Galaxy AI so‘nggi yangilanish bilan yanada ko‘proq tillarni qamrab oldi

13/04/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Galaxy AI orqali til to‘siqlarini bartaraf etishda va ko‘proq foydalanuvchilar uchun muloqotni takomillashtirishda davom etmoqda

 

Samsung Electronics Galaxy AI tizimiga uchta yangi tilning kiritilishini e’lon qildi: arab, indonezcha va rus. Shuningdek, uchta yangi dialekt – Avstraliya inglizcha, Kanton va Kanada fransuzcha shevalari ham qo’shildi. Mavjud 13 ta tilga [1] qo’shimcha ravishda, Samsung butun dunyo bo’ylab yanada ko’proq Galaxy foydalanuvchilariga mobil AI kuchidan foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu yangi til va dialektlarga qo’shimcha ravishda Samsung joriy yil oxirida yana to’rtta tilni, jumladan, rumin, turk, niderland va shved tillarini, shuningdek, an’anaviy Xitoycha va Yevropa Portugal tillarini qo’shishni rejalashtirmoqda.

 

“Mobil sun’iy intellektni hamma uchun ta’minlash maqsadiga sodiq bo‘lgan holda, Galaxy AI tillar xilma-xilliginining bu yilgi kengayishi ko‘proq Galaxy foydalanuvchilariga Samsung uchun mutlaqo o‘ziga xos bo‘lgan miqyosda til to‘siqlarini yenggan holda muloqot qilish imkonini beradi”, deydi Samsung Electronics kompaniyasi Prezidenti va Mobil tajriba biznesi rahbari TM Roh. “Biz texnologiyamizni yanada innovatsion qilishda davom etamiz va yuqori darajadagi mobil AI tajribasini yaratamiz. Bu bilan biz yanada ko’proq foydalanuvchilarga ularning cheksiz salohiyatini ochish maqsadida dolzarb raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatini ochib beryapmiz”.

 

 

Galaxy AI xususiyatlari tavsiflari

 

  • Jonli Tarjima (Live Translate) funksiyasi telefon qo‘ng‘iroqlarining ikki tomonlama, real vaqt rejimida ovozli va matnli tarjimalarini yaratadi, bu esa sayohat uchun avvaldan buyurtma berish yoki xorijiy hamkorlaringiz bilan ularning ona tilida suhbatlashishni har qachongidan ham osonlashtiradi.
  • Tarjimon (Interpreter)  foydalanuvchilarga qulay shaklda ajratilgan ekran ko‘rinishi orqali jonli suhbatlarni bir zumda tarjima qilishi mumkin, bu esa bir-biriga ro’para turgan odamlarga suhbatdoshi so’zlayotgan nutqning matni tarjimasini o‘qish imkonini beradi.
  • Chat Yordami (Chat Assist) hamkasbingizga xushmuomalali xabar yoki ijtimoiy tarmoq sarlavhasi uchun qisqa jozibador ibora boʻladimi, muloqotni ayni moʻljallangan tarzda taʼminlash uchun kontekstdan kelib chiqqan holda takliflarni yaratish orqali mukammal suhbat tonlarini shakllantirishga yordam beradi.
  • Eslatma yordami (Note Assist) AI yordamida shakllantirilgan umumiy xulosalar, oldindan formatlangan andozalar (shablonlar) va asosiy sahifalarni yaratishi mumkin, bu esa kundalik unumdorligingizni oshiradi.
  • Audio yozib olish yordami (Transcript Assist) ovozli yozuvlarni transkripsiya qilish, umumlashtirish va hatto tarjima qilish uchun AI va Speech-to-Text texnologiyalaridan foydalanadi.
  • Brauzer yordami (Browsing Assist) brauzerda yangiliklar maqolalari yoki veb-sahifalarning qisqacha umumiy xulosalarini yaratish orqali vaqtni tejab, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealardan tezkorlik bilan xabardor bo‘lishga yordam beradi.

 

Aprel oyidan boshlab chiqishni boshlagan va kelgusi oylar davomida ham chiqariladigan, yangi qoʻllab-quvvatlanadigan Galaxy AI tillari va dialektlarining har biri Sozlamalar (Settings) ilovasidan til toʻplami sifatida yuklab olish mumkin boʻladi.

 

Galaxy AI haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: Samsung Newsroom, Samsungmobilepress.com yoki Samsung.com.

 

 

[1] Qoʻllab-quvvatlanadigan tillarga xitoy, ingliz (Hindiston, Buyuk Britaniya, Qoʻshma Shtatlar), fransuz, nemis, hind, italyan, yapon, koreys, polyak, portugal (Braziliya), ispan (Meksika, Ispaniya, AQSH), tay va vyetnam tillari kiradi.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Yuklab olish

  • Galaxy-AI-Language-Expansion_dl1-real-final.png

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga