish nutqiga chiqdi

 

▲ Samsung 837 da turli xil Bespoke AI maishiy texnikalari

 

Les Pavillons des Étangs’dagi sunʼiy intellekt bilan ta’minlangan aqlli uy bilan yaqindan tanishish

Samsung tashrif buyuruvchilarni Parijdagi 19-asr fransuz binolarining o‘ziga xos va zamonaviy chiroy talqini boʻlgan Les Pavillons des Étangs ichidagi “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” ko‘rgazmasida Yevropa bozori uchun Bespoke AI maishiy texnikalarini sinab ko‘rishga taklif qildi.

 

Sokinlikka choʻmgan tarixiy binoda mehmonlar turli xil Bespoke sunʼiy intellekt mahsulotlari va funksiyalari, jumladan, qoʻshimcha keng kamerali muzlatkich, energiya tejamkor kir yuvish mashinalari kategoriyasi, Samsung Climate Hub va AI Family Hub’ga ega 4 ta fransuz eshikli sovitkich kabi mahsulotlarni qiziqqonlik bilan koʻzdan kechirishdi.

 

▲ Tashrif buyurganlar Parijdagi “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” tadbirida to‘planishdi

 

▲ Les Pavillons des Étangs’da turli xil Bespoke AI maishiy texnikalari

 

Uchala “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” tadbirida ham ishtirokchilar AI orqali maishiy texnikalar uyg‘unlikda ishlaydigan toʻlaqonli aqlli uyga katta qiziqish bildirishdi. Baʼzilar hattoki bu taassurotni smartfonlar birinchi marta dunyo yuzini koʻrgandagi hayajonga tenglashtirishdi.

 

Qulaylikni maksimal darajaga chiqaradigan, energiyani tejaydigan va aynan siz uchun moslashtirilgan funksiyalarni taklif qiluvchi Bespoke AI texnologiyasi orqali Samsung har bir foydalanuvchining kundalik hayotni o‘zgartiruvchi uy imkoniyatlarini rivojlantirishda davom etadi. “BESPOKE AI’ga xush kelibsiz” filmining asosiy qismlarini ko‘rish uchun quyidagi videoni tomosha qiling.

 

 

 

[1] Ingliz tilidagi “AI – artificial intelligence” so’z birikmasi o’zbek tilidagi “SI – sun’iy intellekt” ma’no jihatidan analogi sifatida ishlatilmoqda (tahr.)

Qurilmalar > Uy uchun

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga