BTS guruhidan RM Samsung bilan hamkorlikda qisqa metrajli filmni taqdim etdi. Unda Samsung Art televizorlari bilan uyda sanʼatdan zavqlanish quvonchi namoyish etiladi

21/11/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

The Frame Pro va Neo QLED 8K modellarini namoyish etuvchi BTS'dan RM ishtirokidagi yangi qisqa metrajli film Samsung'ning ilgʻor Art TV displeylari va eksklyuziv kontenti qanday qilib jahon darajasidagi sanʼatni uyingizga olib kirishini koʻrsatadi

21-asr pop aydoli boʻlgan BTS guruhi aʼzosi RM Samsung Electronics Co., Ltd. bilan davom etayotgan hamkorligi va Samsung Art televizorlarining global elchisi sifatidagi roli doirasida yangi global raqamli loyihani taqdim etdi. Art Basel Paris haftaligi (24–26-oktyabr) munosabati bilan eʼlon qilingan ushbu qisqa metrajli film RM’ning sanʼat bilan shaxsiy aloqasini samimiy koʻrsatib beradi va Samsung Art televizorlarlari qanday qilib kundalik hayotga muzey darajasidagi tasvirlarni olib kirishini namoyish etadi.

 

▲ BTS guruhidan RM yangi qisqa metrajli filmda kuzgi sanʼat asarlari toʻplami bilan boʻlishdi. Filmni uning Instagram’dagi @rkive sahifasida topishingiz mumkin.

 

Samsung “Rasmiy Art TV hamkori” boʻlib xizmat qilgan 2025-yilgi Art Basel koʻrgazmasidagi suhbatlariga asoslanib, RM sanʼat kundalik hayotga qanday quvonch va maʼno olib kirishi haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashadi. Qisqa filmda u his-tuygʻular va mavsumiylikni aks ettiruvchi sanʼat asarlarini qanday tanlashi, jumladan Kit Haringning “Raqs tushayotgan it” (“Dancing Dog”) asarining joʻshqin energiyasi va optimizmini eʼtirof etishi, shuningdek, kuzgi manzaralarning sokinligi va lirikligini uygʻotuvchi Li Shinjaning “Togʻ ruhi” (“Spirit of Mountain”) va Natasha Durlining “Super Oy” (“Super Moon”) kabi kuzgi asarlarni taqdim etishi haqida hikoya qilinadi.

 

 

 

“Sanʼat men uchun har doim mulohaza yuritish, aloqa oʻrnatish va kundalik damlarda maʼno topish vositasi boʻlib kelgan, — deydi RM. — Meni ilhomlantirgan sanʼat asarlaridan endi har kim oʻz uyida bahramand boʻlish imkoni borligidan xursandman. Samsung Art TV bilan men oʻz uyimga butun bir ijod olamini olib kira olaman va, umid qilamanki, bu boshqalar uchun ham oʻz hayotida sanʼatni kashf etishga ilhomlantiradi”.

 

Samsung’ning Art TV modellari har bir asarni rassom koʻzlagan tafsilotlargacha jonlantirish uchun ilgʻor displey innovatsiyalari va estetik dizaynni oʻzida mujassam etgan. The Frame’ning jilosiz displeyi yaltirashlarni kamaytiruvchi teksturaga ega, Neo QLED esa “Kvant nuqtalar” (Quantum Dot) va Mini LED texnologiyalari yordamida ajoyib kontrast, chuqurlik va ranglarni taqdim etib, qalamning har bir chizigʻi va yorugʻlikni aniq yetkazib beradi.

 

 

▲ Li Shinjaning “Togʻ ruhi” asari 2025-yilgi Samsung The Frame Pro modelida namoyish etilgan.

 

 

The Frame va boshqa Art TV modellarida mavjud boʻlgan Samsung Art Store[1] xizmati orqali foydalanuvchilar dunyoga mashhur muzeylar, galereyalar va rassomlarning 4000 dan ortiq asarlardan iborat doimiy oʻsib boruvchi kolleksiyasidan foydalanishlari mumkin. Intuitiv tushunarli tanlash funksiyalari yordamida ular oʻz uylarini osongina shaxsiy galereyalarga aylantirib, sanʼat asarlaridan yangicha usulda zavqlana oladilar.

 

“Samsung Art televizorlari har kimga sanʼat bilan yashash va undan har kuni ilhomlanish imkonini beradi, — dedi Samsung Electronics’ning Visual Display (VD) boʻlinmasi ijrochi prezident oʻrinbosari Xun Li. — RM’ning elchilik faoliyatini davom ettirishi sanʼat kundalik hayotning bir qismiga aylanib ketgandagina chuqur maʼno kasb eta boshlaydi, degan umumiy qarashlarimizni aks ettiradi”.

 

 

▲ Natasha Durlining “Super Oy” asari 2025-yilgi Samsung The Frame Pro modelida namoyish etilgan.

 

Ushbu hamkorlik orqali Samsung 19 yil ketma-ket dunyoning yetakchi televizorlar brendi[2] sifatidagi merosiga tayangan holda odamlarning uyda sanʼat va texnologiyadan bahramand boʻlish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda hamda innovatsiyalar orqali madaniyatni yanada ommabop qilishga boʻlgan sodiqligini yana bir bor tasdiqlamoqda.

 

Batafsil maʼlumot uchun www.samsung.com saytiga tashrif buyuring.

 

 

▲ Kit Haringning “Raqs tushayotgan it” asari 2025-yilgi Samsung Neo QLED 8K modelida namoyish etilgan. Barcha Kit Haring asarlari © Keith Haring Foundation. Artestar tomonidan litsenziyalangan.

 

[1] Samsung Art Store — bu Samsung Art televizorlarida, jumladan MICRO LED, Micro RGB, The Frame, NEO QLED va QLED modellarida mavjud boʻlgan sanʼat obunasi xizmati. Hozirda dunyoning 117 mamlakatida mavjud boʻlgan Samsung Art Store 80 dan ortiq hamkor va 4K sifatidagi 4000 dan ortiq sanʼat asarlarini taklif etadi. Samsung Art Store orqali obunachilar oʻz uylarida jahon darajasidagi galereyalar va usta rassomlarning sanʼat asarlaridan bahramand boʻlishlari va undan har kuni yangi interyer dizaynlarini yaratishda foydalanishlari mumkin.

[2] Omdia, 2025-yil fevral. (Natijalar Samsung tomonidan tasdiqlanmagan)

Pressa uchun > Press-relizlar

Qurilmalar > TV va Audio

Yuklab olish

  • Samsung-TVs-and-Displays-Samsung-Art-TVs-RM-of-BTS-Short-Film-Art-Basel-Paris_main4.jpg

  • Samsung-TVs-and-Displays-Samsung-Art-TVs-RM-of-BTS-Short-Film-Art-Basel-Paris_main3.jpg

  • Samsung-TVs-and-Displays-Samsung-Art-TVs-RM-of-BTS-Short-Film-Art-Basel-Paris_main2.jpg

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga