Epik uslubdagi manzillar va aql bovar qilmaydigan innovatsiyalar uchrashuvi: dunyo bo’ylab “Samsung Galaxy Experience Spaces”da yangi Galaxy S23 seriyasi bilan tanishuv kechasi

02/03/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Shu oy boshida Samsung Electronics Unpacked tadbirida e’lon qilingan yangi Galaxy S23 seriyasi o’z foydalanuvchilari uchun yuqori sifatli mobil ilovalarning butunlay yangi davrini ochadi.  Eng soʻnggi flagmanlar qatori epik kamera, chinakam kinematografik Tungi rejim, sunʼiy intellektga asoslangan innovatsiyalar va Galaxy S23 Ultraʼda oʻrnatilgan “S Pen” kabi ilgʻor xususiyatlar bilan toʻldirilgan.

 

Butun dunyodagi Galaxy muxlislariga Galaxy S23 seriyasini yaxshiroq bilish imkoniyatini berish uchun Samsung maxsus Galaxy Experience Spaces va dunyoning ba’zi mashhur joylarida bir qator tadbirlar uyushtirdi.

 

Galaxy Experience Space tadbiri qanday o’tganligi haqida tasavvurga ega bo’lish uchun Samsung Newsroom tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli joylarning eng epik fotolahzalarini namoyish etmoqda.

 

 

“London Mall”ning qoq markazidagi Premium darajadagi tajriba

 

▲ Londondagi “Unutilmas lahzalar bilan bo’lishing”. Vestfild Uayt-Siti shahriga tashrif buyuruvchilar Galaxy Experience Space-da Galaxy S23 seriyasining yangi xususiyatlari, betakror gadjet vitrinalari bilan tanishishmoqdalar.

 

Galaxy S23 seriyasining innovatsion xususiyatlarini Buyuk Britaniyadagi foydalanuvchilarga yetkazish uchun Samsung kompaniyasi Londonning Westfield White City savdo markazining o‘rtasida joylashgan Galaxy Experience Spaceni namoyish qildi.

 

 

Foydalanuvchilar Samsungning so‘nggi qurilmalari va “Epik lahzalar” haqida ko‘proq ma’lumot olishga ega Londondagi eng yirik savdo markazlaridan birida innovatsion dizaynli, mahsulotlarning tabiatiga mos  futuristik o‘yin maydonchasi sifatida yaratilgan.

 

 

Seulning hayajonli tungi hayotidan tortib Galaxy bilan jihozlangan fotostend va interaktiv o‘yin zonalari 1 fevraldan 12-martgacha Galaxyning so‘nggi xususiyatlarini haqiqiy uslubda ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi.

 

 

Parij Galaxy Experience Spaceda innovatsion qurilmalar va unutilmas tajriba

 

▲ Parijdagi Westfield Les 4 Temps savdo markazidagi Galaxy Experience Spacega tashrif buyuruvchilar yangi Galaxy S23 seriyasi bilan tanishishlari mumkin va eng so’nggi flagman seriyasidan ilhomlangan tajribalardan bahramand bo’lish imkoniga egadirlar.

 

 

Parijda (Fransiya) Yevropaning yetakchi biznes hududi bo‘lmish La Défense markazida joylashgan Westfield Les 4 Temps savdo markaziga tashrif buyuruvchilar ham butunlay yangi Galaxy S23 seriyasini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

Yangi mahsulotni namoyon qilish, ya’ni ochilish marosimidan so’ng, tashrif buyuruvchilar maxsus tajriba o’yinlari, foto- va “Nightography” zonalaridan bahramand bo’lishlari maqsadida Galaxy Experience Space 1-martgacha ochiq bo’ladi.

 

Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar, Galaxy S23 seriyasi foydalanuvchilari uchun ijodkorlikdan ilhomlangan har hafta Galaxy S23 mavzusidagi maxsus tadbirlar va tanlovlarda ishtirok etishlari ham mumkin.

 

 

 

 

Singapurdagi Marina Bayda Epik lahzalar

 

 

▲ Marina Bay markazida joylashgan Singapurning Galaxy Experience Space foydalanuvchilarga Galaxy S23 seriyasining barcha qiziqarli yangi xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi.

 

Marina Bay koʻrfaz bogʻlarining goʻzal gʻarbiy maysazorida joylashgan, 2-25 fevral kunlari boʻlib oʻtadigan Singapurdagi Galaxy Experience Space koʻrgazmasi oʻziga xos bogʻ shahriga, sayyoramiz ekologiyasini o’ylab yaratilgan Galaxy S23 seriyasining oʻziga ehtirom koʻrsatadi.

 

“Tungi Seul” foto zonasida tashrif buyuruvchilar Janubiy Koreya poytaxtining hayratlanarli tungi manzarasidan, Galaxy S23 bilan chinakam kinematografik tungi suratga olishdan bahramand bo‘lishlari mumkin.  O’yin zonasida geymerlar Galaxy S23 seriyasining premium o’yin ko’rsatkichlariga sho’ng’ishlari mumkin.

 

Bundan tashqari, Galaxy Experience Spacening Bespoke Studio maydoni tashrif buyuruvchilarga One UI 5 yordamida o‘z qurilmalarining korpusini qanday sozlashni va o‘ziga xos qilishlari mumkinligini ko’rsatiladi.

 

 

  «Iconic Dubai Mall»da Galaxy S23 seriyasi bilan tanishuv

 

The Dubai Mall’dagi Galaxy Experience Space’ga tashrif buyuruvchilar Samsung’ning maxsus mutaxassislari orqali Galaxy S23 seriyasini immersiv tajriba zonalarida ko‘rishadi.

 

Mintaqaning eng mashhur savdo markazlaridan biri bo‘lgan Dubai Mallga tashrif buyurganlar 2-28 fevral kunlari Galaxy Experience Space-da yangi Galaxy S23 seriyasini birinchi qo‘ldan ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. Tashrif buyuruvchilar Samsungning “Kundalik barqarorlik” haqidagi qarashlari bilan tanishdilar va Galaxy texnologiyalari atrof-muhitga e’tiborli amaliyotlarni o‘zida mujassamlashtirganini ko‘rishdi.

 

Tashrif buyuruvchilarga Samsung kompaniyasining so‘nggi yangiliklari hamda Galaxy S23 seriyasining ajoyib xususiyatlari haqidagi barcha ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida Samsung mutaxassislari ishtirokida maxsus tajriba maydoni tashkil etilgan. Tashrif buyuruvchilar noyob o‘yinlar yoki fototanlovlarda ishtirok etishlari hamda qurilmaning qalqib chiquvchi oynasidan foydalanib, Galaxy qurilmasi orqali surat va kontent olish uchun sinab ko‘rishlari mumkin.

 

Har bir zona xoh u eng soʻnggi Galaxy kamera tizimining obyektivini koʻrish bo’ladimi, Galaxy ekotizimining ulanishini sinab koʻrish yoki Samsungning barqaror kelajakni qurish borasidagi saʼy-harakatlarini oʻrganish bo’ladimi, oʻziga xos tajribani taqdim etadi.

 

 

 

“Bangalor” Opera teatrida smartfonlarning Yangi davrining katta tantanasi

 

Galaxy muxlislari Unpacked kechasidan taasurotlanib, Hindistonning Bangalor shahridagi Samsung Opera House’da so’nggi flagman liniyasi haqida bilib olishadi.

 

Hindistondagi Galaxy muxlislari va matbuot vakillariga Unpacked Night kabi tajribasini berish uchun Samsung Bangalor markazida joylashgan Samsung Opera Houseda maxsus tadbir uyushtirdi.

 

Kompaniyaning eng so‘nggi qurilmalari taqdimoti ajoyib Samsung Opera Housega tashrif buyuruvchilar uchun kulminatsion nuqta bo‘ldi, sababi tashrif buyuruvchilarga dunyoda “epik uslub” nimani anglatishini ko‘rsatuvchi yangi standartlarni belgilovchi eng so‘nggi qurilmalar bilan bevosita tanishish imkonini berdi. Galaxy S23 seriyasi taqdim etgan premium tajribalarga mos keladigan tadbir deya olamiz.

 

 

 

Yorqin kechalar. Samsung KX, London

 

▲ Londondagi Samsung KX ko’rgazmasida namoyish etilgan Galaxy Unpacked, yangi shiori bilan empirik displey bo’lib, yangi slogan bilan “Epik lahzalar” namoyish etildi.

 

 

Samsung KX Unpacked tadbiri ishtirokchilari Galaxy S23 seriyasining imkoniyatlarini namoyish etuvchi inson e’tiborini tortadigan, tajriba stendi bilan ham bahramand bo’lishdi. Quick Share funksiyasidan foydalanib, tashrif buyuruvchilar videolarini ijtimoiy tarmoqlar platformalariga osongina yuklashlari mumkin bo’ldi.

 

Shuningdek, ko’rgazmanda Galaxy Book3 seriyasining yangi displeyi va Samsungning to’liq ekotizimini namoyish etib va tashrif buyuruvchilarga yangi qurilmalar bilan tanishish uchun ajoyib va  qiziqarli shaklda namoyish etildi.

 

Yangi Galaxy S23 seriyasi haqidagi so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lish uchun Samsung Newsroomni kuzating.

Qurilmalar > Mobil

Korporativ > Odamlar va madaniyat

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga