Galaxy A57 5G, A37 5G va A27 5G: intellektual salohiyatga ega yangi smartfonlar oilasi
Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy A smartfonlarining yangi avlodi – Galaxy A57 5G, A37 5G va A27 5G smartfonlarini taqdim etadi. Yangi mahsulotlar zamonaviy mobil texnologiyalarni yanada qulayroq qilib, intellektual AI-funksiyalar, samarali kameralar, yorqin displeylar va yuqori darajadagi xavfsizlikni turli xil foydalanish stsenariylari uchun qurilmalarda mujassam etadi.
Intellektual imkoniyatlar tobora kengayib bormoqda

Har bir yangi avlod bilan Samsung Galaxy AI intellektual funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Galaxy A seriyasida foydalanuvchilar Ajoyib Intellekt1 – kundalik vazifalarni oson va qulayroq qiladigan AI-vositalari to‘plamiga ega bo’ladilar.
Yangi qurilmalarning imkoniyatlari orasida Google kompaniyasiga tegishli Circle to Search2 funksiyasi yordamida tezkor ma’lumot qidirish, fotosuratlar bilan intellektual ishlash, shuningdek, tabiiy ovozli muloqot orqali javoblar, g‘oyalar olish va vazifalarni bajarish imkonini beruvchi Google Gemini bilan integratsiya mavjud.
Har qanday lahzaga tayyor kamera

Barcha yangi modellar 50 MP asosiy kameraga ega bo‘lib, u kunduzi ham, kechqurun ham batafsil suratlar olish imkonini beradi.
Ijodiy suratga olish imkoniyatlari muhim bo‘lgan foydalanuvchilar uchun Galaxy A57 5G 12 MP ultra keng burchakli modulga ega eng ilg‘or kamera tizimini taklif etadi, Galaxy A37 5G esa 8 MP ultra keng burchakli kamera bilan jihozlangan. Galaxy A27 5G 5 MP ultra keng modulli ishonchli uchlik kamerasi tufayli kundalik suratga olish uchun ajoyib tanlov bo‘ladi. Barcha uchta model 4K aniqlikdagi videoyozuvni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ko’ngilochar mashg’ulotlar va ish uchun yorqin ekran

Galaxy A57 5G, A37 5G va A27 5G smartfonlari 120 Hz gacha bo’lgan yangilanish tezligiga ega katta 6.7 dyuymli Super AMOLED-displey bilan jihozlangan bo‘lib, ular ranglar to’yinganligi, silliq varaqlash va videolarni qulay ko‘rish tajribasini ta’minlaydi.
Sig’imi 5000 mA·soat akkumulyator tufayli smartfonlar kun davomida foydalanuvchiga ishonchli hamrohlik qiladi. Galaxy A57 5G va A37 5G 45 Vt gacha quvvatga ega o‘ta tez zaryadlashni, A27 5G esa 25 Vt gacha tez zaryadlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yillarga mo‘ljallangan ishonchlilik

Galaxy A57 va A37 smartfonlari IP683 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyaga ega, A27 esa IP644 himoyasi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, Samsung tomonidan qo’llab -quvvatlanadigan uzoq muddatli One UI dasturiy ta’minotini o’zida mujassam etgan.
Operatsion tizim va xavfsizlikning muntazam yangilanishi qurilmadan ko‘p yillar davomida ishonch bilan foydalanish imkonini beradi, Samsung Knox esa shaxsiy va maxfiy axborotlarning yuqori darajadagi himoyasini ta’minlaydi.
Galaxy A57 5G, A37 5G yoki A27 5G – qaysi biri sizga mos?
Har bir model o‘ziga xos kundalik tajribasiga mo‘ljallangan.
- Galaxy A57 5G – maksimal unumdorlik, kengaytirilgan AI imkoniyatlari, eng ilg‘or kamera va yuqori sifatli korpus materiallari muhim bo‘lgan foydalanuvchilar bop tanlov.
- Galaxy A37 5G – faol kundalik hayot uchun imkoniyatlar, unumdorlik va narxning optimal muvozanatiga ega universal smartfon.
- Galaxy A27 5G – talabalar, yosh mutaxassislar, ota-onalar va sifatli ekran, ishonchli kamera, AI funksiyalarini qo‘llab-quvvatlash va uzoq avtonom ishlash vaqtiga ega zamonaviy smartfon izlayotgan har bir kishi uchun amaliy yechim.
Zamonaviy turmush tarzi uchun yaratilgan smartfonlar
Yangi Galaxy A seriyasi Samsung kompaniyasining ilg‘or mobil texnologiyalarni kengroq foydalanuvchilar doirasiga taqdim etish istagini tasdiqlaydi. Tanlangan modeldan qat’i nazar, smartfon egalari aqlli funksiyalar, ishonchli himoya, sifatli kamera va yorqin displey uyg‘unligiga ega bo‘ladilar – bularning barchasi smartfonni har kuni qulay yordamchiga aylantiradi.
Galaxy A57 5G, A37 5G va A27 5G smartfonlari, ularning xususiyatlari, mavjud konfiguratsiyalari va O‘zbekistonda sotuvga chiqarilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Samsung Uzbekistan rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring yoki Samsung kompaniyasining rasmiy do‘konlari va hamkorlariga murojaat qiling.
1 Awesome Intelligence, Galaxy AI va Google Gemini funksiyalarining mavjudligi qurilma modeliga, dasturiy ta’minot versiyasiga, mintaqaga, tilga, Samsung hisob qaydnomasiga va internetga ulanishga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
2 Circle to search – Google LLC savdo belgisidir. Ketma-ketliklar qisqalashtirilgan va modellashtirilgan. Natijalar faqat illyustrativ maqsadlarda ko’rsatilgan. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til yoki qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Internet aloqasi talab qilinadi. Foydalanuvchilar Android va Google ilovasining eng oxirgi versiyasiga ega bo’lishi kerak. Mos ilova va qurilmalarda ishlaydi. Natijalar vizual mosliklarga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligiga kafolat berilmaydi.
3 Galaxy A57 5G va A37 5G IP68 himoya darajasiga ega. Laboratoriya sinovlari natijalariga ko‘ra, qurilma 1,5 metrgacha chuchuk suvga 30 daqiqagacha tushirishga bardosh beradi. Qurilmadan plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Suv va changdan himoya doimiy xususiyat emas hamda tabiiy eskirish oqibatida vaqt o‘tishi bilan pasayishi mumkin.
4 Samsung Galaxy A27 5G IP64 standarti bo‘yicha sertifikatlangan. Sertifikat laboratoriya sinovlari asosida olingan bo‘lib, qurilma 5 daqiqa davomida har tomondan daqiqasiga 10 litr chuchuk suv purkash asosida sinovidan o‘tkazilgan. Qurilmadan plyaj yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. Suv va changdan himoya darajasi vaqt o‘tishi bilan tabiiy eskirish sababli pasayishi mumkin.
*Ba’zi funksiyalar Samsung yoki Google hisob qaydnomasiga kirishni talab qilishi mumkin. Ayrim funksiyalarning mavjudligi va ularni taqdim etish muddatlari mamlakat, mintaqa va aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
*Xususiyatlar, ranglar, xotira hajmi va modellarning mavjudligi bozorga qarab farq qilishi mumkin. O‘zbekistonda mavjud modellar haqida dolzarb ma’lumotlarni olish uchun Samsung.com rasmiy sahifasiga o’ting.
Qurilmalar > Mobil
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com