Futbol bo‘yicha Jahon Chempionatini tomosha qilish uchun qanday televizor tanlash kerak?

21/11/2022
Share open/close
Havola nusxalandi.

Neo_QLED_football_1000_563

 

Futbol matchlarini tomosha qilish uchun Samsung katta diagonalli premial televizorlar reytingini taqdim etadi.

 

Sevimli jamoangizning o‘yinini katta ekranli televizorda do‘stlar davrasida tomosha qilishga nima yetsin. Buning uchun qaysi televizorlar ko‘proq mos keladi? Biz sizga to‘g‘ri tanlov qilishingizda yordam beramiz.

 

 

Yangi avlod Samsung Neo QLED televizorlari

 

Jahon chempionatiga borib, futbolni stadiondan tomosha qilgandek o‘zingizni his qilishni xohlaysizmi? Endi, Samsung Neo QLED televizorlari bilan bunga erishish juda oson. Quantum Mini LED texnologiyasi bilan futbol o‘yini tasviri yorqinroq va aniqroq 4K va 8K formatli sifatida taqdim etiladi. Tasvir diqqatingizni ekranga mixlaydi: hech qaysi lahza nazaringizdan chetda qolmaydi!

Object Tracking Sound Pro funksiyasi esa muxlislar bilan bir to‘lqinda qolishingizga imkon beradi. Sun’iy aql har bir sahnani tahlil qiladi va ekrandagi harakat ortidan dinamik tovush hosil qiladi. Uch tomonlama yo‘nalgan hajmli ovoz sizga o‘zingizni sport hodisalari markazida his etishingizga yordam beradi.

 

 

Yangi Neo QLED 8K televizorlarining xususiyatlari

 

Neo QLED 8K premial lineykasi sport matchlarini tomosha qilish uchun butunlay yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Deyarli hoshiyasiz ramkali 65, 75 va 85 diagonalli displey qarshisida siz ekrandagi tasvirga boshingiz bilan sho‘ng‘iysiz va katta stadionga “o‘tib qolasiz”. 300 mln piksel tasvirga jon kiritib yuboradi va har bir kadrdan rohatlanishga imkon beradi.

 

 

Haridorlar ishonchini qozongan klassika: Crystal UHD televizorlari

 

Crystal UHD televizorlarining o‘ziga xosligi 4K-formatli tasvirning tabiyligini ta’minlovchi sof va tiniq ranglaridir. High-Dynamic Range (HDR) texnologiyasi yordami bilan, hatto, qorong‘i sahnalardagi tasvirni ham ipidan ignasigacha ko‘rish imkoniyati yaratildi. Televizor rang spektrining diapazonini yaxshigina kengaytiradi va hayratlanarli tasvirni ko‘rishingizga yordam beradi.

 

Futbolda ko‘p uchrovchi dinamik sahnalar uchun esa Motion Xcelerator funksiyasi bor. Endi kadrlar hech ham titramaydi – faqat ko‘zni charchatmaydigan ravon harakatlar bilan televizor oldida maroqli vaqt o‘tkazasiz.

 

 

Haridorlar uchun ajoyib aksiya

 

Jahon Chempionatini yangi televizorda ko‘rishni rejalashtirganlar uchun ajoyib yangilik!

 

Katta diagonalli Samsung televizorini xarid qiling va iTV onlayn-kinoteatriga 1 yillik premium obunani sovg‘a sifatida oling!*

 

Aksiya haqida batafsil ma’lumot Samsung Uzbekistan rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

 

 

Qiziqarli fakt

 

Samsung 8K televizorlar ishlab chiqarishda jahonda yetakchi hisoblanadi. Faktlarga yuzlanamiz: 85QN900A modeli texnologik ishlanmalar sohasidagi ilg‘or yechimi tufayli Digital Imagine (raqamli tasvir) va Video Displays (videodispleylar) toifalarida laureat bo‘lib, CES Innovation Awards 2021 mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

 

YouTube video: https://youtu.be/tNfRSYMyH-c

Pressa uchun > Press-relizlar

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga