[Tahririyat maqolasi] AI: ekranlar haqida tasavvurni oʻzgartirib yuboruvchi innovatsiyalarda muhim burilish
Televizorning insoniyatga taʼsirini nomunosib baholab boʻlmaydi. Yaqin oʻtmishda oiladagi oʻzaro munosabatlar televizor atrofida shakllanar edi. Televizor egasi boʻlish ham faxr, ham farovonlik ramzi edi. Tasvir sifatini takomillashtiruvchi texnologiyalar chiqib borgan sari televizorlar media va kontent industriyasining oʻsishida katta rol oʻynadi.
Samsung Electronics devorga oʻrnatiladigan televizorlar va smart televizorlarni ommalashtirish orqali odamlar hayotini oʻzgartirdi. Uzoq vaqtdan beri televizor texnik va dasturiy taʼminotida innovatsiyalar yetakchisi boʻlgan Samsung hozirda tomosha hissini cheklovchi toʻsiqlarni yengib oʻtish va ekranlarning keyingi avlodini aniqlash uchun sunʼiy intellektdan foydalanmoqda.
AI ekranlari kundalik hayotni qanday oʻzgartirmoqda
Bugungi oʻzaro giperbogʻlangan davrda AI televizor sunʼiy intellekt bilan taʼminlangan aqlli uy tizimining markaziga aylanadi, chunki u qurilmalarni ulash, boshqarish va nazorat qilish uchun isteʼmolchilarga yanada noyob taassurotlar beruvchi yangi darajadagi qulayliklarni taqdim etadi. Sunʼiy intellektli uy uchun buyruq markazi sifatida xizmat qiluvchi AI televizor foydalanuvchilarga ulangan qurilmalarni osongina kuzatish va boshqarish imkonini beradi, ular Calm Onboarding texnologiyasi orqali SmartThings ekotizimiga avtomatik ravishda integratsiya qilinadi.
Ulangan maishiy texnikalar holatini bir qarashda aniqlash uchun foydalanuvchilar Samsung AI televizorlaridagi Daily Board’ni ochsa boʻlgani. Katta ekran uy boʻylab oʻrnatilgan qurilmalarning holatini koʻrsatish uchun 3D xarita koʻrinishini (3D Map View) taqdim etadi. Shu bilan birga, masofadan turib chiroqlar yoki konditsionerni oʻchirish orqali energiya sarfini tejash mumkin. Kameralar va datchiklar uyni uzoqdan kuzatishni taʼminlaydi. Shuningdek, foydalanuvchilar uy hayvonlarini oʻynatishi uchun videolar ijro etishi mumkin.
Qoʻshimcha sifatida, AI televizorlari foydalanuvchilarga oʻzlarini stadion, kinoteatr yoki konsert zalida birinchi qatordagi VIP oʻrindiqlarda oʻtirgandek his qilishlari uchun ultra katta, yuqori aniqlikdagi tomosha hissini taqdim etadi.
Neo QLED 8K televizori taqdim etadigan 8K AI Upscaling Pro orqali foydalanuvchilar 8K darajasida SD/HD/Full HD yuqori aniqlikdagi tasvirlardan bahramand boʻlishlari mumkin. AI Motion Enhancer Pro sport kontentini yanada real va immersiv qiladi. Shu bilan birga, Active Voice Amplifier Pro fon musiqasi ostida filmdagi dialogdan tortib, olomonning olqishlari ostida sport boshlovchisi sharhlarigacha foydalanuvchilarga har bir soʻzni aniqlik bilan eshitishga yordam beradi. Ushbu xususiyatlar bilan dunyo AI uy kinoteatri va AI uy sport stadioni davriga oʻtmoqda.
Bundan tashqari, AI televizorlarni har qanday jismoniy holatga ega odamlar uchun yanada qulayroq qilishga yordam beradi. Optik belgilarni aniqlash texnologiyasi eshitish qobiliyati sust foydalanuvchilar uchun jonli ravishda ovozni subtitrlarga aylantiradi. Shuningdek, Relumino Mode koʻrish qobiliyati sust foydalanuvchilar uchun kontrast, yorqinlik va konturlarni kuchaytirish orqali ekrandagi kontentni koʻrimli qiladi.
AI ekranlari AI uylarning evolyutsiyasiga yoʻlboshchilik qiladi
AI televizorlari yangi qulayliklarni — anʼanaviy televizorlar bilan tasavvur qilib boʻlmaydigan imkoniyatlarni yaratishga imkon beradi. Shu maqsadda AI uylari Samsung’ning Tizen operatsion tizimi bilan rivojlanadi.
AI global maishiy texnika bozorida mahsulotlarni bir-biridan ajratib turuvchi muhim xususiyatga aylanib borayotgan ekan, operatsion tizimlar sunʼiy intellektni televizorlarga kiritishda kalit vazifasini oʻtaydi.
2015-yildan beri Tizen operatsion tizimi yuz millionlab aqlli televizorlarni qoʻllab-quvvatlab keldi va ularning evolyutsiyasiga yoʻlboshchilik qildi. Platformaning aʼlo darajada ishlashi tufayli Samsung oʻz imkoniyatlarini televizor texnik ta’minotidan dasturiy taʼminotga oʻtkazdi.
SmartThings va Tizen OS bilan jihozlangan Samsung AI televizorlari foydalanuvchilarning didi va turmush tarziga kengroq moslashib bora oladi. Mahsulotlar va xizmat koʻrsatish platformalarini ajratib turuvchi chegaralar yoʻq boʻlib ketadi va “Qurilmaga asoslangan platforma innovatsiyalari davri” boshlanadi. Tizen operatsion tizimining doimiy yangilanishi esa kelajakda yanada sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlaydi.
AI televizorlari tomonidan taqdim etiladigan ushbu shaxsiylashtirilgan va moslashtirilgan xususiyatlarning kaliti bu qurilmadagi sunʼiy intellekt, boshqacha qilib aytganda, bulutga ulanishni talab qilmaydigan, televizor ichiga oʻrnatilgan AI. Ushbu texnologiya bulutga asoslangan AI’ga qaraganda xavfsizroq, chunki shaxsiy maʼlumotlar serverga yuborilmaydi.
Buning ustiga, Samsung’ning xususiy xavfsizlik yechimi boʻlgan “Samsung Knox” ham qurilmalar va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilar ekan, foydalanuvchilar xavfsiz AI uydan bexavotir bahramand boʻlishlari mumkin.
AI kelajagi: bu isteʼmolchilar uchun nimani anglatadi
AI’ning tezkor surʼatlardagi evolyutsiyasi koʻplab ijtimoiy, axloqiy, iqtisodiy va huquqiy muammolarni yuzaga keltirib chiqaradi. Biroq, oxir-oqibat, sunʼiy intellekt isteʼmolchilar uchun koʻproq qiymat beradigan tarzda rivojlanadi.
Samsung foydalanuvchilarning ehtiyojlarini tushunish, ularga javob berish va moslashish orqali sunʼiy intellekt ekranlari bilan yangi hayot tarzini yaratishga intiladi. Buning hammasi ilgari imkoni boʻlmagan yangicha ekran texnologiyasini yaratish uchun.
Muloqot paytida til toʻsiqlarini yengib oʻtishmi, kontent tavsiyalarini taqdim etishmi yoki maishiy texnikani boshqarishmi, nima soha boʻlmasin, AI allaqachon butun hayotimizga taʼsir qilmoqda. AI ekranlarini doimiy takomillashtirish orqali Samsung AI uyda yanada qadrli kundalik hayotni yaratadi.
Samsung Electronics kompaniyasining Visual Display Business prezidenti va rahbari
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.