Galaxy Hikoyalari: kundalik hayotdan ilhomlangan hikoyalar

11/11/2026
Share open/close
Havola nusxalandi.
Samsung yangi komikslar turkumi orqali Galaxy smartfonlari kundalik vaziyatlarda qanday yordam berishini hayotiy hikoyalar orqali namoyish etadi

Har bir kunning o‘z hikoyasi bor. Ba’zan oddiy tuyulgan vazifalar ham kutilmagan sinovlarga, kichik yutuqlarga va unutilmas lahzalarga boy bo‘ladi. Samsung’ning Galaxy hikoyalari komikslar turkumi ana shunday tanish vaziyatlarni tasvirlab, zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotimizda qanday o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

 

Turkumdagi «So‘nggi buyurtma» komiksi bizni Toshkent ko‘chalari bo‘ylab har kuni o‘nlab manzillarga yo‘l oladigan kuryer Akmal bilan tanishtiradi. Uning ish kuni ertalabdan kechgacha davom etadi. Buyurtmalar, tirbandlik, kutilmagan yomg‘ir va vaqt bilan poyga — bunday vaziyatlarda ishonchli smartfon ayniqsa muhim. Akmalga kun davomida Galaxy A18 hamrohlik qiladi.

 

Akmalning bir kuni qanday yakunlanadi? Quyidagi komiksda bilib oling.

 

Galaxy Hikoyalari: kundalik hayotdan ilhomlangan hikoyalar Galaxy Hikoyalari: kundalik hayotdan ilhomlangan hikoyalar Galaxy Hikoyalari: kundalik hayotdan ilhomlangan hikoyalar Galaxy Hikoyalari: kundalik hayotdan ilhomlangan hikoyalar Galaxy Hikoyalari: kundalik hayotdan ilhomlangan hikoyalar Galaxy Hikoyalari: kundalik hayotdan ilhomlangan hikoyalar Galaxy Hikoyalari: kundalik hayotdan ilhomlangan hikoyalar

 

Kundalik hayotga yaqin texnologiyalar

 

Galaxy hikoyalari oddiy hayotiy vaziyatlar orqali smartfon imkoniyatlariga yangicha nazar tashlashga chorlaydi. Chunki texnologiyaning haqiqiy qadri nafaqat uning texnik xususiyatlarida, balki insonlarga kundalik ishlarini bajarish, yaqinlari bilan aloqada bo‘lish va muhim lahzalarni boy bermaslikda qanday yordam berishida namoyon bo‘ladi.

 

Galaxy A18 smartfonining imkoniyatlari va texnik xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun Samsung’ning rasmiy mahsulot sahifasiga tashrif buyuring.

 

Galaxy hikoyalari turkumidagi boshqa komikslar uchun Samsung rasmiy sahifasini kuzatib borishingiz mumkin.

 


 

* Ushbu komiksdagi hikoya to‘qima. Qahramonlar, voqealar, suhbatlar va syujet AI yordamida yaratilgan bo‘lib, haqiqiy shaxslar yoki voqealarga asoslanmagan.
* Barcha tasvir va illyustratsiyalar AI yordamida badiiy va namoyish maqsadlarida yaratilgan. Galaxy A18 smartfonining haqiqiy ko‘rinishi, ekran tasvirlari va foydalanuvchi interfeysi komiksda ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin.
* Galaxy A18 smartfoni IP64 darajasida chang va suv sachrashidan himoyalangan. Himoya darajasi laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilgan. Suvdan himoya doimiy emas va tabiiy eskirish natijasida vaqt o‘tishi bilan pasayishi mumkin.
* Galaxy A18 smartfonining batareyasi 5000 mA·soat sig‘imga ega. Batareyaning amaldagi ishlash vaqti foydalanish sharoitlari, tarmoq sifati, ishlatiladigan funksiyalar va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. Komiksda ko‘rsatilgan quvvat darajalari namoyish maqsadida tasvirlangan.
* Galaxy A18 smartfonining imkoniyatlari va texnik xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot Samsung’ning rasmiy mahsulot sahifasida keltirilgan.

Qurilmalar > Mobil

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga