Galaxy AI: O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun eng foydali 7 ta funksiya

17/07/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung’ning Galaxy AI texnologiyalari endi o‘zbekistonlik foydalanuvchilarga ham kundalik ishlarini osonlashtirish, vaqtlarini tejash va sifatliroq muloqot qilish imkonini beradi.

Galaxy AI’dagi barcha funksiyalar Samsung’ning One UI interfeysiga to‘liq integratsiya qilingan bo‘lib, o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlaydi va O‘zbekiston sharoitida to‘liq ishlaydi. Bu nafaqat yangi Galaxy S25 flagmanida, balki avvalgi Galaxy S24 va boshqa mos modellarda ham qo‘llanadi.

 

Quyida Galaxy AI’ning 7 ta eng foydali funksiyasi, ularni qanday ishlatish va haqiqiy kundalik vaziyatlarda qayerda foydalanish mumkinligi haqida bilib olishingiz mumkin.

 

 

 

Aylana chizib qidirish

Endi ma’lumot qidirish yanada oson va zavqli. Galaxy AI’ning Aylana chizib qidirish funksiyasi sizga ekrandagi istalgan rasm yoki matnga shunchaki barmoq bilan aylana chizish orqali bir zumda qidiruv natijalarini olish imkonini beradi. Murakkab havolalar, nusxalash yoki alohida ilovalarda izlash shart emas – barchasi bir joyda va bir zumda!

 

Asosiy imkoniyatlari:

 

  • Shunchaki belgilaysiz – AI qidiradi;
  • Tasvir va matnni kontekst bilan birga tushunadi;
  • Intuitiv va interaktiv ishlash tajribasi;
  • Tezkor va aniq natijalar;
  • Ilovalararo ishlash imkoniyati.

 

 

 

Ko‘proq ishlatiladi:

 

  • Kerakli mahsulotlarni onlayn topishda;
  • Tasvirlardagi notanish joylar yoki binolarni aniqlashda;
  • Matndagi murakkab atamalarni tushunish yoki tarjima qilishda;
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va suratlardagi qiziqtirgan ma’lumotlarni izlashda;
  • Sayohat paytida xaritadagi nomlar yoki diqqatga sazovor joylar haqida ma’lumot olishda.

 

Qanday ishlatiladi?

 

Istalgan vaqtda, ekrandagi matn yoki rasmga oid qandaydir savol tug‘ilganda uy tugmasini bosib ushlab turing yoki maxsus qidiruv tugmasini faollashtiring. Ekranda Aylana chizib qidirish interfeysi paydo bo‘ladi. Qiziqqan so‘z, rasm yoki obyekt ustiga barmog‘ingiz bilan aylana chizing yoki chiziq torting. Galaxy AI avtomatik ravishda tanlangan qismni aqlli tarzda tahlil qiladi va sizga kontekstga mos qidiruv natijalarini taqdim etadi.

 

Matn yaratuvchi

 

Samsung klaviaturasidagi Galaxy AI Matn yaratuvchisi yozish jarayonini ancha osonlashtiradi va sifatini oshiradi. U foydalanuvchining qisqacha fikrini to‘liq, mantiqiy va o‘ziga xos matnga aylantiradi.

 

Asosiy imkoniyatlari:

 

  • Matnni aytilgan uslubda yozadi. Masalan, professional yoki samimiy talqinda bayon etadi;
  • Rasmiy ish xatlari, marketing postlari, oddiy suhbatlar uchun mos ohangni tanlaydi;
  • Grammatik va imlo xatolarni avtomatik topadi va to‘g‘rilaydi;
  • Telegram va boshqa messenjerlardagi kelgan yoki yuborilayotgan xabarlarni tarjima qiladi;
  • Samsung Eslatmalar ilovasida yozgan matningizdan qisqacha xulosa tuzadi;
  • Samsung Internet brauzerida sahifa matnini soddalashtirib, asosiy ma’noni ajratib beradi.

 

Ko‘proq ishlatiladi:

 

  • Ishdagi rasmiy yozishmalarda;
  • Universitetdagi topshiriqlarni tuzishda;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda kontent yozishda;
  • Chet eldagi do‘stlar bilan yozishmalarda.

 

Qanday ishlatiladi?

 

Klaviaturadagi yulduzcha belgisi bosiladi va kerakli rejim tanlanadi. Internetga ulanishingiz kerak bo‘ladi.

 

Foto va video muharriri

 

Galaxy AI yordamida suratlar va videolarni professional sifatda tahrir qilish hech qachon bunchalik oson bo‘lmagan. Foydalanuvchidan murakkab ko‘nikmalar talab qilmaydi, ammo juda sifatli natija beradi.

 

Asosiy imkoniyatlari:

 

  • Suratdagi keraksiz obyektlarni bitta bosishdayoq o‘chiradi;
  • Fonni xiralashtiradi, yorug‘lik va rang balansini to‘g‘rilaydi;
  • Suratlarni multfilm yoki kreativ san’at uslubida qayta ishlaydi;
  • Videolarda sekinlashtirilgan kadrlar yaratadi va o‘ziga xos dramatik effekt qo‘shadi;
  • Rasm ustida chizilgan eskiz asosida yangi variantlar yaratadi.

 

Ko‘proq ishlatiladi:

 

  • Instagram, TikTok, Telegram postlari uchun sifatli kontent tayyorlashda;
  • Mahalliy biznes uchun reklama materiallari yaratishda;
  • Oilaviy suratlarni chiroyliroq qilishda.

 

Qanday ishlatiladi?

 

Galereya ilovasidagi surat yoki video tanlanadi → Qalam belgisi bosiladi → Yulduzcha belgisi tanlanadi → kerakli AI funksiyasi bosiladi.

 

Qo‘ng‘iroqlarni tarjima qilish

 

Endi chet eldagi do‘stlar, mijozlar yoki hamkorlar bilan til to‘sig‘ini unutishingiz mumkin. Jonli tarjima – bu Galaxy AI’ning sun’iy intellektga asoslangan funksiyasi bo‘lib, u real vaqt rejimida telefon yoki messenjerdagi qo‘ng‘iroqlarni avtomatik tarzda tarjima qiladi.

 

 

 

 

 

Asosiy imkoniyatlari:

 

  • Telefon yoki messenjer (Telegram, WhatsApp, Signal, Google Meet) qo‘ng‘iroqlaridagi suhbatni sinxron tarjima qiladi;
  • Siz o‘zbek tilida gapirasiz, suhbatdoshingiz esa o‘z tilida eshitadi va aksincha;
  • Tarjima matn shaklida ham ekranda ko‘rsatiladi;
  • Qo‘ng‘iroqni yozib olib, to‘liq transkriptsiya yaratadi.

 

Ko‘proq ishlatiladi:

 

  • Chetdagi yaqinlar bilan muloqotda;
  • Onlayn intervyularda;
  • Ishdagi xalqaro muzokaralarda.

 

Qanday ishlatiladi?

 

Qo‘ng‘iroq ilovasi → Uch nuqta → Sozlamalar → Qo‘ng‘iroq sozlamalari → Sinxron tarjima. Suhbatdoshingiz tilini va ovoz sintezatorini tanlang.

 

Audio yozuvdagi nutqni yozma matnga aylantirish

 

Galaxy AI transkripsiya xizmati – og‘zaki nutqni aniq va sifatli matnga aylantirishning eng zamonaviy yechimi. Bu xizmat professional ish jarayonini soddalashtiradi va vaqtni sezilarli darajada tejaydi.

 

Asosiy imkoniyatlari:

 

  • Ovoz yozuvini aniq va toza matnga aylantiradi;
  • Har bir suhbatdoshning replikasini alohida ajratadi;
  • Qisqacha xulosa yaratadi yoki boshqa tilga tarjima qiladi;
  • Internet bo‘lmasa ham ishlaydi (oldindan til paketini yuklab qo‘yish kerak).

 

Ko‘proq ishlatiladi:

 

  • Intervyularni yozib olish va matnga aylantirishda;
  • Universitetda darslarda yozib olingan ma’ruzalarni matnga aylantirishda;
  • Ishdagi yig‘ilishlar protokolida.

 

Qanday ishlatiladi?

 

Diktofon ilovasida kerakli fayl tanlanadi → “Transkripsiya” tugmasi bosiladi.

 

Mening kunim

 

Galaxy AI’ning Mening kunim funksiyasi – bu o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun o‘z kunini qulay, tartibli va samarali boshqarishning zamonaviy yechimi. U kun davomida eng muhim va foydali ma’lumotlarni bir joyda taqdim etadi. Foydalanuvchining odatlari va jadvaliga moslashadi va ertalabdan kechgacha kerakli ma’lumotlarni tartib bilan ko‘rsatadi.

 

 

Asosiy imkoniyatlari:

 

  • Ertalab ob-havo, uyqu sifati, rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lumot;
  • Kechqurun kunlik faoliyat statistikasi va suratlar;
  • Kalendar va eslatmalar bilan integratsiya;
  • Avtomatik yangilanish.

 

Ko‘proq ishlatiladi:

 

  • Kunni rejalashtirishda;
  • Sog‘lom turmush tarzini nazorat qilishda.

 

Qanday ishlatiladi?

 

Asosiy ekranga “Mening kunim” vidjetini qo‘shing va sozlang.

 

 

Audiodan shovqinni olib tashlash

 

Bu funksiya videoni sifatli va tushunarli shaklga keltirish imkonini beradi. Fon shovqinlarini, ortiqcha tovushlarni va audio artefaktlarni aniqlab, ularni minimal darajaga tushiradi yoki butunlay yo‘q qiladi.

 

Asosiy imkoniyatlari:

 

  • Shamol, fon shovqini, musiqa va gaplarni ajratadi;
  • Avtomatik yoki qo‘l bilan balandlikni sozlash imkonini beradi;
  • Tovush sifatini ancha yaxshilaydi.

 

Ko‘proq ishlatiladi:

 

  • TikTok, Instagram, YouTube videolarini sifatli tayyorlashda;
  • Oilaviy videolarni shovqinlardan tozalashda.

 

Qanday ishlatiladi?

 

Galereya → Video → Yulduzcha belgisi → Shovqinni olib tashlash.

Avto tugmasi orqali AI optimal sozlamalarni tanlaydi.

 

 

 

 

 

Galaxy AI’ning to‘liq imkoniyatlar to‘plami qo‘llab-quvvatlanadigan modellar

 

  • Samsung Galaxy S25, S25+, S25 Ultra
  • Samsung Galaxy S24, S24+, S24 Ultra
  • Samsung Galaxy S23, S23+, S23 Ultra, S23 FE
  • Samsung Galaxy Z Fold 6, Z Flip 6
  • Samsung Galaxy Z Fold 5, Z Flip 5
  • Samsung Galaxy Tab S10+, S10 Ultra
  • Samsung Galaxy Tab S9, S9+, S9 Ultra

 

Hozirda Galaxy AI’ning ko‘p funksiyalari Samsung’ning flagman smartfon va planshetlarida mavjud. Ammo ayrim imkoniyatlar yanada qulay narxdagi qurilmalarda ham ishlaydi – masalan, Aylana chizib qidirish funksiyasi Galaxy A seriyasidagi modellarda ham uchraydi.

 

Galaxy AI funksiyalarini yoqish

 

Qurilmangizda Samsung hisobingizga kirganingizdan so‘ng, “Sozlamalar” ilovasidagi “Qo‘shimcha funksiyalar” → “AI funksiyalar” bo‘limini oching yoki “Sozlamalar” → “Galaxy AI” menyusidagi mavjud AI imkoniyatlarni ko‘rib chiqing va yoqing.

 

Galaxy AI – o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz sun’iy intellekt yordamchisi. One UI interfeysi va o‘zbek tilidagi qo‘llab-quvvatlash smartfoningizni yanada aqlli va foydali qiladi. Samsung bilan birga hayotingizni soddalashtiring, vaqtingizni tejang va ilhomlaning. Chunki kelajak – sizning

 

Batafsil ma’lumot https://www.samsung.com/uz_uz/ saytida.

Qurilmalar > Mobil

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga