Galaxy bilan dunyo boʻylab sayohat: yettita yangi Galaxy tajriba maydonida soʻnggi innovatsiyalar taqdimoti

16/08/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics qurilmalari dunyosiga shoʻngʻish vaqti keldi.

 

Bu yilgi Galaxy Unpacked ko‘rgazmasida Samsung butun dunyo bo‘ylab tashrif buyurgan foydalanuvchilarni “Flipni tanlang” taklifi bilan yangicha fikrlash va hayot tarzini qayta kashf etishga chorladi. Tadbirdan soʻng kompaniya Nyu Yorkdan Bangkokgacha boʻlgan dunyo boʻylab ochilgan yettita Galaxy tajriba maydonini namoyish etdi, tashrif buyurganlar esa oʻsha yerning oʻzida taklifimizni amalda sinashlari mumkin.

 

Ushbu, texnologiyaga toʻla maydonlarga tashrif buyuradiganlar Galaxy Z Flip5 va Z Fold5, Galaxy Tab S9 va Galaxy Watch6 modellarini o‘z ichiga olgan eng so‘nggi Galaxy innovatsiyalari bilan tanishishlari mumkin. Bu yerda har kim dizayn yangiliklarini kuzata olishi, qurilmalarning video o‘yin imkoniyatlarini aniqlashi va hattoki o‘z qurilmalarini turli xil aksessuarlar bilan bezatishlari mumkin.

 

Kelgusi oy davomida Galaxy tajriba madoyniga albatta tashrif buyuring yoki global bayramga virtual qo‘shilish uchun quyidagi diqqatga sazovor joylarni ko‘rib chiqing.

 

 

 

 

AQShning Nyu York shahri markazida Galaxy bilan tanishing

 

 

Nyu York shahridagi Galaxy tajriba maydoni Manhettendagi “Gerald Tauersda”, 50 Uest 34-koʻchasida joylashgan

 

 

Manhetten markazida 50 Uest 34-koʻchasida joylashgan Nyu York shahridagi Galaxy tajriba maydoni 26-iyul kuni Unpacked tomosha davrasi bilan boshlandi. Ushbu ajoyib tadbirda barcha Galaxy modellari taqdim etildi va Galaxy Z Flip5’ning FlexCam va Flex Window xususiyatlari batafsil tushuntirildi.

 

Kelgusi oy davomida bu maydon qiziqarli tadbirlarga boy boʻladi: Janubiy Koreyaning taniqli aydollari bilan jonli chiqishlar, uchrashish va salomlashishdan tortib, erkin suhbat, yoga va tarmoq sessiyalari kabi jamoatni shakllantiruvchi tadbirlarigacha. Shaharning eng qaynoq markazlaridan biri bo‘lgan Nyu York shahridagi Galaxy tajriba maydoni 26-iyuldan 20-avgustgacha omma uchun o`z eshiklarini o`chti.

 

 

 

 

 

Germaniyada Berlindagi davraga qoʻshiling

 

Berlin savdo markazi ichidagi Galaxy tajriba maydoni

 

Germaniyadagi foydalanuvchilarga eng soʻnggi Galaxy innovatsiyalarini toʻgʻridan toʻgʻri yetkazgan holda Samsung gʻurur bilan Berlin savdo markazida Galaxy tajriba maydonini ochiq deb eʼlon qildi. Tantanali ochilish marosimini nishonlash uchun Samsung obroʻli shaxslarni, jumladan, germaniyalik DJ Ski Aggu‘ni taklif qildi va Unpacked tomosha kechasida chinakami bayramona muhit yaratish uchun konsert uyushtirildi.

 

Ushbu Galaxy tajriba maydoniga tashrif buyurganlar Galaxy Experience ilovasini yuklab olishlari va doʻkonlar bilan muloqot qilgan holda eksklyuziv sovgʻalarga almashtirish mumkin boʻlgan ballarni toʻplashlari mumkin. Vaqtinchalik savdo rastalarida boshqa diqqatga sazovor joylar, jumladan, Flip’n Slide toʻplar basseyni, fotostend va pinbol mashinalari mavjud ekan, qizgʻin va hayajonli onlar hammaga yetadi.

 

Berlindagi Galaxy tajriba maydoni 26-iyuldan 22-avgustgacha omma uchun ochiq bo‘ladi.

 

 

 

 

 

Galaxy ruhi bilan 2024-yilgi Olimpiyada oʻyinlarini Fransiyada Parijda qarshi oling

 

Parijdagi Uestfild Les 4 Temps savdo markazidagi Galaxy tajriba maydoni

 

 

Parijdagi Galaxy tajriba maydoni nafaqat Samsung kompaniyasining bayrami, balki orziqib kutilgan 2024-yilgi Parijdagi Olimpiyada oʻyinlariga boʻlgan ehtirom koʻrsatish ham edi. Unpacked tadbiri Uestfild Les 4 Temps savdo markazi ichidagi Galaxy tajriba maydonida jonli efirda namoyish etildi. Muxlislar taniqli fransuz skeytbordchisi Aurelien Jiraud bilan dastxat olish tadbirida uchrashish hamda anʼanaviy frigiyalik shlyapalar asosida yasalgan 2023-yilgi Parij Olimpiyada oʻyinlarining sevimli maskoti Frig bilan suratga tushish imkoniga ega boʻlishdi.

 

Parijga tashrif buyuradiganlar 26-iyuldan 22-avgustgacha ushbu quvnoq tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.

 

 

 

 

 

Tailandda Bangkokdagi hashamat va jozibadan zavqlaning

 

Bangkokdagi Galaxy tajriba maydoni centralwOrld savdo markazida joylashgan

 

Bangkokda dunyodagi eng yirik savdo majmualaridan biri boʻlgan centralwOrld savdo markaziga tashrif buyuradiganlar 26-iyuldan 20-avgustgacha ushbu Galaxy tajriba maydonida yangi Galaxy qurilmalari bilan bevosita tanishishlari mumkin.

 

Samsung ushbu tadbirga ommaviy axborot vosita vakillari, biznes hamkorlar va obroʻli shaxslarni taklif qilib, yulduzlarga toʻlgan ushbu mahalliy taqdimot tadbirida ularni ehtiros bilan kutib oldi. Ushbu tadbirda Unpacked jonli efiriga qatnashganlar soni kutganimizdan-da oshib ketdi. Uni o‘tkazib yuborganlar, lekin, Galaxy Z Flip5 va Z Fold5, Galaxy Tab S9 va Galaxy Watch6 modellarini sinab ko‘rish uchun maydonga shaxsan tashrif buyurishlari uchun hali yetarlicha vaqt bor.

 

 

 

 

 

Dubay (BAA) shahridagi dunyodagi eng katta savdo markazida “Flipni tanlang”

 

Dubaydagi Galaxy vaqtinchalik savdo rastalari Dubai Mall savdo markazi ichida joylashgan

 

Bu yerda esa tashrif buyuradiganlar 26-iyuldan 28-avgustgacha dunyodagi eng yirik savdo markazi — Dubai Mall’dagi vaqtinchalik ochilgan texnologik zich Galaxy savdo rastalariga tashrif buyurishlari mumkin.

 

Ushbu interaktiv savdo rastalarida eng soʻnggi Galaxy qurilmalarini batafsil koʻrsatadigan tematik tajriba maydonlari mavjud. FlexCam Selfie maydonida mehmonlar Galaxy Z Flip5 bilan fotosurat uchun ajoyib pozalarni topa oladilar, video o‘yinlar markazida esa video o‘yinlar ucun kuchli qurilmalar — Galaxy Z Fold5 va Tab S9 Ultraʼlarni taklif qilinadi. Bundan tashqari, salomatlik maydoni Galaxy Watch6 qoʻlsoat modellari uyqu tartibini yaxshilashga yordam beradigan uyqu tahlili va murabbiylik qo‘llanmasini taqdim etadi.

 

Oy davomida Samsung musobaqalar, fotografiya mahorat darslari va kundalik seminarlarni oʻtkazib boradi. Bu esa tashrif buyurganlarni Galaxy afsonasi davomida bundan-da koʻpiga erishishlari uchun tadbirga yana qaytib kelishga undaydi.

 

 

 

 

 

Janubiy Koreyaning Seul shahrida ijodingizga erkinlik bering

 

Flip Side Seongsu bozori Seulning Seongsu mahallasida joylashgan

 

 

Flip Side Pusan Gvangalli bozori Pusan shahridagi Gvangalli mahallasida joylashgan

 

 

Seulda 28-iyul kuni Seongsu mahallasida Galaxy Studio ochilishi munosabati bilan Samsung foydalanuvchilarni “Flipni tanlang” taklifi bilan Galaxy imkoniyatlaridan foydalanishga chaqirdi. Flip Side Seongsu bozori tashrif buyuradiganlarga o‘zlarining ijodiy ishlarini ifodalash va Galaxy uchun xos boʻlgan eksklyuziv mobil qulayliklarni namoyish qiluvchi layfstayl bozori orqali eng soʻnggi rusumdagi qurilmalar bilan tanishish imkonini beradi. 28-iyuldan 20-avgustgacha mehmonlarga Seongsudagi uchta noyob va qizgʻin Galaxy tajriba maydonlari taqdim etiladi: Flip Side bogʻli doʻkoni, Flip Side Seongsu doʻkoni va Flip Side DOOR doʻkoni.

 

Pusan shahridagi Galaxy tajriba maydonida Galaxy’ning joʻshqin muxlislari va g‘ururli Pusan aholisini birlashtirgan g‘ayrioddiy bayram bo‘lib o‘tdi va shaharning 2030-yiliga koʻzlangan Butunjahon EXPO ko‘rgazmasini o‘tkazish bo‘yicha taklifi maʼqullandi. Tadbir koreyalik qo‘shiqchi Mujin Lining ochiq plyajdagi konserti bilan boshlandi va ajoyib dronlar namoyishi bilan yakunlandi. Tashrif buyuradiganlar o‘z qurilmalarini Galaxy Z Flip5 displey himoya qatlami uchun chiqarilgan Pusan maskoti Boogi’ning maxsus NFC stikerlari bilan bezashlari mumkin yoki Pusanning mahalliy diqqatga sazovor joylari aks etgan bukiluvchan g‘iloflardan birini tanlash imkoniyatiga ega.

 

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga