[Foydalanuvchi uchun qoʻllanma] Galaxy Tab S10 Ultra bilan yangi imkoniyatlarni oching

28/10/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

 

Galaxy Tab modellari ish va dam olish vaqtini samarali oʻtkazishga yordam beruvchi qurilma boʻlib, ish va ishdan tashqari hayot muvozanatini birinchi oʻringa qoʻyadigan mutaxassislar uchun serqirra hamroh boʻlib xizmat qiladi. Yengil, olib yurishga qulaylashtirilgan dizaynli qurilma ish davomida koʻplab vazifalarni bajarish imkoniyatini berish bilan foydalanuvchi samaradorligini oshirsa, uning koʻngilochar va striming funksiyalariga boyligi ishdan keyingi hordiqni yangi darajaga chiqaradi.

 

Galaxy Tab S10 Ultra Samsung Electronics kompaniyasining sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan birinchi plansheti va eng yangi premium taklifidir. Kattaroq ekran uchun optimallashtirilgan turli funksiyalar orqali qurilma Galaxy muxlislaridan qizgʻin olqishlarni oldi va keyingi avlod planshetlari uchun yangi standart oʻrnatdi. Samsung Newsroom Galaxy Tab S10 Ultra zamonaviy odamlarning ish va shaxsiy hayotlarida muvozanatga intilishlarida qanday qilib yordam bera olishini oʻrganib chiqdi.

 

 

Ultra keng ekranda AI kuchidan foydalanish

Galaxy Tab S10 Ultra shu kunga qadar chiqqan Galaxy Tab modellari orasida eng katta ekranga ega va Galaxy AI integratsiyasi bilan jihozlangan, ko‘p funksiyali qurilmadir. Keng miqyosli hujjatlarga tezkor ishlov beradigan va internetdan turli manbalarni qidiradigan mutaxassislar uchun ishonchli vosita sifatida yaratilgan Galaxy Tab S10 Ultra ish samaradorligini sezilarli darajada oshirishga tayyor.

 

▲ (Chapdan) Galaxy Tab S10 Ultra va Aylana chizib qidirish funksiyasi

 

Vertikal qaralganda, ulkan 14,6 dyuymli ekran foydalanuvchilarga bir nechta sahifalarda katta hajmdagi matnlarni displey boʻylab tepa-pastga surmasdan oʻqish imkonini beradi. Bu qurilmada unumdorlikni oshirish va individual ish jarayonlariga moslashishda koʻp vazifali muhit yaratish uchun ekranni uch qismga boʻlish mumkin.

 

Oddiy imo-ishora bilan bir deganda qidirish imkonini beruvchi Aylana chizib qidirish funksiyasi Galaxy Tab S10 Ultra bilan yanada taʼsirli boʻladi. Katta ekran uchun moslashtirilgan ushbu tasvirga asoslangan intuitiv qidiruv uslubi avvalgidan-da koʻproq natijalar va maʼlumotlarni koʻrsatishi mumkin.

 

▲ Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarni bir zumda tarjima qilish uchun Bosh sahifa tugmasini bosib ushlab turing, soʻng Tarjima qilish bosing.

 

▲ Tarjima

 

Bundan tashqari, katta ekran ijtimoiy tarmoqlardagi resurslarni yoki xorijiy tillardagi PDF hujjatlarini oʻqishda bebaho vositadir. Galaxy AI tugmasini bosish bilan PDF fayllar jonli ravishda tarjima qilinadi. Tarjima qilish funksiyasi foydalanuvchilarga maʼlumotlarni tez va samarali oʻzlashtirish imkonini beradi.

 

Eslatmalar va qaydlar yozishdan to bayonnomalarini yozishgacha majlislarni aqlliroq oʻtkazish

Majlislar ishning ajralmas qismidir, ammo uzoq sessiyalar maʼlumot va suhbatlarni chalgʻimasdan kuzatishni qiyinlashtirishi mumkin. Galaxy Tab S10 Ultra samarali ravishda eslatma, qayd va bayonnomalarni yozib borish uchun moʻljallangan funksiyalari bilan eʼtiborni yoʻqotmasdan majlislarda qatnashishning yanada aqlli usulini taqdim etadi.

 

▲ Eslatma yordami

 

Eslatma yordami majlis va yigʻilishlar uchun qulaydir, zero ushbu funksiya foydalanuvchilarning ovozlarini yozib olish va kontentni avtomatik ravishda transkripsiya qilish qobiliyatiga ega. AI texnologiyasi yigʻilishlarning hisobini olib boradi va, kerak boʻlganda, tarjimalarni taqdim etadi. Bu esa foydalanuvchilarga bor eʼtiborni muhokamalarga qaratish imkonini beradi. Bundan tashqari, Galaxy AI majlis bayonnomalarini yozishga ham yordam beradi. Bu majlisdan keyingi ishlarga ketadigan vaqtni sezilarli darajada kamaytiradi.

 

▲ Qoʻl yozuvi rejimi

 

Galaxy Tab S10 Ultra afzalliklari majlis va yigʻilishlar tugaganidan keyin ham davom etadi. Planshetning katta ekrani boʻlib oʻtgan suhbatning har tomonlama koʻrinishini taqdim etadi, bu esa muhim fikr va gʻoyalarni birorta tafsilotlarni oʻtkazib yubormasdan koʻrib chiqishni taʼminlaydi. Shuningdek, shoshilinch ravishda qaydlarni yozib olishda foydalanuvchilar qoʻl yozuvi tartibsizligidan xavotirlanishlariga hojat yoʻq. Qoʻl yozuvi rejimi matnni tekislash, satrlarni tekislash, soʻzlar oraligʻini toʻgʻrilash va boshqa imkoniyatlari orqali yozuvning oʻqirliligini taʼminlaydi. Endi foydalanuvchilar oʻz yozuvlarini chiroyli va tartibli qila oladi, bu sharhlashni ancha osonlashtiradi.

 

Istalgan vaqtda va istalgan joyda cheksiz imkoniyatlar bilan ishlash

 

▲ Endi yanada portativ boʻlgan Galaxy Tab S10 Ultra noutbuk uchun ikkinchi monitor sifatida xizmat qilishi mumkin.

 

Galaxy Tab S10 Ultra Galaxy Tab modellari orasida eng katta ekranga ega boʻlsa-da, qurilma oʻzidan oldingisiga nisbatan yengilroqligi va 5,4 mm qalinligi bilan qulay va portativ qurilma boʻlib qolaveradi. Turli xil ish turlariga mos keladigan planshetni istalgan joyda olib yurish mumkin: uy, kafe yoki kovorking maydoni va hokazo.

 

Noutbuk egalari uchun Galaxy Tab S10 Ultra ikkinchi ekranga aylanish imkoniyati katta imtiyoz beradi. Planshetni noutbukka ulash orqali foydalanuvchilar unumdorlikni oshirish va koʻplab vazifalarni bajara olish uchun ekranni kengaytirish yoki tasvirni narigi ekranda takrorlash orqali kengroq ish maydonini hosil qila oladi.

 

▲ AI Assistant tugmachasiga ega muqova klaviaturasi Galaxy Tab S10 Ultra’dan noutbuk kabi foydalanish imkonini beradi.

 

Muqova klaviaturasi va Bluetooth sichqonchasi bilan jihozlangan Galaxy Tab S10 Ultra xuddi noutbuk kabi ishlaydi. Muqova klaviaturasi ham, Slim varianti ham AI Assistant’ga tezda kirish uchun maxsus tugmaga ega. Ushbu tugma foydalanuvchilarga ishlarini yanada aqlli va samarali tarzda bajarish qobiliyatini taqdim etadi.

 

 

Galaxy Tab S10 Ultra ijodkorlikni oshirish, oʻyin-kulgini yangi darajaga olib chiqish orqali ishdan keyingi hordiqda hayotdan boricha zavqlanishga imkon beradi.

 

Sketchlarni S Pen yordamida shoh asarlarga aylantiring

 

▲ S Pen bilan sketchlarni rasmga aylantirish

 

AI planshet sifatida Galaxy Tab S10 Ultra’ning ismi jismiga mosdir. Uning hatto S Pen qalami ham AI foydalanadi. S Pen’ni qoʻlga olib, ekranning oʻng tomonidagi qalam shaklidagi belgiga bosish orqali foydalanuvchilar bir qator sunʼiy intellekt imkoniyatlarini taqdim etadigan Air Command’ni faollashtirishlari mumkin. Sketch to Image funksiyasi AI aniqlash orqali oddiy chizmalarni avtomatik ravishda yuqori sifatli tasvirlarga aylantiradi. Keyinchalik bu tasvirlar turli uslublarga, jumladan, akvarel, illyustratsiya, pop-art va 3D multfilm dizaynlariga aylantirilishi mumkin. Bu orqali hamma sanʼat asarini yarata oladi. Planshetning katta ekrani ijodkorlik salohiyatini ochish uchun keng raqamli maydon taqdim etib, rasm chizish imkoniyatlarini yanada yaxshilaydi.

 

Uzluksiz tezkor hisoblash kuchi orqali immersiv video oʻyinlardan zavqlanish

 

▲ Galaxy Tab S10 Ultra bilan hatto eng ogʻir video oʻyinlarni ham qotishlarsiz oʻynasa boʻladi.

 

Galaxy Tab S10 Ultra uzoq muddatga choʻziladigan oʻyinlarda ham planshetning qizib ketishining oldini olish uchun ilgʻor sovitish tizimidan foydalanadi. Bu orqali u ogʻir va kuchli grafikali mobil oʻyinlarni uzluksiz qoʻllab-quvvatlaydi.

 

Betakror tomosha hissi uchun immersivlikni maksimal darajaga chiqarish

 

 

Galaxy Tab S10 Ultra’ning 14,6 dyuymli ekrani video tomosha qilish uchun ham, video oʻyinlarni oʻynash uchun ham ajoyib imkoniyatlarga ega. Dynamic AMOLED 2X displeyi tiniq va haqiqiy ranglarni va yuqori aniqlikdagi tasvirni taqdim etsa, 120Hz yangilanish chastotasi esa tasvirdagi harakatlarni silliqlashtiradi. Planshetdagi maxsus oyna quyosh shuʼlalarini minimallashtirish ustiga Vision Booster funksiyasi yanada yorqin ekranni taʼminlash uchun uni tashqi muhit yorqinligiga qarab sozlaydi.

 

▲ Sozlamalarda Ovoz sifati va effektlari boʻlimiga oʻting va Dialogue Boost’ni tanlang

 

Taʼkidlash joiz boʻlgan yana bir funksiya — Dialogue Boost AI texnologiyasi YouTube yoki striming platformalarida kontentni tomosha qilishda gaplar ravshanligini taʼminlash uchun ovozlarni tahlil qiladi va nutqni shovqindan ajratadi. Ushbu funksiyani faollashtirish uchun Sozlamalar ostidan Ovoz sifati va effektlarini tanlang va Dialogue Boost’ga bosing. Endi foydalanuvchilar toʻliq immersiv his uchun sevimli film va seriallardagi suhbatlarni yanada aniqroq eshitishga muvaffaq boʻladi.

 

 

Uzoq ishdan chiqqach, uyga kelib, divanga oʻzingizni otar ekansiz, YouTube’da video koʻrish yoki strim tomosha qilish hayotning kichik bir zavqlariga aylangan. Galaxy Tab S10 Ultra oʻzining qulay funksiyalari va ilgʻor tasvir va ovoz sifati orqali ushbu daqiqalarni yanada yaxshilaydi.

 

Galaxy Tab S10 Ultra katta ekranda keng qamrovli mobil qulayliklarni taqdim etadi. Planshet oʻzining noyob Galaxy AI funksiyalari orqali samaradorlikni oshiradi va immersivlikni maksimal darajaga chiqaradi. Bugungi professionallar uchun Galaxy Tab S10 Ultra premium planshet boʻlib, u ish va hayot oʻrtasidagi muvozanatga yangicha maʼno beradi.

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga