BTS guruhining a’zosi RM Samsung Art TV’ning global elchisiga aylandi.

18/06/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

RM yana sahnaga chiqdi va dunyo bo‘ylab san’atni targ‘ib qiluvchi Samsung Art TV’ning ambassadori bo‘ldi

RM — dunyoga mashhur timsol va keng hurmatga sazovor sanʼat ixlosmandi rasman Samsung Art TV yuziga aylandi. Elchi sifatida u Samsung Art Store orqali sanʼat asarlariga oʻz sharhini berib, foydalanuvchilar va muxlislarni oʻzining noyob dunyoqarashi orqali sanʼat olamini kashf etishga chorlaydi. (Rasm BIGHIT MUSIC’dan olingan)

 

 

 

BASEL, Shveytsariya – 2025-yil 17-iyun — Samsung Electronics Co., Ltd. bugun 21-asr pop ikonasi BTS guruhining yetakchisi RM’ni Samsung Art TV’ning rasmiy elchisi sifatida e’lon qildi. Ushbu tayinlov RM’ning Janubiy Koreyada harbiy xizmatni tugatgach, qayta faoliyatini boshlagan ilk rasmiy loyihalaridan biridir.

 

San’atni chuqur qadrlovchi va jahon miqyosida tan olingan ixlosmand sifatida, RM ilgari ham mashhur muzeylarga tashriflari va zamonaviy san’atdan iborat shaxsiy kolleksiyasi bilan e’tiborni tortgan. Endi esa u Samsung Art TV elchisi sifatida o‘zining noyob ovozi va vizual san’atga bo‘lgan ishtiyoqini butun dunyo Samsung TV foydalanuvchilari bilan bo‘lishadi.

 

Samsung Art TV — bu zamonaviy displey texnologiyalari va san’atning mukammal uyg‘unligi. Samsung Art Store2  — dunyo muzeylari, rassomlari va galereyalaridan 3 500 dan ortiq yuqori sifatli san’at asarlarini o‘z ichiga olgan obuna tizimi — orqali endi foydalanuvchilar RM’ning tanlovi va sharhlari bilan boyitilgan kontentdan bahramand bo‘lishlari mumkin. RM tanlagan asarlar bo‘yicha shaxsiy fikr va mulohazalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Samsung Art Store’da joylashtiriladi va muxlislarga uning estetik didini yaqindan anglash imkonini beradi.

 

 

 

 

Joriy yilda Samsung Art Store xizmati 2025 yilgi Neo QLED 8K, Neo QLED 4K va tanlangan QLED televizorlariga ham tatbiq etildi, bu esa ko‘proq odamlarga san’atdan bahra olish imkonini yaratadi. Shuningdek, mashhur The Frame televizorlar to‘plami yangi The Frame Pro modeli bilan boyitildi — u Neo QLED displey, kabelsiz o‘rnatish uchun Wireless One Connect Box va istalgan interyerga moslashuvchan dizaynga ega. Endilikda The Frame’ning o‘zi ham yuqori chastotadagi yangilanish tezligi va kuchliroq protsessor bilan jihozlangan — bu nafaqat san’at asarlari, balki o‘yinlar va filmlar uchun ham ajoyib namoyon etadi.

 

“Sanʼatda chuqur ilhom va xotirjamlik topadigan inson sifatida men Samsung bilan hamkorlik qilish va oʻz sayohatim va tasviriy ijodga boʻlgan muhabbatimni barcha bilan baham koʻrish men uchun sharafdir”, dedi RM. “Ushbu hamkorlik orqali yanada koʻproq odamlar xuddi men kabi kundalik hayotda sanʼat bilan yanada osonroq bogʻlana olishadi degan umiddaman.”

 

Yangi roli doirasida RM dunyodagi eng nufuzli xalqaro sanʼat koʻrgazmalaridan biri boʻlgan va Shveytsariyaning Bazel shahrida boʻlib oʻtadigan Art Basel’da koʻrinish beradi. U yerda u zamonaviy sanʼat, kolleksiya va vizual hikoyaning madaniy ahamiyati haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashish uchun maxsus sessiya oʻtkazadi. Ushbu tadbirning diqqatga sazovor joylari, jumladan, eksklyuziv insaytlar va sahna ortidagi lahzalar Samsung Global Newsroom’da chiqariladi.

 

RM’ning Samsung Art TV bilan hamkorligi sanʼat, texnologiya va global pop madaniyati oʻrtasida yangicha umumiy til uchun uchun zamin yaratadi. Ushbu hamkorlik orqali esa Samsung endilikda RM bilan jahon miqyosidagi sanʼatni yanada ommabop qilish va shaxsiylashtirish boʻyicha oʻz hissasini qoʻshishda davom etadi. RM bunda muxlislari va sanʼat olami oʻrtasida koʻprik sifatini oʻtaydi.

www.samsung.com

 

 

 

BTS guruhining RM a’zosi haqida

 

RM (Kim Namjun) — Janubiy Koreyalik reper, qo‘shiq muallifi, musiqa prodyuseri va 21-asr pop ikonasi BTS guruhining yetakchisi. Uning diskografiyasiga quyidagilar kiradi: • “RM” (2015-yil mart) — solo mixtape • “mono.” (2018-yil oktyabr) — minimalist va introspektiv albom• “Indigo” (2022-yil dekabr) — ilk rasmiy solo albomi• “Right Place, Wrong Person” (2024-yil may) — ikkinchi solo albomi bo‘lib, tanqidchilar tomonidan e’tirof etilgan. RM o‘zining ko‘p qirrali musiqiy iste’dodi va san’atga chuqur mehr-muhabbati bilan tanilgan. Uning qo‘shiqlari ko‘pincha turli san’at shakllaridan ilhomlanib yoziladi. U musiqaga moslashuvchan va falsafiy yondashuvi, hamda innovatsion hamkorliklar orqali ijodiy chegaralarni kengaytirish qobiliyati bilan mashhur. U ishlagan san’atkorlar orasida quyidagilar bor: Erykah Badu, Anderson .Paak, Lil Nas X, HONNE, Mahalia va boshqa ko‘plab nomlar. 2024-yil 24-may kuni RM o‘zining yuqori baholangan ikkinchi solo albomi **“Right Place, Wrong Person”**ni chiqardi.

 

 

 

1. Samsung Art TV modellariga MICRO LED, The Frame, The Frame Pro, Neo QLED 8K, Neo QLED va Q7F dan yuqori QLED modellar kiradi.

2. Samsung Art Store — bu Samsung Art TV’lar (shu jumladan, The Frame, NEO QLED va QLED modellarida) uchun mo‘ljallangan san’at asarlariga obuna xizmati. Hozirda bu xizmat dunyoning 117 mamlakatida mavjud bo‘lib, foydalanuvchilarga 70 dan ortiq hamkorlar va 3 500 ta san’at asari (4K sifatda) taqdim etiladi. Samsung Art Store orqali foydalanuvchilar dunyo darajasidagi galereyalar va ustoz rassomlarning asarlarini uyda tomosha qilishlari, har kuni ichki interyerlariga yangilik olib kirishlari mumkin.

Korporativ > Odamlar va madaniyat

Qurilmalar > TV va Audio

Yuklab olish

  • Samsung-TVs-and-Displays-Samsung-Art-TV-Samsung-Art-Store-Art-Basel-in-Basel-BTS-of-RM-Becomes-Global-Ambassador_Thumb1000.jpg

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga