Galaxy Book4 Edge: Samsung’ning keyingi avlod AI kompyuteri Galaxy AI ekotizimini kengaytiradi

29/05/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Galaxy AI va Microsoft Copilot+ tomonidan quvvatlangan va 45 TOPS NPU AI hisoblash quvvatiga ega Snapdragon® X Elite Compute Platform bilan jihozlangan Samsung’ning keyingi avlod AI shaxsiy kompyuteri ish bajarish tartibiga revolyutsiya olib kiradi

 

Samsung Electronics bugun shaxsiy AI kompyuterlarining yangi avlodi – Galaxy Book4 Edge’ni taqdim etdi. 45 ta TOPS NPU AI hisoblash quvvatiga ega va zamonaviy gibrid AI integratsiyalari bilan Galaxy Book4 Edge kompyuterda ishlash qulayligini oshiradi va shu kungacha mavjud boʻlgan eng yuqori darajadagi ulanuvchan mobil AI ekotizimini taklif qiladi. Samsung va yetakchi sanoat hamkorlari birgalikda AI innovatsiyalarini ilgari surgan holda Galaxy Book4 Edge bilan yangi avlod AI kompyuterlariga start bermoqda.

 

“Galaxy Book4 Edge sunʼiy intellektdan foydalanish haqidagi tasavvurimizni kengaytiradi, mobil va shaxsiy kompyuter oʻrtasidagi tafovutni yoʻqotadi, shu bilan birga kunlik ish tartibimizni oʻzgartirayotgan sunʼiy intellekt tajribasini hamma uchun demokratlashtiradi”, dedi Samsung Electronics kompaniyasi prezidenti va Mobile eXperience biznesi rahbari TM Roh. “Ushbu yangi avlod AI kompyuteri unumdor hisoblashning yangi darajasini ochib beradi. Buning uchun vaqt sinovidan oʻtgan Samsung Galaxy interfeysi va jahon darajasidagi apparat va dasturiy yechimlarni ishlab chiqish uchun soha yetakchilari bilan ochiq hamkorlik amalga oshirildi”.

 

 

AI ulanuvchanligi darajasini oshirish

 

Galaxy Book4 Edge’dagi Galaxy AI[1] qurilmalar oʻrtasida tez va uzluksiz ulanuvchanlik uchun Wi-Fi 7[2] tarmogʻidan foydalanadi, shuningdek, qurilmada va bulutga asoslangan hisoblash usullarini noyob tarzda oʻzida birlashtiradi. Ushbu gibrid yondashuv yordamida foydalanuvchilar hatto oflayn rejimda ham sunʼiy intellekt funksiyalaridan foydalana olishadi va bir vaqtda ularning maʼlumotlari yuqori darajadagi xavfsizlik bilan taʼminlanadi. Qurilma ichidagi sunʼiy intellekt tufayli aqlli Snapdragon platformasi vaqt oʻtishi bilan foydalanuvchilarga moslashadi, samaradorlikni oshiradi va optimallashtirilgan AI tajribasini yaratadi.

 

Galaxy Book4 Edge yaratilishi bilan boshqa Samsung Galaxy qurilmalari sunʼiy intellektning keng qamrovli yangilanishlaridan bu kompyuterchalik toʻliq foydalanish darajasiga erishmadi. Galaxy Book4 Edge bu Copilot+ PC boʻlib[3], foydalanuvchilarga oddiy, kundalik hayotda ishlatiladigan tildan foydalangan holda kompyuterdan yanada samaraliroq va ijodiy foydalanish imkonini beradi va qurilma oʻrtasida oʻzaro muloqotni tubdan oʻzgartiradi. Galaxy AI funksiyalarini yanada kattaroq, yanada taʼsirchan displeyda sinab koʻrish esa uchun Link to Windows orqali mobil qurilmangizni Galaxy Book4 Edge’ga ulashingiz mumkin.[4] Google orqali aylana chizib qidirish[5] natijalarini bevosita shaxsiy kompyuter displeyiga aks ettirishingiz va ularni toʻgʻridan toʻgʻri fayllar ichiga joylashtirishingiz va ular bilan uzluksiz ishlashda davom etishingiz mumkin. Shuningdek, Galaxy Book4 Edge muxlislarning sevimli funksiyalari boʻlgan Chat Assist[6] va Live Translate[7] funksiyalarini kompyuterga olib kiradi.

 

Samsung Microsoft bilan hamkorlikda Windows’dagi Copilot’ni Galaxy Book’ga olib kirdi, bu esa qurilma ichidagi va bulutga asoslangan AI’ning ajoyib gibrididan unumli foydalanishga imkon berdi. Budilniklarni oʻrnatish, kontaktlarni sinxronlash, SMS xabarlarini yuborish kabi kundalik ishlarni qulaylik bilan bajarish uchun foydalanuvchilar oʻzlarining mobil qurilmalarida Copilot ovozli koʻrsatmalari orqali buyruq berishlari mumkin. Shuningdek, Copilot samaradorlikni oshirish uchun aqlli ravishda qurilmangizda keyingi amallarni taklif qilishni qoʻllab-quvvatlaydi.

 

 

Koʻproq ishni yanada tezroq bajaring

 

Galaxy Book4 Edge Samsung’ning ilgʻor dasturiy taʼminot bilan katta tajriba asosida ishlab chiqilgan premium apparatlar orqali eng yuqori sifatli qulaylik va imkoniyatlarni taqdim etish merosining davomchisidir. Boshidanoq AI uchun ishlab chiqilgan Galaxy Book4 Edge shaxsiy AI kompyuterlarining keyingi avlodining namoyandasidir. Bu kompyuter foydalanuvchilarning ixtiyoriga AI’ning serqirra qobiliyatlarini taqdim etadi, bu esa kamroq kuch sarflab, koʻproq ishni bajarish imkonini beradi. 45 TOPS NPU hisoblash quvvatiga ega Snapdragon® X Elite protsessori Galaxy Book4 Edge’ga tezlashtirilgan AI’ga erishishda tengsiz hisoblash kuchini taʼminlaydi. Noutbuk uchun chiqarilgan eng tezkor, eng kuchli Snapdragon protsessoriga ega Galaxy’ning qurilma ichidagi sunʼiy intellekt texnologiyasi vaqt oʻtgan sari foydalanuvchiga moslashib boradi va natijada uzluksiz va hozirjavob ish muhitini yaratadi.

 

Shaxsiy kompyuteringizda hujjatlar, elektron pochta yoki veb-sahifalarni qidirishning oʻzi koʻp vaqtingizni olib qoʻyishi mumkin. Recall[8] bilan endi ularni topish uchun yodingizda qolgan kalit soʻzlarni qidiruv oynasiga yozib bersangiz kifoya. Yoki kerakli kontentni topish uchun vaqt boʻylab qidiring va qolib ketgan joyingizda ishlashni davom ettiravering.

 

Bugungi gibrid ish muhitida videoqoʻngʻiroqlar kundalik hodisa boʻlib qolgan. Galaxy Book4 Edge xalqaro hamkasblar, doʻstlar va oila aʼzolari bilan til toʻsiqlarini yengishga yordam beradi. Jonli taglavhalar[9] jonli ravishda aniq subtitrlarni taqdim etadi. Qaysi ilova boʻlishidan qatʼi nazar, agar u yerda ogʻzaki soʻzlar boʻlsa, ularni ekraningizda jonli ravishda inglizcha subtitrlarga aylantirishingiz mumkin.

 

Galaxy Book4 Edge turli xil ishlarni bajarishga moʻljallangan va Snapdragon X Elite hisoblash platformasi tufayli aql bovar qilmaydigan darajada samarador va 4 baravar tezkor AI hisoblash imkoniyatlariga ega.[10] Noutbukning maxsus AI tugmasi yordamida birgina sodda harakat bilan AI’ni faollashtirgan holda ilovalar va buyruqlarni muammosiz ishga tushirishingiz mumkin. Galaxy Book4 Edge’dan foydalanayotganda esa bir kunga yetadigan batareya quvvati, 22 soatgacha video ijro qilish[11] va super tez quvvatlash imkoniyatlari borligini unutmang.[12]

 

 

Ijodiy salohiyatga istalgan vaqtda, istalgan joyda erk bering

 

Samsung Galaxy foydalanuvchilari endi ijodkorlar uchun yaratilgan yanada kengroq vositalar toʻplamidan bahramand boʻlishlari mumkin. Galaxy Book4 Edge bilan Cocreator ijodiy jarayonni yangi darajaga olib chiqish uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi. Eskiz va matnlaringizni tasviriy sanʼatga aylantiring yoki mutlaqo yangi dizaynlarni yaratish uchun matn bilan tavsiflang.

 

Windows Studio effektlari yordamida videoqoʻngʻiroqlarda ijodkorlikni keyingi bosqichga olib chiqing. Qurilmadagi sunʼiy intellekt yordamida ishlaydigan kamera filtrlari va fon effektlari bilan tajriba oʻtkazib koʻring va video konferensiyalarni qiziqarliroq mashgʻulotga aylantiring yoki funksiyaning ovozli fokus, portretni xiralashtirish va koʻz bilan aloqa qilish imkoniyatlaridan bahramand boʻling.

 

Galaxy Book4 Edge’ning premium displeyi va dizayndagi yangilanishlari ijodiy jarayonga toʻliq shoʻngʻishni yanada osonlashtiradi. Vision Booster quyoshli muhitda yorqin displeyni taʼminlaydi va shuʼlalarni bartaraf etuvchi[13] 10 nuqtali multi sensorli displey Dynamic AMOLED 2X[14] bilan birga ekranga tushayotgan nurlarni keskin kamaytiradi. Uning oʻta nozik va yengil dizayni foydalanuvchilarga qachon va qayerda boʻlmasin ijodiy erkinlikni taʼminlaydi. Yangilanish chastotasi 120Hz gacha chiqadigan moslashuvchan, kinematik darajadagi yorqinlik va rang standartlariga ega displey esa mislsiz ekranni taqdim etadi.

 

Avtomatik super kattalashtirish tufayli Galaxy Book4 Edge grafikaga zarar yetkazmagan holda uni yuqori aniqlikdagi va katta miqdordagi kadrlar bilan ta’minlab, real vaqtda o‘yin sifatini yaxshilaydi.[15]

 

 

Samsung Knox va Microsoft tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan xavfsizlik

 

Samsung’ning mudofaa darajasidagi koʻp qatlamli xavfsizlik platformasi – Samsung Knox tomonidan himoyalangan Galaxy Book4 Edge qurilmadagi muhim maʼlumotlarni himoya qiladi va xavfsizlik apparati, jonli ravishda tahdidlarni aniqlash va kollaborativ himoya orqali foydalanuvchini xavfdan yiroq qiladi. Shuningdek, bu kompyuter Windows 11 Secured-core kompyuteri sifatida Windows 11 himoyasining eng yuqori darajasiga ega boʻlib, chipni himoya qiluvchi ilgʻor apparat va dasturiy taʼminot xususiyatlari bilan jihozlangan.

 

Qurilmadagi sunʼiy intellekt yordamida Galaxy AI va Copilot+ funksiyalari foydalanuvchi maxfiyligini himoya qilingan holda bulutga maʼlumotlarni yuklamasdan vazifani bajaradi. Recall’dagi snepshotlar esa faqat sizga tegishli. Maʼlumotlar faqat shaxsiy kompyuteringizda qoladi va snepshotlardagi kontentni oʻchirish, sozlash va filtrlash uchun taqdim etilgan oson boshqaruv vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Ishonchli maxfiylik doimiy ravishda nazoratingiz ostida. Bulutga asoslangan sunʼiy intellektni talab qiladigan funksiyalar uchun esa Microsoft’ning xavfsizlik choralari toʻplami kecha-yu kunduz jarayonni himoya qilishni taʼminlaydi. Qurilma maxfiyligi sozlamalari (Device Privacy Settings) esa foydalanuvchilarga oʻz qurilmalari ustidan toʻliq nazorat va AI bilan ishlash xavfsizligini taʼminlashda Samsung Galaxy’ning foydalanuvchilarga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi.

 

 

Kelajak bizneslariga tayyor qurilma

 

Samsung Knox’ning kengaytirilgan xavfsizligi bilan Galaxy Book4 Edge AI funksionalligini korxona va tashkilotlarga integratsiya qilish uchun qoʻl keladigan eng maqbul yechim boʻlib, ularga texnologik bosqichlarda keyingi qadamlarni qoʻyishda yordam beradi. Endilikda korxonalar oʻz xodimlariga ishlarni osonlashtiradigan sunʼiy intellektga asoslangan funksiyalarni xavfsiz tarzda taqdim etishlari mumkin. Misol uchun, xodimlar hujjatlarni tezda topish uchun tabiiy tildan foydalanishlari va keng qamrovli ish jarayoni uchun berilgan topshiriqqa bogʻliq fayllarni osongina topishlari, video qoʻngʻiroqlarni Live Captions tarjimasi bilan hamkasblar oʻrtasidagi til toʻsiqlarini bartaraf eta olish hamda qoʻngʻiroq qilish, SMS yuborish va yoʻlda ham aloqada boʻlishga yordam beradigan shaxsiy yordamchiga ega boʻla olishadi. Ushbu ilgʻor AI imkoniyatlari foydalanuvchilarga mahsuldorlikni oshiradigan va intuitiv tarzda koʻplab vazifani bajarish imkonini beruvchi aqlli funksiyalarni taqdim etadi.

 

Mavjudligi

 

Galaxy Book4 Edge 2024-yilning 18-iyunidan boshlab Fransiya, Germaniya, Italiya, Koreya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSH bozorlarida sotuvga chiqadi.[16] 14 dyuym va 16 dyuymli oʻlchamlar plastmassa, shisha va alyuminiy kabi turli xil qayta ishlangan materiallardan yaratilgan, yakuniy ingichka va premium mahsulot hissini beradigan variantlarda keladi.[17]

 

Galaxy Book4 Edge haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: https://www.samsung.com/galaxy-book/.

 

Texnik xususiyatlar jadvali

 

  Galaxy Book4 Edge (14 dyuym) Galaxy Book4 Edge (16 dyuym)
Oʻlchamlar* 312.3 x 223.8 x 10.9 mm 355.4 x 250.4 x 12.3 mm
* Oʻlchamlar aniqligi ishlatilgan oʻlchov tizimiga qarab farq qilishi mumkin.
Ogʻirlik* 1.16 kg 1.55 kg
* Ogʻrligi bozor holatiga qarab farq qilishi mumkin.
Operatsion tizim* Windows 11 Home
* Versiya va sana model va/yoki bozor holatiga qarab farq qilishi mumkin.
Displey 14 dyuym**, 16:10 AMOLED 3K (2880×1800), 500nits (HDR)*, 120 Hz gacha VRR, DCI-P3 ranglar hajmining 120%, 10 nuqtali multitach 16-inch*, 16:10 AMOLED 3K (2880×1800), 500nits (HDR)*, 120Hz gacha VRR, DCI-P3 ranglar hajmining 120%, 10 nuqtali multitach
* 400 nits (Odatiy), 500 nits (faqat HDR kontent uchun).
** Aylana burchaklarni hisobga olmasdan toʻliq toʻrtburchakda diagonalda oʻlchandi. Aylana burchaklar tufayli ishlaydigan displey maydoni kamroq.
Protsessor* Snapdragon® X Elite X1E-80-100 Snapdragon® X Elite X1E-84-100

Snapdragon® X Elite X1E-80-100

* Texnik xususiyatlar modelga va/yoki bozor holatiga qarab farq qilishi mumkin.
NPU Qualcomm® Hexagon™ NPU Qualcomm® Hexagon™ NPU
Grafik karta* Qualcomm® Adreno™ GPU Qualcomm® Adreno™ GPU
* Texnik xususiyatlar modelga va/yoki bozor holatiga qarab farq qilishi mumkin.
Tarmoq* Wi-Fi 7 / Wi-Fi 6E (Koreya)
* Amaldagi tezlik bozor holati, operator va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Wi-Fi 7 mavjudligi operatsion tizim versiyasi, bozor, joylashuv, tarmoq sharoitlari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. Wi-Fi 7 simsiz tarmoq routerlari talab qilinadi va alohida sotiladi.
Rang Safir koʻk
Tezkor xotira* 16 GB
* Mavjudligi modelga qarab farq qilishi mumkin.
Doimiy xotira 512 GB / 1 TB
* Mavjudligi model va/yoki bozor holatiga qarab farq qilishi mumkin.

* Amaldagi boʻsh sigʻim oldindan oʻrnatilgan dasturiy taʼminotlarga va bozor, fayl hajmi va formatiga qarab farq qilishi mumkin.

Kamera 2 MP (1080p FHD)
Mikrofon / Karnay Ikkita mikrofon / Toʻrtta karnay (Woofer Max 4W x 2, Tweeter Max 2.7W x 2), Dolby Atmos® Ikkita mikrofon / Toʻrtta karnay (Woofer Max 5W x 2, Tweeter Max 2W x 2), Dolby Atmos®
Klaviatura* Pro Keyboard (Backlit) Raqamli tugmali Pro keyboard (Backlit)
* Klaviatura tili bozor holatiga qarab farq qilishi mumkin.
Batareya* 55.9 Wh (Odatiy) 61.8 Wh (Odatiy)
* Uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan oʻtgan batareya quvvatining odatiy qiymati. Odatiy qiymat IEC 61960 standarti boʻyicha sinovdan oʻtgan akkumulyator namunalari orasidagi akkumulyator sigʻimidagi ogʻishlarni hisobga olgan holda taxminiy oʻrtacha qiymatdir. Batareyaning amaldagi ishlash muddati tarmoq muhiti, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. * Uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan oʻtgan batareya quvvatining odatiy qiymati. Odatiy qiymat IEC 61960 standarti boʻyicha sinovdan oʻtgan akkumulyator namunalari orasidagi akkumulyator sigʻimidagi ogʻishlarni hisobga olgan holda taxminiy oʻrtacha qiymatdir. Batareyaning amaldagi ishlash muddati tarmoq muhiti, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
Quvvatlash* 65W USB Type-C Adapter
* Qutida keladigan quvvatlovchi va maʼlumot almashinuv simi USB Type-C.
Portlar* 2 x USB4.0, HDMI 2.1 (4K@60 Hz’ni qoʻllab-quvvatlaydi), Headphone out/Mic-in Combo 2 x USB4.0, USB 3.2, HDMI 2.1 (4K@60 Hz’ni qoʻllab-quvvatlaydi), Micro SD, Headphone out/Mic-in Combo
* Amaldagi USB tezligi foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin.

 

* Texnik xususiyatlar bozor holatiga qarab farq qilishi mumkin.

* Ushbu hujjatda keltirilgan barcha funksionallik, xususiyatlar, texnik xususiyatlar va mahsulotning boshqa maʼlumotlari, shu jumladan, mahsulotning afzalliklari, dizayni, narxi, komponentlari, unumdorligi, mavjudligi va imkoniyatlari ogohlantirilmasdan oʻzgartirilishi mumkin.

 

 

[1] Samsung sunʼiy intellekt funksiyalari tomonidan taqdim etilgan natija aniqligi, toʻliqligi yoki ishonchliligi boʻyicha hech qanday vaʼda yoki kafolat bermaydi. Galaxy AI funksiyalari uchun Samsung Galaxy telefoni (One UI 6.1 yoki yangiroq) va kompyuter Link to Windows/Phone Link bilan bogʻlanish zarur. Samsung va/yoki Microsoft akkauntida login statusi kompyuterda muayyan Samsung AI funksiyalaridan foydalanish/ulanish uchun talab qilinishi mumkin. Funksiyaning mavjudligi ilova va modelga qarab farq qilishi mumkin. Uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan AI xususiyatlari uchun boshqa turli shartlar qoʻllanilishi mumkin.

 

[2] Amaldagi tezlik bozor holati, operator va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Wi-Fi 7 mavjudligi operatsion tizim versiyasi, bozor, joylashuv, tarmoq sharoitlari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. Wi-Fi 7 simsiz tarmoq routerlari talab qilinadi va alohida sotiladi.

 

[3] Windows tizimidagi Copilot maxsus tizim talablariga ega va ayrim global bozorlarda mavjud. Funksionallik cheklangan boʻlishi mumkin.

 

[4] Foydalanuvchilar Samsung Galaxy qurilmasini (One UI 6.1 yoki undan keyingi versiyalari) Link to Windows ilovasida va kompyuterdagi Microsoft Phone Link ilovasi orqali Windows shaxsiy kompyuterlariga ulashlari va koʻrsatmalarga binoan sozlashlari, shuningdek, yagona Mircosoft akkauntiga login qilgan boʻlishlari lozim. Link to Windows baʼzi Samsung Galaxy qurilmalarida oldindan oʻrnatilgan boʻladi. Kompyuter (Microsoft Phone Link ilovasi) Windows 10 yoki undan yuqori versiyani talab qiladi. Microsoft Phone Link ilovasi Samsung Galaxy qurilmasi kompyuter bilan bir xil Wi-Fi tarmogʻida boʻlishni tavsiya qiladi. Baʼzi mobil ilovalar kontentni boshqa ekranlarda koʻrsatish funksiyasini cheklashi mumkin. Baʼzi funksiyalar modelga qarab farq qilishi mumkin.

 

[5] Natijalar vizual oʻxshashliklarga qarab farq qilishi mumkin. Internet tarmogʻini talab qiladi. Foydalanuvchilar Android’ni soʻnggi versiyasiga yangilashlari kerak boʻlishi mumkin. Mahsulot funksionalligi ilovangiz va qurilmangiz sozlamalariga bogʻliq boʻlishi mumkin. Ayrim funksiyalar baʼzi ilovalar bilan mos kelmasligi mumkin. Xizmatning mavjudligi bozor holati va tilga qarab farq qiladi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.

 

[6] Galaxy AI funksiyalari uchun Samsung Galaxy telefoni (One UI 6.1 yoki yangiroq) va kompyuter Link to Windows/Phone Link bilan bogʻlanish zarur. Chat Assist’dagi ohang turlarini taklif qilish funksiyasi internet tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Funksiyani faollashtirish uchun matn uzunligi talablariga javob berishi kerak. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Chat Assist’dagi tarjima funksiyasi Samsung akkauntida login statusini talab qilishi mumkin. Baʼzi chat ilovalari bu funksiyani qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin. Ayrim tillar alohida yuklab olinishi talab qilinishi mumkin. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Bu funksiya tarjima qilinadigan til aniqlanganda faollashadi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.

 

[7] Galaxy AI funksiyalari uchun Samsung Galaxy telefoni (One UI 6.1 yoki yangiroq) va kompyuter Link to Windows/Phone Link bilan bogʻlanish zarur. Live Translate internet tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Live Translate faqat oldindan oʻrnatilgan Samsung Phone ilovasida mavjud. Ayrim tillar alohida yuklab olinishi talab qilinishi mumkin. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.

 

[8] Ingliz, xitoy (soddalashtirilgan), fransuz, nemis, yapon va ispan tillari uchun optimallashtirilgan. Kontentga asoslangan va sigʻim cheklovlari qoʻllaniladi.

 

[9] Hozirda video va audio subtitrlarni 40 dan ortiq tildan ingliz tiliga tarjima qilishni qoʻllab-quvvatlaydi. Batafsil https://aka.ms/nextgenaipcs da.

 

[10] Galaxy Book4 Pro bilan solishtirganda AI hisoblash quvvati.

 

[11] 16 dyuymli model uchun. Batareyaning amaldagi ishlash muddati model, tarmoq muhiti, foydalanish tartibi va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

 

[12] 16 dyuymli model uchun qurilma 30 daqiqada 40% gacha quvvat oladi.

 

[13] Corning® Gorilla® Glass with DX shuʼlalarni bartaraf etuvchi optika va takomillashgan tirnalishga chidamlilikni taʼminlaydi. Corning shisha kompozitsiyasi old yuzadagi shuʼlalarni standart shishaga nisbatan 75% ga kamaytirish orqali displeydagi tasvir tiniqligini yaxshilaydi va displey yorqinligini koʻtarmasdan displey kontrastini 50% ga oshiradi.

 

[14] Galaxy Book4 Edge’da ishlatiladigan Dynamic AMOLED 2X displey SGS’dan oʻzining keng ranglar toʻplami (DCI-P3 ning 120%) va 0,0005 nitsdan past yorugʻlik darajasi qobiliyati asosida “Cinematic Experience” sertifikatini oldi. Displeyning maksimal yorqinligi 400 nitsga chiqadi va 1,000,000:1 kontrast nisbati ega va HDR kontentida yorqinlik 500 nitsgacha chiqishi mumkin. Galaxy Book4 Edge’da ishlatiladigan Dynamic AMOLED 2X displey koʻk yorugʻlikning zararli taʼsirini keskin kamaytiruvchi xususiyati asosida SGS’dan “Eye Care” sertifikatini oldi.

 

[15] Windows kompyuteridagi Xbox ilovasi orqali cheklangan miqdordagi oʻyinlarda dastlab ishga tushirilganda mavjud.

 

[16] Mavjudligi va sana mintaqaga qarab farq qiladi.

 

[17] Galaxy Book4 Edge yuqori korpus ichki tag qismi uchun kamida 20% isteʼmoldan keyin tashlab yuborilgan baliq ovlash toʻrlaridan olingan qayta ishlangan plastmassa; yopuvchi korpus oshiq-moshigʻi, old korpus ventilyatori, old korpus chap ichki qismi, old korpus oʻng ichki qismi, yuqori korpus ichki tepa qismi, orqa korpus ichki chap, orqa korpus ichki oʻng, orqa korpus ichki tepa, orqa korpus ihcki past va korpus oyoqchalari uchun kamida 20% isteʼmoldan keyin tashlab yuborilgan suv bochkalaridan olingan qayta ishlangan plastmassa; Lens-LED uchun kamida 10% oyoq kiyimlarni ishlab chiqishda ortib qolgan, isteʼmoldan oldin qayta ishlangan plastmassa; orqa korpus uchun kamida 30% isteʼmoldan oldin qayta ishlangan alyuminiy; yuqori korpus va old korpus uchun kamida 20% isteʼmoldan oldin qayta ishlangan alyuminiy va tachpad shishasi uchun kamida 40% isteʼmoldan oldin qayta ishlangan shisha ishlatilgan. Yuqoridagi oʻlchovlar ogʻirlikka asoslangan.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga