Galaxy Watch8: Sog‘lom hayotga aqlli qadam

26/09/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Hayotingizni kuzatadi, salomatligingizni nazorat qiladi,
maqsadlaringizga ilhomlantiradi.

 

O‘zbekistonda ham aholi orasida salomatlikka e’tibor, sport bilan shug‘ullanish, ozish va yosh ko‘rinishga nisbatan qiziqish ortib boryapti. Samsung’ning yangi Galaxy Watch8 modeli ana shu ehtiyojlarga javob beradi: u nafaqat dizayni bilan, balki sun’iy intellekt asosidagi aqlli imkoniyatlari bilan ham ajralib turadi.

Yengil va qulay dizayn

 

Galaxy Watch8 – hozirgacha yaratilgan eng ingichka Galaxy soati hisoblanadi. Dinamik korpus qo‘lga yanada qulay o‘rnashadi, shuning uchun uni kun bo‘yi va hatto uyqu vaqtida ham taqib yurish noqulaylik tug‘dirmaydi. Tasmalarini bir necha soniyada almashtirish mumkin.

Qolaversa, 3 nm protsessor bilan u yanada tezroq ishlaydi va qotmaydi. 3000 nit yorqinlikdagi ekran orqali hatto O‘zbekistonning yoz paytidagi quyosh nurlari ostida ham ekrandagi ma’lumot tiniq ko‘rinadi.

 

Kundalik hayot uchun qulayliklar

 

 

 

  • Qo‘ng‘iroqlar va xabarlar – Telefonni cho‘ntakdan chiqarishga hojat yo‘q, qo‘ng‘iroqlarni soat orqali qabul qiling va xabarlarga tez javob bering.

 

  • Taymer va eslatmalar – Ovqat pishirishda taymer qo‘ying, mashg‘ulot vaqtida xronometrdan foydalaning yoki eslatmalarni tezda sozlang.

 

  • Batareya – Bir zaryadda bir necha kun ishlaydi, tezkor va simsiz quvvatlash imkoniyati mavjud.

 

  • Uzluksiz ekotizim – Galaxy Watch8 smartfon, Galaxy Buds quloqchini va hatto Galaxy Tab plansheti bilan mukammal uyg‘unlikda ishlaydi. Masalan, telefonda qo‘ng‘iroq kelsa, soat orqali qabul qilasiz, musiqa esa avtomatik quloqchingizga ulanadi.

 

Google Gemini bilan aqlli yordam

 

Endi Galaxy Watch8’da Google Gemini ham bor. Bu sizning bilagingizdagi shaxsiy yordamchingiz:

 

  • Masalan, “Hey Gemini, bugungi ob-havo qanday?” deb so‘raysiz – u darhol javob beradi.

 

  • Mashg‘ulot paytida “8 daqiqalik yugurish uchun motivatsion qo‘shiq qo‘y” deysiz – u playlistni tanlab beradi.

 

  • Audiokitob, reja, eslatkich yoki hatto tezkor izlanish kerak bo‘lsa, qo‘lingizni ko‘tarib aytishning o‘zi kifoya.

 

Sog‘ligingiz nazorat ostida

 

  • Energiya ko‘rsatkichi (Energy Score) Galaxy AI mashg‘ulotlaringiz, uyqu sifatini va yurak faoliyatingizni tahlil qilib, kuningiz uchun energiya darajangizni hisoblab beradi. Masalan, “bugun o‘zingizni eng yaxshi his qilish uchun ertaroq yotib, ertalab engil yugurishga chiqing” degan tavsiyalarni olishingiz mumkin.

 

  • Uyqu ko‘rsatkichlari sizning uyqu bosqichlaringizni, yurak urishingizni va kislorod darajangizni kuzatadi. Bir haftalik monitoringdan so‘ng sizga mos uyqu rejimi tavsiya qiladi.

 

  • Sog‘lom ovqatlanish – Food Tracker yordamida kunlik kaloriya va taomlaringizni yozib borishingiz mumkin.

 

  • Tana tarkibi o‘lchovi – barmoqlarni sensorlarga qo‘yib, mushak massasi, yog‘ foizi va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlash imkoniyati.

 

  • Antioksidant indeksi va AGEs – dunyoda ilk bor Galaxy Watch8 sizning qarishga ta’sir qiluvchi omillaringizni ham kuzatadi.

 

  • Bugungi tezkor hayotda sokinlik topish oson emas. Galaxy Watch8 sizga nafas mashqlari, meditatsiya va stress monitoringi orqali dam olishni o‘rgatadi.

 

 

Shaxsiy fitnes murabbiyingiz

 

 

 

Galaxy Watch8 sportchilar va oddiy foydalanuvchilar uchun ideal hamroh:

 

  • Running Coach – yugurishda shaxsiy murabbiy singari sizni baholaydi, darajangizni aniqlaydi va 3–5 haftalik maxsus dastur tuzib beradi.

 

  • Masalan, velosiped haydaydigan yigit GPS funksiyasi yordamida aniq masofani o‘lchashi, sport zalida mashq qilayotgan qiz esa soat orqali yurak urishini nazorat qilishi mumkin.

 

  • Suzish bo‘yicha shug‘ullanuvchilar uchun esa Galaxy Watch8 suvga chidamli va mashg‘ulot natijalarini real vaqt rejimida ko‘rsatadi.

 

Endi har bir kuningizni samarali va sog‘lom o‘tkazish uchun sizga faqat bitta narsa kerak: Galaxy Watch8.

 

Batafsil ma’lumot www.samsung.com

 

Qurilmalar > Mobil

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga