[Galaxy AI imkoniyatlarini ochib] Galaxy Z Fold6 va Z Flip 6 bilan toʻsiqlarsiz sayohat
Galaxy AI[1] xususiyatlari Galaxy Z modellarining intuitiv serqirraliligi bilan uyg‘unlashganida muloqotning yangi usullari paydo boʻladi, ayniqsa sayohatchilar uchun. Galaxy AI yordamida Samsung dunyo bilan tanishishni yanada osonroq, tabiiyroq va yoqimliroq qiladi.
Ora-orada yangi joylarni aylanasizmi yoki diqqatga sazovor joylarni tomosha qilasizmi, bundan qatʼi nazar sunʼiy intellekt umumiy aloqa toʻsiqlarini olib tashlagan holda sizga dunyoni avval tasavvur qilib boʻlmagan darajada his qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Samsung’ning ilgʻor ogʻzaki Tarjimon[2] funksiyasi bilan til toʻsiqlari endi muammo emas, Yozuvchi[3] va Tavsiya etilgan javoblar[4] esa yoʻl-yoʻlakay tezkor va oson muloqotni taʼminlaydi. Soʻnggi Galaxy Z modellari Galaxy AI’ni sayohat uchun mukammal hamrohingizga aylantiradi.
Keling, bu qanday amalga oshishini koʻrish uchun kichik sayohat uyushtiramiz.
Har qanday vaziyat uchun uzluksiz jonli tarjimon
Muzeyga tashrif buyurish mahalliy joy tarixi va madaniyatini oʻrganishning ajoyib usulidir, ammo til toʻsiqlari sizni yangiliklarga toʻliq shoʻngʻib ketishingizga xalaqit berishi mumkin. Ogʻzaki tarjimon sizning Galaxy Z modelidagi qurilmangizni jonli tarjimon vositasiga aylantiradi va ikkitalik ekran imkoniyatlarini maksimal darajada oshiradi.
Tinglash rejimida siz begona tilda oʻtkazilayotgan muzey ekskursiyasiga qoʻshilishingiz va til transkripsiyasini koʻrishingiz mumkin. Bu orqali ekskursiyaning muhim qismlarini oʻtkazib yubormaysiz. Bundan tashqari, siz Galaxy Buds 3[5]ni taqqan boʻlsangiz, ekskursiyaning audio tarjimasini eshitasiz. Shunda siz ovozli rejimda boʻlishingiz va yer yuzidagi eng noyob joylarni kezish chogʻida namoyish etilayotgan buyumlarga eʼtiboringizni qaratishingiz mumkin.
Sayohat paytida oziq-ovqat va ichimliklarga buyurtma berish mahalliy aholi bilan muntazam muloqotda boʻlishingiz kerakligini anglatadi. Ogʻzaki tarjimonning suhbat rejimi boshqa tilda birov bilan oson suhbatlashish imkonini beradi va Galaxy Z modellarining ikkitalik ekrani tufayli siz qurilmangizni FlexMode[6] rejimiga oʻtkaza olasiz. Shunda ikkala tomon ham suhbat tarjimasini tabiiy usulda koʻrishlari mumkin.
Ogʻzaki tarjimon har bir suhbatni tarjima qila oladi. Siz bu orqali 16 tilda muammosiz muloqot qilishingiz mumkin. Shuningdek, bu yil oxirigacha jami 20 ta til qoʻllab-quvvatlanishi rejasida.
Til toʻsiqlarisiz oson xabar yuborish
Smartfonlarimiz fikrlarimizni ulashish uchun qulay vositadir va sayohat paytida biz nafaqat ovoz bilan, balki matn orqali ham muloqot qilamiz. Elektron pochta xabarlarini boshqa tilda yozish mushkul vazifa va yoʻlda ketayotib biror xabar yozishda matn formati va aniqligiga ziyon yetishi mumkin. Chat yordami[7] bilan elektron pochta xabarlarini yaratish osonlashadi. Bir nechta oddiy kalit soʻzlarni kiritsangiz kifoya, Galaxy AI qisqa vaqt ichida matn tekshiruvi, zarur boʻlsa, tahrirlash va joriy vaziyatingizga mos xabarni yuborishda yordam beradi.
Tasavvur qiling, siz mehmonxonadan chiqib ketyapsiz, lekin aeroportga ketayotib, xonangizda narsangizni unutib qoldirganingizni anglaysiz. Yordam uchun mehmonxonaga murojaat qilishingiz kerak. Bu borada sizga yozuvchi funksiyasi yordam bera oladi. Yozuvchi yordamida mehmonxona xodimlaridan siz unutib qoldirgan narsangizni izlab topishlari va uni oldingizga taksida joʻnatib yuborishlari haqida elektron pochta xabarini bir nechta soʻz kiritib, osonlik bilan yarata olasiz. Qanday vaziyatda boʻlishingizdan qatʼi nazar yozuvchi funksiyasi muloqotni oson va samarador qiladi.
Chat yordamida[8] matn ohangini shaxsiy uslubingizga moslashtirish paytida u jumla tuzilishini yaxshilaydi, ifodali gaplar tuzadi, grammatik xatolarni tuzatadi va hatto vaqtni tejash uchun toʻliq jumlalarni oʻrningizga kiritib beradi. Bundan tashqari, u bir nechta tillarni qoʻllab-quvvatlash orqali til toʻsiqlarini yengishda yordami beradi[9]. Shunday ekan, siz dunyo boʻylab odamlar bilan oson muloqot qila olasiz.
Doʻstlaringiz va oilangizni sizdagi yangiliklardan boxabar qilib turish uchun sayohatlaringizdagi soʻnggi rasmlarni joylashtirmoqchi boʻlsangiz, chat yordami hatto oldingi postlaringiz asosida ijtimoiy tarmoq uslubida yangi postlar ham tayyorlay oladi. Shunda siz tezda postlar joylay olishingiz va sayohatlaringizni uzluksiz davom ettirishingiz mumkin.
Yoʻl-yo‘lakay xabarlarga tezda javob yozish
Notanish mahallada kechki ovqatga doʻstingiz bilan uchrashishga kech qolganingizda harakatlanayotgan paytingizda suhbat silliq oʻtishi uchun tavsiya etilgan javoblardan foydalanishingiz mumkin. Bu funksiya Galaxy Z Flip 6 smartfoningizni ochmasdan ham uning FlexWindow’idan kechki ovqat uchun yangi vaqtni belgilashda oxirgi javoblaringiz tahlili asosida moslashtirilgan javoblarni yaratadi.
Biz qayerga bormaylik, mobil qurilmalarimiz doim biz bilan birga. Lekin ular shunchaki bizga ergash boʻlmay, balki foydali ham boʻlishi kerak. Chat yordamida tavsiya etilgan javoblar funksiyasi Galaxy Z Flip 6 uchun ayni muddao, zero u FlexWindow imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanadi. Siz bu orqali qurilmangizni ochmasdan turib xabarlarga tezda javob berishingiz mumkin. Chat yordami bilan oʻz ohangingiz va uslubingizni buzmasdan doʻstlaringiz, oilangiz, hamkasblaringiz yoki boshqalar bilan tez va oson muloqot qiling.
Galaxy AI endi shunchaki salohiyati kutilgan vosita emas. Bu foydalanuvchilarning kundalik hayotini yaxshilaydigan amaliy vositaga aylandi. Samsung foydalanuvchilarga sayohat paytida ham toʻsiqlarni yengib oʻtishga hamda yangi va mavjud qulayliklardan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga sodiqdir. Qayerda boʻlishingizdan yoki kim bilan muloqotda boʻlishingizdan qatʼi nazar eng soʻnggi Galaxy Z modellaridagi Galaxy AI bilan barcha yangi usullarda muloqot qila olasiz. Qoʻlingizga ham, choʻntagingizga ham ajoyib tarzda mos tushadigan kuchli aloqa vositasi — yangiliklarni kashf qilish va odamlar bilan muloqotga kirishishning noyob imkonini.
Galaxy AI Samsung’ning soʻnggi buklanuvchan qurilmalarida ijodkorlikni qanday oshirishi koʻrsatilgan “Galaxy AI imkoniyatlarini ochib” turkumidagi keyingi maqolalarni kuzatib boring.
[1] Samsung AI xususiyatlaridan foydalanish uchun Samsung akkauntida login statusi talab qilinishi mumkin. Samsung sunʼiy intellekt xususiyatlari tomonidan taqdim etilgan natijalarning aniqligi, toʻliqligi yoki ishonchliligi boʻyicha hech qanday vaʼda yoki kafolat bermaydi. Galaxy AI xususiyatlarining mavjudligi mintaqa/mamlakat, OS/One UI versiyasi, qurilma modeli va telefon operatoriga qarab farq qilishi mumkin. Baʼzi funksiyalar mavjudligi qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Galaxy AI xizmati baʼzi hududlarda balogʻatga yetmaganlar uchun cheklangan boʻlishi mumkin. Galaxy AI xususiyatlari qoʻllab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025-yil oxirigacha bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan AI xususiyatlari uchun turli shartlar qoʻllanilishi mumkin.
[2] Ogʻzaki tarjimon Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Ayrim tillar til paketini yuklab olishni talab qilishi mumkin. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Mavjudligi va qoʻllab-quvvatlanadigan funksiyalar mamlakat, mintaqa yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin.
[3] Yozuvchi tarmoq ulanishi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Bu xususiyat maʼlum belgilar soniga yetganda faollashadi. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
[4] Chat yordami uchun tavsiya etilgan javoblar funksiyasi xabarlarni qabul qilish uchun tarmoq ulanishini talab qiladi. Xabarlar qurilma tomonidan qabul qilingach, u tarmoqqa ulangan yoki ulanmagan holda javoblarni taklif qilishi mumkin. Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Faqat Galaxy Z Flip 6’ning FlexWindow’ida ishlaydi. Xizmat mavjudligi til va ilovaga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
[5] Audio tarjima faqat Buds taqilganda va Samsung Galaxy smartfoniga ulanganda mavjud. Ogʻzaki tarjimon xususiyati Buds tomonidan bevosita taʼminlanmagan. Agar Buds mavjud boʻlmasa, tarjima qilingan kontent Samsung Galaxy smartfoningiz ekranida taqdim etiladi. Ayrim tillar til paketini yuklab olishni talab qilishi mumkin. Xizmat mavjudligi til, mamlakat, mintaqa yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin. Samsung Galaxy qurilmalari Galaxy AI xususiyatlarini toʻgʻri qoʻllab-quvvatlash uchun eng soʻnggi dasturiy taʼminot yangilanishini talab qilishi mumkin.
[6] Flex rejimi 75° va 115° burchaklarida qoʻllab-quvvatlanadi.
[7] Yozuvchi tarmoq ulanishi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Bu xususiyat maʼlum belgilar soniga yetganda faollashadi. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
[8] Chat yordami ilovasida ohangni taklif qilish funksiyasi tarmoq ulanishi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Funksiyani faollashtirish uchun matn uzunlik talablariga javob berishi kerak. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
[9] Chat yordamidagi tarjima funksiyasi Samsung akkauntida login statusini talab qilishi mumkin. Baʼzi chat ilovalari bu xususiyatni qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin. Ayrim tillar til paketini yuklab olishni talab qilishi mumkin. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Bu xususiyat tarjima qilinadigan til aniqlanganda faollashadi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.