Galaxy S25 FE – Premium imkoniyatlar endi hamma uchun!

17/09/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung O‘zbekistondagi har bir foydalanuvchi haqida o‘ylaydi: flagman darajasidagi imkoniyatlar endi yanada qulay narxda.

 

 

Smartfon ishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalar oddiy model va “lite” versiyalar bilan cheklansa, Galaxy FE foydalanuvchilarga haqiqiy flagman funksiyalarni arzonroq narxda taqdim etadi. Kuni kecha taqdimoti o‘tkazilgan Galaxy S25 FE O‘zbekiston do‘konlarida ham mavjud!

 

 

O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun nima beradi?

  • Atigi 30 daqiqada 65% gacha quvvat oladi. Katta sig‘imli batareya bir kunga bemalol yetadi. Tez-tez elektr uzilishlari bo‘ladigan hududlarda bu juda muhim.
  • Changli yoz kunlari ham, to‘satdan yog‘ib qoladigan yomg‘irli paytlarda ham ishonchli hamroh. IP68 himoya darajasi tufayli telefon suv va changga chidamli.
  • Mustahkam alyuminiy qotishmadan ramka tufayli amartfon korpusi juda bardoshli. Yosh bolali oilalar uchun ayni muddao.
  • 7 yillik OS va xavfsizlik yangilanishlari sababli telefonni tez-tez almashtirish shart emas, bir telefonning o‘zida funksiyalar yangilanib boraveradi.
  • O‘zbekistonlik talabalarga sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega smartfonlar qimmatlik qilishi mumkin, lekin AI yordamida tezkor konspekt yozish, tarjima va taqdimot tayyorlash qanday yaxshi! Bu muammoga ham Galaxy S25 FE yechim bo‘la oladi.
  • O‘zbekistonda blogerlik rivojlanib bormoqda. Sun’iy intellekt yordamida suratlarni tahrirlash, fonni tozalash yoki videoni sekinlashtirish – ijtimoiy tarmoqlar uchun mukammal kontent yaratish imkonini beradi.

 

 

 

Oldingi modellardan ustunliklari

Galaxy S25 FE avvalgi S24 FE bilan taqqoslanganda:

  • Old kamera yaxshilangan (10 MP → 12 MP).
  • 10% kattaroq sovitish kamerasi tufayli uzoq muddatli ishlashda qizib ketish muammosi kamaygan.
  • Batareya unumdorligi oshirilgan (4,700 mAh → 4,900 mAh).
  • Galaxy AI imkoniyatlari yanada kengaytirilgan.

 

Galaxy AI: aqlli yordamchi doim yoningizda

Bu sun’iy intellekt funksiyalari oddiy jarayonlarni tezlashtiradi, shuningdek, odatdagi surat va videolarni professional darajaga olib chiqadi.

  • Jonli Gemini – multimodal sun’iy intellekt yordamida real vaqt rejimida suhbat qilish va kontekst asosida javob olish imkoniyati.
  • Aylana chizib qidirish – ekrandagi istalgan elementni aylana chizib belgilash va darhol kerakli ma’lumotni toppish funksiyasi.
  • Hozirgi panel (Now Bar) va Hozirgi ma’lumot (Now Brief) – blokirovka ekranida yoki interfeysda zarur bo‘lgan yangiliklar, ob-havo, tadbirlar va eslatmalarni ko‘rsatish.
  • Generativ tahrir – suratdagi keraksiz obyektlarni olib tashlash yoki fonni to‘ldirish imkoniyati.
  • Darhol sekinlashtirish – oddiy videoni bir zumda sekinlashtirilgan uslubga aylantirish.
  • ProVisual dvijok – yorug‘lik va detallarni chuqur tahlil qilib, tiniq kadrlarni avtomatik ta’minlaydi.
  • Tungi suratga olish – past yorug‘likda ham yorqin va aniq natija.

 

 

 

  • Super HDR video – har bir kadrda tabiiy ranglar va kontrast.
  • Surat yordamchisi – AI orqali suratlarni mukammal tahrirlash.
  • Portret studiyasi – shaxsiy avatar va kreativ portret yaratish.
  • Ovoz tozalash – video va audiodan keraksiz shovqin va fon tovushlarini olib tashlash.
  • Avtomatik qisqartirish – video qismlarini aqlli tarzda kesish va tartibga solish.

Barcha sun’iy intellekt imkoniyatlari Knox Enhanced Encrypted Protection bilan himoyalangan bo‘lib, foydalanuvchi ma’lumotlari xavfsiz tarzda saqlanadi.

 

Samsung yana bir bor isbotladi: innovatsiya – bu faqat elita uchun emas, balki har bir inson uchun!

 

Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.

 

 

Qurilmalar > Mobil

Korporativ > Texnologiyalar

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga