Galaxy S23 Seriyalari: Sayyoramiz kelajagi haqida o’ylab yaratilgan

09/02/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Eng ilg’or dizaynga ega Galaxy S23 Seriyalari innovatsiyalar – oliy darajadagi tajriba uchun unumdorlik hamda barqarorlikka egaligini namoyon etadi.

 

 

 

Galaxy S23 Seriyalari avvalgi avlodlarga qaraganda atrof-muhitga kamroq ta’siri bilan sifat va estetik jihatdan yangi marralarni belgilaydi. Bunga erishish uchun biz, qayta ishlangan materiallarni boshqa Galaxy smartfonlariga qaraganda, qurilmaning ko’proq tarkibiy qismlarida ishlatdik va 100% qayta ishlangan qog’ozdan foydalangan holda qadoqlash qutisini ishlab chiqdik. Galaxy S23 Seriyalari tarkibidagi qayta ishlangan materiallar soni ham oshdi, Galaxy S22 Ultra smartfonining  6ta ichki qismida ekologik toza materiallar ishlatilgan bo’lsa, Galaxy S23 Ultra smartfonida 12 ta ichki va tashqi qismida qayta ishlangan materiallardan foydalanilagan.

 

 

 

Bundan tashqari, biz Galaxy qurilmalarida keng turdagi qayta ishlangan materiallardan foydalandik, jumladan, qayta ishlangan alyuminiy va shisha. Galaxy qurilmasida qayta ishlangan materiallar sonini ko’paytirishni davom ettirish, bizga atrof-muhitga bo’lgan ta’sirni kamaytirishga imkon beradi.Xususan, Galaxy S23 Seriyalarida qayta ishlangan okeandan olingan plastik materiallarni ishlatish, 2023-yil oxiriga keladigan 15 tonnadan ortiq tashlab ketilgan baliq ovlash to‘rlarining  Dunyo okeaniga tushishini oldini oladi va okeanlar ifloslanishini kamaytirish uchun yordam beradi.

 

 

 

Galaxy S23 Seriyasi kelajakdagi yuqori chidamlilik hamda qulay ta’mirlash xususiyatlari asosida yaratilgan. Bu Corning® Gorilla® Glass Victus® 2 qo’llanilgan ilk qurilma bo’lib, uzoq vaqt davomidagi chidamlilikni ta’minlaydi hamda 22% foydalanishdan oldin qayta ishlangan materiallardan tashkil topgan. Shuningdek, Galaxy S23 Seriyasi 4 avlod yangilangan dasturiy ta’minot hamda yangilangan 5 yillik xavfsizlikni taqdim etadi, bu esa foydalanuvchilarga yanada uzoqroq vaqt davomida himoyalanish imkonini beradi.

 

 

 

Galaxy S23 Seriyalari misolida keltirilgan innovatsiya va barqarorlik qanday qilib uzluksiz ishlashi mumkinligini ko‘rish uchun quyidagi infografikaga qarang.

 

Pressa uchun > Infografika

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga