[Dizayn hikoyasi] One UI hayotingizni oʻzingiz istagandek yashashga yordam beradi

* Tasvirlar generativ AI vositalari yordamida yaratilgan elementlarga ega.
One UI 2018-yilda eʼlon qilinganidan buyon u sodda va tartibli interfeys yordamida eng muhim narsalarga diqqat qaratishingizga yordam berish uchun xizmat qilib keladi. Bugungi kunga kelib, u telefon, planshet, aqlli soat, quloqchin, noutbuk, televizor va maishiy texnikalarni oʻzaro bogʻlaydigan, AI imkoniyatlariga ega Samsung texnologiyasiga aylandi. Endilikda Samsung ekotizimi siz bilan birga oʻsib, rivojlanib borar ekan, siz uyingizda va undan tashqarida ham yagona ekotizimdan bahramand boʻlishingiz hamda hayotingizni oʻzingiz xohlagandek yashashingiz mumkin.

Osonlik va erkinlik beruvchi imkoniyatlar
Samsung ekotizimingizdagi One UI bir qurilmada ilovalardan foydalanib, ishni boshqasida toʻxtagan joyingizdan davom ettirishingiz mumkinligini anglatadi, shunda ish tartibingiz uzluksiz boʻlib qoladi. Planshetdan sovitkichga, sovitkichdan televizorga yoki aqlli soatdan uchalasiga; u yerdan bu yerga va hamma joyda. Sogʻligʻingiz haqidagi yangiliklar, xotiralar va bajariladigan ishlar roʻyxati oʻzaro sinxronlashgan holda saqlanadi.
* Kontent tasvirlari namoyish maqsadlari uchun modellashtirilgan va amaldagi mahsulotlar, UX va boshqalardan farq qilishi mumkin.

* *Tasvirlar generativ AI vositalari yordamida yaratilgan elementlarga ega.

* Tasvirlar generativ AI vositalari yordamida yaratilgan elementlarga ega.
Ajoyib va original imkoniyatlar
One UI bilan ilgʻor texnologiya va ulanuvchanlik imkoniyatlari kundalik hayotning bir qismiga aylangani sari odatiy narsalar gʻayrioddiy tuyuladi. Masalan, har bir barmoq harakati yoki ishora yangi imkoniyatlarga toʻla dunyoni ochadi. Siz oʻzga olam sarguzashtlariga toʻliq shoʻngʻigan bir paytda uy yumushlari oʻz-oʻzidan bajarilishi, shaxsiy raqamli murabbiyingiz esa sport maydonida jismoniy faoliyatingizni oshirishga yordam beradi. Bular boshqalarga xuddi har bir tilagingizni bajo keltiradigan jin bordek tuyulishi mumkin. Siz uchun esa bu shunchaki oddiy kun.
Faqat siz uchun moʻljallangan imkoniyatlar
One UI uzoq safarlarda ham, kichik gʻalabalarda ham doimo siz bilan. Maqsadlaringiz sari intilyapsizmi, biroz sogʻlomroq ovqatlanmoqchimisiz yoki shunchaki kunni oʻtkazyapsizmi, One UI ertalab, tushda va kechqurun yoningizda boʻladi. Uygʻonsangiz, uyqungiz va jadvalingiz haqida maʼlumot olasiz, uzoq maqsadli rejalaringizni kuzata olasiz va kun yakunida ulardan eng yaxshi lahzalarni koʻra olasiz.

Har bir kuningiz raqamli hamrohingiz bilan siz istagandek, bir qurilmadami, boshqasidami, uydami yoki yoʻlda. Bu hali boshlanishi.
Korporativ > Dizayn
Pressa uchun > Press-relizlar
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com