Futbol, kino va o‘yinlar — Samsung Mini LED televizorlari bilan mutlaqo yangi darajadagi tomosha tajribasi

06/07/2026
Share open/close
Havola nusxalandi.

Toshkent, 2026-yil iyun. Samsung Electronics O‘zbekistonda Mini LED texnologiyasiga ega yangi M70 va M80 televizorlari savdosi boshlanganini e’lon qiladi.

 

Avval Mini LED texnologiyasi asosan Samsung kompaniyasining premium toifasidagi NeoQLED televizorlarida taqdim etilgan edi. Endilikda kompaniya ushbu texnologiyani yanada kengroq foydalanuvchilar uchun taqdim etib, uning afzalliklaridan ko‘proq insonlar bahramand bo‘lishi imkonini yaratmoqda.

 

 

Samsung O'zbekistonda MiniLED televizorlarini taqdim etadi

 

Mini LED: tasvirni idrok etishni o‘zgartiradigan texnologiya

 

Mini LED — bu ekranni yoritish texnologiyasi bo‘lib, unda o‘lchami 1 mm dan kichik bo‘lgan minglab yorug‘lik diodlari qo‘llaniladi. Oddiy LED televizorlarda odatda 100–500 ta LED ishlatilsa, Mini LED televizorlarida ularning soni 25 mingtagacha yetadi. Shu tufayli orqa yoritish ko‘plab lokal xiralashtirish zonalariga bo‘linadi va har bir hudud yorqinligi alohida boshqariladi. Natijada televizor kontrastni yanada aniqroq uzatadi: qorong‘i sahnalarda mayda detallar yo‘qolmaydi, yorug‘ joylar esa ortiqcha yorishmasdan tabiiy va boy ko‘rinadi.

 

Foydalanuvchi uchun bu mutlaqo yangi tomosha tajribasini anglatadi — tasvir yanada chuqur, jonli va realistik bo‘ladi, “tekis tasvir” hissi esa yo‘qoladi.

 

Yangi M70 va M80 televizorlari tasvir sifatidagi ustunliklarni har kuni his qilish imkonini beradi:

 

  • Yorug‘ xonada ham qulay tomosha. 500–1000 nit yorqinlik darajasi tufayli televizorni katta derazali mehmonxonada yoki yorqin kunduzgi yorug‘likda ham qulay tomosha qilish mumkin.
  • Murakkab sahnalarda yuqori aniqlik. Lokal xiralashtirish zonalari qorong‘i sahnalarda teksturalarni, yorqin osmonli manzaralarda esa ranglarning nozik o‘tishlarini saqlab qoladi.
  • O‘yinlar va sport translatsiyalarida ravon tasvir. Motion Xcelerator 144 Hz va DLG 240 Hz texnologiyalari tezkor harakatlarni silliq aks ettirib, geyming va sport muxlislari uchun yanada qulay tajriba yaratadi.
  • Kontentga mos aqlli optimallashtirish. NQ4 AI Gen2 protsessori tasvir va ovozni real vaqt rejimida tahlil qilib, avtomatik ravishda optimallashtiradi. Masalan, AI Soccer Mode futbol uchrashuvlarini tomosha qilishda stadion muhitini yanada tabiiy his etishga yordam beradi va yozgi futbol turnirlarini tomosha qilish uchun ayni muddao hisoblanadi.

 

Boshqa yechimlardan nimasi bilan farq qiladi?

 

An’anaviy LED televizorlar bilan taqqoslaganda, M70 va M80 modellari sezilarli darajada yuqori yorqinlik, yaxshilangan kontrast hamda orqa yoritishni aniqroq boshqarishni taklif etadi. Shu bilan birga, ular energiya samaradorligi bilan ham ajralib turadi — o‘xshash o‘lchamdagi oddiy LED televizorlarga nisbatan elektr energiyasini 20 foizgacha kam sarflaydi. Bu esa Samsung kompaniyasining o‘z mahsulotlarida izchil amalga oshirib kelayotgan barqaror rivojlanish tamoyillariga ham mos keladi.

 

NeoQLED modellari bilan solishtirilganda esa Mini LED televizorlari o‘rta segmentdagi optimal yechim hisoblanadi. Ular premium darajadagi ko‘plab afzalliklarni — yuqori detalizatsiya, chuqur qora rang va kontrastni aniq boshqarishni — yanada kengroq foydalanuvchilar uchun taqdim etadi.

 

NeoQLED esa maksimal imkoniyatlarni izlaydigan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2000 nitgacha yorqinlik va orqa yoritishni boshqarishning eng ilg‘or tizimini taklif etadi. Mini LED esa narx va imkoniyatlar o‘rtasidagi eng maqbul muvozanatni ta’minlaydi.

 

To‘liq taassurot uchun qo‘shimcha texnologiyalar

 

M70 va M80 televizorlari tomosha taassurotlarini yanada boyituvchi zamonaviy funksiyalar bilan jihozlangan:

 

  • Pure Spectrum Color va Color Booster Pro texnologiyalari ranglarni tabiiy va yanada boy ko‘rsatadi, sun’iy intellekt asosidagi algoritmlar esa har bir sahnaga mos ravishda rang tuslarini avtomatik optimallashtiradi.
  • Mini LED HDR eng yuqori kontrastli sahnalarda ham barcha mayda detallarni ochib beradi — qorong‘i o‘rmon manzaralaridan tortib, quyosh nuri bilan yoritilgan yorqin osmongacha.
  • Samsung Vision AI Companion sun’iy intellekt asosidagi funksiyalar yordamida televizordan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
  • AI Sound Controller ovozni avtomatik ravishda moslashtiradi: dialoglar yanada aniq eshitiladi, ovoz effektlari esa yanada keng va ta’sirchan yangraydi.
  • Energiya samaradorligi esa foydalanuvchi uchun qo‘shimcha afzallik.

 

O‘zbekistonda mavjudligi

 

Mini LED texnologiyasiga ega Samsung M70 va M80 televizorlari 2026-yil iyun oyidan boshlab O‘zbekiston bozorida sotuvga chiqarildi. Yangi model qatorining kengaytirilishi Samsung kompaniyasining ilg‘or texnologiyalarni yanada keng auditoriyaga yaqinlashtirish strategiyasini aks ettiradi. Endilikda foydalanuvchilar kino tomosha qilish, o‘yin o‘ynash, sport musobaqalarini kuzatish yoki har qanday yoritish sharoitida qulay tomosha qilish uchun o‘z ehtiyojlariga mos televizorni tanlash imkoniyatiga ega. M70 va M80 modellari turli foydalanish ssenariylari hamda byudjetlarga mos optimal yechimlarni taklif etib, yuqori tasvir sifati va zamonaviy sun’iy intellekt funksiyalarini o‘zida mujassam etadi.

 

Samsung Mini LED M70 va M80 televizorlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun Samsung rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring yoki kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy hamkorlariga murojaat qiling.

Qurilmalar > TV va Audio

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga