Galaxy S23/S23+: Aynan siz uchun yaratilgan betakror smartfon

14/02/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Galaxy S23 va S23+ premium mobil telefonlar segmentidagi asosiy jihatlarni yangidan yaratgan holda o’z ustunligini namoyon qilmoqda.

 

 

 

Kimligingiz va nima bilan shug`unlanishingizdan qat’iy nazar Galaxy S23 va S23+ kundalik hayotingizni yanada yuqori darajaga olib chiqish uchun o’zingizga mos telefon tanlash imkoniyatini taqdim etadi.

 

 

 

Galaxy S23 hamda S23+ ning tiniq obyektivga ega afsonaviy kamera dizayni barcha S Seriyasi uyg’unligini o’zida mujassam etadi.

 

 

 

Yanada haqiqiy ranglarni ifoda etuvchi Super HDR texnologiyali universal 50 MP asosiy hamda 12 MP old kamera bilan hayot go’zalligini to’liq aks eting. Ajoyib aniqlikni ta’minlovchi yaxshilangan Nightography tasvirga olish funksiyasi yordamida tungi korong`ulikda ham betakror foto va video tasvirlarni suratga oling.

 

 

 

Galaxy qurilmalaridagi eng qudratli chip – Galaxy uchun Snapdragon® 8 Gen 2 mobil platformasi yordamida ikkala model ham kundalik vazifalarni yanada yengil bajaradi. Oldingi modellarga nisbatan 200 mAs ga oshirilgan Galaxy S23 va S23+ qurilmalaridagi 3,900 mAs va 4,700 mAs batareya hajmi bilan uzoq vaqt davomidagi ish faoliyatidan zavq oling.

 

 

 

Quyidagi infografiya yordamida Galaxy S23 va S23+ yangi qobiliyatlari bilan tanishing. O`zingizga mos Galaxy S seriyasini tanglang!

 

Pressa uchun > Infografika

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga