[Bir kunlik tafsilotlar] Oʻyinchilar utopiyasi: Odyssey OLED G8 bilan hayotga oʻzgacha nazar
Oʻyin, ish va dam olish. Hammasini bajaradigan monitorni xohlaydiganlar uchun Samsung Electronics Odyssey OLED G8 ni taqdim etadi. Samsung Newsroom “Gamer S”ni Odyssey OLED G8’ni hayotidagi bir kun davomida sinab koʻrishga taklif qildi.
“S” oʻzini “barcha janrlar ustasi” sifatida tanishtiradi. FPS, RTS, RPG, poyga va sport oʻyinlari deysizmi, u barcha platformalarda, jumladan, kompyuter va konsollarda oʻynay oladi. U oʻynashni qancha yaxshi koʻrsa, professional oʻyinchilarni tomosha qilishni ham shuncha yaxshi koʻradi. Keling, Odyssey OLED G8 bilan “Gamer S”ning bir kunini tomosha qilamiz.
Tongda turib, uning birinchi nazari Odyssey OLED G8 ga tushadi. Displeyning super yupqa metall dizayni shu zahoti eʼtiborni tortadi, chunki u eng nozik 3,9 mm oʻlchamga ega. Garchi u 32 dyuymli monitor boʻlsa-da, nozik dizayni tufayli koʻp joy egallamaydi, shu sabab uni istalgan joyga qulay joylashtirish mumkin. Displeyning noyob kumush rangi tufayli u kontrollerlar, shaxsiy kompyuterlar va konsollar, shuningdek, sichqoncha va klaviatura kabi tashqi qurilmalar bilan uygʻunlashib ketadi.
Video oʻyin jarayonini qulaylashtirish uchun bu monitorni oʻzingizga moslashtirishingiz mumkin. Odyssey OLED G8 uzoq vaqt davomida tanangizga tushadigan bosimning oldini olish uchun balandlik, egish, burish va portret holatga keltirish kabi ergonomik sozlamalarni taʼminlaydi.
FPS oʻyinlar qoʻllaringizni geympley va oʻyin-kulgi kuniga chorlovchi janrdir. FPS oʻyinlarning asosiy formulasi raqibni kutilmaganda qoʻlga olish va ularni tutqichsiz magʻlub etishdir. FPS oʻyinlarida monitorning tezkor javob berish vaqti va yangilanish chastotasi yuqoriligi juda muhimdir. Odyssey OLED G8 monitori 4K UHD piksellar soniga ega, bu sizga dushmanlarni qidirishda afzallik beradi. “Gamer S” 240 GHz yangilanish chastotasi va 0,03 ms (GtG) tezkor javob berish vaqti afzalliklariga ega.
Monitorning orqa tomonidagi Core Lighting+ ham alohida eʼtiboringizni talab qiladigan xususiyatdir. Bu oʻyin ichi muhitiga yanada chuqur immersivlik bagʻishlaydi. CoreSync funksiyasi bilan monitorning orqa chiroqlari oʻyin sahnalari ranglarini kuchaytiradi. Bu yanada dramatik oʻyin muhitini vujudga keltiradi va oʻyin olamidagi kayfiyat va ranglarni tashqi dunyoga olib chiqadi.
Odyssey OLED G8 monitorining taʼsirchan vizual qiymatini qorongʻi fon va yuqori kontrastli RPG oʻyinlarida koʻrish mumkin. Odyssey OLED G8 oʻyin dunyosiga toʻliq shoʻngʻishga yordam beradi, zero u 250 nits (standart) yuqori ekran yorqinligi va keng DCI-P3 99% ranglar gammasi bilan ajoyib grafikani namoyish etadi. Har bir sahna uzluksiz yorqin tasvirlar hamda rang-barang tafsilotlar bilan jonlanadi.
Ayniqsa, oʻyin rejimida dinamik qora rang ekvalayzeri avtomatik ravishda qorongʻi joylarda koʻrinishni yaxshilaydi va bir vaqtda yorqin zonalarni yorqinligicha saqlab qoladi. Bu oʻyinchilarga video oʻyin taqdim etadigan eng yaxshi vizuallarni his qilish va bu orqali har bir sirni ochish imkonini beradi.
Oʻyinchilar qorongʻi joylarda yashiringan dushmanlarni payqay olishadi, chunki ular soyalardagi tim qora ranglarni farqlay olishi mumkin. Piksel taratayotgan yorugʻlikning ogʻish defekti bu monitorda yuzaga kelmasligi hatto soyada yashiringan kichik detallarni ham topishni taʼminlaydi, bu esa har bir oʻyinda ajoyib ranglar tiniqligi va tasvirdagi chuqurlik hissini beradi. Hech qanday qoʻshimcha harakatlar qilish yoki sozlamalarga teginishning hojati yoʻq. Shunchaki bor eʼtiborni oʻyinga qarating.
Shu kungacha tabiiy quyosh nuri yoki atrofdagi yorugʻlik kabi tashqi yorugʻlik manbalari monitorlarda shuʼlalarni vujudga keltirib, video oʻyin jarayonini buzib kelgan edi. Biroq Odyssey OLED G8 yorugʻlik shuʼlalarini kamaytiruvchi “OLED Glare Free” texnologiyasidan foydalanadi. U hatto maxsus monitor qoplamasiz ham jonli va aniq ranglarni taʼminlaydi. Anʼanaviy shuʼlalarga qarshi plyonkaga qaraganda 54% kamroq yaltiraydigan ekran bilan siz oʻyin muhitiga toʻliq shoʻngʻib, faqat oʻyinga eʼtibor qaratasiz.
Kuchli grafikali oʻyinlar kuchli video kartalarni talab qiladi. Biroq bu video kartalar koʻp miqdorda issiqlik ishlab chiqaradi. Oʻyinchilar qurilmalarini doimiy optimal tezkor holatda ishlashini xohlashadi. Ammo monitorlarda ham qancha uzoq oʻynalsa, shunchalik issiqlik va kuyish tashvishi mavjud.
Odyssey OLED G8 monitori dinamik sovitish tizimi bilan jihozlangan boʻlib, u sovitish suvi vositasini bugʻlaydi va kondensatsiyalaydi hamda monitordagi issiqlikni ilgari qoʻllanilgan grafit plitasi usulidan besh baravar yaxshiroq chiqarib tashlaydi. Shunday tarzda Odyssey OLED G8 yadrodagi haroratni pasaytiradi. Bundan tashqari, termal modulyatsiya tizimi[1] bilan algoritmlar sirtki haroratni taxmin qiladi va issiqlikni kamaytirish uchun mos ravishda yorqinlikni avtomatik tarzda sozlaydi.
Odyssey OLED G8 kuyishning oldini oluvchi pulsatsiyalanuvchi issiqlik quvurini qoʻllagan dunyodagi eng birinchi monitordir.
Odyssey OLED G8 monitori Smart TV ilovalariga ega boʻlib, foydalanuvchilarga turli striming xizmatlaridan hamda Samsung TV Plus — Samsung’ning FAST (Free Ad-supported Streaming TV) bepul, reklama orqali qoplanadigan TV striming xizmatidan bahramand boʻlish imkonini beradi. Tashqi qurilmalarni ulash shart emas. Shunchaki monitoringizni yoqing, divanga joylashing va zavqlaning.
“Gamer S” koʻpincha professional oʻyinchilarning jonli efirlarini tomosha qilish orqali oʻzining oʻyin koʻnikmalarini oshiradi. Odyssey OLED G8 bilan siz daqiqa-yu soniyalik tafsilotlar bilan matchning taktik va dinamik taraflarini koʻra olasiz.
Odyssey OLED G8 AI protsessor boʻlgan NQ8 AI Gen3 bilan taʼminlangan boʻlib, Samsung Gaming Hub va Smart TV ilovalaridan foydalanganda kontentni deyarli 4K gacha kengaytiradi.[2] Endi foydalanuvchilar ham oʻyinlarda, ham koʻngilochar kontentlarda yuqori oʻlchamdagi videolardan bahramand boʻlishlari mumkin.
Shuningdek, Odyssey OLED G8 kontentdan yuqori darajada bahramand boʻlish imkonini beruvchi “AI Motion Enhancer Pro” bilan jihozlangan.[3] AI texnologiyasi kichik obyektlar ekran boʻylab harakatlanayotganda ularning harakatini suratga oladi. Keyin u sport koʻrsatuvlarida silliq va realistik tomosha hissini taʼminlash uchun mos ravishda kalibratsiyalanadi.
Odyssey OLED G8 endi konsol oʻyinlari uchun monitordan televizorga aylandi. Endi “Gamer S” shaxsiy kompyuterdan foydalanish oʻrniga qulayroq oʻrnashib olib, konsol oʻyinlaridan bahramand boʻlishga qaror qildi. Odyssey OLED G8 avtomatik ravishda ulangan konsolni taniydi va oʻyin panelini faollashtiradi, bu esa protsessor holati, nishon nuqtalarini koʻrsatish va mini xaritalarni kattalashtirish kabi foydali funksiyalarni taqdim etadi.
Monitorda AI avtomatik oʻyin rejimi ham mavjud.[4] Shunchaki oʻyinni konsolga kiriting va oʻyin panelida “Avtomatik” janrini belgilang. AI avtomatik oʻyin rejimi oʻyin nomini tahlil qiladi va oʻyin janriga mos optimal tasvir sifati va ovozini taʼminlash uchun sozlamalarni avtomatik ravishda oʻzgartiradi.
Siz audio va vizuallardagi farqni his qilib boshlaysiz — ekran rangi tiniqlashadi va yorqin ovoz boʻshliqni toʻldiradi. Uch oʻlchovli va jonli ovoz tufayli xuddi oʻyin olamiga tushib qolgandek boʻlasiz. Bu chuqur immersiv hissiyotni beradi.
Avvallari oʻyinchilar oʻynagan oʻyiniga qarab sozlamalarni qoʻlda toʻgʻrilashlari kerak edi. Endilikda oʻyinchilar vaqtni tejashlari va yangi match boshlanganda uzilishlarni kamaytirishlari va shu bilan birga oʻyinning optimal holatidan zavqlanishlari mumkin.
Shuningdek, Odyssey OLED G8 “Samsung Gaming Hub”ni qoʻllab-quvvatlaganligi sababli “Gamer S” hatto konsol oʻyinlarini yuklab olmasdan ham ularni oʻynashi mumkin va konsolning oʻzi ham kerak emas. Endi oʻyin kontrollerini yoqsangiz, avtomatik ravishda Gaming Hub’ga ulanasiz.[5]
Odyssey OLED G8 — sizni oʻyinchi utopiyasiga yetaklovchi serqirra hamroh
Odyssey OLED G8 video oʻyinlar oʻynashdan tortib, 4K video kontentini tomosha qilishgacha istalgan joyda “Gamer S” kabi oʻyinchilar uchun eng zoʻr qulayliklarni taqdim etuvchi monitordir. Agar siz yagona monitor yordamida oʻz koʻnikmalaringizni oshirishni istayotgan oʻyinchi boʻlsangiz, boshqa izlanmang. “Odyssey OLED G8” bilan oʻyin xonangiz utopiyaga aylanadi.
[1] “Logo yorqinligini sozlash” sozlamasi “Oʻchiq” yoki “Past”ga qoʻyilgan boʻlsa, termal modulyatsiya faqat oldindan belgilangan tasvir rejimlarida faollashadi. “Logo yorqinligini sozlash” sozlamasi “Yuqori”ga qoʻyilgan boʻlsa, termal modulyatsiya doimiy ravishda faol turadi.
[2] AI upscaling faqat Smart TV ilovalari va Samsung Gaming Hub’da (PQ prioriteti rejimi) ishlaydi.
[3] AI Motion Enhancer Pro faqat Smart TV ilovalarida mavjud. Tomosha sifati kontent va format turlariga qarab farq qilishi mumkin.
[4] AI avtomatik oʻyin rejimi faqat maʼlum konsol oʻyinlari uchun mavjud. Mavjudligi oʻyin kontenti va formatiga qarab farq qilishi mumkin.
[5] Gaming Hub cheklangan mamlakatlarda ishlaydi, ilovalar mavjudligi mamlakatga qarab farq qiladi. Gaming Hub’ga kirish bepul. Gaming Hub platformasida oʻyin strimi provayderlari tomonidan taklif qilinadigan kontentga kirish uchun obuna talab qilinishi mumkin.
TAGSAI Auto Game ModeAI Motion Enhancer ProDynamic Black EqualizerNQ8 AI Gen3 ProcessorOdyssey OLED G8OLED Glare FreeSamsung Gaming HubSamsung Gaming Monitors
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.