Boshqa televizorlarda uchramaydigan texnologiya: Glare-Free OLED TV
Televizor tomosha qilyotganingizda endi hech narsa
sizni ekrandagi voqealardan chalg‘itolmaydi.

Kunduzi futbol ko‘ray desangiz – derazadan tushayotgan quyosh nuri tufayli koptokning yo‘nalishini yaxshi kuzata olmaysiz. Kechasi kino ko‘ray desangiz – chiroqning televizordagi aksi sahnaning ta’sirini yo‘qotadi.
Samsung ushbu muammoni hal qildi. Yechim: Glare-Free OLED TV – bu yangi avlod televizorlari bo‘lib, maxsus qoplama va sirt tuzilishi tufayli yorug‘likni turli yo‘nalishlarga tarqatib yuboradi. Natijada ekranda:
- Quyosh ostida ham tiniq tasvir;
- Yorug‘ xonada ham yorqin ranglar;
- Har qanday burchakdan bir xil sifat.
Endi siz ekranga emas, faqat syujetga e’tibor qaratasiz. Bugungacha hali bunday qulaylik mavjud bo‘lmagan, bu – tomosha qilish madaniyatining yangi davri.
Tomosha qilish zavqi – yangi bosqichda
- Futbol ishqibozlari uchun: Quyoshli kunda ham maydondagi harakatlar tiniq.
- Kino muxlislari uchun: Oila davrasida kino tomosha qilish kinoteatr darajasiga chiqadi.
- Geymerlar uchun: Aks va chalg‘ituvchi yorug‘liksiz, faqat o‘yin hayajoni.
Glossy va Glare-Free: farq nimada?
Glossy (yaltiroq) ekranlar bir qarashda jozibador: ranglari yorqin, kontrasti chuqur. Lekin xonada yorug‘lik manbai paydo bo‘lsa, u ekranni “oyna”ga aylantiradi. Chiroqning o‘zi, derazadan kirgan nurlar, hatto tomoshabin silueti ham ekranda ko‘rinadi.
Glare-Free OLED esa bunday muammolarni butkul bartaraf qiladi:
- Chuqur qora rang va tabiiy tiniqlik beradi;
- Kontrastni mukammal saqlaydi;
- Har qanday sharoitda qulay va sog‘lom tomosha taqdim etadi.

Glare-Free OLED ayniqsa O‘zbekiston sharoitida foydali:
- Yozgi quyosh ostida ham sevimli serialingiz tiniqligicha qoladi;
- Oilaviy yig‘ilishlarda hamma istalgan joydan sifatli ko‘radi;
- Do‘stlar bilan futbol translyatsiyasi – endi hech qanday chalg‘ituvchi akslarsiz.
Ko‘z salomatligi uchun foyda
Glossy ekranlar bilan ko‘p vaqt o‘tkazsangiz, ko‘zingiz tez charchaydi. Glare-Free OLED esa ko‘zni ortiqcha zo‘riqtirmaydi, uzoq tomosha qilsangiz ham qulaylikni saqlaydi.
Uzoq muddatli investitsiya
Glossy ekran dastlab jozibador ko‘rinsa-da, vaqt o‘tishi bilan bliklar va akslar sabrni tugatadi. Samsung esa 19 yildan beri televizor bozorida yetakchi bo‘lib, Glare-Free OLED seriyasini uzoq muddatli, ishonchli va qulay investitsiya sifatida taqdim etmoqda.
Endi televizor tanlashda faqat katta ekran va tiniq tasvir yetarli emas. Samsung Glare-Free OLED TV televizor tomosha qilishni yangi davrga olib chiqdi. Kino, futbol yoki o‘yinlarda endi yorug‘lik emas, faqat sizning kayfiyatingiz hukmron bo‘ladi.
Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com