Galaxy A17 + Yandex: Har kuni tartibli va samarali bo‘lish siri nimada?

07/11/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Rejalashtirgan ishlaringizga ulgura olmayotgan bo‘lsangiz, yechim shu yerda.

 

Galaxy A17 va Yandex birlashgan holda, ko‘proq vaqtingiz va energiyangizni tejaydi. Kichik qulayliklar ham hayotingizni yoqimli qilishda katta yordam bera oladi. Masalan, endi yo‘lda adashish, ishga kechikish yoki ma’lumot izlab charchash degan muammolar sizni qiynamaydi.

 

Kundalik hayot uchun yaratilgan GalaxyA17

 

  • 6,7 dyuymli Super AMOLED ekran orqali matnlar ko‘zni charchatmaydi, kechasi esa “Eye Comfort” rejimi ko‘zlarni himoya qiladi.
  • 90 Hz yangilanish tezligi bilan har bir harakatni silliq ko‘rsatadi. Shunchaki ijtimoiy tarmoqlarni kuzating, film tomosha qiling yoki o‘yin o‘ynang – qotmay ishlaydi.

 

 

  • 50 MP asosiy kamera (OIS bilan) sizga tungi suratlarda ham aniq, yorqin kadrlar beradi.
  • 5000 mA·soat sig‘imli batareya tufayli smartfon quvvati sizga butun kun davomida bemalol yetadi.
  • IP54 darajasidagi himoyasi sizni sovuq yomg‘ir yoki changli muhitda ham xavotirga solmaydi.

 

Uzluksiz qulaylik – Samsung ekotizimida

 

Galaxy A17 nafaqat mustaqil kuchli smartfon, balki Samsung ekotizimining muhim qismi hamdir.

 

  • One UI 7 interfeysi – foydalanishingiz uchun sodda va qulay.
  • Quick Share yordamida siz surat yoki hujjatni bir zumda ulashasiz,
  • Smart Switch orqali esa eski telefoningizdagi barcha ma’lumotlarni yangi Galaxy’ga oson o‘tkazasiz.
  • Gemini Live sun’iy intellekt imkoniyatlari, aylana chizib qidirish va shu kabi zamonaviy funksiyalar – barchasi Galaxy A17’da mavjud.

 

 

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun qulayliklar

 

  • Yandex Kartalar – O‘zbekiston bo‘ylab ayni vaqtdagi yo‘l tirbandliklarini ko‘rsatib turadi, manzilga tezroq yetib olish uchun eng qulay marshrutni tavsiya etadi.
  • Yandex Musiqa – kayfiyatga qarab musiqani moslaydi, ommalashayotgan yangi o‘zbekcha qo‘shiqlarni tinglash imkoniyatini yaratadi.
  • Yandex Qidiruv – kerakli ma’lumotni soniyada topadi, siz esa o‘qish yoki ishga e’tibor qaratishingiz mumkin.
  • Yandex Pogoda – ob-havo haqida ma’lumot berib, ertangi kuningizni rejalashtirishda yordam beradi.

 

Galaxy A17’ning tezkor tizimi va Yandex servislarining mahalliylashtirilgan funksiyalari birgalikda ishlaganda, siz o‘zingizni haqiqiy “raqamli komfort hududi”da his qilasiz.

 

Yangi odatlar uchun yangi imkoniyatlar

 

Masalan, Yandex Musiqa orqali o‘qish vaqtida diqqatni jamlaydigan pleylistni tanlab, Galaxy A17’dagi “Focus mode” funksiyasi yordamida bildirishnomalarni vaqtincha o‘chirib qo‘yish mumkin.

Yoki Yandex Kartalarda yangi kafeni topib, yo‘l-yo‘lakay kamera orqali manzara suratlarini olish – bu ham kundalik, ammo texnologiya yordamida qulaylashgan jarayon.

 

Galaxy A17 va Yandex’ning birlashgan imkoniyatlari sizni ortiqcha tashvishlardan ozod etishga tayyor.

 

 

Batafsil ma’lumot samsung.com saytida.

Qurilmalar > Mobil

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga