Galaxy S24 Ultra bilan unutilmas xotiralarni yaratish uchun Samsung aktrisa Emma Mayersni Seulga taklif qildi

13/02/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics bugun “Emma Mayers Seulda” nomli sayohat vlogini taqdim etdi. Bu film boshidan oxirigacha yangi Galaxy S24 Ultra’da suratga olingan bo‘lib, vlog film Netflix seriali bo‘lgan “Wednesday”dagi roli bilan tanilgan aktrisa Emma Mayersning Seuldagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Emmaning o‘zi suratga olgan aksar sahnalar orqali mazkur film Galaxy S24 Ultra’ning kuchli kamerasining o‘ziga xos imkoniyatlarini ta’kidlab, shaharning yaqin va yorqin ko‘rinishini taqdim etadi.

 

 

Video davomida tomoshabinlar Seulning turli qirralarini — sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan diqqatga sazovor joylardan tortib, shaharning yashirin mahalliy manzaralarigacha ko‘rishga muvaffaq bo‘ladilar. Shaharni oʻrganish chog‘ida yangi Galaxy S24 Ultra smartfoni Emmaning sayohatida mukammal hamrohga aylandi. Ilg‘or sun’iy ong texnologiyasi bilan jihozlangan Galaxy S24 Ultra unga turli xil foydali funksiyalarni taqdim etdi. Jumladan, Live Translate (Jonli tarjima) bilan telefon orqali mehmonxonalarni band qilish, Circle to Search (Aylanaga ol va top) yordamida mahalliy aholi gavjum bo‘lgan joylarni aniqlash va Nightography Zoom (Tungi kamera) yordamida K-pop konsertining diqqatga sazovor onlarni suratga olish.

 

“Hozirgi kunda foydalanuvchilar telefonlari orqali boshdan kechirayotgan har qanday narsalarni suratga olishni yoqtirishadi. Ular buni tez va oson bajarishni xohlashadi”, – deydi film rejissyori Hangyeol Li. “Shu sababli ham Galaxy S24 Ultra ular uchun ajoyib tanlov bo‘lsa kerak. Hatto oddiy sozlamalar bilan suratga olingan tasvir qoyilmaqom ekspozitsiya va hayratlanarli ranglarga boy sahna rasmini chiqarib beradi.

 

Filmning diqqatga sazovor joyi — Emma o‘zining sevimli K-pop guruhi TOMORROW X TOGETHER (TXT) bilan uchrashishi va ular bilan raqs tanlovida qatnashishi bo‘ldi. Konsertga tashrif buyurar ekan, u Galaxy S24 Ultra’ning yangilangan Nightography Zoom funksiyasidan hayratda qoladi. Hatto uzoqdan va yorug‘lik kam bo‘lgan sharoitda ham Emma TXT’ning sahnada ijro etayotganini jonli detallar bilan suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

 

O‘tgan yildan beri Emma Team Galaxy a’zosi bo‘lib kelgan. “Mayers Emma Seulda” yangi filmi Galaxy’ning kuchli kamera imkoniyatlarini namoyish qiluvchi Filmed #withGalaxy kampaniyasiga kiritiladi. Oldingi Galaxy qurilmalari merosiga asoslanib, mazkur film Galaxy S24 Ultra qanday qilib kundalik hayotimizdagi lahzalarni va unutilmas voqealarni suratga olish uchun mukammal ijodiy vosita ekanligini namoyish etadi.

 

“Mayers Emma Seulda” yangi filmini Samsung’ning YouTube’dagi rasmiy kanalida ko‘rish mumkin. Film qanday yaratilgani haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun Samsung #withGalaxy Instagram sahifasiga tashrif buyurib, rejissyor Hangyeol Lining sahna ortidagi eksklyuziv sharhini o‘qib chiqing.

 

Galaxy S24 modeliga bugundan to 6-fevralgacha oldindan buyurtma bering va RM2,050’gacha bo‘lgan eksklyuziv chegirmalardan bahramand bo‘ling!

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga