[Butunjahon uyqu kuni] Sogʻlom uyqu kelajagi: SXSW yigʻinida mutaxassislar SI va taqiladigan texnologiyalar uyquni qanday o‘zgartirayotganini o‘rganishmoqda

19/03/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Soʻnggi tadqiqotlarga asoslansak, shaxsiy sogʻlom uyquga boʻlgan qiziqish keskin ortib bormoqda. Ammo aytish joiz, odamlarning kechki uyqu sifati pasayib borayotgani ham rost. Odamlar uyquning muhimligini tushununishsalar-da, uzoq masofaga uchishlar yoki atrof-muhit shovqinlari kabi omillar ularning uyqu ritmini buzmaguncha va ularga jiddiy taʼsir koʻrsatmaguncha choralar koʻrilmayapti.

 

Uyquning muhim taʼsirini oʻrganish uchun Samsung 10-mart kuni Ostin (Texas, AQSh) shahrida 2024-yilda Janubi-Gʻarbiy (SXSW) yigʻinida “Texnologiyalar azaliy uyqu dilemmasini qanday inqilob qilishi mumkin” nomli panelni oʻtkazdi. Mutaxassislar SI va texnologiya uyqu sifatini sezilarli darajada yaxshilash salohiyatiga ega ekanligini aniqladilar.

 

▲ (Chapdan) Creative Strategies kompaniyasidan Karolina Milanesi, Samsung’dan doktor Xon Pak, uyqu olimi Vanessa Xill va Milliy uyqu fondi xodimi Jon Lopos uyquning ahamiyatini muhokama qilishdi

 

Panel ishtirokchilari orasida Samsung Electronics kompaniyasining MX Business kompaniyasining Raqamli sogʻliqni saqlash guruhining rahbari doktor Xon Pak, uyqu olimi Vanessa Xill va Milliy uyqu fondi (NSF) bosh direktori Jon Lopos qatnashgan edilar. Creative Strategies prezidenti va bosh analisti Karolina Milanesi moderatorlik qilgan tadbir amerikaliklar [1] yozgi vaqtga oʻtish bilanoq boshlandi va bu suhbat panel ishtirokchilari va tomoshabinlar uchun vaqt muhimligini taʼkidladi.

 

Uyquni dekodlash orqali yanada batafsil insaytlarni qoʻlga kiritish

 

Milanesi panel muhokamasini uyqu umumiy salomatlikka olib keladigan eng muhim omillardan biri ekanligini yoritish bilan boshladi. U, shuningdek, uyqu bizning kundalik hayotimizga qanday taʼsir qilishini anglash muhimligini taʼkidladi. Bu esa keyingi suhbatning asosiy qismiga aylandi.

 

Mutaxassislar bir ovozdan uyquning qanchalar muhim ekanligiga qoʻshilishdi va bu salomatlikning asosi bo‘lib, kundalik mashg‘ulotlar, parhez va ruhiy sogʻliqqa bevosita ta’sir ko‘rsatsa-da, u ko‘pincha birinchi o‘ringa qo‘yilmaydi, shu sababli butun dunyo bo‘ylab uyqu sifati yomonlashadi. Shu bilan birga, mutaxassislar sunʼiy ong asosidagi texnologiya va taqiladigan qurilmalar, jumladan ilgʻor sensorli aqlli uzuklar va aqlli soatlar odamlarga sogʻlom uyqu odatlarini shakllantirishga va optimal uyqu muhitini yaratishga yordam berishiga umid qilmoqda.

 

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, odamlar oʻz uyqusi haqida maʼlumotga ega boʻlganda bu ular sogʻlom uyquga erishishga olib keladigan qarorlarni qabul qilishga sababchi boʻlar ekan. Pak Galaxy Watch6 va yaqinda taqdim etilgan Galaxy Ring kabi taqiladigan qurilmalar Samsung’ning sogʻlom uyquni taʼminlashda yordam berish istagida muhim rol oʻynashini va bu foydalanuvchilarni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatuvchi va ijobiy oʻzgarishlarga olib keladigan mazmunli insaytlar taqdim etuvchi muhim qurilmalar ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

 

Xill odamlar mashgʻulotlar, toʻyimli ovqatlar va yillik tashxislar uchun qanchalar vaqt ajratishgisi kelsa, uyquni ham shunchalik birinchi oʻringa qoʻyish muhimligini alohida tushuntirdi. Odamlarga taqiladigan qurilmalar kabi texnologiyalar yordamida eng samarali uyquga erishish imkoni berilgan, deya qoʻshimcha qildi u. Xill bu borada Galaxy Watch6 ning uyqu boʻyicha kouchingga [2] oid oʻz tajribasi haqida soʻzlab berdi.

 

Muhokama chogʻida Pak Samsung’ning sogʻliqni saqlash ekotizimiga ham toʻxtalib, uning tibbiyot institutlari bilan hamkorligi va ekotizim va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish toʻplamini (SDK) kengaytirishga yordam beruvchi sogʻliqni saqlashga yoʻnaltirilgan kompaniyalar roʻyxatini sanab oʻtdi. Bu hamkorlarga Samsung insaytlari va texnologiyalaridan foydalangan holda yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi.

 

SI va taqiladigan texnologiya bilan sogʻlom uyqu

 

Sun’iy ongga boʻlgan qiziqish butun dunyo bo‘ylab tobora oshib borayotganligi va u har bir texnologik sohaga ta’sir ko‘rsatayotganligi haqida panel ishtirokchilari fikr yuritishdi va bu yangi aqlli qobiliyatlar va insaytlar yanada ko‘p odamlarga qanday qilib sog‘lom uyquga erishishga yordam berishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishdi.

 

 

Pak mobil qurilmalar qanday qilib sunʼiy ong uchun asosiy kirish nuqtasiga aylanishini va Samsung qanday qilib oʻzining Samsung Health ilovasi orqali keng koʻlamli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan va ularni tahlil qilgan holda shaxsiylashtirilgan va amaliy insaytlarni taqdim etishga intilayotganini taʼkidladi. Keyinchalik bu insaytlar SI tomonidan moslashtirilgan sogʻliqni saqlash tavsiyalarini taqdim etish uchun qayta ishlanadi.

 

“Uyqu — bu subyektiv tushuncha. Biroq obyektiv oʻlchovlarda u juda katta ahamiyatga ega. Xuddi taqiladigan qurilmalar taqdim etadigan insaytlar kabi”, dedi Lopos. “Uyquni kuzatish kengayib borayotgan sohadir va SI imkoniyatlari uni keyingi bosqichga olib chiqadi. SI texnologiyasi shaxsiylashtirilgan maʼlumotlarni foydalanuvchilar bilan baham koʻrish imkonini beradi va ularga salomatlik tomon kichik-kichik qadamlar bilan harakatni boshlashga sababchi boʻladi.

 

“Biz SI yordamida kuzatilgan maʼlumotlarni intuitiv va mazmunli insaytlarga aylantirishga eʼtibor qaratmoqdamiz. Bu bilan isteʼmolchilar puxtalik bilan moslashtirilgan tavsiyalarga ega boʻladilar”, qoʻshimcha qildi Pak. Uning taʼkidlashicha, ishlab chiqilayotgan yangi mahsulotlar va yangicha form-faktorlar, takomillashtirilgan sensorlar va ilgʻor algoritmlar yordamida texnologiya odamlarga uyqu rejimini izchil saqlab borishga va sogʻlom tungi uyquga erishishga yordam beradi.

 

Xill foydalanuvchilar sunʼiy ongning afzalliklarini aniq va shaxsiy darajada his qilishlarini aytdi. Xususan, yaqinda qoʻshiladigan My Vitality Score va Booster Card [3] kabi Samsung Health funksiyalari foydalanuvchiga ularning kundalik hayoti davomida taqdim etib boriladigan koʻrsatmalarni yanada moslashtirilgan va amaliy qilish uchun katta maʼlumotlarni tezkor tahlillar bilan birlashtiradi.

 

 

Mutaxassislarning Ushbu mazmunli panel sessiyasi orqali Samsung Butunjahon uyqu kunini nishonlamoqda va oʻzining texnologik imkoniyatlari va rivojlanayotgan mahsulotlar kategoriyasini kengaytirib, uyqu salomatligiga ustuvor ahamiyat berishda davom etadi. Uyqu vaqtida yurak sog‘lig‘ini monitoring qilishdan tashqari, Samsung sogʻ-salomatlik va sog‘lom uyquga erishishga yordam berishga sodiqligini namoyish etish uchun yangi uyqu ko‘rsatkichlarini qo‘shadi. Jumladan yurak urishi, nafas olish tezligi, tungi harakat va uyqu kechikishi, shuningdek uyqu bosqichi, qon kislorodi va terining harorati. Bundan tashqari, Samsung uyqu apnoesi funksiyasini [4] qo‘llab-quvvatlaydi, bu oddiy monitoringdan farqli oʻlaroq uyqu vaqtida qondagi kislorod miqdorini tahlil qilish, o‘rtacha va og‘ir obstruktiv uyqu apnoesi belgilarini aniqlash va foydalanuvchilarga tegishli yordam soʻrashni tavsiya qiladi. Samsung har bir insonga umri davomida salomatlik maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan insaytlarni berib borish uchun oʻz texnologiyasi va oʻzining ekotizimidan puxta foydalanishga intiladi.

 

[1] AQShda yozgi vaqt keng tarqalgan tushuncha. Baʼzi shtatlar bu amaliyotdan voz kechishgan. Ularning maʼlum qismi esa yil davomida faqat bir marta almashtiradi.

 

[2] Mavjudligi bozor, model va oʻzaro bogʻlangan smartfonga qarab farq qilishi mumkin.

 

[3] My Vitality Score va Booster Card 2024-yilda Samsung Health’da ishga tushiriladi. Mavjudligi bozor, operator yoki taqiladigan qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.

 

[4] Uyqu apnoesi funksiyasi shifokor retsepisiz ishlaydigan (OTC) dasturiy taʼminot boʻlib, mos Samsung Galaxy Watch va smartfonlarida ishlaydigan, tashqi qurilmasiz ishlaydigan mobil tibbiy ilovasidir. Bu funksiya 22 va undan katta yoshdagi foydalanuvchilarda ikki kunlik kechki monitoring davrida sezilarli darajada nafas olish buzilishi shaklida oʻrtacha va ogʻir obstruktiv uyqu apnoesi belgilarini aniqlash uchun moʻljallangan. Funksiya uzluksiz ravishda foydalanilishga moʻljallanmagan. Bu funksiya oldin uyqu apnoesi tashxisi qoʻyilgan foydalanuvchilar uchun moʻljallanmagan. Foydalanuvchilar ushbu funksiyadan malakali shifokor tomonidan qoʻyiladigan tashxis va davolashning anʼanaviy usullarining oʻrnini bosish uchun foydalanmasliklari kerak. Shuningdek, ushbu qurilma tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar shifokorlarga uyqu buzilishlarini tashxislashda yordam berish uchun moʻljallanmagan.

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga