[Foydalanish qoʻllanmasi] Galaxy Tab S10 FE: O’zbekistonda o’qish mavsumi uchun eng yaxshi yechim
Yangi o”quv yili va semestr endigina boshlandi-ku, deyishimizga qaramay, oraliq nazoratlarga ham ko‘p vaqt qolmaydi. Talabalar odatdagidan-da band boʻlib, topshiriqlar, baholashlar va imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish kabi vazifalarga toʻla talabchan jadvallar bilan ish koʻradi. Bu band boʻlgan davrni yengillashtiradigan Galaxy Tab S10 FE plansheti oʻqishni yanada oqilona va samaraliroq qilish uchun moʻljallangan.

Galaxy Tab S10 FE +
Samsung Electronics’ning Galaxy Tab S10 FE plansheti keng displey, kuchli AI imkoniyatlari va ajoyib portativlik bilan ajralib turadi. Bu planshet oʻrta va yuqori maktabdan tortib universitetgacha boʻlgan barcha talabalar uchun serqirra oʻquv hamrohi sifatida bozorga kirib keladi. Yuqori tezlikni arzon narx bilan uygʻunlashtirgan qurilma ajoyib qiymatga ega va u akademik muvaffaqiyatga erishishda muhim vosita sifatida oʻzini oqlaydi.
Samsung Newsroomda ushbu semestrda talabalar Galaxy Tab S10 FE va Samsung’ning Intelligent Features funksiyalaridan qanday qilib maksimal darajada foydalanishi mumkinligini oʻrganib chiqamizi.

Galaxy Tab S10 FE+
Bilim olish uchun qurilgan yanada katta displey
Onlayn maʼruzalar va masofaviy taʼlim talabalar hayotining muntazam qismiga aylangan davrda Galaxy Tab S10 FE ideal oʻquv muhitini yaratadi. Galaxy Tab S FE modellaridagi eng katta kengaytirilgan 10.9 dyuymli displey[1] 8.1 mm ingichka ramka bilan birlashtirilgan boʻlib, diqqat va eʻtiborni keyingi bosqichga olib chiqadi. Onlayn kurs materiallaridagi hatto kichik matnlar ham bir qarashda oson koʻrinadi.
Galaxy Tab S10 FE 10.9 dyuymli displeyga ega.
Yuqori yorqinlik rejimida (HBM) 800 nitsgacha chiqadigan displey hatto quyoshli sharoitda ham tiniq koʻrinib turadi. Oʻquvchilar quyoshli deraza yonida oʻtirishadimi yoki yoʻlda oʻqishadimi, istalgan vaqtda va istalgan joyda onlayn darslarni bemalol kuzatib borishlari mumkin.
Sinf ishlari bilan cheklanmagan holda Galaxy Tab S10 FE ning katta displeyi oʻyin-kulgini ham yaxshilaydi. 90 Hz yangilanish chastotasi displey animatsiyalari silliqligini taʼminlaydi, video strim va oʻyinlarni yanada ravon va taʼsirchan qiladi. Bu tanaffuslar uchun ayni muddao.
Kuchli koʻp vazifalilik funksiyalari yordamida samaradorlikni oshiring
Galaxy Tab S10 FE dagi Multi Window[2] (koʻplab oynalar) funksiyasi unumdorlikni oshiradi. Bu talabalarga bir vaqtning oʻzida onlayn maʼruzalarda qatnashish, eslatmalar yozish va notanish tushunchalarni tadqiq qilish uchun ekranni uchga boʻlish imkonini beradi. 12 GB gacha boʻlgan katta sigʻimli tezkor xotiraga ega qurilma qotishlarsiz koʻp vazifalilikni bajara oladi va bir nechtalab ilovalarni muammosiz ochadi. Bu qiyin imtihon davrida ishonchli vositadir.

Multi Window
S Pen yordamida eslatmalar yozishni soddalashtiring
S Pen bilan jihozlangan Galaxy Tab S10 FE aniq va tabiiy qoʻlyozma imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, S Pen uchun turlicha AI funksiyalari mavjud.

Galaxy Tab S10 FE va S Pen.
Betartib qoʻl yozuvi yoki notekis chiziqlar haqidagi xavotirlar Handwriting help (qoʻlyozma yordami) orqali oson bartaraf etiladi: u toza, tekis chiziqlarni saqlashga koʻmaklashadigan Smart guideline (aqlli koʻrsatmalar) funksiyasiga ega. Shuningdek, Align letters (harflarni tekisla) va Fix the shape of letters (harflar shaklini toʻgʻrila) kabi qoʻshimcha funksiyalar yozuvni jonli ravishda avtomatik tarzda sayqallab, chiroyli va tartibli eslatmalar yaratishga yordam beradi.
Bundan tashqari, qoʻl yozuvidagi eslatmalarni koʻrib chiqish va doʻstlar bilan ulashish uchun ularni matnga aylantirish mumkin. Convert to text (matnga oʻgirish) funksiyasi ayniqsa matematika va tabiiy fanlar uchun foydali: u qoʻl bilan yozilgan tenglama va formulalarni tahrirlanadigan raqamli matnga aylantirib, jarayonni soddalashtiradi.
Samsung Notes’da eslatmalar yozayotganda talabalar audioyozuv ham olishi mumkin. Qoʻl yozuvi esa avtomatik tarzda audio bilan sinxronlanadi. Yozib olingan audioni ijro qilayotganda eslatmalarning istalgan joyiga tegsangiz, audioyozuvning aynan oʻsha taymiga darhol oʻtasiz. Bu audio fayllarni qoʻlda qidirmasdan takrorlashni maqsadli jarayonga aylantiradi.
Aqlli AI imkoniyatlari orqali yanada samarali oʻqishga
koʻmaklashuv
Yolgʻiz tayyorgarlik chogʻida Galaxy Tab S10 FE dagi AI funksiyalari talabalarga javoblarni oson topishga yordam beradi. Google orqali aylana chizib qidirish yordamida ekrandagi tegishli matn yoki tasvirni aylana ichiga olib, murakkab tushunchalarni darhol izlash yoki qiyin matematik masalalarni bosqichma-bosqich izohlar bilan yechish mumkin. Shuningdek, bu intuitiv vosita ekrandagi matnni tarjima qilib, chet tilini oʻrganishni yanada qulay va samarali jarayonga aylantiradi.
Samsung Notes’dagi Solve Math[3] (matematik masalalarni yechish) funksiyasi murakkab matematik tenglamalarga ham tez va aniq yechimlar taqdim etadi. Formula yozib, oxiriga teng belgisini (=) qoʻysangiz, javob avtomatik ravishda paydo boʻladi. Vosita jonli ravishda ham qoʻl yozuvi, ham terilgan ifodalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu oddiy arifmetikadan tortib, ilgʻor, ilmiy kalkulyator darajasidagi hisob-kitoblargacha va yuza, uzunlik, harorat kabi oʻlchovlar boʻyicha birliklar konversiyasini ham bajaradi. Aytish joizki, funksiya talabaning oʻz qoʻl yozuvi uslubini hamda tanlangan ruchka turi, matn oʻlchami va chiziqlar qalinligini saqlab, eslatmalar stilini bir xil olib boradi.
Faol takrorlashni qoʻllab-quvvatlash va xatolarni kuzatib borish uchun Galaxy Tab S10 FE talabalarga shaxsiy takrorlash daftarchasini yaratishda yordam beradi. Ekranning oʻng tomonidagi ruchka shaklidagi belgi ustiga S Pen bilan bosish orqali ular Air Command’ni faollashtirishlari mumkin. AI Select yordamida notoʻgʻri javob berilgan savollarni aniqlab, ularni yangi yoki mavjud eslatmaga koʻchirish mumkin. Bu takrorlash uchun materiallarni yigʻish va tartibga solishda qoʻl keladi.

Insho yoki hisobotlar kabi katta hajmli yozma topshiriqlar uchun Book Cover Keyboard aksessuari Galaxy Tab S10 FE ni noutbukka aylantiradi. Maxsus Galaxy AI Key tugmasini bosish bilan AI yordamchilari darhol ishga tushadi, bu esa talabalarga maʼlumotni tezda izlash va oʻquv jarayonini yanada boyitishga imkon beradi.

Ham dizayn, ham tezlikni qadrlaydigan talabalar uchun Galaxy Tab S10 FE Galaxy Tab S modellarining puxta dizayn merosidan ilhom oladi. Yangi planshet uchta nafis rangda taqdim etiladi: koʻk, kulrang va kumush. Ushbu ranglardagi nozik rang tonlari har qanday joyga nafislik bagʻishlaydi.
Samsung’ning Intelligent Features funksiyalarini qulay narx bilan uygʻunlashtirgan Galaxy Tab S10 FE eng ajoyib hamroh sifatida ajralib turadi. U imtihonlarga yanada aqlli ravishda tayyorgarlik koʻrish, vaqtni samaraliroq boshqarishda yordam beradi va har bir talaba uchun stilistik va funksional qulayliklarni taʼminlaydi.
[1] Diagonalda oʻlchanganda ekran oʻlchami toʻliq toʻrtburchakda 10.9 dyuym. Aylana burchaklar tufayli amalda ishlaydigan displey maydoni kichikroq.
[2] Baʼzi ilovalar Multi Window funksiyasini qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin.
[3] Solve Math ilovasi qurilmada ishlaydi va internet tarmogʻini talab qilmaydi, lekin Samsung akkauntiga kirishni talab qiladi. Qoʻl yozuvini xato aniqlash notoʻgʻri hisob-kitoblarga olib kelishi mumkin.
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com